O ' z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o r t a m a X s u s t a ' L i m V a z I r L i g I r. X. Alimov, G. T. Yulchiyeva, O. Q. Rixsimboyev



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/178
Sana04.06.2022
Hajmi4,18 Mb.
#635746
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   178
Bog'liq
referat

Korporativ axborot tizimi 
ayrim masalalar va ularni amalga oshi- 
rishning tarkibiy qismlarini ko'rib chiqadi. Ular qatorida quyidagi masalalar 
bo'lishi mumkin:
• har xil va bir-biri bilan bog'lanmagan dasturlar hamda amaliy 
tizimlar tomonidan tuzilgan yagona ma’lumotlar bazasi;
• turli firmalar va texnologiyalar bo'yicha (moliya, moddiy texnik 
hisob, hujjat aylanishi, tahlil va hokazo) yaratilgan ko'plab amaliy tizimlar.
K orporativ 
axborot tizimi quyidagicha bo'lishi lozim:
• m a’lum bir tajriba va bilimni to'plash holida ulami qoidalashti- 
rilgan tartib va qarorlar algoritmlari ko'rinishida boyitish;
• doimiy ravishda rivojlanish va takomillash;
• tashqi muhitning o'zgarayotgan shart-sharoitlariga va iqtisodiy 
obyektning yangi talablariga tezda moslashish;
• insonning eng zarur talablariga, uning tajribasi, bilimi va psiho- 
logiyasiga mos kelish.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini tadbiq etish 
inson 
bilimi harakatga aylanadigan joyga axborot texnologiyalarini yetkazib berishni 
anglatadi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi axborot mahsulotlariga kirib 
borish vaqtini tejaydi. Axborot texnologiyalari bir qator ijobiy xususiyatlaiga 
ega:
— dastlabki ma’lumotlami qayta ishlash va hisob-kitoblami olib borish 
yuqori ixtisosligi ega va amaliy malakasi bo'lmagan xodimlaiga topshirilmaydi. 
Yuqori malakali mutaxassislar hisob-kitoblar variantini tanlaydi, tahlil 
qiladi, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadi;
— shaxsiy kompyuter bilan ishlash barcha ijrochilarning malakasi 
oshishiga, ularning kasbiy tayyorgarligi yuqori darajada bo'lishiga olib 
keladi;
— hisob-kitoblami qayta ishlash va hujjatlarni rasmiylashtirish nati­
jasida tejalgan vaqt hisobiga bir necha variantlarda hisob-kitob qilinadi, 
shart-sharoitlarning muqobil baholari olinadi. Bu asoslangan qarorlar 
qabul qilish va tahlil etish uchun juda zarur.
101


Kompyuter texnologiyasi hisobiga tejalgan vaqt mutaxassislar sonining 
qisqarishiga olib keladi, deb xulosa chiqarish to‘g‘ri emas. Chunki hisob- 
kitobni o'tkazish asosiy vazifa, ya’ni zarur qarorni qabul qilishning bir 
qismi sanaladi, holos. Hisob-kitoblarni amalga oshirish vaqti qisqarganda 
tahlil va qaror qabul qilish vaqti uzayadi.
Shu tariqa avtomatlashtirilgan axborot tizimini va texnologiyalarini 
yaratish mutaxassislar sonining qisqarishiga olib kelmaydi, balki ularning 
mehnatini sifat jihatidan o'zgartirish imkonini beradi.
Axborot texnologiyalarini turli sohalarga qo'llash quyidagi natijalarga 
olib keladi. Masalan, boshqaruv tizimiga avtomatlashtirilgan axborot 
texnologiyalarini qo'llash quyidagi natijalarni beradi:
— boshqaruv darajasi miqdori qisqarishi;
— m a’muriy xarajatlaming kamayishi;
— o'rta boshqaruv bo'g'ini xodimlarining ishdan ozod bo'lishi;
— avtomatlashtirish hisobiga xodimlami qo'l mehnatidan ozod qilish, 
intellektual faoliyat uchun vaqt qolishi;
— matematik uslublar va intellektual tizimlarni tatbiq etish hisobiga 
boshqaruv vazifalarini hal qilishning oqilona variantlariga ega bo'lish;
— zamonaviy tashkiliy tuzilma yaratiladi;
— avtomatlashtirilgan texnologiya tashkiliy jihatdan moslashuv- 
chanlikni yuzaga keltiradi;
— ish unumdorligining oshishi;
— vaqtni tejash;
— boshqaruvchilar malakasi va kasbiy bilimining oshishi;
— raqobatchilik afzalligi kuchayadi;
— tushum, daromad ko'payadi, ortiqcha xarajat kamayadi.
Axborot tizimiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo'llash
quyidagi natijalarni beradi:
— axborot oqimi tuzilmasini takomillashtirish; 
elektron pochta yordamida samarali muvofiqlashtirish;
— ishonchli axborot bilan ta’minlash;
— ma’lumotlami qog'ozda tashuvchilami optik-magnitli tashuvchilarga 
almashtirish axborotlarni kompyuterda qayta ishlashni oqilona tashkil etishga 
va qog'ozdagi hajmining kamayishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo'llash 
quyidagi natijalarni beradi:

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish