58
sharoitlari boʻyicha respublikamizning reyting koʻrsatkichi 2014-yilning oʻzida 8
pogʻonaga koʻtarildi.
Shu
jumladan, kreditlash shartlari boʻyicha soʻnggi
ikki
yilda
mamlakatimizning reytingi 50 pogʻonaga, ya’ni 154-oʻrindan 104-oʻringacha
koʻtarildi. Bunda ushbu koʻrsatkich boʻyicha koʻtarilish 2013-yilda 24 pogʻonani,
2014-yilda esa 26 pogʻonani tashkil etdi.
Shuningdek, «Kredit axboroti almashinuvi indeksi» boʻyicha Oʻzbekiston
bank tizimi mavjud 8 balli tizimda 7 ballga baholandi va bu koʻrsatkich Iqtisodiy
hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD)ga a’zo davlatlari boʻyicha oʻrtacha
koʻrsatkichdan yuqoridir
.
II bob boʻyicha xulosalar:
Oʻtkazilgan tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, inflyatsiya sur'atlari pasaygani
sayin pul massasi bilan iste'mol baholari indekslarining qisqa muddatli
oʻzgarishlari orasidagi bogʻliqlik ham pasaymoqda. Bu inflyatsiya jarayonlarining
shakllanishiga, monetar agregatlar dinamikasiga hamda pul bozoridagi talab va
taklif balansiga bogʻliq boʻlmagan tarkibiy (nomonetar) omillar ta'sirining
kuchayganligi bilan bogʻliqdir. Shuning uchun Markaziy
bankning bu boradagi
asosiy vazifalaridan biri ushbu omillar ta'sirini yetarli darajada baholash hamda
monetar siyosatning qisqa muddatli maqsadlarini ishlab chiqishda ularning ta'sirini
hisobga olishdan iborat boʻldi.
– mamlakatimizda moliyaviy bozorlar va umuman bozor iqtisodiyotining
rivojlanish darajasini hisobga olib bugungi kunda majburiy zahira talablari
Markaziy bank olib borayotgan monetar siyosatning tayanch
instrumenti ekanligi
asoslidir. Ammo jahon amaliyotida ushbu instrumentdan toʻliq voz kechilayotgan
yoki “zahira” instrument sifatida foydalanilayotgan bir paytda mamlakatimizda
zahira normalarining yuqori darajada qolishi munozaralidir;
– hozirgi vaqtda respublikamiz tijorat banklari depozit bazasining 50 foizdan ortiq
qismini talab qilib olguncha depozitlar tashkil etmoqda. Banklar ushbu mablagʻlar
59
hisobidan aktiv amaliyotlarni amalga oshirmoqdalar, bu esa oʻz navbatida
banklarda transformatsiya riskini vujudaga kelishiga
olib kelishi mumkin;
– Markaziy bank majburiy zahira normalarini depozitlarning summasi va
muddatiga bogʻliq ravishda tabaqalashtirmaganligi tijorat banklari resurs
bazasining barqarorligiga sal’biy ta’sir koʻrsatmoqda. Bu kamchiliklar tijorat
banklari depozit bazasini optimallashtirishga
halal bermoqda;
– ayrim tijorat banklari yuqori daromad olish maqsadida likvidligi past boʻlgan
aktivlarga joylashtirish holatlari mavjud. Bu esa ularning likvidlilik darajasiga
salbiy ta’sir etadi. Shuningdek, respublikamiz tijorat banklari aktivlarining
tarkibida yuqori likvidli aktivlarni nisbatan katta miqdorda toʻplanib
qolganligi
kuzatiladi. Bu esa, oʻz navbatida bank aktivlarining daromadlilik darajasini past
boʻlishiga sabab boʻladi;
– mamlakatimiz tijorat banklari aktivlari tarkibida qimmatli qogʻozlar ulushining
pastligi ularning likvidliligini oshirishga toʻsqinlik qilmoqda. Buning sababi
mamlakatimizda moliyaviy bozrlarning
yaxshi rivojlanmaganligi, unda likvidli
qimmatli qogʻozlar turi va hajmining kamligidir. Keyingi yillarda davlat budjeti
profitsit bilan bajarilayotganligi sababli likvidli qimmatli qogʻoz hisoblangan
davlat obligatsiyalari emissiya qilinmayapti. Bunday
holat Markaziy bankning
ochiq bozor operatsiyalarini rivojlantirishga yoʻl bermayapti;
– Markaziy bankda ochiq bozor siyosati takomillashmaganligi, uning REPO
operatsiyalari orqali mamlakatimiz bank tizimining likvidligiga sezilarli darajada
ta’sir koʻrsatish imkonini bermaydi. Bu esa, pul-kredit
siyosatining boshqa
instrumentlaridan foydalanish zaruratini kuchaytiradi;
– Oʻzbekistonda rasmiy oltin-valuta zahiralarining soʻgni yillarda barqaror oʻsishi
Markaziy bankning valuta intervensiyasi oʻtkazish imkoniyatini oshiradi.