184
uchun ushbu risk turiga asosan korxonaning noiqtisodiy omillari
(rahbariyatni nokompetentligi) tufayli uning aksiyasiga taʼsir riski
sifatida koʻrish mumkin. Ushbu riskni portfelni diversifakitsiya qilish
orqali umuman bartaraf qilinishi mumkin. Diversifikatsiya samarasini
korrelyatsiya koeffitsiyenti orqali tushuntirish mumkin.
Ikkita oʻzgaruvchanning birga harakatlanish
tendensiyasi korrel-
yatsiya deyiladi va korrelyatsiya koeffitsiyenti ushbu tendensiyani
oʻlchab beradigan koʻrsatkich hisoblanadi. Korrelyatsiya koeffitsiyenti
+1dan -1gacha ifodalanadi va grek harfi bilan belgilanadi. = +1ga
teng boʻlagan holatda ikkita oʻzgaruvchan mutlaq bir xil harakatlanadi,
= –1 boʻlsa ikkita oʻzgaruvchan mutlaq teskari harakatlanadi va =
0 vaziyatda ikkita oʻzgaruvchan umuman bir biriga bogʻliq boʻlmaydi,
yaʼni bir oʻzgaruvchan ikkinchisidan mustaqil hisoblanadi.
Oldingi davrlardagi maʼlumotlardan kelib chiqib korrelyatsiyani
hisoblansa, R harfi bilan ifodalanadi. Quyida ikkita (i va j)
aksiya
oʻrtasidagi korrelyatsiya koeffitsiyentining hisoblash formulasi
keltirilgan.
,
bu yerda:
– oldingi davrlardagi maʼlumotlardan kelib chiqib aniqlangan
korrelyatsiya;
– i aksiyasining t davr uchun haqqoniy daromadliligi;
– T davrlar mobaynidagi i aksiyasining oʻrtacha
daromad-
liligi.
Agar ikkita aksiyaning korrelyatsiya koeffitsiyenti -1ga teng
boʻlsa, har biri uchun shunday ulush tanlasa boʻladiki, natijada ularni
birining oʻz oʻrta (kutilayotgan) qiymatidan chetlanishi boshqasining
oʻz oʻrta qiymatidan chetlanishini neytrallashtiradi (bartaraf qiladi).
Bunda ular yordamida shakllantirilgan portfelning standart chetlanishi
nolga teng boʻladi, lekin shu bilan bir qatorda uning kutilayotgan
daromadliligi aksiya kutilayotgan daromadliligining oʻrtacha tortilga-
niga teng boʻladi. Demak korrelyatsiya -1ga teng boʻlganda
portfelning tarkibidagi aksiyalar ulushi toʻgʻri
proporsiyada tanlansa,
185
uning standart chetlanishi nolga teng boʻladi va risk bartaraf qilinadi.
Yaʼni portfel shakllantirib diversifikatsiya qilish orqali riskni bartaraf
qilinadi.
Agar korrelyatsiya +1ga teng boʻlsa, portfelning standart
chetlanishi aksiyaning standart chetlanishlarining oʻrtacha tortilganiga
teng boʻladi. Bunday holatda diverifikatsiya naf keltirmaydi va risk
roʻy bersa undan koʻriladigan ehtimolli yoʻqotishlari
muqarrar
hisoblanadi.
Shunday qilib -1 va +1 oraligʻida korrelyatsiya kuzatilsa, portfel-
ning standart chetlanishi aksiyalarning oʻrtacha tortilgan standart
chetlanishlaridan past boʻladi va risk darajasini diversifikatsiya qilish
orqali pasaytirsa boʻladi. Amaliyotda diversifikatsiya maqsadida
portfel shakllantirish uning tarkibidagi
aksiyalarni korrelyatsiyasi
koʻpincha aynan shu oraliqda boʻladi. Bunda diversifikatsiya riskni
toʻlaqon bartaraf qila olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: