222
XIII BOB. MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA
NOBANK KREDIT INSTITUTLARI
13.1. Moliya bozorida banklarning ishtiroki
Banklar moliya bozorining faol ishtirokchilari hisoblanadi. Zamo-
naviy moliya bozori murakkab tizimga ega boʻlib, pul bozori, kredit
bozori, qimmatli qogʻozlar bozori, valyuta bozori va boshqalarni oʻz
ichiga oladi hamda ularning har birida banklar ishtiroki kuzatiladi.
Umumiy holda banklar moliya bozorida emitent, investor, investitsion
vositachilar sifatida ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda banklar depo-
zitariy vazifasini ham bajaradi.
Banklarning emitent
sifatida faoliyati aksiyalar, korporativ obli-
gatsiyalar, depozit sertifikatlari muomalaga chiqarishi va investorlar
oʻrtasida joylashtirishi bilan izohlanadi. Shuningdek, “Markaziy bank
davlatning qimmatli qogʻozlari, shuningdek Markaziy bankning oʻzi
chiqargan qarz majburiyatlarini xarid qilishi va ochiq bozorda sotishi
mumkin”.
86
Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi
Qonuniga asosan tijorat banklari “qimmatli qogʻozlar chiqarish, xarid
qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan
shartnomaga binoan qimmatli qogʻozlarni
boshqarish, qimmatli
qogʻozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish”
87
kabilarni amalga
oshiradi. Umumiy holda banklar qimmatli qogʻozlar bozorida quyidagi
operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin:
- qimmatli qogʻozlarni chiqarish, sotib olish, sotish, saqlash;
- qimmatli qogʻozlarga mablagʻlar kiritish;
- ishonchli boshqaruvchi sifatida mijoz topshirigʻi
asosida
qimmatli qogʻozlarni boshqarish;
86
“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonuni, 25-modda.
87
O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni, 4-modda.
223
- qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi jarayonida mijoz topshirigʻi
asosida uning hisobidan vositachilik funksiyalarini bajarish, broker
vazifasini bajarish;
- qimmatli qogʻozlar chiqarish va muomalasi masalalari boʻyicha
konsultatsion xizmatlar koʻrsatish (invetitsiya maslahatchiligi);
-
investitsion kompaniya, anderrayter sifatida qimmatli qogʻozlar
chiqarilishini tashkil etish;
- qimmatli qogʻozlarni joylashtirish boʻyicha uchinchi shaxslar
foydasiga kafolat berish.
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisi-
da”gi qonuniga asosan, mamlakatimizda korporativ obligatsiyalar
investorlarga tegishli mablagʻlarning emitentlar tomonidan toʻlanishi
boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtiro-
kida chiqariladi.
Infratuzilma obligatsiyalari chiqarilganda
esa ularni joylashtirish-
dan tushgan mablagʻlar alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi va
emitentning ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiluvchi ku-
zatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv organi qaroriga koʻra sarflanadi.
Emitent majburiyatlarining bajarilishi garov, bank kafolati yoki
qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan qoʻshimcha taʼminlana-
digan obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda qoʻshimcha
taʼminot bergan shaxs toʻgʻrisidagi va taʼminot
shartlari haqidagi
maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak. Bu holda obligatsiyalarni
chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qoʻshimcha taʼminot bergan shaxs
tomonidan ham imzolanishi kerak. Bundan ham koʻrinib turibdiki
tijorat banklari kafolati ostida ham obligatsiyalar chiqarilishida
chiqarilishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan depozit
sertifikatlarini chiqarish
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat
organi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda
Do'stlaringiz bilan baham: