Sutni qo’shimcha bo’yash.
Yil fasllari, rasion tarkibidan qatiiy nazar
tayyorlangan pishloq to’liq andoza talablariga javob berish kerak. Yozda ko’k
oziqalar, qishda esa silos, pichan, senaj tarkibidagi karotin hisobiga tayyorlangan
pishloqning rangi ta’minlanadi. Sutda karotin yetishmasa pishloqqa andozadagi
och sariq rangni berish uchun annato o’simlik rangi qo’shiladi: qish paytida 100 kg
sutga 5-10 gr, yoz paytida esa 1-5 gr. Sutga rang qo’shilgandan keyin u yaxshi
aralashtiriladi, toki rang aralashmaning hamma joyiga bir xilda tarqalsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |