Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………….……...
1-bob. XX asr Misr adabiyoti va unda Najib Mahfuzni o‘rni………..
XX asr Misr adabiyotida nasrnavislik……………..................
Najib Mahfuz hayoti va ijodi………………………….................
2-bob. Atirgul bog’i hikoyasidagi voqealikni talqini…….
2.1.Hikoyada aks etgan jinoyat ………………………....................
2.2. Atirgul bog’i hikoyasidagi chigallikning yechimi.......................
Xulosa……………………………………………………………...................
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati………………………
Kirish.
Adabiyot masalasi – bu ma’naviyat masalasidir.1
I.A.Karimov
Mavzuning dolzarbligi: Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi. Xususan, mustaqillik yillarida yurtimizda ma’naviyatning g‘oyat muhim va uzviy qismi bo‘lgan adabiyotni rivojlantirish shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z hosilini berayotgani badiiy adabiyotimiz mavzular ko‘lami jihatdan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham rang-barang bo‘lib borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo bo‘lyotgani kitobxon xalqimizni albatta quvontiradi. Bularning barchasi milliy tiklanish jarayonlari qalam ahlining ijodiy izlanishlari uchun katta ufqlar ochib berganini yana bir bor ko‘rsatadi. 2
Badiiy adabiyot kishilarga kuchli ta’sir ko‘rsata oladigan san’at turlaridan biridir. U inson his-tuyg‘ularini va ongini tarbiyalashda ulkan rol o‘ynaydi. Kitobxon badiiy asarlarning mualliflari bilan birgalikda hayotning turli tomonlari, harakterlar va hodisalar mohiyatiga kirib boradi hamda o‘zida ularga bo‘lgan faol munosabatni shakllantiradi.
Badiiy adabiyotning ajoyib namunalarini to‘g‘ri hamda chuqur tushunmoq va baholamoq uchun adabiyot haqidagi fan hamda bu sohadagi asosiy nazariy tushunchalar bilan tanish bo‘lmoq zarur.3
Mustaqillik yillarida yangi bir avlod shakllandi. Eskicha tor dunyoqarashlardan holi bu avlod jahon haqida, undagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy - madaniy jarayonlar to‘g‘risida keng va chuqur bilim olishga o‘zida chuqur ehtiyoj sezmoqda. Globallashuv asrida inson o‘zini faqat vatanini emas, butun jahon hamjamiyatining a’zosidek his qilmoqda, umuminsoniy qadriyatlardan bir xilda bahramand bo‘lishga haqli deb hisoblamoqda.
Shunday bir vaziyatda chet-ellarda mamlakatimiz nomidan ish yurituvchi mutaxassis kadrlarlarning har jihatdan mukammal, bilimdon va zukko bo‘lishi, xalqaro andozalar miqyosida fikrlashi lozimligi bugungi kun talabidir. Ayniqsa, o‘zga mamlakatlarda vatanimiz sha’nini himoya qiluvchi kadrlarning o‘z mutaxassisligiga doir bilimlar bilan bir qatorda o‘sha davlatning ma’naviy va milliy qadriyatlari, adabiyoti va san’atidan yaxshi xabardor bo‘lishi ayni haqiqatdir.4
Darhaqiqat, o‘zbek kitobxonlari nafaqat o‘zimizning o‘zbek adabiyotini balki, boshqa xalqlarga tegishli bo‘lgan adabiy asarlar, she’riy misralarning ham sevib mutolaa qiladi. Shuningdek, arab adabiyotining nodir asarlari bundan mustasno emas. Arab adabiyotida Misr adabiyoti o‘ziga xos, muhim o‘rin tutadi. Uning: Najib Mahfuz, Yusuf Idris, Abdurahmon ash-Sharqoviy, Hofiz Rag‘ab kabi adiblari butun dunyoga mashxurdir. Oisha Abdurahmon ham shular qatori Misrning atoqli adibalaridan biridir. Bint ash-Shotiy nomi bilan tanilgan adibaning hozirgi kunga qadar hayoti va ijodi, hikoyalari o‘rganib, tahlil qilingan. Bint ash-Shotiy nafaqat adiba balki, shoira hamdir. Ayni paytgacha uning she’rlari o‘rganilmagan. Aynan mana shu sabab shoiraning she’rlarini tarjima qilib, tahlil qilishga undadi va bu kurs ishining dolzarbligini belgiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |