O ’. M. Asqarova, M. A. Abdullaeva, M. Boltaeva andragogika



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/130
Sana08.12.2022
Hajmi3,22 Mb.
#881113
TuriУчебное пособие
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130
Bog'liq
Andragogika. Asqarova O\'.M. Abdullaeva M.A

Reklama kampaniyasi
Guruh o ’z loyixasining plakatinigina emas, uning yorqin taqdimotini -
“reklama kampaniyasi” ni ham tayyorlaydi. Bunda ijodkorlikning turli 
qirralarini qo’llash mumkin kostyumlar, qo’shiq, raqs, pufaklar, plakatlar
aytishuvlar va h.k.
Ekspertlar sudi
Guruhlar galma-gal o ’z loyixalarining stend taqdimotini o’tkazadilar, 
boshqa 
ishtirokchilar 
esa 
oldindan 
tayyorlangan 
rollar 
tavsiflangan 
kartochkalarni oladilar. Rollar muhokama etilayotgan loyixalarning mavzusiga 
qarab tanlanadi. Odatda, bular tegishli davlat muassasalari, ilmiy institutlar, 
ta ’lim muassasalari, jam g’armalar, nodavlat tashkilotlar, ayollar uyushmalari, 
faxriylar kengashlari vakillari bo’lishi mumkin.
Kartochkalardagi rollar mazmuni konkret ifoda etilishi, ro’l o’ynayotgan 
kishi unga qiynalmay kirishishi lozim. Masalan, "Petr Panteleymonovich 
Sidorkin, o ’rta faxriysi, 10 nafar nabiraning buvasi, "Nafaqamxo’rlami qo’llab- 
q uw atlash jam g ’armasi" Boshqaruvi a ’zosi, kommunistik partiya a’zosi". 
Ishtirokchilar butun muhokama davomida o’z rollarini saqlab qolishlari yoki har 
bir chiqishlaridan so’ng rollarini o ’zaro almashishlari mumkin. Loyixa 
taqdimotidan keyin ular o’z rollariga muvofiq savol beradilar, loyixa mualliflari 
esa ekspertlarning barcha toifalari uchun qadrli biror jixat topishga harakat 
qiladilar.
Jamg’arma (fond) k o ’rik-tanlovi
Ushbu 
mavzudagi 
seminar 
m ashg’ulotida 
loyixa 
ustida 
ish 
boshlanmasidan aw al moderator ular, masalan, tadbirkorlikni qo’llab- 
q u w atlash jam g ’armasi (jamg’arma nomi shartli ravishda, tayyorlanayotgan 
loyixa mavzusiga muvofiq tanlanadi) e’lon qilgan ko’rik-tanlovga taqdim 
etilishini xabar qiladi. Moderator, shuningdek ja m g ’armaning talablarini
74


oldindan aytishi va shu toifa guruhlarning fantaziyasini biroz chegaralashi 
mumkin. Masalan, loyixaning maksimal byudjeti - 5 ming dollar, amal qilish 
muddati - 1 yil, maqsadli guruh - ishsizlar va sh.k. Taqdimotga ajratilgan vaqt 
ham chegaralanadi. Moderator har bir guruh a’zolariga o’z loyihalarming 
maqsadga muvofiqlashni isbotlash uchun 10 daqiqa, savollarga javob berish 
uchun 5 daqiqa vaqt berilishini ma’lum qiladi. Loyixalar tayyor bo’lgach, 
ko’rik-tanlov boshlanadi guruh o ’z loyixasini rollari boshqa ishtirokchilar yoki 
mustaqil ekspertlar (masalan, seminarlar tomonidan uynaladigan jam g’apma 
a ’zolariga taqdim etadi. Keyin "Jamgarma Kengashi" - har bir guruhdan bir yoki 
ikkitadan vakil yashirin ovoz berish orqali qaysi loyixani qo’llab-quwatlashni 
xal qiladi.
So’zsiz m unozara
Agar to ’rtta ustivor vazifa belgilansa moderator ishtirokchilami to’rtta 
guruhga bo’ladi, har bir guruh vatman qog’oz (flip) hamda vazifalardan biri 
yozilgan kartochka qo’yilgan stol atrofiga to’planadi. Barcha guruhlar bosqich 
davomida gaplashmasdan va hech narsani muhokama qilmasdan, indamay 
ishlaydilar. Bu vaqtda mashg’ulot davomida engil, e’tibomi jalb qilmaydigan, 
fikmi chalg’itmaydigan musiqa qo’yib qo’yish mumkin. Guruh vazifani uylab 
bo’lganidan so’ng har bir ishtirokchi qog’ozda o’z echimini (tadbirlar, 
akstiyalar, choralar va h.z.) yozadi. Moderatorning ishorasi bo’yicha (5-7 
daqiqadan so’ng) ishtirokchilar stollari atrofida soat millari bo’ylab o’rin 
almashadilar. Har bir ishtirokchi sherigining yozganlarini o’qib, o’z g’oyalarini 
taklif qilishi, tushunarsiz jihatlami aniqlashtirish uchun yozma savol berishi 
mumkin. Belgilangan vaqt o’tganidan so’ng yana o’rin almashadilar.
Tajribadan m a’lum bo’lishicha, ishtirokchilar hamma uylaganlarini aks 
ettirishlari va barcha savollarni aniqlashtirishlari uchun davrani 4-5 marta to’liq 
aylanishlari zarur. Moderator ishtirokchilaming hech narsa qo’shimcha 
qilmayotganlarini ko’rsa, mashqni ilgariroq tugatish mumkin

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish