sifatida hurmat
va ehtirom bilan oziq-ovqati, kiyim-kechagi, bezak-taqinchoqlari
bilan ta’minlagan holda, e’zozlab, muhabbat bilan o‘z uyida podshohoyim xotin
sifatida saqlasin – toki zodagon (nasabli) erkak zodagon (nasabli)
ayolni xotin
tutgani kabi. Shuningdek, Chata ham Uttakinni sevikli er sifatida hurmat va
ehtirom bilan asrasin, u kishining baxt-saodati haqida qayg‘ursin, uning buyrug‘ini
xotini o‘ziga qonun deb hisoblab, amal qilsin, toki zodagon ayol zodagon erkakni
er turgani kabi.
Kelajakda agar Uttakin Chataning ruxsatisiz boshqa xotin olsa, yoki cho‘ri
va yo boshqa shunga o‘xshash ayolni olsa, bordi-yu bu hol Chataga noma’qul
bo‘lsa, u holda er bo‘lmish Uttakin Chataga 30 dirham dinoriy, yaxshi saqlangan
toza kumush pul beradi. Shundan keyin bunday xotinni (Chatani) na xotin sifatida,
na cho‘ri sifatida saqlamasin, uni qo‘yib yuborsin.
Agar kelajakda Uttakin Chatani xotin
qilmayman degan qarorga kelsa, bu
holda uni qo‘yib yuborsin. Lekin unga oziq-ovqat bersin, birga hayotlari vaqtida
olgan narsalari bilan hamda tovon puli bilan boshqa shartlarsiz uni jo‘natib
yuborsin. Shunda u Chataga boshqa hech narsa tovondor bo‘lib qolmaydi va
to‘lamaydi. Va shundan keyin u o‘ziga yoqqan ayolga uylana oladi.
Agar Chata
Uttakinga bundan buyon xotin bo‘lmaslik qaroriga kelsa, unda xotinlikdan chiqib
ketsin. Bu holda u Uttakinga kiyishga yaroqli kiyimlar qoldirsin. Uttakindan olgan
bezak taqinchoqlarni va boshqa narsalarni tashlab ketsin. Chata o‘ziga tegishli va
birgalikdagi hayoti davomida orttirilgan mulkini olib ketsin. Va u boshqa hech
narsaga tovondor bo‘lmasin, to‘lamasin. Shundan keyin Chata o‘zi xohlagan
erkakni er qilishi mumkin. Agar Uttakin ajrimdan so‘ng jinoyat qilsa,
buning
uchun o‘zi javobgar bo‘lsin va o‘zi tovondor bo‘lsin.
Agar Uttakin kimningdir qulligiga tushib qolsa, qarz bedaliga qul bo‘lsa,
asirlikka tushsa, biror kimsaning homiyligi ostidagi mulkka aylansa, bu holda
Chata o‘zidan bunyod bo‘lgan avlodi bilan birga hech qanday majburiyatsiz ozod
qilinmog‘i lozim.
Agar
Chata jinoyat sodir qilsa, bunga uning o‘zi javobgar bo‘lsin, o‘zi
tovondor bo‘lsin. Agar u kimningdir quliga aylansa, qarz badaliga qul bo‘lsa,
asirlikka tushsa, kimningdir himoyatiga topshirilgan mulk holatiga tushsa, bu
holda Uttakin o‘zidan bunyod bo‘lgan avlodi bilan birga hech qanday
majburiyatsiz ozod qilinmog‘i lozim.
Shunday qilib, biri boshqasining jinoyati
uchun javob bermaydi va tovon to‘lamaydi.
Bu nikoh bitimi – qonunlar uyida, uning boshlig‘i Vaxgo‘kon Varxuman
o‘g‘li huzurida tuzildi. Bu yerda guvoh sifatida Skatch Shishich o‘g‘li, Chaxren
Romich o‘g‘li, Shav Mahak o‘g‘li bor edi. Romtish Vgashfarn o‘g‘li
tomonidan
yozildi. Uttakin va Chatalarning nikoh bitimi. (Nikoh bitimi melodiy 710-yilning
25-martiga to‘g‘ri keladi).
Do'stlaringiz bilan baham: