Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi


Ravon nutq va uni leksik-grammatik rasmiylashtirishga



Download 167,17 Kb.
bet12/36
Sana08.02.2022
Hajmi167,17 Kb.
#437943
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
нутк

Ravon nutq va uni leksik-grammatik rasmiylashtirishga
nisbatan qo’yiladigan talablar
Bolalar katgalardan nafaqat tovushlar va so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishni, balki ertaklar, hikoyalar ^mazmunini aytib berish, atrof-olam haqidagi o’z kuzatishlarini bayon qilish, o’z fikrlarini izchil bayon qilish va xulosalar chiqarishni ham o’rganadilar.
Bolalarga nutqda u yoki bu mazmunni ravon, qiziqarli va imkonli shaklda yetkaza olish pedagog nutqining zarur sifatlaridan biri hisoblanadi.
Tarbiyachi o’z fikrlarini izchil bayon qilar ekan, u o’z nutqini tushunarsiz so’zlar, murakkab oborotlar, uzoq iboralar bilan qiyinlashtirib yubormasligi lozim.
Bolalar nutqni agarda u qisqa iboralardan iborat bo’lsagina yaxshi qabul qiladilar. Chunki uzun, buning ustiga grammatsk jihatdan juda murakkab tuzilgan iboralarni qo’llashda bolalarga uning qismlari o’rtasida aloqa bog’lash, uning mazmunini mulohaza qilish va tushunish qiyin kechadi.
Faqat oddiy gaplarni qo’llash bilan cheklanmaslik lozim. Ayniqsa, bog’langan qo’shma gap va ergashgan qo’shma gaplarni keng qo’llash juda muhimdir.
Bolalarga hikoya qilib berishda (o’tkazilgan ekskursiya, tabiat haqida va h.k.) faqat asosiy narsani, ya’ni barcha ikkinchi darajali va ahamiyatsiz narsalarni tashlab yuborgan holda faqat ushbu mavzuga aloqador narsalarni ajratib olish va bolalarga yetkazish zarur. Ko’p so’zlash, ortiqcha iboralarni qo’llash tarbiyachining nutqini og’ir, tushunish uchun qiyin qilib qo’yadi.
Murakkab oborotlar bilan boyitilgan hikoyani tinglashda maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogaing fikrini kuzatib borishlari, hikoya mazmunini yodda saqlab qolishlari qiyin bo’ladi va bunday hikoya foyda keltirmaydi.
Pedagog nutqining imkonliligi va tushunarliligiga eng avvalo, so’zlardan to’g’ri va aniq foydalanish orqali erishiladi. Ona tilining lug’at zahirasi boy, u doimo yangi so’zlar bilan boyib boradi; muomaladan chiqqan so’zlar yo’qolib ketadi.
Bolalar bilan muloqotda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ona tilining leksik boyligini keng qo’llashi: tushunish mumkin va o’zlashtirish oson bo’lgan so’zlarni tanlashi va ulardan o’z nutqida foydalanishi lozim.
Bolalar bilan suhbat chog’ida adabiy tilga oid so’zlarni qo’llash, qo’pol so’zlarga yo’l qo’ymaslik, oddiy so’zlashuv tili va shevalardan, shuningdek muomaladan chiqqan so’zlardan qochish lozim. Tarbiyachining lug’ati qanchalik boy va turli-tuman bo’lsa, uning nutqi qanchalik yorqin bo’lsa, bolalar shunchalik ko’p so’zlarni o’zlashtirib olishlari mumkin.
Tarbiyachining lug’atidagi kamchiliklar sifatida so’zlarni kichraytirilgan-erkalash suffikslari bilan qo’llash (Sevaraxon, qo’lchalaringai yuv; Samatjon, piyolachalarni yig’ishtirib qo’y va h.k.), nutqni ortiqcha so’zlar bilan to’ldirib yuborish (Xo’sh, aytish mumkinki, chunki, demak), nisbatan katta bolalar bilan muloqot qilishda ularga xuddi go’daklarga kabi muomala qilish (Vov-vov qani?) kabi hodatlarini keltirish mumkin.
So’zlar va so’zli iboralarni to’g’ri tanlash tarbiyachi nutqining aniqyaigi, tushunarliligi va ifodaliligini ta’minlaydi.
YAngi so’zlardan foydalanishda juda ehtiyot bo’lish zarur. Bir tomondan, bolalarning yoshini hisobga olish va ular tushuna oladigan so’zlarni tanlash, ikkinchi tomondan — doimiy ravishda yangi so’zlarni muomalaga kiritish, mavjud so’zlardan foydalanishni kengaytirish va ularning ma’nosini tushuntirib berish lozim.
Pedagogning hikoyasi to’liq, chiroyli, so’zlari aniq tanlab olingan, grammatik jihatdan to’g’ri rasmiy-lashtarilgan va ifodali bo’lishi, uning alohida qismlari o’rtasida mantiqiy aloqa o’rnatilgan bo’lishi lozim. Hikoya qilishda nutqni ifodali, turli-tuman, mazmunga boy qiladigan sinonimlar, metaforalar, tashbehlardan, xalq og’zaki ijodiyotidan (maqollar, matallar), frazeologik iboralardan kengroq va mohirona foydalanish lozim.
Bundan tashqari, tarbiyachining nutqi nafaqat bolalarga nisbatan, balki maktabgacha ta’lim muassasasining xrdimlariga nisbatan ham osuda, doimo bosiq, xushmuomala bo’lishi shart.
Shunday qilib, bolalar bilan ishlash orqali pedagog quyidagilarga e’tiborni qaratishi lozim:

  • ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilish, nutqsagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish;

  • aniq, tushunarli nutqqa, ya’ni yaxshi diksiyaga ega bo’lish;

  • o’z nutqida adabiy talaffuzlardan foydalanish, ya’ni orfoepik qoidalarga rivoya qilish;

  • ifodalilikning intonatsion vositalaridan bildirilgan fikrlarni hisobga olgan holda to’g’ri foydalanishga intilish;

  • bolalar bilan muloqotda biroz sekinlashtirilgan sur’atda, ovozni sal pasaytirgan holda nutq so’zlash;

  • matnlar mazmunini so’zlar va grammatik tuzilmalardan foydalangan holda ravon hamda imkonli shaklda hikoya qilish va bolalarga yetkazish;

  • bolalar va xodimlar bilan suhbatda ovozni balandlatish va qo’pol muomalaga yo’l qo’ymaslik.

Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi uchun na-munali nutqqa ega bo’lish — bu uning kasbiy tayyorligi ko’rsatkichidir. Shuning uchun o’z nutqini takomillashtirish haqida qayg’urish — bo’lajak pedagogning axloqiy va ijtimoiy burchidir. U o’zida keyinchalik bolalarga beradigan nutqiy ko’nikmalarni mukammal rivojlantirishi shart.

5-Mavzu: Dialogik nutqning mazmuni va vazifalari


Reja;

  1. Bolalarga dialogik nutqni o’rgatish

  2. Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida dialogning ahamiyati

  3. Dialogik nutqni rivojlantirishga oid maxsus mashg’ulotlarning ahamiyati

Dialog — suhbat bolaning kattalar va o’z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi.


Maktabgacha ta’lim muassasasida o’qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg’ulotlarda.
Dialog ko’proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo’ladi va u bolalar lug’atini boyitish, talaffuzga oid, grammatik ko’nikmalarni tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko’nikmalariga ega bo’lish bazasi hisoblanadi.
Dialog maxsus mashg’ulotlarda o’qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg’ulot); maktabgacha ta’lim muassasasida kun mobaynida bola pedagog va boshqa bolalar bilan erkin muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim.
Dialogik nutqni (yoki og’zaki nutqni) o’rgatish odatda suhbat shayugada, ya’ni kattalar bilan bola o’rtasida hamda boladarning o’zlari o’rtasida fikr almashish shaklida ro’y beradi.
Agarda maktabda suhbat bilimlarni yetkazish vositasi sifatida qo’llanilsa, suhbat jarayonida bolalar nutqini boyitishda qo’shimcha ijobiy hodisa ko’rinishida qabul qilinadi, maktabgacha ta’lim muassasasida ham suhbat aynan nutqni rivojlantirish uchun o’tkaziladi. Biroq, nutq albatta borliq hodisasini aks ettirishi, kodlashtirishi bois maktabgacha ta’lim muassasasidagi suhbat xuddi maktabdagi kabi bilim beradi.
Suhbatlar mavzusi va mazmuni bolalarning yosh xususiyatlari hamda ularning nutqiy rivojlanish darajasini hisobga olgan holda "Uchinchi ming yillikning bolasi" tayanch dasturi bilan belgilanadi.
Suhbat ta’lim metodikasi sifatida — bu tarbiyachining bolalar guruhi bilan (yoki alohida har bir bola bilan) aniq maqsadga yo’naltirilgan, muayyan mavzuda oldindan tayyorlangan so’zlashuvidir. Maktabgacha ta’lim muassasasida takrorlovchi, umumlashtiruvchi va nazorat-tekshiruv suhbatlaridan foydalaniladi.
Takrorlovchi va umumlashtiruvchi suhbatlarda tarbiyachi turli usullar yordamida bolalarga ko’rgan narsalarni tahdil qilish, taqqoslash, to’ldirish, chuqurlashtirish usullarini o’rgatadi, bolalardagi mavjud bilimlarni tizimlashtiradi, ularni muayyan xulosalarga kelishga undaydi.
Nazorat-tekshiruv suhbatlari pedagog tomonidan biron-bir o’tilgan mavzu bo’yicha bolalarning bilimlarini aniklash uchun o’tkaziladi. Pedagog savollar yordamida bolalarning biron-bir mavzuni o’tish jarayonida olgan bilimlari darajasini aniqlashi mumkin.
Bolalar bilan ishlash jarayonida pedagog tayyorlanmagan va tayyorlangan suhbatdan foydalanadi.
Tayyorlanmagan suhbat (buni faqat bolalarga nisbatangina qo’llash mumkin, chunki bolalar ular bilan nimalar haqida so’zlashishlarini, nimalarga diqqat-e’tiborini jalb qilishlarini bil^maydilar) rejimli jarayonlarni o’tkazishda, bolalar faoliyatining har xil turlarida: o’yinlarda, mehnatda tashkil etilishi mumkin. Tarbiyachi esa har qanday muloqot turiga tayyor turishi zarur. Zero, buning uchun u kasbiy ta’lim olgan bilimlarining muhim qismlaridan birini bolalar bilan suhbatlashish tashkil etadi. Shuning uchun tarbiyachi bolalar bilan shunday so’zlashishi lozimki, toki u o’z nutqi bilan bolalarga ona tilini o’rgatsin.
Nutqiy muloqotga bo’lgan zarurat tufayli to’satdan yuzaga keladigan suhbatda tarbiyachi o’zining til sezgisiga ishongani holda o’z nutqining grammatik shaklini va uning jaranglashi (fonologiyasi)ni tayyorlamaydi, ammo u har bir suhbatning mavzusiga tayyorgarlik ko’rishi shart.
Tayyorlangan suhbat deb nomlanishining sababi shuki, bunda tarbiyachi mashg’ulotdan oldin (mashg’ulotdan bir necha kun oldin) bolalarni shunday vaziyatda qoldiradiki, bunda ularning diqqat-e’tibori bo’lajak suhbat mavzusi bo’ladigan atrof-olamdagi hodisalarga jalb qilinadi, chunki faktlarga oid materiallar bolalarga bungacha tanish bo’lishi lozim.
Suhbatni tashkil qilish, uning tuzilmasi mavzu va mazmunga, bolalarning yoshiga bog’liq bo’ladi. Har bir suhbatda quyidagi tarkibiy komponentlarni ajratib ko’rsatish mumkin: 1) kirish (boshlash); 2) asosiy qism (suhbat mavzusini rivojlantirish); 3) nihoyasiga yetish.
Kirish maqsadi bolalarning diqqat-e’tiborini suhbat mavzusiga jalb qilish, ularda suhbatda ishtirok etish xohishini paydo qilish, bolalar xotirasida ilgari olingan taassurotlarni, imkoni boricha obrazli va emotsional taassurotlarni jonlantirishdan iborat.
Tarbiyachi suhbatlashadigan narsa (hodisa) haqyda taklif qilgan topishmoq ham kirish bo’lishi mumkin. Suhbatni tegishli mavzudagi she’rni o’qish yoki suratlarni ko’rish bilan boshlash mumkin. Suhbat boshlanishida tarbiyachi bo’lajak suhbat mavzusini (maqsadini) shakllantiradi, uning muhimligini asoslaydi, uni tanlash sabablarini bolalarga tushuntirib beradi.
Asosiy kism maqsadi — bolalar ko’rgan narsalarni esga olish, qo’shimcha bilimlarni tahlil qilish, ularni tushuntirish hisobiga chuqurlashtirish, qo’shimcha bilimlarni ma’lum qilish, ularni bir tizimga keltirish va mustahkamlashdan iborat.
Suhbatning asosiy qismi mikromavzu yoki bosqichlarga ajratilishi mumkin. Har bir bosqich — bir mavzuni bo’g’in qismlari bo’iicha tahlil qilishdan iboratdir. Pedagog mashg’ulotga tayyorlanar ekan, barcha bosqichlarni belgilab olishi lozim.
Suhbat mavzusini rivojlantirish aniq ^maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi lozim, tarbiyachi imkoni boricha bolalarning mazkur mavzudan chetga chiqishlarining oldini olishi zarur (ba’zan ortiqcha faktlarni aniqlash uchun undan chekinish mumkin, biroq so’ngra yana asosiy suhbat mavzusiga qaytish darkor). Tarbiyachi suhbat rejasini oldindan belgilab oladi. Tarbiyachining qo’lida reja bo’lsa, bolalar qanchalik mavzudan chetga chiqmasinlar, u ilgarigi savol o’z ahamiyatini yo’qotdi, deb hisoblagan paytda o’z rejasidagi navbatdagi savolni berish orqali ularni yana mavzuga qaytarish mumkin.
Pedagog unutmasligi lozim, bolalarning fikrlash xususiyati shundayki, ular suhbat mavzusini oson unutadilar, har bir mayda-chuyda narsaga chalg’iyveradilar. Bola qanchalik kichik bo’lsa, u shunchalik tezroq chalg’iydi, hozirgina o’zi aytgan narsalarni tezlik bilan unutadi va boshqa mavzuga o’tadi.
Mashg’ulot — suhbat bolalarda mantiqiy fikrlash, boshlagan mavzuni oxiriga yetkazish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
Bolalar biladigan narsalar haqida qo’shimcha ma’lumotlarni xabar qilish suhbat asosiy qismining zarur elementi hisoblanadi. Bu bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Tarbiyachining qisqa va aniq axboroti suhbatni aniq maqsadni ko’zlagan holda yo’lga qo’yish imkonini beradi. Suhbat topishmoq, she’rlar va tarbiyachining tegishli suratga oid sharhlari bilan tugallanishi mumkin, ammo u ko’pincha pedagogning ushbu suhbatdan kelib chiqqan holda bolalarning axloq borasida o’rganishi lozim bo’lgan jihatlar haqidagi mantiqiy xulosasi bilan yakunlanadi. Ayni paytda pedogog o’z xulosasida o’zi suhbat mobaynida bolalarga o’rgatishi lozim bo’lgan so’zlar, so’z shakllari va sintaktik tuzilmalarni qo’llashi lozim.
Suhbatni shunday uyushtirish lozimki, toki unda barcha bolalar ishtirok etsinlar. Agarda bola faqat tarbiyachining boshqa bolalar bilan suhbatini tinglab o’tirsa va o’zi ushbu fikr bildirishlarda ishtirok ztmasa, bu bola "suhbatlashishni" mashq qilmaydi va uning suhbatdagi ishtiroki faqat nomigagina bo’ladi, xolos.
Suhbatni cheklangan sondagi bolalar (6-8 nafar bola) bilan o’tkazish maqsadga muvofiqsir. Agarda guruhda 25-30 ta bola bo’lsa, bu holda mashg’ulotni bolalarni uchta-to’rtta kichik guruhga bo’lgan holda o’tkazish zarur. Belgilangan vaqgdan oshib ketmaslik uchun har bir kichik guruh bilan suhbat davomiyligini qisqartirish mumkin. Biroq har bir bolaning nafaqat tinglab o’tirishini, balki so’zlashishni mashq qilishiga ham erishishi lozim. Pedagog yordam uchun ota-onasharni jalb qilishi va ularga tayyorgarlik suhbatini qanday olib borish lozimligi haqida batafsil ko’rsatmalar berish zarur. Ota-onalarning barchasi og’zaki nutqni yaxshi bilishlari bois ushbu vazifani bajara oladilar.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg’ulotlar suxbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o’tkaziladi. Mazkur metodlar ko’pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:

  • Tayyorgarlik suhbati (so’zlashish) usullari;

  • Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).

Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:

  • To’g’ridan-to’g’ri — bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdosh so’zlarini bo’lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o’zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so’zlash;

  • Yo’ldosh — talaffuz va grammatik ko’nikmalarni mashq qilish, ma’lum so’zlar ma’nosini aniqlashtirish.

Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so’z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o’zlashtirish jarayonini yo’naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi. Ammo suhbat olib borishning yetakchi usuli savollar hisoblanadi. Bolalar bilan suhbatning muvaffaqiyati va pedagogik samaradorligi ko’p jihatdan savollarning to’g’ri qo’yilishiga bog’liq bo’ladi. Savollar berish hamda uning javobining murakkabligi va qiyinligini asta-sekin kuchaytirib borishni bilish eng asosiy va zarur pedagogik odatlardan biridir. Savol qo’yish — bolalar oldiga ularning kuchi yetadigan darajadagi nutqiy fikrlash vazifasini qo’yish demakdir. Ayni paytda u haddan tashqari osonlashtirib yuborilmasligi lozim, chunki bunday vazifani qo’yishdan maqsad — bolalarni fikrlashga, eslashga undashdan iborat. Qanday fikrlash-nutqiy vazifalarini qo’yishiga qarab, savollarni reproduktiv, qidiruv va muammoli savollarga ajratish mumkin.
Suhbatda ob’ektlar o’rtasidagi bog’liqlik haqida xulosa bildirishni, to’plangan bilimlardan, taqqoslashlardan foydalanishni hamda Nima uchun? Nega? Nima tufayli? Ular nimasi bilan o’xshash? Nima uchun? Qanday qilib? kabi savollarga javob berishni talab qiluvchi qidiruv va muammo tusidagi savollar yetakchi ahamiyatga ega bo’ladi.
Suhbatnint har bir bosqichida savollarni taxminan quyidagi ketma-ketlikda joylashtirish zarur: dastlab bolalar tajribasini jonlantirish uchun reproduktiv, keyin yangi materialni hazm qilish uchun oz sonli, biroq murakkab bo’lgan qidiruv savollari va oxirida 1-2 umumlashtiruvchi savolLar. Savollar aniq va maqsadli bo’lishi lozim. Noaniq bo’lgan savollar bolalarga javob berishni qiyinlashtiradi — ular javob bera olmaydilar yoki noto’g’ri javob beradilar. Savol aniq, shoshmasdan, mantiqiy urg’ular, mazmuniy pauzalarga rioya qilgan holda berilishi zarur. Bolaga javob qaytarishga vaqt berish uchun tarbiyachi pauza saqlab turatsi. Agarda savol tez berilsa, bola uning mazmunini tushunishga ulgurmaydi va tarbiyachi savolini bir necha marta takrorlashiga to’g’ri keladi, bu esa bolaga javobni o’ylashda xalaqit beradi, uni tarbiyachiga quloq tutmaslikka o’rgatib qo’yadi. Bolaga savolni birinchi martada qabul qilishni o’rgatish zarur.
Tarbiyachi suhbat jarayonida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

  • Bolalar tomonidan o’zlashtirilmagan, qo’shma gaplar yoki bir turdagi a’zolardan iborat bo’lgan gaplarning ayrim sintaktik tuzilmalarini aytib turish;

  • Gapning bolalar o’zlashtirmagan mazmunli bo’layutarining intonatsiyasini aytib berish (masalan, ' ogohlantirish, hayratlanish, tashvishga tushish, xursand bo’lish
    intonatsiyasi va h.k);

  • Bir o’zakli so’zlarni hosil qilishni aytib turish: suyuq-suyuqlik, sabzavot-sabzavotli va boshq.

  • Turlanmagan fe’l shakllarini hosil qilishda yordam berish: sepish-sepilgan, qo’yish-qo’yilgan.

Suhbat jarayonida bolalarni savol berishga undash, ularning qiziquvchanligini rivojlantirish zarur. Bolaning savol bera olishga qodirligi uning fikrlash faoliyatidan dalolat beradi.
Badiiy asarlar — ertaklar, hikoyalar, she’rlarni teatrlashtirish usuli — bu bolalarning ularga tarbiyachi o’qib bergan asarlarni o’sha shaxslar nomidan qayta aytib berish usullaridir.
Boshqa shaxslar nomidan qayta hikoya qilib berish uchun dialogik nutqni o’z ichiga olgan asarlardan foydalangan * ma’qul. Ularni qayta hikoya qilib berish bolalarning og’zaki nutqini, xususan, murojaat, sanash, hayratlanish, hayron bo’lish intonatsiyalarini takomillashtirish imkonini beradi; nutq emotsional jihatdan yanada boyiydi — u personajlarning ahvolidan kelib chiqqan holda goh xursand, goh qayg’uli va goh iltijonamo jaranglaydi.
Bolalarga og’zaki dialogik nutqni o’rgatish jarayonida teatrlashtirilgan tomosha, qo’g’irchoq teatri kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bolachar ham ijrochi, ham tomoshabin sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Sahnalashtirish o’yini — bu bolalarning badiiy asarni uning qahramonlari obrazlarida qayta hikoya qilib berishlari; bolalarning matnni erkin qayta aytib berishlari va bolalarning syujetli-rolli o’yinlaridir.
Syujetli-rolli o’yinlarda bolalarga birinchi navbatda, o’z nutqida ertak matnidan chetga chiqishga ruxsat beriladi. Tarbiyachi ularni faqat grammatika yoki leksikada adabiy so’zlashuv nutqi me’yorlaridan chekingan hollardagina to’g’rilaydn; o’yin chog’ila fonetik xatoliklarga yo’l qo’yilganida uni to’g’rilash shart emas.
Teatrlashtirilgan tomoshalar sahnalashtirish o’yinlaridan shunisi bilan farqlanadiki, unda badiiy asar matnini yoddan biladigan bolalar ishtirok etadilar, ularning bu chiqishdan ko’zlagan maqsadi — o’z tinglovchi do’stlarining ko’nglini olishdir; bu tomoshada bolalar teatr kostyumlarida (maska qalpoqchalar va boshqa kiyimlar) chiqadilar.
Qo’g’irchoq teatri — bu syujetli «rejissyorlik» o’yinning har xil turlaridir: bolalar bir vaqgning o’zida oddiy o’yinchoqlar (o’yinchoqlar teatri), petrushkalar (qo’l barmoqyaariga kiyiladigan qo’g’irchoklar, suratlar qirqimlari va h.k.)ni asar qahramonlari rolini o’ynashga majbur qilganliklari holda badiiy asar matnini rollar bo’yicha so’zlaydilar.
Qo’g’irchoq tearti. shakli quyidagilardir: o’yinchoqlar teatri, petrushkalar teatri, «barmoqlar» teatri, soya teatri, stol teatri, flanelegraf.
Bolalar nashriyotlari badiiy asarlaryai sahnalashtirish uchun xalq ertaklariga siluetlar; teatr-kitoblar; panorama-kitoblar kabi turli ko’rinishdagi ko’rgazmali qo’llanmalarni chop etmoqdalar.
Yuqorida sanab o’tilgan qo’g’irchoq teatri turlari makgabgacha ta’lim muassasasida bolalar nutqini faollashtiruvchi metodik vositalar sifatida foydalaniladi: bolalar pedagog yordamida, katta guruhlarda esa o’zlari mustaqil ravishda qo’g’irchoqlarga, qirqilgan rasmlarga rejissyorlik qiladilar, ular nomidan ishtiyoq bilan so’zlaydilar va shu tariqa o’zlarining nutqiy ko’nikmalarini rivojlantiradilar.
Sahnalashtirish o’yini — maktabgacha yoshdagi har qanday bolaning teatrlashtirilgan chiqishidir.
Bolalarniing og’zaki nutq ko’nikmalarini o’zlashtirishi-ning borishiga qarab, ularning savollarga javoblari yanada aniq, mulohazali va mazmunli bo’ldib borishi lozim.
Suhbat jarayonida bolalar bilan so’zlashuvning jonliligi ko’p jihatdan og’zaki nutqqa va nutqiy muloqotning savol-javob shakliga xos bo’lgan grammatik tuzilmalarining turlichaligi bilan bog’liqdir.
Suhbatlarda bolalar keng qamrovli fikr bildirishlari va bir-ikkita so’zdan iborat bo’lgan javob berishlari mumkin (Sizga ertak yoqdimi — Ha.). Bolalarni keng qamrovli javoblarga savollarni to’g’ri qo’yish orqali yo’naltirish zarur: «Bahorda ob-havo ko’proq qanday bo’ladi? Bu hakda aytib bering».
Bolaga mana bunday ko’rsatma berish mumkin: «Qisqa javob ber. Batafsil javob ber (ammo to’liq javob bilan emas)», ulardan so’rash mumkin: «Kim qisqa javob bera oladi (yoki o’rtog’ingizdan chiroyliroq javob bera oladi»). Zarur holatlarda pedagog qo’yilgan savolga keng qamrovli javob namunasini namoyish qilishi mumkin. Suhbat jarayonida bolalarda nutqiy muloqot ko’nikmalarini shakllantirish zarur.

6-Mavzu: Monologik nutqni rivojlantirishning nazariy asoslari


Reja;

  1. Monologik nutqni shakllantirishning nazariy asoslari

  2. Monologik nutqni shakllantirish usullari

  3. Bolalarni monologik nutqni o’rgatish ishining mazmuni va vazifalari


Bolalarga monologik nutqni muntazam o’rgatish taxminan besh yoshdan boshlanadi. Lekin bunga tayyorgarlik bola hayotining ikkinchi yilida — bolalarga o’qib berish va sanoq she’rlarni yodlash jarayonida boshlanadi. To’rt yoshdan boshlab bolalar monologning tavsiflash va bayon qilish turlarini qo’llashga, yetti yoshdan boshlab esa — qisqa mulohaza yuritishga qodir bo’ladilar.
Monologning qiyinligi shundaki, u diqqat-e’tiborini o’zi uchun ahamiyatli bo’lgan voqea yoki badiiy asarga qaratgan boladan bir vaqtning o’zida nafaqat narsalar, hodisalarni payqash, balki ular o’rtasidagi bog’liqlikni ham sezishni talab qiladi. Bu bir vaqtning o’zida fikrlash va nutqni rivojlantirish vositasi hisoblangan xotirani ham ishga solishga olib keladi.
Kattalar bolaga g’amxo’rlik ko’rsatib, monologlar uchun mavzu qidirish, bolalarni tinglash orqali bu mushkulotlarni yengib o’tishda ularga yordam beradilar.
Bolalarga monologik nutqni to’g’ri o’rgatish uchun pedagog makgabgacha katga yoshdagi bolalarning yosh imkoniyatlarini yaxshi bilishi zarur. Ular nutqiy sohada nimasi bilan ajralib turadilar?
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o’ringa o’tadi. Bola o’z tengdoshini kattalardan afzal ko’ra boshlaydi. O’yin jarayonida o’rtog’iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo’lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunliroq bo’la boshlaydi. Sherik bilan dialog — muvofiq-lashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo’ladi.
Bolalar endi qo’shnilari e’tiborini jalb qila oladilar, o’zlari ham uning ishlari va bildirgan fikrlari bklan qiziqadilar.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqiy vazifalari turlicha. Nutqsan atrofdagilar bilan aloqa o’rnatishda, o’ziga, o’z ishlariga va kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini o’zaro tushunishda, sherik xulqiga, uning fikri va hissiyotlariga ta’sir ko’rsatishda, o’z faoliyatini tashkil etishda, o’yindagi o’z o’rtog’ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Nutq atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bola uchun nutq ob’ektiv aloqalarning o’ziga xos sohasi sifatida namoyon bo’ladi, u bularni so’z, tovush, qofiyalar va fikrlar bilan anglaydi.
O’zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun bola mavjud barcha vositalardan, vaziyatdan kelib chiqib beixtiyor bildirilgan fikrlardan, nonutqiy vositalardan (imo-ishoralar, yuz ifodasi, harakat) va matnli nutkdan (foydalanilgan vositalar asosida tushunarli bo’lgan) foydalanadi.
Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas individual qiyofasini yaratgan holda o’zaro hamjihatlikda mavjud bo’ladi.
Dialogni rivojlantirish nafaqat shunchaki nutqning muayyan kompozitsion shaklini o’zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs jihatdan shakllanishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dialogik muloqot nafaqat aloqa (intellektual axborot) va o’z manfaatlariga yo’nalishni, balki sherikning nuqgai-nazarini, uning qiziqishlari, istaklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko’zda tutadi. Dialogda nutqiy harakatlarni muvofiqlashtirish bevosita o’z tengdoshini tushuna olish va uning nuqgai-nazarini qabul qilishga bog’liq bo’ladi.
Bolalar bunday tajribani birgalikdagi faoliyatda: yasash, chizish, jamoa o’yinlarini o’ynash natijasida to’playdilar. Tengdoshlari bilan muloqot qilishda bola nutqi mazmundorlikdek (muloqot vaziyatidan qat’iy nazar mazmun faqat til vositalaridan foydalanish orqaligina tushunarli) sifatga ega bo’ladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning dialogik muloqoti negizida nutqning yangi shakli — monolog tug’iladi va shakllanadi. U bolaning o’z fikrlari, his-tuyg’ulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini o’rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shakliga ega bo’ladi. Hikoyada albatta, bolani lol qoldirgan va uni hayajonga solgan biron-bir qiziq hodisa (tabiat qo’ynidagi qiziqarli uchrashuv, ukasining kulguli harakatlari va h.) aks etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni, multfilmlar mazmukini aytib berishni, o’qiganlarini so’zlab berishni xush ko’radilar,
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning eng muhim yutug’i - jaranglayotgan nutqqa qiziqishning shiddat bilan rivojlanishi, til faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishdir. So’zga nisbatan lingvistik munosabat dabdurustdan tovush, qofiya, mazmun bilan o’tkaziladigan o’yinlarda, so’z ahamiyati haqidagi savollarda, ularning jarangdorligi va mazmunida ko’rinadi. Til voqeligini anglash uning barcha tomonlarini — fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oladi. So’zga nisbatan ongli munosabat lug’atni takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko’p ma’noli so’zlarni tushunish), nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga (tovush talafuzi, tinglash qobiliyati, intonatsiya ifodaviyligi), nutqning grammatik to’g’riligini shakllantirishga (morfologiya, so’z yashash, sintaksis), ravon nutqni rivojlantirishta ta’sir ko’rsatadi.
Lug’atni rivojlantirishda uning sifat jihatidan takomillashtirilishi oldingi o’ringa chiqadi. Bu antonimlar (issiq-sovuq, oq-qora, o’tkir-o’tmas, past-baland), sinonimlar (o’tkir, charxlangan), ko’p ma’nolilik (o’tkir pichoq, achchiq qalampir, o’tkir til) kabi hodisalarni tushunish va ulardan nutqda faol foydalanishga taalluqlidir. Bolalar tabiat hodisalari, narsalar, insonlarning hatti-harakatlarini taqqoslashda turlicha va umumiy xususiyatlarni ajratishni hamda aksil va yaqin ma’noli so’zlar, qiyoslashlar, aniq fe’llar, o’xshatishlar yordamida ularni nutqqa olib kirishni o’rganadilar.
So’z yasashda sinonim va antonimni tanlab olish usullari bolalarni ko’p ma’noli so’zlar bilan tanishtiradi. Buyumlar funksiyalarini taqqoslash asosida umulashtiruvchi nomlar shakllanadi (hayvonlar, mebel, transport va h.).
Nutqning govush madaniyatini tarbiyalash ham til voqeligini eng oddiy tarzda anglashni shakllantirish bilan o’zaro bog’liqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar so’zlar, tovushlar, qofiyalar (pomidor-koridor) faol o’ynaydilar. Ular so’z jaranglashidagi umumiy va turlicha tovushlarni belgilay oladilar, artikulyatsiya yoki akustik jihatdan yaqin tovushlarni (S-Sh, S-3, S-S) farqlashga qodirlar, she’r, maqol yoki tez aytishdagi 4-5 ta so’zda uchragan tovushlarni belgilay oladilar. Bolalar aralash tovushlardan iborat bo’lgan tez aytishlarni aniq talaffuz qilishni mashq qilishni, ularni turli tezlikda, turli ohanglarda aytishni yoqgiradilar.
Maktabgacha davrdagi katta yoshda nutqni gramamatik jihatdan to’g’riligini shakllantirish, nutqqa nisbatan tanqidiy munosabatning paydo bo’lganligi va rivojlanganligi, aniq va to’g’ri gapirishga intilish bilan bog’liqdir. To’g’rilikka intilish grammatikaning barcha sohalarida, ya’ni — morfologiyada (shaklning aniq shakllanishida, ko’p turdagi shakllarni o’zlashtirishda), so’z yasashda (non uchun — nondon, tuz uchun — tuzdon), sintaksisda (og’zaki nutq tuzilmasini bartaraf etish: «va» bog’lovchisini ko’p marta qo’llash orqali gapni «cho’zish» hamda bir gapda to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish) paydo bo’la boshlaydi. Nutqning grammatik to’g’riligiga intilish bola hayotining yettinchi yilida ro’y beradi. Besh yoshli bola hali ham ishtiyoq bilan grammatik shakllarni o’ynaydi va aynan so’z bilan amalga oshirilayotgan ana shu sinovgina nutqning grammatik to’g’riligini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi.
Lug’atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, grammatik to’g’rilikni shakllantirish ravon nutq tuzish usullarini o’zlashtirish (bog’lovchilar, o’rin-hol, leksik takrorlashlar, sinonimlar yordamida gaplarni bog’lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish tuzilmasi) bilan uzviy bog’liqdir. Ko’p turdagi vazifalarni bajarish munosabati bilan dialogik nutq negizida rivojlangani holda nutqning barcha jihatlari tilni anglashni shakllantirishga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq holda bo’ladi hamda buning uchun bola kattalar bilan muayyan shakldagi muloqot turiga muhtoj bo’ladi. Bu nafaqat tashqi dunyo va boshqa odamni anglashga, balki tilning o’zini, uning tuzilishi va faoliyat yuritishni anglashga ham yo’naltirilgakdir.
Nutqiy rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlari kirishuvchanlik ko’rinishlarida hamda ayni paytda til va ravon nutqni egallash sur’atida ifodalanadi.
Ko’pchilik bolalar o’z harakatlarini sharxlashni, atrofdagilar e’tiborini o’ziga jalb qilishni xush ko’radilar. Bunda ayrim bolalarda nutqiy muloqot amaliy faoliyat bilan zid keladi va buning natijasida bunday ko’p gapiruvchi bolakay ish bajarishda guruxdagi boshqa bolalardan ortda qola boshlaydi. Unchalik kirishimli bo’lmagan bolalar kam so’zlaydilar, lekin odatda ular amaliy vazifalarni tez va
to’g’ri hal etadilar. 4
Ravon nutqning paydo bo’lish muddati va mahsuldorligi ham farq qilishi mumkin. Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib berish 4-5 yoshdan boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklarni, bo’lgan voqealarni bir-biriga so’zlab beradilar, o’yinchoqlardan foydalangan holda o’ziga xos hikoyalar to’qiydilar. Agarda bola yetti yoshida tanish an’anaviy ertakni («Zumrad va Qimmat») mustaqil hikoya qilib bera olsa, o’yinchoqlar, suratlar asosida kichik og’zaki insho to’qiy olsa — bu hammasi me’yoridaligidan dalolatdir.
Ravon nutqqa o’rgatish vazifalari quyidagilardan iborat: bolalarning o’z tashabbusiga ko’ra yoki kattalarning taklifiga ko’ra hikoya qilib berishga qiziqishini qo’llab-quvvatlash; ertaklar, suratlar va o’z shaxsiy tajribasiga oid taassurotlarning so’zdagi mazmunini qisqa hikoya, mulohaza, tavsiflar yordamida ifodalashni o’rgatish.

Download 167,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish