1.2. Nutqni tadqiq qilishda ilmiy nazariy qarashlar tahlili
Nutq tovushlarning tavsifi:
Har qaysi tilda nutqning paydo bo’lishida cheklangan tana a’zolari harakati ishtirok etishi mumkin (artikulyar imo-ishoralar).
Artikulyar imo-ishora nutq apparatining xususiyati va holatiga mos tushadi va muayyan nutq tovushining paydo bo’lishiga olib keladi.
Artikulyar imo-ishoralar tartib bilan birin-ketin amalga oshiriladi.
Nutqning xususiyatlari.
Matn – ma’no – fikr bildirish.
Ma’lumot (xabar, axborot) bayoni.
Ozaki nutqda axborotning muayyan darajada yo’qolishi.
Nutqning fonetik elementi.
Nutqni idrok qilish nazariyasi:
Shkalalashtirish.
Unitish.
Halaqit beruvchi vaziyat va sharoitda idrok qilish:
a) akustik, b) vizual, v) taktil...
Dinamik spektogramma:
a) undosh,
b) unli.
Nutq faoliyati:
Anglash
Anglash (tushunish)
qayd qilish (fiksatsiya):
a) nazariy va amaliy axborotlar,
b) takroriy fikrlar,
v) diqqatni yo’naltirish (soxta diqqat),
g) inson shaxsiyatini (shaxs, motiv, motivatsiya, emotsiya, hissiyot, iroda: emotsional-motivatsion, shaxsiy, irodaviy, kognitiv, regulyativ va boshqalar).
Nutq turlarining psixologik tavsifi
Psixologiya fanida nutqqa va nutq faoliyatiga baishlangan bir talay ilmiy tadqiqot natijalarimavjud bo’lsa-da, lekin bu borada umumiylik, ta’riflar birligi, uning evolyutsion va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotiga oid qarashlarda mohiyat hamda shakl jihatdan o’xshashlik yo’q. Nutqning neyropsixologik asoslari, mexanizmlari, artikulyatsion va fonetik apparatlari, psixolingvistik tuzilishi (fonema, fleksiya) to’risida ilmiy-amaliy xususiyatli umumlashmalar hamda umumlashmalar umumlashmasi ishlab chiqilmagan. Xuddi shu boisdan nutqning genezisi, uning filogenetik va ontogenetik xususiyatlari, paydo bo’lishi, o’sishi, o’ziga xos tavsiflanishi, bosqichlari, fazalari, patologiyasi bo’yicha xilma-xil yondashuvlar mavjuddir.
Psixologlar tomonidan nutq psixologik muammo sifatida o’rganilishi ham o’ziga xoslik, uning qirralari, shakliy tuzilishi, mantiqan izchilligi, tasniflanishi, mavjud bo’lib, ilmiy talqinining tub mohiyati, bayoniyligi bilan o’zaro tafovutlanadi. Yondashuvlar tahliliga to’xtalishdan oldin, nutqning psixologik tavsiflari yuzasidan mulohaza yuritish, uning tatbiqiy jihati qiymatini oshirishga xizmat qiladi.
Bizningcha, nutqning muayyan asoslarga suyangan holda noan’anaviy tasnifini berish uning qiymatini yanada oshiradi, inson – texnika munosabatini amaliy jihatdan namoyish qilgan bo’ladi (odatda ozaki va yozma turkumga ajratilar edi): verbal va noverbal.
Genetik kelib chiqish jihatidan noverbal nutq birlamchi hisoblanadi, chunki insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, so’zsiz nutq turlarini paydo bo’lgan bo’lib, u o’z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini qamrab olgandir. Insoniyatda nutqning hozirgi zamon avlodiga xos artikulyatsion apparati paydobo’lgunga qadar, imo-ishora negiziga qurilgan. Ma’lumki, qadimgi ajdodlarimizning nutqi va nutq faoliyati hozirgi zamon kishilarida qanday funktsiyani bajarayotgan bo’lsa, o’sha davrda ham xuddi shunday vazifani ijro etgan. U davrlarda axborotlar, ma’lumotlar ko’lami torbo’lganligi tufayli insonlar noverbal nutqdan ko’p davrlar muvaffaqiyatli foydalanib kelganlar. Avlodlar tarbiyasi ma’lumotlar uzatish noverbal nutq orqali amalga oshirilgan, ijtimoiy va xususiy (shaxsiy) fikr uzatish hamda qabul qilish ana shu tariqa namoyon bo’lgan, tobora takomillashib borgan.
Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko’rinishlarga ajratish mumkin:
Imo-ishora,
Mimika,
Pantomimika,
Exologik, ya’ni aks sado,
Signifikatsiya,
Daktilogik (barmoq nutqi).
Inson er yuzasidan hayot va faoliyat ko’rsatish davrining dastlabki pallasida asosiy nutq turi sifatida imo-ishora alohida ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun etnik stereotiplar asosida muayyan kechinmalarni, ma’lum axborotlarni shaxslararo munosabat jarayonida uzatish va qabul qilishda ifodalanuvchi tovushsiz, lekin ma’noli, mazmunli nutq turi imo-ishorali nutq deyiladi. Masalan, o’zbeklarda fikrni tasdiqlash old tomonga bosh siltash bilan ifodalansa, xuddi shu ma’noni bulorlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib keladi. Bir xalqda sanash boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jimjiloqdan, birisida barmoqlar bukilsa, ikkinchisida unday qilinmaydi. Aksariyat hollarda imo-ishora his-tuyusiz namoyon bo’ladi va shaxslararo munosabatning tub ma’nodagi ham quroli, ham vositasi funktsiyasini bajarib kelgan. Lekin uni his-tuyusiz deb nomlash ham ilmiy-amaliy qiymatini pasayishiga olib keladi, bu holat uning ijtimoiy funktsiyani o’zida aks ettiradi, shaxslararo munosabat mazini tashkil etib kelgan, ba’zida hozirgi zamonda ham undan keng ko’lamda foydalaniladi.
Yuz harakatlari (fizionomiya) yordamida insonni inson tomonidan idrok qilish, o’zgalar fikriga javob qaytarish, tana a’zolari rangining o’zgarishi hisobiga shaxslararo munosabatga kirishishda namoyon bo’luvchi noverbal nutqturiga mimika deyiladi. Tabassum, jilmayish, miyiida kulish, lab qisish va cho’chaytirish, til chiqarish, qosh uchirish va suzish, xullas turli psixologik holatlarni, ayniqsa hissiy kechinmalarni aks ettiruvchi kommunikativ, interaktiv, pertseptiv xususiyatli nutq turi mimika bo’lib hisoblanadi. Mimika yordami bilan haqgo’ylik, quvlik, yoqtirish va yoqtirmaslik, samimiylik va ikkiyuzlamachilik, hasad, quvonch, qayu, baxtiyorlik singari yuksak tuyular namoyish etiladi. Xush yoki noxush kechinmalar aks etilayotganligidan kelib chiqqan holda muomala jarayoni yoki qisqa muddatli, uzoq muddatli vaqt mezonini namoyon qiladi, ayanch, baxt hislarini ifodalab keladi. U mono vaziyatni, diada, triada, poliada ko’rinishidagi shaxslararo munosabat shakllarini yaqqol aks ettiradi, fikrni uzatish, qabul qilish, ta’sirlanish, ruhlanish kabi funktsiyani bajaradi. Hayotiy tajribaning ko’payishi bilan ichki kechinmalarni (interiorizatsiyalash) tashqi voqea hodisalarga almashtirish(eksteriorizatsiyalash) bilan yakunlanadi, ko’pincha individual va ijtimoiy tarbiya vazifasini bajaradi.
Yuz harakatlari, tana a’zolari, qaddi-qomat yordami bilan fikrlarni uzatish, syujetli qoidali, ma’noli, dramatik kechinmali noverbal nutq turiga pantomimika deb ataladi. O’z mohiyati ko’lami bilan mimikadan ustuvor xususiyatga ega bo’lib, axborotlar, intim holatlar, murakkab kechinmalar yuzasidan o’zgalarga ma’lumot uzatish tarzida hukm suradi. Insonda turmush tajribasi ortib borishi, kasbiy faoliyat mazmunini rollarga va syujetga asoslangan holda stsenariysini yaratish, vaziyatga qarab qisqa va uzoq muddatli informativ funktsiya bajaradi. Pantomimika yumor hissini, qo’rqinch tuyusini, zahmat obrazini, dahshat kechinmasini o’zida aks ettirib, ko’pincha kommunikativ funktsiyani ijro qiladi, hissiy aloqa o’rnatish orqali taassurotlar mukammalligi ta’minlanadi.
Tashqi ta’sirlanish va uning teskari aloqasi kulgida, ko’z yoshlarida (xoh quvonchli, xoh qayuli bo’lishidan qat’i nazar) ifodalanib, assotsiatsiyalarni jonlantiradi va ko’lamini kengaytiradi. Pantomimika sahna harakatiga nisbatan qobil, iste’dodli, iqtidorli, salohiyat namunasini namoyish etib, maxsus qobiliyatli shaxslar tomonidan maqsadga muvofiq ravishda ijroqilinadi, lekin istisno tariqasida o’qituvchilik faoliyatida ham unumli foydalaniladi. Yaqqol ruhiy hodisalar, holatlar, xususiyatlar, shaxsning fazilatlari, pantomimika ijrosi davomida faoliyat sub’ekti tomonidan bajariladi.
Ayrim his-hayajonli shartli tovushlarda mujassamlashgan axborot uzatish va qabul qilish maqsadini amalga oshiruvchi, tabiiy to’siqlarga urilib qaytuvchi aloqa vositasiga exologik yoki sado nutqi deyiladi. Exologik yoki aks sado nutq turi bir tomonlama aloqa (to-inson, inson-jism) negizida vujudga keladi, ko’pincha individual tovush harakati javob, masofa funktsiyasini ijro etadi. Lekin aks sadoorqali tolarda, qalin o’rmonlarda ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasida aloqa quroli sifatida muayyan ahamiyat qozonadi. Fazoviy tasavvur qonuniyati asosida shaxslararo munosabat o’rnatiladi, ma’lum shartli belgilari o’zaro bilvosita muloqot vositasi rolini ijro qiladi. Ekstremal favquloddagi hodisalar yuz berishi jarayonida shartli tovushlardan tuzilgan aloqa usulidan foydalaniladi. Tovushlarning qaytishi fazoviy chamalash, muayyan mo’ljal olish uchun xizmat qiladi, qo’rqinch, hayajon, umid, ishonch tuyularining aloqaga kirituvchi shaxslar ruhiy dunyosida mujassamlashishini ta’minlaydi.
Noverbal turkumga kiruvchi signifikatsiya boshqalardan o’z tuzilishi, mazmuni, shakli bilan keskin ajralib turadi. Aniq shartli alomatlar orqali muayyan mantiqiy yuklamani o’zida aks ettiruvchi kommunikativ xususiyatli noverbal nutq turi signifikatsiya deyiladi. U shartli belgilar, signallar, modellar shaklida ifodalanishi mumkin. Uzoq masofalarga xabar yoki ma’lumot uzatish va qabul qilish vositasi sifatida Morze alifbosi va shunga o’xshash “sun’iy til” nomi bilan mashhur kommunikativ manbalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Har bir “signal” o’z ko’lami, takrorlanish sur’ati, tembri, chastotasi bilan muayyan ma’lumot uzatish yoki qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lib, shartli alomatlar negizida mazmun yoki mohiyat yotadi (“doza”, “portsiya” deb nomlanadi). Morze alifbosi va shunga o’xshash hozirgi zamon aloqa qurilmalari qo’l yordami bilan (asbobni bosish orqali) xabar uzatishga yoki qabul qilishga mo’ljallangan. Hozirgi zamon ratsiyalari ham xuddi shunga o’xshash kommunikatsiya quroli vazifasini bajaradi.
Noverbal nutqning yana bir turi daktiologik (barmoq) nutq deb ataladi. Inson tana a’zolari, imo-ishoralar, mimika, xullas hissiyot yordami bilan muomala o’rnatishga qaratilgan aloqa vositasi daktiologik nutq deyiladi. So’z orqali ifodalanuvchi nutq mazmuni ma’noli qo’l, yuz harakatlariga, ayrim hayajonli sadoga, qahr-azab, iliq tabassum, qahqahaga ko’chiriladi. Harakatning takrorlanishi axborot mazmunini boyitadi, kuchaytiradi, ma’lumotlar uzluksizligini ta’minlab turadi. Umumbashariy xususiyatli nutq vositasi daktiologiya fani nomi bilan yuritiladi va maxsus o’qitish, o’rgatish orqali undan foydalanish ko’nikmasi hamda malakasi soqov yoki kar-soqov odamlarda shakllantiriladi. Hatto ularda savod chiqarish ham xuddi shu tamoyil negizida quriladi. Tabiat va jamiyatga nisbatan munosabat, shaxslararo muomala, ma’lumot almashish shu nutq yordami bilan ifodalanadi.
Noverbal nutqni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1) tovushsiz: a) imo-ishora, b) mimika, v) pantomimika, g) daktiologik; 2) tovushli: a) exologik (aks sado), b) signifikatsiya(shartli belgilar, signallar, modellar).
Verbal nutq turkumini shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1) ozaki, 2) yozma, 3) monologik, 4) poliologik, 5) tashqi, 6)ichki, 7) ekspressiv, 8) impressiv, 9) lakonik (qatra, yiiq), 10) epik (yoyiq), 11) affektiv (jahl holatidagi).
Do'stlaringiz bilan baham: |