O ’. M. Asqarova, M. A. Abdullaeva, M. Boltaeva andragogika



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/130
Sana08.12.2022
Hajmi3,22 Mb.
#881113
TuriУчебное пособие
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130
Bog'liq
Andragogika. Asqarova O\'.M. Abdullaeva M.A

Umidlar kostyumi
Moderator ishtirokchilarga antiqa shaklni to’ldirishni taklif qiladi. U 
futbolka, shim va ichkiyim ko’rinishida kesilgan qog’oz varaqlaridan iborat. 
Futbolkada ishtirokchilaming seminardan kutayotgan natijalari, ichkiyimda 
xavotirlari, shimda seminami o’tkazish buyicha takliflari yoziladi. Har bir 
ishtirokchi tayyor kostyumini qisqichlar yordamida ipga osib qo’yadi. Barcha 
ko’rgazma bilan tanishib, o’zi uchun guruhdagi umumiy vaziyatni, seminar 
mavzusiga munosabatni bilib olishi mumkin.
Masofani tanla
Moderator biror predmetni seminar ramzi deb e’lon qiladi va o’quv 
auditoriyasining o ’rtasiga qo’yadi. Endi ishtirokchilarga predmetdan ulaming 
seminar mavzusiga yaqinligi yoki uzoqligini namoyish qiladigan masofada 
turish taklif etiladi. Har bir ishtirokchi tanlangan masofani bitta gap bilan 
tushuntiradi.
So ’zni harflar buyicha taxlil qilish
Seminar mavzusi bilan bog’liq tayanch tushunchalardan biri doskaga 
bosma harflar bilan, vertikal qilib, yuqoridan pastga yoziladi. Shundan so’ng 
ishtirokchilarga yozilgan tushunchaning har bir harfiga shu harf bilan 
boshlanuvchi so’z topish va aloxida kartochkalarga yozish taklif qilinadi. Keyin 
so’zlar ustma-ust ilinadi yoki erga taxlanadi va bir-biriga qiyoslanadi.
Axborotni etkazish va tahlil qilish
Har bir seminarning eng muhim vazifalaridan biri ma’lum mavzu bo’yicha 
axborot berishdan boshlanadigan konkret vaziyat taxlilidir. Shubhasiz, biz 
axborotning m a’ruza yoki xabarlar ko’rinishida taqdim etilishiga o’rganib 
qolganmiz, vaxolanki, bunday ma’ruza metodi "ma’ruzachining fikrlarini
73


tinglovchilarning miyasini aylanib o’tib, daftarlarida aks ettirishning eng yahshi 
yo’lidir". Agar biz xabar berishga qaror qilgan b o ’lsak aw al o’zimizga quyidagi 
savolni berishimiz m a’qui bo’ladi: ’’Mening m a’ruzam ting-lovchilarga qanday 
foyda keltiradi?" Bu savolga ijobiy javob bergani-mizdan so’ng, ma’ruzamiz:
- e ’tibomi tortadigan nomlanishga ega bo’lishi;
- uchtadan ortiq bo’lmagan asosiy g ’oyalardan iborat yaxlit xabar bo’lishi;
- kirish (taxminan 15 %), asosiy qism (75 %) va xulosa (10 %)dan tarkib
topishi lozimligini unutmasligimiz kerak. Bundan tashqari, ma’ruzaning
varaqlardagi yoki kartochkalardagi tezislari (har bir tezis aloxida kartochkada) 
bizga kuchliroq ishonch bahsh etadi. Endi axborotni uzatish va taxlil qilishda 
foydalanish mumkin bo’lgan boshqa metodlarni ko’rib chiqamiz.
Stend taqdimotl
Guruh katta plakat tayyorlaydi, unda loyixaning asosiy komponentlarini 
(tarkibiy qismlarini: nomi, maqsadi, tadbirlari va h.z.) aks ettiradi. Bunda turli- 
tum an materiallardan, applikastiya, kollaj yoki rangli markerlardan foydalanish 
mumkin. So’ngra plakatlar devorlarga ilinadi, guruhlar galma-gal o’z loyixalari 
xaqida gapirib beradilar. Boshqa guruhlar aniqlashtiruvchi savollar beradilar 
yoki o ’z takliflarini bildiradilar.

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish