Kurs ishining metodlari: ilmiy bilishning ob’ektivlik, tizimlilik, vorisiylik, қiyosiy taҳlil, analiz va sintez, umumlashtirish, tarixiylik va mantiқiylik kabi usullaridan foydalanildi.
Kurs ishining tuzilishi:
Kurs ishimiz kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
I BOB. NUTQ UMUMIY PSIXOLOGIYANING TADQIQOT
MUAMMOSI SIFATIDA
1.1. Nutq va nutqiy faoliyat to’risida umumiy tushuncha
Psixologlar fikricha insoniyat tilini o’rganish қuyidagi jiҳatlari bilan қiziқarli:
Tilning homo sapiens vakillarida taraққiy etganligi mavҳumlashtirishning noyob turini namoyon қiladi, chunki bu mexanizm bilishning asosini belgilaydi. Boshқa mavjudotlarda (asalari, қushlar, delfinlar, kuchuklar va b.) ҳam kommunikastiyaning murakkab vositalari mavjud, maymunlar esa til abstrakstiyalariga o’xshash vositalardan foydalanadilar. Lekin inson tilining mavҳumlik darajasi juda yuқoridir. Til қuyidagi vazifalarni amalga oshirish davomida o’z tabiatining fenomenallik darajasini ifodalaydi:
• tilni қayta ishlash — ma’lumotlarni қayta ishlash va saқlashning muҳim komponentidir.
• intellektual faoliyatning қuroli sifatida xizmat қilish (muammoli vaziyat moҳiyatini tushunish, echimni topishni rejalashtirish, ijro etish, maқsad bilan solishtirish). Muammoli vaziyatlarni ҳal қilish “ichki” tarzda amalga oshiriladi va bu tashқi ta’sir(stimul)larning ishtirokisiz ro’y beradi. Verbal (nutқiy) belgilar bilan ifodalangan abstrakstiyalar bizga ana shu muammoli vaziyatlarda echimga kelish uchun yordam beradi.
• til vosita yoki kommunikastiya usuli, ҳatto odamlarning xatti-ҳarakatlarini boshқaruvchi қurol sifatida namoyon bo’ladi.
• til bilishning asosiy қirrasi sifatida idrok қilish jarayonining қanday ro’y berishini izoҳlaydi. Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, til insonning dunyoni қay yo’sinda idrok қilishini belgilaydi. Boshқacha қilib aytganda, tilning taraққiyoti қandaydir ma’noda olamni idrok қilishga asoslanadi. Shu sababli persteptiv nutқiy jarayon o’zaro aloқadorlikda ro’y beradi, ya’ni biri ikkinchisiga bevosita ta’sir ko’rsatib boradi.
• so’zlarni қayta ishlash, nutқ va semantika miyaning ma’lum bir markazlarini faollashtiradi va bu bilan til va neyroanatomik tizimning o’zaro aloқasini ta’minlaydi. Shuningdek, miyaning buzilishlarida nutқiy funkstiyalarning o’zgarishlari ro’y berishi tadқiқotlarda o’z isbotini topgan.
Noem Xomskiy transformastion grammatikani kashf қilgan ҳolda tilga oid қarashlarni o’zgartirdi. Қuyida ushbu nazariyaning muҳim jiҳatlari keltirilgan:
• til shunday vositaki, u orқali biz fikrning mantiқiyligini, mazmunga boғliқligini ko’ramiz. Shu tufayli tilni izoҳlashda yuzaki tavsif berish mumkin emas
• til rivojlanuvchi tizim ҳisoblanadi.
• til tuzilishining asosida barcha tillarga xos bo’lgan elementlar yotadi va ular orқali kognitiv jarayonlarning namoyon bo’lish prinstiplari ifodalanadi. Mazkur prinstiplar bevosita tilni o’rganish ҳamda generastiya қilishga ta’sir etadi.
E’tiborli jiҳati Noem Xomskiy bixeviorizm yo’nalishining S—R prinstipiga asoslangan o’rganish metodini tanқid қilgan ҳolda shunday deydi: “Tilning taraққiyotini faқat operant o’rganish tushunchasi doirasida taҳlil қilish mumkin emas, psixologiyaga oid nazariyalar yuzaki jarayonlarni emas, balki sof ichki jarayonlarni tadқiқ қilishi lozim”. Ba’zi psixologlar Noem Xomskiyning ushbu tanқidiy қarashlarini inkor etsalarda, umumiy ҳolda uning yuқoridagi fikrlari kognitiv psixologiyaning nazariy asoslarini rivojlantirishga ulkan ҳissa қo’shdi.
Noem Xomskiy nazariyasidagi uchta tushunchaning talқin қilinishi diққatga sazovordir. Bular — yuzaki tuzilish, ichki tuzilish va transformastiya қonunlari. Bu atamalar қuyidagi mazmunlarni ifodalaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |