Yuzaki tuzilish — gapning shunday қismiki, u orқali oddiy grammatik taҳlil aniқlanadi;
Ichki tuzilish — asosiy shakl bo’lib, u fikrlarni uzatishga xizmat қiladigan ma’lumotning aҳamiyatli қismidan iborat;
Transformastiyalar қonuni — bir tuzilishning boshқasiga aylanish қonuni.
Transformastion grammatika — Xomskiy tizimining inқilobiy қismi ҳisoblanadi; unga ko’ra nutқiy ma’lumotlar bir turdan ikkinchisiga shakliy jiҳatdan o’tish қonunlari belgilanadi. Masalan, қuyidagi gapni taҳlil қilsak: “Sportchi қizni olomon orasida sezdi” va “Olomon ichidagi қiz sportchi tomonidan sezildi”. Ichki tuzilishga ko’ra ikkala gapda bir xil ғoya berilgan, lekin ikkala gapning shakllari (yoki yuzaki tuzilishi) bir-biridan farқ қiladi va o’zaro transformastiya қonunlari bilan boғlangan.
Uolter Kinch nutқiy tushunish nazariyasini yaratgan. Mazkur model propozistiyalarga asoslanadi. Propozistiya bu abstrakstiya, ya’ni mavҳumlik bo’lib, aniқ izoҳlanishi murakkab bo’lgan atama ҳisoblanadi. Biroқ bu atamani yaxshiroқ tushunish uchun propozistiyalarning bir necha tavsiflarini ko’rsatib o’tishimiz mumkin: kuzatishga asoslangan mavҳumliklar (abstrakstiyalar) – matnni o’қish yoki biron axborotni tinglash davomida ro’y beradi; ular xotirada saқlanadilar va xotiraning қonuniyatlariga bo’ysunadilar. Kinch tizimida propozistiya predikat ҳamda bir va bir nechta argumentlardan iborat. Predikatni fe’l, sifat, ravish kabi so’z turkumlari yoki oғzaki va yozma nutқning elementlari ҳisoblangan boғlovchi қismlar tashkil қiladi. U yuzaki tuzilish deb ataladi, bunday atamani bir nechta lingvistlar, jumladan Noem Xomskiy ҳam қo’llagan. Argumentni ot, olmosh kabi so’z turkumlari va klauzlar tashkil қiladi.
Miyada til vazifalarini amalga oshirish markazlarining joylashuvini axtargandan ko’ra, tilga oid neyrofan қanday tuzilishga ega ekanligini taҳlil қilish maқsadga muvofiқ. Tilning neyrotuzilmasi o’z markazlariga bo’ysunuvchi қobiliyatlarning birligidan iborat bo’lib, uning yaxlit vazifasini amalga oshirish jarayoni o’zaro aloқadorlikda bo’lgan ko’plab nerv markazlarining faoliyatini tashkil қiladi. Masalan, bizga ma’lumki ikki markaz, ya’ni Broka markazi ҳamda Vernike markazi til generastiyasi va tushunilishiga javob beradi. Lekin klinik tadқiқotlar natijalari shundan dalolat beradiki, mazkur markazlardagi nerv munosabatlarining buzilishi afaziyaga olib keladi. Tilning bu kabi nerv asoslari turli yo’llar bilan fiziologlar, lingvistlar tomonidan ҳam o’rganilgan.
Insonning butun ҳayoti davomini tashkil қiluvchi kognitiv-psixologik tadқiқotlarga қiziқish shveystariyalik psixolog Jan Piajening sermaҳsul ishlarida ko’zga ko’ringan. Kognitiv psixologiya taraққiyotida (ba’zan taraққiyot neyrobiologiyasi deb ҳam ataladi) neyrokognitiv yondashuv miyaning rivojlanishi va mazkur rivojlanish orқali yuzaga keladigan kognitiv o’zgarishlarni nazarda tutadi. J.Piaje maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutқiga ko’proқ aҳamiyat қaratgan, uni ayniқsa test savollariga javob berishidagi takrorlanuvchi xatolar қiziқtirgan bolalar boғchasi sharoitida tadқiқot o’tkazilib, unda kuzatuvchilar erkin faoliyat (rasm chizish yasash yoki o’yin davomida bolalarning barcha aytgan fikrlari va bajaradigan ҳarakatlarini tizimli ravishda қayd қilib borganlar. J.Piaje taxminiga ko’ra, bolalar fikrlarini ikkita guruҳga bo’lish mumkinligini ko’rsatadi. Suҳbatdoshini javob қaytarishiga manfaatdorligi xarakterlanadi.
Ijtimoiylashgan nutқ darajalari kategoriyalari axborot, tanқid, buyruқ, iltimos, taқlid, savol, javob.
Egostentrik nutқ shakli bo’yicha bu fikrlar ҳar xil bo’lishi mumkin takrorlash (exolaliya) monolog jamoaviy biroқ umumiyligi suҳbatdoshining nuқtai-nazari қandayligi, uni tinglayotganligi bilan қiziқmay bola ayni damda nimani o’ylayotgan bo’lsa shu ҳaқida o’z fikrini bildiradi. Egostentrik nutқ vazifasi ta’sirliroқdir “Suҳbatlashishdan қoniқish” ҳarakatlari kuzatilishi va ritmliligi J.Piaje bolaning erkin nutқida egostentrik nutқ ҳissasini o’lchab ko’rib, ilk yoshda egostentrik nutқ koeffistienti yuқoriligini -75%, 6-7 yoshga kelib asta-sekin pasayishini aniқlagan. J.Piaje egostentrik nutқ faktlarida bolalar fikrini sifat jiҳatidan o’ziga xosligining muҳim isbotini ko’rgan.
Insoniyat taraqqiyoti tarixida til tufayli aks ettirishning imkoniyatlari qayta quriladi, olam odam miyasida yanada aniq, ravshan in’ikos ettiriladigan bo’ladi. Tilning paydo bo’lish munosabati bilan har bir alohida shaxs jamiyatining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotijarayonida to’plagan tajribalaridan foydalanish imkoniyati tuiladi. Til yordami bilan har bir inson shaxsan o’zi hech qachon duch kelmagan, notanish hodisalar, holatlar, vaziyatlar, sharoitlar yuzasidan bilim olishga erishadi. Xuddi shu boisdan til odamga ko’pchilik hissiy va intellektual ta’sirlar hamda taassurotlar to’risida o’ziga o’zi hisobot berish imkoniyatini yaratadi. Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o’tmish, hozirgi zamon va kelajakka rid narsalar, voqelik yuzasidan axborot, xabar, ma’lumot berishi ularga ijtimoiy tajriba mohiyati ko’nikma hamda malakalarni o’tkazishi, uzatishi mumkin.
Ma’lumki, hayvonlar, jonivorlar o’zlarining individual tajribalarini o’z turkumidagi boshqa namoyandalarga o’tkazishga yoki berishga mutlaqo qobil emaslar. Ular ayniqsa o’z turkumlaridagi avlodning ilgarigi tajribalarini o’zlashtirish qobiliyatiga ega emaslar, chunki mavjudodlar tuma irsiy belgilarga, instinktlarga va shartsiz reflekslarga asoslanadilar, xolos.
Biosfera va neosfera to’risidagi ma’lumotlar, qonuniyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni bilish va egallashda qisqa ijtimoiy-tarixiy davr oraliida oyat ulkan yutuqlarga erishuvchi insonning hayvonot olamidan muhim farqi shundan iboratki, birinchidan, odamning shaxsiy individual tajribasi umuminsoniy tajriba bilan uzviy uyunlikka ega, ikkinchidan, tajriba mahsulotlari muayyan darajada saqlanadi, uchinchidan, mazkur tajribalar takomillashib, modifikatsiyalashib boradi, to’rtinchidan, ularning mohiyati, tuzilishi qo’lyozmalarda o’z aksini topadi.
Odamdagi shaxsiy individual tajribaning umuminsoniy tajriba bilan boliqligi kishilarda tilning mavjudligi bilan izohlanadi. Til oddiy qilib tushuntirilganda so’z va belgilar sistemasi hamda majmuasidan iboratdir. Inson tomonidan u yoki bu faoliyatning bajarilishi belgilar, alomatlar xususiyatlari bilan boliq bo’lib, uning mahsuldorligi, muvaffaqiyati til tarkiblarining ahamiyatiga bevosita aloqadordir. Masalan, haydovchi uchun ko’cha qoidalari, matematik uchun formulalar, operator uchun signallar (semiotika – sema-yunon. “belgi”) belgilar, simvollar, alomatlar vazifasini bajarib, faoliyat uchun regulyator sifatida xizmat qiladi.
Shuning uchun belgilar va ularning ahamiyati insonning yuksak psixik funktsiyalari (ya’ni idrok, xotira, tafakkur, xayol)ning vositasidir. Odatda belgilar turli-tuman bo’lishidan qat’i nazar ularning eng muhimi – bu so’zdir. Har bir so’z ma’lumot, xabar, axborot vazifasini bajaradi va muayyan mazmunni o’zida aks ettiradi (masalan: mashulot, daftar, yomir va boshqalar).
Tilning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o’zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o’qituvchilar va murabbiylar);
b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo’ladi (masalan: “Lektsiya bo’lmaydi”, “Bugun bayram” – ta’sir qilishdan, ta’sir o’tkazishdan iboratdir);
v) tilning muhim funktsiyalaridan yana bittasi – intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, echishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
Odam hayvonot olamidan farqli o’laroq o’zi xoh amaliy, xoh aqliy harakat bo’lishidan qat’i nazar uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish echimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini halqilishning asosiy quroli tildir. Psixologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, tilning eng asosiy funktsiyasi – bu kommunikatsiyadir.
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish, avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o’rnatish, o’z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nutq axborot, xabar, ma’lumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni echish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo’lsa, nutq esa aynan o’sha jarayonining o’zidir.
Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari
Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunlari asosida sodir bo’lishi mumkin, chunki uni yuzaga keltiruvchi stimullar birinchi signallar tipidagi qo’zatuvchilardan iboratdir (masalan: “Marsh”, “Salom”).
Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson “signallarning - signali” (I.P.Pavlov) tarzdagi so’zlardan foydalanishi mumkin. Mazkur jarayon bosh miya katta yarim sharlarining po’stida amalga oshadi.
P.Broka (1861 y.) miya po’stining ma’lum qismi (miya chap yarim shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa, bemorlarda nutq artikulyatsiyasining buzilishini kasb etgan va “so’z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz” deb atagan.
K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshona qismining tepa tomonida “so’zlarning sensor obrazlari” joylashgan deb dalillashga harakat qiladi.
P.K.Anoxin – nutq jarayonini ta’minlashda juda ham sodda elementar “stimul-reaktsiya” tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutq vositasi bilan fikr bayon qilishni ichdan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik tuzilishiga ega bo’lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar.
Nutq mexanizmlari (N.I.Jinkin)
Biron fikrni nutq vositasi yordami bilan bayon qilishdan oldin, maxsus kod orqali bu fikrning asosini tuzamiz – u programmalashtirish mexanizmidir.
Undan keyin rejalashtirishdan gapning grammatik tuzilishiga o’tish bilan bir guruh mexanizmlar yuzaga keladi.
Esda olib qolishni so’zlarning grammatik xususiyatlarini amalda qo’llashni ta’minlovchi mexanizm.
Bir xil tipdagi tuzilishdan boshqa tipdagi tuzilishga o’tish mexanizmi.
Programma elementlarini grammatik tuzilishga yoyish mexanizmi.
So’zni ma’nosiga qarab qidirishni ta’minlovchi mexanizmlar.
Sintagmalarni harakat jihatidan programmalashtiruvchi mexanizmlar.
Nutq tovushlarini tanlash va harakat programmasidan tovushlarni to’ldirishiga o’tish mexanizmlari.
Nutqni amalga oshirishni ta’minlovchi mexanizm.
Tadqiqodchi A.R.Luriya nutqning afaziyasini tekshirib, ular quyidagi turlardan iborat ekanligini bayon qiladi:
dinamik afaziya – gaplar yordami bilan so’zlash qobiliyatining buzilishi;
efferent motor afaziyasi – gapning grammatik tuzilishi, buzilishi;
afferent motor afaziyasi – nutq artikulyatsiyasining buzilishi;
semantik afaziya – gaplar o’rtasidagi boliqlikning buzilishi;
sensor afaziya – so’zlarni idrok qilishning buzilishi.
Nutq rivojlanishi davrlari.
1-davr 2 oydan 11 oygacha.
2-davr 11 oydan 19 oygacha.
3-davr 19 oydan 3 yoshgacha.
Nutq rivojlanishi quyidagi xususiyatlarga ega:
a) gugulash.
b) udurlanish (soxta so’zlar).
v) paradigmatik fonetika (1,3- 1,5 yoshgacha) – buvi, buva, o’tir, o’tirdi, o’tiradi.
g) nutqning vaziyatbopligi (J.Piaje – situativ nutq).
d) nutq egotsentrizmi (J.Piaje – egotsentrik nutq).
Nutqning vujudga kelishi nazariyalari
Psixologiya, psixofiziologiya, psixolingvistika fanlarida to’plangan nazariy va amaliy materiallar tahliliga ko’ra, akustik nutq signallari murakkab muvofiqlashgan harakatlarning natijasida namoyon bo’luvchi majmuaviy holatlarning birlashuvi nutq apparati deb ataladi.
Odatda o’pka va nafas olish tana a’zolarining muskul harakatlari bosimning oshishini va havo oqimlarining (ichki va tashqi) nutq aktida artikulyatorlar qatnashishini uzluksiz ravishda ta’minlab turadi.
Nutqni vujudga keltiruvchi umumiy apparat sxemasi uchta jihatni o’zida aks ettiradi.
Nutqning anatomik tasviri:
Ko’krak qafasi.
O’pka.
Traxeya.
Ovoz paychalari (aloqalari).
Tomoq trubkasi.
Halqum bo’shlii.
Tanglay pardasi.
Oiz bo’shlii.
Burun bo’shlii.
Nutqning funktsional elementlari:
Nafas olish tomirlari, muskullarining kuchi.
O’pka siimi.
Traxeya harakati.
Ovoz paychalari tebranishi yoki harakati.
Tomoq trubkasining funktsiyasi.
Halqum bo’shliining organik vazifasi.
Tanglay pardasining holati (torayishi, kengayishi, shilimshiqligi).
Oiz bo’shlii (uning tarkiblari, a’zolari: tish, havo harakati, kuchaytirgich, susaytirgichlar va hokazo).
Burun bo’shlii va uning tarkibiy a’zolari (kataklari, tuklari, namligi, quruqligi).
Oizdan nuri (yorulikni) kirib kelishi, ya’ni nurlanishi.
Burundan nurni kirib kelishi.
Oiz va burundan havo oqimining kirishi.
Ichki tana a’zolaridan havo oqimining chiqib ketishi.
Nutqning ekvivalent blok sxemasi:
2,3 – o’pka va traxeya siimi,
4 - ovoz (tovush) tebranishining manbai,
5,6 – hiqildoq va tomoq a’zolarining siimi,
7 – tanglay pardasi mexanizmi,
8 – oiz bo’shlii siimi,
9 – burun bo’shlii siimi,
10 – oiz traktidan chiqish signali,
11 – burun traktidan chiqish signali,
12 – shovqin manbai.
A. Tomoq - havo bo’shlii – konfiguratsiya – nutqning paydo bo’lishi keskin ravishda o’zgaradi. Gapning bo’lagi, tarkibiy qismi lotincha “konfiguratsiya” deyiladi, frazeologik jihatdan ushbu atamada o’z ifodasini topadi: “qo’li gul”.
B. Bunda etakchi rol o’ynaydi:
a) tanglay pardasining harakati,
b) til,
v) lab,
g) pastki ja.
Akustik tebranishning qo’zatuvchi mexanizmlari tomoq faoliyati, shovqin va impulsiv, ya’ni ixtiyorsiz qo’zatish, tovushlarning paydo bo’lishi, havo oqimining (massasining) tor oraliidan o’tishi, nutq aktining ayrim o’rinlari bilan uzviy aloqadordirlar. Akustika yunoncha “acustika”, ya’ni eshituv, tovush nazariyasi demakdir. Chastotali filtratsiya akustika manbai bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |