olib keladi. Raxit bilan kasallangan bolalarda hayotining birinchi 6-18 oylarida
raxitogen tetaniya yoki spasmofiliya rivojlanadi. Bunday bemorlarda bahor
oylarida qonda vitamin D faol metaboliti ko‘payishiga olib keluvchi ultrabinafsha
nurlanishda qondan suyakka kalsiy mobilizatsiyasi kuchayadi.
Qonda kalsiy
miqdorining kamayishi tetanik talvasalanish xurujiga olib kelgaa.
3.
Talvasalar hosil bo'lishini qo‘zg‘atuvchi omil o‘pka giperventilatsiya (tez
yuzaki nafas, yig‘lash) hisoblanadi, u kislota-asos muvozanatining alkaloz
tomonga siljishiga olib keladi.
15-mashg‘ulot
1-masala.
1.
Bu holda qonda p C 0 3 ko‘tarilishi birlam chi, BB, SB, BE -
ko‘rsatkichlarining o ‘zgarishi ikkilamchi
hisoblanadi va metabolik
kompensatsiyaning rivojlanishdan dalolat beradi.
2-masala.
1. Bemorda kompensatsiyalanmagan metabolik alkaloz mavjud.
2. Ishqoming ko‘p iste’mol qilinishi.
3. Ha, alkalozda qonda ionlanuvchi kalsiy miqdori kamayadi, bu tetaniyaning
rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
3-masala.
1. Kelib tushganda bemorda kompensatsiyalanmagan metabolik atsidoz
bo‘Igan.
2. Terapiyaning 3-kunida kislota-asos muvozanatining nazorat tekshiruvi
bemorda bikar-bonat natriyning yuborilishi natijasida kompensatsiyalangan
metabolik alkaloz rivojlanganligini ko‘rsatdi. Bikarbonat
natriyni yuborish
to‘xtatilishi lozim.
16-mashg‘ulot
1-masala.
Bemorda asosiy almashinuvning kamayishi qalqonsimon bez gipofunksiyasi
- tireoid gormonlaming kam ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq. Patogenezi -
qalqonsimon bez follikulalari hujayralari qon plazmasidan tiroksin, uchodtironin
va boshqa gormonlami sintezi ash uchun zarur bo‘lgan yodni yetarli singdirmaydi.
Ularning tanqisligi hujayra mitoxondriyalarida oksidlanish jarayonlarining
kamayishiga, demak asosiy almashinuvning pasayishiga olib keladi.
2-masala.
Bolada asosiy
almashinuv, hujayra energetik almashinuvini kuchaytiruvchi
tiroksin va boshqa gormonlaming ko‘p ishlab chiqarilishi natijasida kuchaygan.
Patogenezi: gormonlaming ortiqcha bo‘lishi nafas va fosforlanishning bir-biridan
ajralishiga, ATF hosil bo‘lishining kamayishiga va ADF va noorganik fosfat
konsentratsiyasining ko‘payishiga olib keladi. Bu oksidlanish jarayonlari,
energiya tarqalib ketishi va'&sfrsiy almashinuvni yanada kuchaytiradi. Puls,
nafasning tezlashishi, tana haroratining ko‘tarilishi
va boshqa simptomlar ham
asosiy almashinuvning yanada ko‘proq oshishiga yordam beradi.
3-masala.
Hayvonda ochlikning ikkinchi davri. Bu davrda energetik almashinuv asosan
yog'laming oksidlanishi bilan tavsiflanadi. Nafas koeffitsiyenti 0,7 ga teng. Asosiy
almashinuvning pasayishi quyidagilar bilan tushuntiriladi: 1) mitoxondriyalarda
joylashgan energiya hosil qiiuvchi tizimlar tejamliroq funksiya qilishga o‘tadi;
mitoxondriyalarning umumiy soni kamayadi, qolgan mitoxondriyalarda
oksidlanishning fosforilirlanish bilan birga kechishi oshadi; 2) qalqonsimon bez
va me’da osti bezi pankreatik orolchalari (3 - hujayralarining funksiyasi pasayadi,
bu asosiy almashinuv pasayishining regulator omillaridan bin hisoblanadi.
4-masala.
1. Bemorda A gipovitaminozi mavjud.
2. Qorong‘ida ko‘rishning buzilishi - gemeralopiya - ko‘zning qorong'ilik
adaptatsiyasini regulatsiya qiiuvchi, ko‘rish pigmenti
rodopsini sintezining
buzilishi bilan tushuntiriladi. Yuqori nafas yo‘llarining ko‘p uchraydigan
kasalliklari shilliq qavat baryer funksiyasining zaiflasbishi va organizm
qarshiligining pasayishi bilan bog‘liq. Teri qurishi va po‘st tashlashi - bu vitamin
A yetishmovchiligida teri epiteliysi va soch follikulalarining keratinizatsiyasi
(ya’ni, ortiqcha qotib ketishi) patologiyasi ko‘rinishidir.
Terming yiringli
shikastlanishi baryer funksiyaning pasayishidan, shuningdek immunitetning
susayishidan (chunki A gipovitaminozida antitanalar sintezi, hujayralar mitotik
faolligining
kamayishi natijasida, pasaygan) dalolat beradi. Eritrotsit va
gemoglobin miqdorining kamayishi, ehtimol oshqozon-ichak traktida temir
shimilishi buzilishi biian bogUiq.
3. A gipovitaminozning jigar va o‘t ajratuvchi yo‘llaming
uzoq muddatli
kasalliklarida rivojlanishi yog‘da eruvchi vitaminlar shimilishining buzilishi bilan
bog‘liq. 0 4 sekretsiyasining yetarli bo‘lmasligi ulaming shimilishini buzadi yoki
to‘xtatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: