Oqsillarning o’zgarishi.
Sutga shirdon fermenti qo’shilishi hamono
oqsillarning parchalanishi boshlanadi. Parakazein bakteriyalar tomonidan ishlab
chiqarilgan fermentlar ta’sirida proteoletik parchalanishga uchraydi. Parakazein
dastlab albumoz va ammiak singari azotli oddiy birikmalargacha parchalanadi.
Oqsillar parchalanganda turli azotli birikmalar hosil bo’ladi. A.I.Chebataryov
ma’lumotlariga qaraganda 90 kunlik golland pishlog’ida yangi pishloqqa nisbatan
6,5 marta ko’p eriydigan azot, 13 marta ko’p peptonlar, 4 marta aminokislotalar
ko’pligi qayd etilgan.
Sut yog’i.
Pishloqda yog’ tarkibiy jihatdan chuqur o’zgarishlarga
uchramaydi. Faqatgina yetilish davrida ustida mog’or rivojlanadigan
pishloqlardagina keton, aldegid va boshqa moddalar hosil bo’lib, pishloqning hidi
va ta’mini shakllantirishda o’rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |