O. A. H u s in o V patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun



Download 11,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/219
Sana31.03.2022
Hajmi11,17 Mb.
#520458
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   219
Bog'liq
Patol.-fiziol.-amal.-darsl.-uchun-qoll.-Husinov-O.A.-2008-y. (1)

gemopoez
stimulatori 
hisoblanadi, har xil aminokislotalar sintezida ishtirok qiladi, jigar, asab tizimi


funksiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qon ivishi jarayoni, karbonsuvlar va lipidlar 
almashinuvini faollashtiradi. Vitamin Pp (nikotin kislotasi) hujayra nafasi va oraliq 
almashinuvi reaksiyalarida ishtirok qiladi, oshqozon-ichak trakti sekretor va 
motor funksiyalarini me’yorlashtiradi. Vitamin С (askorbin kislotasi) oksidlanish 
- tiklanish jarayonlari, tomir devorida kollagen hosil bo‘!ishi, qon ivishi va to‘qima 
regeneratsiyasida ishtirok qiladi, steroid gormonlar hosil bo‘lishini stimullaydi, 
organizmning infeksiya va intoksikatsiyaga chidamliligini ta’minlaydi.
17-mashg‘ulot
1. Biologik oksidlanish - hamma tirik hujayralarda kechadigan oksidlanish 
reaksiyalarining majmui. Biologik oksidlanish kislorodning oksidlanish 
substratiga bevosita birikish jarayoni emas. U vodorod (yoki elektronlar) 
atomining berilishi bilan va ulaming bir birikmadan (donor) ikkinchiga (akseptor) 
ko‘chirilishi bilan bog‘liq; bunda eng oxirgi akseptor kisloroddir. Donorlar ham 
organik, ham noorganik moddalar bo‘lishi mumkin.
2. Biologik oksidlanish energiyasi ATF va boshqa makroergik birikmalar 
shaklida kumulatsiyalanadi. Bu organizm hujayra ichi kimyoviy jarayonlarining 
har xil ko‘rinishlarida, fiziologik faoliyatining turli shakllarida foydalanishi 
mumkin bo‘!gan eng oddiy energiya shaklidir. ADF va noorganik fosfaidan har 
xil substratlar oksidlanish energiyasi hisobiga ATF molekulasi sintezlanish 
jarayoni oksidlanishli fosforlanish deyiladi. ADF va fosfatdan ATF sintezlanishida 
ATF - sintetaza fermenti ishtirok qiladi.
3. Hujayrada energiya hosil bo‘ladigan asosiy joy mitoxondriyadir. Bunda 
ikkita jarayonning birikishi amalga oshiriladi - makroergik bogiamlar hosil 
bo‘Iishi bilan oksidlanish va fosforirlanish, qaysikim, bunda oksidlanuvchi 
moddalar (karbonsuvlar, oqsillar, yog‘lar) energiyasining 60 
%
gacha qadar 
bo‘lgan qismi makroergik bog‘lamlarga o‘tadi. Nafas fermentlari zanjiri (flavin 
fermentlari, har xil degidrogenazalar, sitoxromlar) mitoxondriyalar ichki 
membranasiga joylashgan bo‘lib, elektronlarning ko‘chirilishida ishtirok 
qiladi, elek tro n lar salbiyroq oksid lan ish -tik lanish potensialiga ega 
birikmalardan, potensiali ijobiyroq birikmalarga o'tkaziladi. Elektronlarning 
zanjir b o ‘yicha ko ‘chirilishi sitoxromoksidaza murakkab ferment tizimi 
yordam ida tugallanadi. Shunday qilib, substratlarning kislorod bilan 
oksidlanish jarayoni oksidlanish - tiklanish reaksiyalari seriyasi bilan vositali 
ifodalangan.
4. Energiya to‘p!anishi bilan birga kechmaydigan biologik oksidlanish erkin 
oksidlanish deyiladi. Uning energetik effekti issiqlik hosil bo‘lishi boiib, tana 
harorati saqlanishida ishtirok qiladi va erkin holda organizmdan chiqib ketadi. 
Gomoyoterm hayvonlarda oksidlanuvchi fosforianishning erkin oksidlanishga 
o'tishi, organizmda issiqlikka talab oshganda katta ahamiyatga ega.
5. To'qimalaming kislorod bilan ta’minlanishida qator tizimlar: nafas a ’zolari 
- ular yordamida atmosferadagi kislorod organizmga kiradi; organizmni kislorod 
transport mexanizmi bilan ta’minlovchi qon tizimi; to‘qimalarga kislorod yetkazib


berilishini ta’minlovcbi qon aylanish tizimi va biologik oksidlanishni 
ta’minlovchi hujayraning o‘zidagi ferment tiziini ishtirok qiladi.
6.11 arterial qonda me’yorda 180-200 ml/l (18-20 % hajm), vena qonida esa 
120 ml/1 (12 % hajm) kislorod; 45-50 va 50-55 % hajm karbonat angidrid gazi 
bo‘ladi.
7. Gemoglobinning kislorodga to'liq to‘yinishida, qonda kislorodning 
maksimal miqdori qonning kislorod sig‘imi deb nom olgan. Shunday qilib, 
qonning kislorod sig‘imi undagi gemoglobin miqdoriga bog‘liq. 1 g gemoglobin 
o‘ziga maksimal 1,34 ml kislorod biriktirish xususiyatiga ega (Xyufner 
konstantasi). Qonda gemoglobin miqdori 140 g/l bo‘lsa, qonning kislorod sig‘imi 
1,34x140=187,6 ml yoki 19 % hajm atrofida. Qon plazmasida kislorod kam 
miqdorda fizik erigan holatda ham bo‘ladi.
8. Karbgemoglobin - gemoglobinning karbonat angidrid gazi bilan birikishi. 
Eritrotsitlarda karbon ikki oksidi suv bilan birikadi va karbonat kislotasi hosil 
bo‘ladi. Bu jarayon karboangidraza fermenti tomonidan katalizlanadi (20 000 
marta tezlashadi). Karboksi - va metgemoglobin - gemoglobinning patologiyada 
uchraydigan birikmalari; is gazi bilan zaharlanishda karboksigemoglobin; 
nitratlar, bertole tuzi va boshqa zaharlar bilan zaharlanganda - metgemoglobin 
hosil bo‘ladi. U ham kislorod tashilishida ishtirok qila olmaydi.
9. Fetal gemoglobin HbF homila qonida uning ona qomida rivojlanishining 
9-haftasida paydo bo‘ladi. U kattalar gemoglobiniga (HbA) qaraganda kislorodga 
yaqinroqdir, bu unga kislorod kamroq boMganda ham kislorod bilan to‘yinishga 
imkoniyat beradi. Tug‘ilishdan oldin qonda HbA hosil bo'ladi. Hayotini birinchi 
yilida fetal gemoglobin to‘liq ravishda kattalar gemoglobini bilan almashinadi.
18-mashg‘ulot
1. Mitotik sikl hujayrada birinchi bo‘linishdan keyingi bo‘linishga qadar 
ro‘y beruvchi va ikkita yangi hujayra generatsiyasining hosil bo‘ lishi bilan 
tugallanuvchi jarayonlar majmuidir. U interfaza va mitozalardan iborat.
2. Mitoza jarayonida besh faza: profaza, prometafaza, metafaza, anafaza, 
tanafaza farq qilinadi.
3. Hujayra boiinishida genetik axborot uzatilishi DNK molekulasi reduplika- 
tsiyasi yordamida amalga oshiriladi.
4. DNK reduplikatsiyasi interfazada kechadi.
5. Genetik kod - nasliy informatsiyaning nuklein kislota molekulasida yozilish 
tizimi.
6. D N K -» R N K -» oqsil.
7. Transkripsiya - genetik informatsiyaning DNK qolipidan RNK ga 
uzafilishining birinchi bosqichi.
8. Teskari transkripsiya - genetik informatsiyaning RNK dan DNK ga 
uzatilishi.
9. Translatsiya - genetik informatsiyaning oqsil sintezlanishi jarayonida 
matritsali (yoki informatsion) RNK dan uzatilishining ikkinchi bosqichi.


10. Keylonlar - glikoproteidlar bo'lib, mitoz jarayonida hujayralar tomonidan 
ishlab chiqariladi. Shu to'qimaning boshqa hujayralari mitozini tormozlaydi. 
Ularning ta’sir qilish mexanizmi: DNK reduplikatsiyasi uchun zarur fermentlami 
inaktivlash. Trefonlar - kimyoviy tabiati bo'yicha har xil moddalar bo'lib (masalan, 
leykotsitlar parchalanish mahsulotlari), hujayra o'sishi va bo'linishini stimuliash 
qobiliyatiga ega.
11. Ikkita yonma-yon joylashgan qismlar me’yoriy hujayralari ko'payib, 
bir-biri bilan kontaktga keladi. To'qima o'sishi va hujayra bo'linishi bu joyda 
to'xtaydi, chunki hujayra membranasi fermentlari va to'qima ichi tizimi gormonlari 
bo'linayotgan hujayralar sonini regulatsiya qiladi.
12. Xeyflik hujayra bo'linish Iimiti (chegarasi) har bir hujayra yadrosida 
joylashgan, bo'linish sonini 50 tagacha cheklaydigan (masalan, chaqaloqlar 
fibroblastlari) mexanizmlarining mavjudligidir.
13. Ko'pgina me’yoriy to'qimalarda Paster effekti kuzatiladi: kislorod 
ishtirokida glikoliz intensivligi (jadalligi) pasayadi va sut kislota hosil bo'lishi 
tormozlanadi.

Download 11,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish