O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

Netting 

 
mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul 
majburiyatlariga nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan 
kliring usulidir. 
Axborot agentligi 
– maxsus axborot tashkiloti boʻlib, ommaviy 
axborot vositalarini fond birjasi savdolari va faoliyati toʻgʻrisida 
maʼlumotlar berib boradi. Uning asosiy vazifasi – fond birja 
faoliyatida yuz berayotgan muhim voqealar, misol uchun, 
aksiyalarning yangi emissiyasi, IPO jarayoni, aksiyalar kotirovkasi, 
qarz qimmatli qogʻozlar emissiyasi, savdosi, qoplanishi, daromadliligi 
va boshqalar haqida axborotlar yigʻish, ularni tahlil qilish, ommaviy 
axborot vositalariga uzatish kabilarni amalga oshiradi. 
 


212 
12.3. Fond birja savdolari mexanizmi. 
Birja auksioni turlari 
Fond birja savdosi mexanizmi birja ustavida alohida belgilanadi. 
Fond birja ustavida savdo qoidalari keng yoritiladi va savdoni amalga 
oshirish tartib qoidalari koʻrsatiladi. Odatda, savdo mexanizmi 
qoidalari birja tomonidan mustaqil yoki chetdan mutaxassislar yoki 
ixtisoslashgan tashkilotlarni jalb qilgan holda ishlab chiqilishi 
mumkin. 
Fond birja savdo qoidalarini ishlab chiqishda birja xodimlaridan 
ishchi guruhi tuziladi hamda boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar 
mutaxassislarini shartnoma asosida jalb qiladi. Savdo mexanizmi 
qoidalarini ishlab chiqish jarayonida qimmatli qogʻozlar bozorini 
tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi vakillari ishtirok etishi 
talab qilinadi. Savdo mexanizmi qoidalarini ishlab chiqishda birjaning 
yuridik xizmati, birja savdolarini oʻtkazishga hamda birja savdo tizimi 
dasturiy-texnik majmuasi qatnashadi. 
Fond birjasi savdo mexanizmini ishlab chiqish quyidagilarni oʻz 
ichiga oladi: 
-
savdo mexanizmi qoidalari matnini ishlab chiqish; 
-
savdo mexanizmi qoidalarini birja aʼzolari yigʻilishida kelishishi;
-
savdo mexanizmi qoidalarining birja Kuzatuv kengashi 
tomonidan tasdiqlanishi;
-
birja savdolari elektron tizimining dasturiy taʼminotini ishlab 
chiqish; 
-
birjaning ichki meʼyoriy hujjatlariga tegishli oʻzgartishlar 
kiritish.
Birja savdosi mexanizmi qoidalarida quyidagilar koʻrsatilgan 
boʻlishi kerak:
-
birjada amalga oshiriladigan birja bitimlarining turlari; 
-
birja bitimlari qatnashchilarining tarkibi va ularga nisbatan 
qoʻyiladigan talablar yigʻindisi; 
-
birja savdolarini amalga oshirish va ularning natijalarini 
roʻyxatga olish tartibi; 
-
birja bitimlari va ularning rasmiylashtirish tartibi; 
-
qimmatli qogʻozlarni kotirovka qilish tartibi; 


213 
-
qimmatli qogʻozlarni birja savdolariga qoʻyishni amalga 
oshirish tartibi (listing); 
-
birja bitimlari ishtirokchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblarni 
amalga oshirish tartibi; 
-
birja savdosida muomalada boʻlgan standart kontraktlarning 
taʼrifi; 
-
savdo maydonchalari va seksiyalarining roʻyxati va nomlari, 
agar ular birja tomonidan tashkil etilgan boʻlsa; 
-
birja savdolarini oʻtkazish tartibi; 
-
birja aʼzolariga axborot xizmati koʻrsatish tartibi; 
-
birjada narx-navoning yuzaga kelish jarayoni ustidan nazorat 
qilish tartibi; 
-
birjadagi nizolarni hal etish tartibi; 
-
birja savdolari qoidalarini buzganligi uchun birja aʼzolari va 
xodimlarining javobgarligi toʻgʻrisidagi qoidalar.
Ishlab chiqilgan fond birjasi savdo mexanizmi qoidalari birja 
aʼzolarining umumiy yigʻilishida kelishilib, birjaning Kuzatuv Ken-
gashi tomonidan tasdiqlangandan soʻng qabul qilinishi lozim. Birja 
aʼzolarining umumiy yigʻilishida qoidalar kelishiladi va fond birja 
kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritiladi. Agar fond birja savdo 
mexanizmi qoidalarining matni birja aʼzolari bilan keliishish yoki 
Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanish jarayonida qabul qilinmasa, 
qoidalarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganidan soʻng 
kelishish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Fond birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat quyidagi talablar 
bajarilganda beriladi: 
-
qimmatli qogʻozlar prospekti roʻyxatga olinishi; 
-
emissiya natijalari hisobotini davlat roʻyxatidan oʻtish; 
-
qimmatli 
qogʻozlar 
emitenti 
tomonidan 
Oʻzbekiston 
Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” qonunining 
toʻliq bajarilishi. 
Savdoni tashkillashtiruvchi savdoni birja nizomi talabi va 
hujjatlariga binoan tashkil etishi lozim. Savdoni oʻtkazish vaqti savdo 
tashkilotchisi tomonidan erkin belgilanishi mumkin, lekin savdoni 
oʻtkazish qoidalari boʻyicha savdoni oʻtkazish vaqti asosiy savdo 
sessiyasi mobaynida belgilanishi kerak. Savdolar qoʻshimcha savdo 


214 
sessiyalarda ham oʻtkazilishi mumkin, kun tartibidagi savdolarga 
kiritilgan qimmatli qogʻozlar savdosi asosiy savdo sessiyasiga 
kiritilishi talab etiladi. 
Savdolar amalga oshishi va bajarilishi tartibi tegishli talablar 
bajarilganidan keyin savdoni tashkil etuvchi tomonidan belgilanadi. 
Savdolarda bitimlar kelib tushgan arizalar asosida kelishiladi. Kliring 
tashkiloti tomonidan amalga oshgan bitimlar natijalarini aniqlashtirish 
savdoni tashkil etuvchi majburiyatlari boʻyicha amalga oshadi. 
Savdoda qatnashuvchi nomi yozilmagan arizalar boʻyicha bitimlar 
tuzish market meyker tomonidan qilinadi. 
Fond birja savdolari turli shakllarda tashkil etilishi mumkin. 
Oʻtkazish shakli boʻyicha savdolar:
a) doimiy va sessiya shaklida;
b) kontakt (anʼanaviy) va kontaksiz (elektron). 
Amalga oshish shakli boʻyicha:
a) ishonchnoma asosida birja savdosi (brokerlar);
b) mustaqil birja savdolari (dilerlar). 
Tashkil etish shakli boʻyicha savdo auksionlari oddiy va murakkab 
auksionlarga boʻlinadi. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish