Pishloqni parafinlash va qadoqlash.
Yetilgan pishloqlar so’kchaklardan
olinib yaxshi yuviladi, ohak eritmasida chayilib, quritiladi, ishlab chiqaruvchi
muhrini bosib, qurib ketmasligi uchun parafinlanadi. Parafinlashlash maxsus
idishda amalga oshiriladi (parafinyor), unga pishloq bo’laklari maxsus moslama
yordamida tushiriladi, unda parafin 140-150
0
Sda bo’lib, pishloq 2-3 soat ushlab
turiladi. Parafin qavatining mustahkamligi va egiluvchanligini oshirish uchun 5-7
% polizobutilen qo’shish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Pishloqni parafinlashda
DS qo’ymasidan ham foydalansa bo’ladi (35 % petrolatum va 65 % parafin), u
juda mustahkam hisoblanadi.
Yashiklarga solishdan oldin pishloqning sifati aniqlanadi. Yashikning
tashqi qismiga andoza talabiga mos muhr bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |