Oddiy auksion
yo xaridorlardan kelib tushgan arizalarni qabul qil-
gan sotuvchi tomonidan (sotuvchi auksioni) yoki potensial sotuvchi-
lardan manfaatli takliflar qidirayotgan xaridor tomonidan (xaridor
auksioni) tashkil etilishi mumkin.
Oddiy auksionning bir necha turlari mvjud.
Xususan ingliz auksioni –
sotuvchilar savdo boshlanishidan oldin
fond instrumentlarini boshlangʻich narxda sotish uchun arizalar beradi.
Ular kotirovka byulletenida kelishtirilib, birja savdo ishtirokchilariga
tarqatiladi. Auksion davomida agar xaridorlar raqobati mavjud boʻlsa,
moliyaviy instrument narxi oshib boradi va natijada auksion aktivi
taklif etilgan eng yuqori narxda bitta xaridorga sotiladi.
Golland auksioni –
sotuvchining boshlangʻich narxi yuqori va
qachonki xaridor narxni maʼqullamagunicha auksionni olib boruvchi
mutaxassis narxni pasaytirib boradi. Bunday holatda qimmatli
qogʻozlar narxiga rozi boʻlgan xaridor tomonidan sotib olinadi.
Qorongʻu auksion –
barcha xaridorlar bir paytda qimmatli
qogʻozlarni sotib olish uchun oʻzlarining narxlarini taklif qilishadi va
215
eng yuqori narx taklif qilgan shaxs qimmatli qogʻozlarni sotib oladi.
Ayrim rivojlangan mamlakatlar qisqa muddatli davlat obligatsiyalarini
–
uch oyli, olti oyli, bir yillik
–
“qorongʻi” auksion orqali joylashtiradi.
Murakkab auksion
(uzluksiz, “chaqiriqli” yoki “olomonli”).
Auksionning bunday turi sotuvchilar va xaridorlar raqobatining yuqori
boʻlishini taqozo etadi. Birja savdosini tashkil etish shakli sifatida
murakkab auksionlar fond bozori xususiyatiga boshqa auksionlarga
nisabatan mos ravishligi bilan ajralib turadi.
Murakkab auksionlar quyidagicha farqlanadi.
Chaqiriqli bozor
(on call market). Fond bozorida bitimlar kamdan
kam tuzilsa, sotuvchi va xaridor narxlari oʻrtasida katta farq yuzaga
keladi va u birja kotirovkasida spred, deb nomlanadi. Buning natija-
sida, bitimlardagi narxlar tebranishi yuqori va muntazam xarakterga
boʻladi, bunday bozor likvid emas, birja savdolari uzluksiz auksion
shaklida tashkil etilishi umuman, murakkab hisoblanadi. Chaqiriqli
bozorda birja savdosini tashkil etilishi kam kuzatiladi, bozor likvidligi
past boʻlganligi sababli, qimmatli qogʻozlar savdosida qatnashish
uchun arizalar tushish muddati uzaytiriladi va tashkil etilgan birja
savdosida deyarli barcha qimmatli qogʻozlar savdosi boʻlib oʻtadi.
Uzluksiz auksion.
Broker muqaddam bergan arizasini oʻzgartirishi
mumkin emas, shuning uchun vaqt mezoni yozma auksionda muhim
element hisoblanadi. Natijada, qimmatli qogʻozning kliring narxi
aniqlanadi va shu narxda sotuvchi va xaridorlar bitim tuzadilar.
Shunday holat bozorni katta hajmda yigʻilib qolgan moliyaviy
aktivlarga boʻlgan buyurtmalarni barobariga sotib turadi. Likvid
bozorda bunday “barobariga sotishlar” bir birja kunida bir necha
marotaba sodir boʻlib turadi. Jahonda barobariga sotish amaliyotidan
keng foydalanadigan yirik bozorlar
–
Avstriya, Belgiya, Germaniya va
Isroil davlati birjalaridir. Bunday barobariga sotish savdolari
–
qimmatli qogʻozlarga doimiy talab va taklif, bozor likvidligi, uzluksiz
auksionga oʻtish imkoniyati mavjudligini bildiradi. Oʻz navbatida,
uzluksiz auksion uch turga ega.
Birinchi turi
– buyurtmalar kitobidan foydalanish,
unga brokerlar-
dan kelib tushgan ogʻzaki arizalar kiritiladi, keyin klerk (birja vakili)
arizalarni kelib tushish muddati va qimmatli qogʻozlarni sotib olish
hajmi boʻyicha ajratadi.
216
Ikkinchi turi
– tablo,
unda qimmatli qogʻozlarga nisbatan
tanlangan eng yaxshi ikkita narx (eng yuqori
–
sotib olish uchun va
eng past
–
sotish uchun narxlar) koʻrsatiladi. Makler kelib tushgan
arizalarni narxlar boʻyicha guruhlaydi va har bir qimmatli qogʻozga
kurs taklifini belgilaydi. Ushbu narxlar broker ish joyi ekraniga yoki
tabloga chiqariladi. Misol uchun, Nyu York fond birjasida biror bir
korporatsiya aksiyalari boʻyicha quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi “17
va 3/8 17 va 3/4 nisbatan” yoki “3/8, 3/4”. Bu 17 va 3/8
–
talabning eng
yaxshi narxi, 17 va 3/4
–
taklifning eng yaxshi narxini bildiradi.
Bunday narxlar birja savdosi jarayonida savdo oʻyinlari strategiyasini
belgilash va arizalar korrektirovkasini qilish uchun asos boʻlib xizmat
qiladi. Vaziyatni tahlil qilib, savdo zalidagi treyderlar koʻrishi uchun
brokerlar oʻzlari tabloga aktivlar narxini chiqaradi. Buyurtmalar
tabloga xronologik tarzda joylashtiriladi shuning uchun vaqt omili hal
qiluvchi rolni oʻynaydi. Agar oʻxshash buyurtmalar xuddi shunday
narxlarda avvalroq kelib tushsa va bozorning qarshi tomonidagi
buyurtmalar bajarilishiga yoʻl qoʻymasa, buyurtmalar bajarilmaydi.
Ushbu buyurtmaning bajarilmaslik sababi aksiyaga “avvalroq” ariza
kelib tushgani boʻlishi mumkin. Agar “avvalroq” arizalarning narxlari
diapazoni bozor taklif qilinayotgan narxlar bilan keskin farq qilsa,
savdo jarayonida makler “avvalroq” kelib tushgan arizalarni chiqarib
tashlab, birja savdosiga korrektirovkalar kiritishi mumkin. Birja
savdosi tashkil etilishining oʻzi chegaraviy spred oʻrnatish yoʻli orqali
bozor likvidligini oshirishga imkon beradi.
Uzluksiz auksionning uchinchi turi
– olomon.
Treyderlar faqat
savdoga kelib tushayotgan aksiyalarni eʼlon qiluvchi klerk (birja
vakili) atrofida toʻplanishadi va kontragentga oʻzlari taklif qilayotgan
narxlarni ovoza qilishadi. “Olomon”dagi savdolar turli narxlarda
amalga oshadi va koʻp hollarda bitta xaridor aniq narxni belgilamagan
holda bir nechta sotuvchilar bilan turli narxlarda aksiyalarni xarid
qiladi. Zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlangan yirik
birjalarda “olomon” shaklida birja savdosi tashkil qilinishini tasavvur
qilish qiyin, ayniqsa, jahon yirik kompaniyalar tomonidan aktiv
emissiyalar oshirilganda. Lekin, bunday uzluksiz birja savdosining
yarim ijobiy jihatlari mavjud, qarz bozoridagi buyurtmalarni
birlashtiradi va shu orqali ushbu bozorni qimmatli qogʻozlardan
217
“tozalab” bajarilayotgan buyurtmalar sonini maksimal darajaga
koʻtaradi.
Birjada savdolarni tashkil qilish uchun operatsion zalga alohida
talablar belgilanadi:
-
har bir savdo ishtirokchisi uchun zarur sharoitlar yaratib berish;
-
har bir savdo tovari uchun alohida zal, unda xona tagi amfiteatr
shaklida boʻlishi kerak. Shuning uchun, bitimlar amalga oshadigan
joyni “pol”, “chuqurlik” yoki “birja xalqasi” deyiladi;
-
zal markazida, balandlikda joylashgan maxsus joyda savdoni
olib boruvchilar, operatsiya va narxlarni roʻyxatga oluvchilar boʻlishi
darkor;
-
zal atrofida (400 gacha ... 500) birja savdolarida qatnashish
huquqi mavjud boʻlgan, maxsus jihozlangan kabinalarda brokerlar joyi
boʻladi;
-
axborot tablo mavjudligi;
-
axborot agentliklar vakillari uchun maxsus ish joylari tashkil
etish;
-
birja zali yonida axborotlari roʻyxatga olish va ombor xodimlari
uchun boʻlimlar boʻlishi darkor.
218
Do'stlaringiz bilan baham: |