Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi



Download 167,17 Kb.
bet1/36
Sana08.02.2022
Hajmi167,17 Kb.
#437943
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
нутк


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI



NUTQ O’STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI
moduli bo’yicha
O’ Q U V – U S L U B I Y
M A J M U A
Farg’ona – 2020
Mazkur o’quv-uslubiy majmua Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligining qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarini kasbiy qayta tayyorlash kursining o’quv rejasi asosida tayyorlandi.
Tuzuvchi: Yuldasheva D. – Farg’ona Davlat Universiteti “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti filologiya fanlari nomzodi

M U N D A R I J A


I. ISHCHI DASTUR
II. MODULNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI
III. NAZARIY MASHG’ULOT MATERIALLAR
IV. AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLAR
V. KO’CHMA MASHG’ULOT MATERIALLAR
VI. KEYSLAR BANKI
VII. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
VIII. GLOSSARIY
IX. ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish
XXI asr boshlarida kechayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy va geosiyosiy jarayonlar dunyoning g’oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o’zgartirib, yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni taqozo etmoqda. 2017-2021 yillarga mo’ljallangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. 2017 yilning 16 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev rahbarligida bo’lib o’tgan yig’ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish hamda mazkur muassasalarga bolalarni to’la qamrab olish bo’yicha muhim vazifalar qo’yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi - faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3305-sonli Qarori qabul qilindi. Modulning ishchi o’quv dasturi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarini kasbiy qayta tayyorlash kursining o’quv dasturi asosida tuzilgan bo’lib, maktabgacha yoshdagi bolalarni og’zaki nutqini rivojlantirish tamoyillari, unga qo’yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari, maktabgacha yoshda bo’lgan bolalarni og’zaki nutqini rivojlantirishning mazmun mohiyatini ochib beradi.
Modulning maqsadi va vazifalari Modulning maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalarni og’zaki nutqini rivojlantirish tamoyillari, unga qo’yilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojlantirish muammolari, maktabgacha yoshda bo’lgan bolalarni og’zaki nutqini rivojlantirishga tayyorlashdan iboratdir. Modulning vazifalari: - maktabgacha yoshdagi bola nutqiga ta’sir ko’rsatishning eng samarali yo’lini to’g’ri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o’zaro birgalikda xarakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish;
7
- bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari va usullari xaqidagi bilimlar o’zlashtirilishini hamda ularning didaktik nutq muloqotlari paytida qo’llay olinishini ta’minlash; - uslubiy adabiyotlarni maktabgacha yoshda bo’lgan bola nutqiga ta’sir ko’rsatishning o’ziga xos usullari va uslublarini yaratishga intilishni rag’batlantirish. Modul bo’yicha tinglovchilarning bilimi, ko’nikma, malakasi va kompetentsiyalariga qo’yiladigan talablar: Tinglovchi: - bolalarda nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslarini; bolalarni ona tiliga o’rgatishning psixolingvistik, lingvodidaktik asoslarini bilishi; - hozirgi ona tilini (o’zbek, rus tili va boshqa tillar), bolalarning maktabgacha bo’lgan davridagi nutqini rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlarini, ona tilini o’qitishning psixolingvistik, lingvodidaktik asoslarini bilish asosida ularni amaliyotda qo’llash metodikasini o’zlashtirish; - o’qish va nutqning mantiqiy, his-hayajonli va obrazli ifodasini o’zlashtirishlari; badiiy asarlarni tahlil qilish va ularni ijro eta olishni bilish; bolalarda nutq faoliyatini yo’lga qo’yish ko’nikmalariga; - maktabgacha yoshdagi bola nutqiga ta’sir ko’rsatishning eng samarali yo’lini tanlash; - bolalarni muloqot madaniyatiga o’rgatish malakalariga; - mashg’ulotlarni zamonaviy talablar asosida tashkil etish va o’tkazish; - mashg’ulotning didaktik ta’minotini takomillashtirish kompetentsiyalariga ega bo’lishi lozim.
Modulni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi nazariy va amaliy mashg’ulotlar shaklida olib boriladi. Nazariy va amaliy mashg’ulotlarda Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsad va vazifalari, maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni rivojlantirishga doir ishlar tizimi, bolalar nutqini o’stirishning vazifalari, ravon nutqni rivojlantirish, dialogik va monologik nutqning ahamiyati, bolalar bilan lug’at ishini olib borishning, tovushlarning to’g’ri talaffuzi yuzasidan olib boriladigan ishlar mazmuni, to’g’ri talaffuzga o’rgatish, grammatik qurilishni shakllantirish metodikasi, ko’rgazmali materiallar bilan o’ynaladigan ta’limiy o’yinlar, bolalarning bog’lanishli nutqini rivojlantirish, tevarak-atrofni bilish jarayonida nutqni rivojlantirish texnologiyasiga oid ma’lumotlar beriladi. Mashg’ulotlarda texnik vositalardan, katta va kichik guruhlarda ishlash, ekspress-so’rovlar, “Har kim har kimga o’rgatadi”, “SWOT-tahlil” yoki
8
“FSMU”, metodlari bilan ishlash va boshqa interfaol ta’lim usullaridan foydalanish nazarda tutiladi.
Modulning o’quv rejadagi boshqa bloklar bilan bog’liqligi va uzviyligi Modul mazmuni o’quv rejadagi “Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning me’yoriy asoslari”, “Umumkasbiy tayyorgarlik” bloki modullari bilan uzviy bog’langan holda pedagoglarning kasbiy tayyorgarlik darajasini orttirishga xizmat qiladi.
Modulning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Mazkur modul “Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning me’yoriy asoslari”, “Umumkasbiy tayyorgarlik” bloklaridan keyin “Mutaxassislik bo’yicha tayyorgarlik” bloki doirasida o’rganiladi. Bunda mavzu bo’yicha tinglovchilarga yetkazilishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar nazarda tutiladi.
Modulning ta’limdagi o’rni Tinglovchilarni maktabgacha ta’limda Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasini amalda qo’llash ko’nikmalarini shakllantirish orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashdan iborat.

t/r

Mavzular nomi

Soat

1.

Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi




2.

Maktabgacha kichik, o’rta va katta yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning vazifalari, metodlari va vositalari




3.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning metodik masalalari




4.

Ravon nutqni rivojlantirish




5.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishini olib borishning nazariy asoslari




6.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni bilishda nutqni rivojlantirish texnologiyasi




7.

Tovushlarning to’g;ri talaffuzi yuzasidan olib boriladigan ishlar mazmuni




8.

Bolalar lug’atini boyitishda ta’limiy o’yinlar




1-Mavzu: Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil topishi va rivojlanishi
Reja;

  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik shart-sharoitlari

  2. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsad va vazifalari

Nutqni rivojlantirish metodikasi — maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Nutqni rivojlantirish muammosiga yondashuv pedagoglar, psixologlar va metodistlarning (L.S.Vgotskiy, LA.Venger, P.YA.Galperin, V.V.Davdov, A.V.Zaporojes, N.N.Poddyakov, A.P.Usova, ye.A.Flerina va boshq.) fundamental tadqiqotlarida asoslab berilgan bazaviy umumpsixologik pozitsiyalar bilan belgilanadi. Ushbu tadqiqotlarda o’qitish va rivojlantirishga bir xil qaralmaydi, lekin ayni paytda o’qitishning bolalarga «yaqin rivojlanish hududi»ni yaratuvchi borliqda yo’l topa olish vositalari va usullarini ishlab chiqishda yordam beruvchi yetakchi ahamiyatga egaligi ta’kidlanadi (L.S.Vgotskiy).
Nutqqa o’rgatish muammosi doimo maktabgacha didaktikaning yetakchi muammolari qatorida turgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi. Bolaning ona tilini o’zlashtirishida o’qitishning tutgan ahamiyati bir necha bor Sharq (Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshq.) va G’arb (YA.A.Komenskiy va boshq.) mutafakkirlari, shuningdek K.D.Ushinskiy, ye.I.Tixeeva, A.P.Usova, L.A.Penevskayalar tomonidan qayd etilgan.
Ibn Sino bolalar bilan baqirmasdan xotirjamlik bilan va uning shaxsiga tegmagan holda suhbatlashish, suhbatni hikoyalar va afsonalardan boshlash zarurligini uqtirgan.
A.Navoiy so’z, nutq va ularning inson hayotidagi ahamiyatini obrazlar orqali yuqori badiiy shaklda ifodalagan.
YA.A.Komenskiy tabiiy qobiliyatni har tomonlama rivojlantirish g’oyasidan kelib chiqqan holda ilk yoshdan boshlab bolalarga bilishni, harakat qilishni, so’zlashni o’rgatish kabi vazifalarni qo’ygan. U «aql va nutq»ni rivojlantirish haqida bir xil qayg’urish darkor, deb hisoblagan. Chunki, bola nutq tufayli o’z fikrlarini ifodalaydi va atrofdagi kishilar bilan muloqotga kirishadi, nutqni egallab olish orqali u atrof-olamni anglaydi, boshqa bolalar bilan muloqot qilish natijasida esa bolada nutq va fikrlash rivojlanadi.
K.D.Ushinskiy dastlabki ta’limda ona tilini o’qitish «bosh, markaziy predmetni tashkil etishi» haqidagi tezisni olg’a surgan. Uning fikriga qo’ra, «bolakay ushbu anchayin ulkan merosni uzoq vaqt mobaynida, balki hech qachon o’zlashtira olmasligi - uni haqiqatdan ham o’zining ma’naviy boyligi qilib ololmasligi mumkin».
E.I.Tixeeva K.D.Ushinskiyning izdoshlari ichida birinchi bo’lib maktabgacha yoshga nisbatan «tilni o’qitish» atamasini qo’llagan. Uning fikriga ko’ra, bolalar bog’chasida tarbiyalash ishlari tizimining asosini birinchi yoshdan boshlab ona tilini muntazam o’rgatib borish tashkil qilmog’i lozim, bu o’quvni u Maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri deb hisoblagan.
Ona tilini o’kitish muaamosini hal etishga ye.A.Flerina ham ulkan hissa qo’shgan. U kattalarning bolalarga nisbatan pedagogik ta’sirini tavsiflash uchun «o’qitish» atamasini keng ma’noda qo’llagan. Ta’limni bunday ma’noda tushunishdan kelib chiqqan holda u uning uchta shaklini ajratib ko’rsatgan: bolaning kundalik hayotida, uning xilma-xil faoliyati davomida o’qitish; bolalar xohishiga ko’ra uyushtirilgan guruh mashg’ulotlari: «u yoki bu o’quv tarbiya vazifalari butun guruh oldiga qo’yiladigan» majburiy mashg’ulotlar.
E.A.Flerina «maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish muammosini tor darajada hal etish»ning xavfliligi haqida ogohlantirgan, maktabgacha yoshdagi bolani o’qitishning o’ziga xosligini ta’kidlagan: «Bolalar bevosita hayot bilan muloqotga kirishish yo’li bilan, tengdoshlari va kattalar misolida hamda mashg’ulotlar va maxsus mashg’ulotlarda tarbiyachining ko’rsatib o’tishi orqali o’qib-o’rganadilar». U o’zining tarbiya tizimida san’atga va undan har xil faoliyat turlarida, shu jumladan badiiy-nutqiy faoliyatda bola imkoniyatlarini rivojlantirish uchun foydalanishga asosiy o’rinni bergan.
A.P.Usova Maktabgacha ta’lim muassasasida o’qitishning umumiy nazariyasini ishlab chiqqani holda unda ona tilini o’qitishga alohida o’rin bergan. Uning fikricha, ta’lim jarayonining o’zi to’g’ri nutqiy rivojlanish kafolati bo’lib xizmat qiladi, chunki «bolalarning nutqiy rivojlanishiga shunday sifatlarni kiritadiki, ular odatda, oddiy sharoitlarda zaif rivojlanadilar». Ta’lim nutq rivojlanishi qonuniyatlari to’g’ri hisobga olingan taqdirda u barcha bolalar nutqining maqbul darajada rivojlantirilishini ta’minlaydi, deb hisoblaydi A.P.Usova. U bolalarning mustaqil ravishda egallab olishlari qiyin bo’lgan hikoya qilib berish qobiliyatini shakllantirishga alohida ahamiyat bergan. A.P.Usova ona tili bo’yicha dasturni o’zlashtirish uchun barcha bolalar bilan mashg’ulot o’tkazish lozim, deb hisoblagan. Ayni paytda u mashg’ulot o’tkazish metodikasini ishlab chiqish uchun ham ko’p ishlarni amalga oshirgan.
Maktabgacha ta’lim muassasasida ona tilini o’qitish ishlarining tuzilmasi L.A.Penevskaya tomonidan ishlab chiqilgan. U quyidagilarni o’z ichiga olgan: bolalarning ona tilidaga lug’atni va uning grammatik tuzilishini o’zlashtirishlari; og’zaki adabiy nutqni shakllantirish va tilning tovush tizimini o’zlashtirish; hikoya qilishni o’rgatish. Garchi, L.A.Penevskiy fikriga ko’ra, «belgilangan til mazmuni uzil-kesil hal qiluvchi bo’lmasa-da, «maktabgacha tarbiya natijasida bolalar ona tili bo’lmish tilda to’g’ri, sof va ifodali so’zlashni bilishlari, boy lug’at zahirasiga ega bo’lishlari, ravon va izchil hikoyadan qabul qilib olganlarini aytib bera olishlari shart».
Keyingi yillarda maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tilidagi nutqni o’rgatish muammosiga doir tadqiqotlar ish tarkibini aniqlashtirish va ta’lim metodikasini takomillashtirish yo’llarini qidirish nuqtai-nazaridan olib borildi. Tadqiqotchilarning asosiy e’tibori nutqiy mashg’ulotlar mazmuni va metodikasiga qaratildi, bu asta-sekin ye.A.Flerina ogohlantirgan «nutqni o’rgatish» tushunchasining torayishiga, amaliyotda esa — nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg’ulotlar ahamiyatining oshishiga olib keldi.
60-70-yillarda bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini o’rganish ishlari faollashdi. RSFSR Pedagogika fanlari akademiyasining Maktabgacha tarbiya bo’yicha Ilmiy-tadqiqot instituti huzurida nutqni rivojlantirish laboratoriyasi tashkil etildi. Uning jamoasi turli yosh bosqichlarida nutqni o’rgatishning ilmiy va metodik asoslarini o’rgandi (F.A.Soxin, O.S.Ushakova va boshq.)
Bundan tashqari, muloqotdagi muammolar tufayli muloqot qilishni o’rgatish (A.V.Zaporojes, AA.Leontev, M.I.Lisina, A.K.Markova, A.G.Russkaya va boshq); til va nutqqa nisbatan tahliliy munosabatni shakllantirish (L.I.Aydarova, L.E.Jurova, S.N.Karpova, D.B.Elkonin va boshq.); nutqiy faoliyatni uning barcha tarkibiy kom-ponentlari bilan birgalikda rivojlantirish (AM.Bogush, A.A.Leontev, A.I.Polozov, V.I.YAshina va boshq.) masalalari faol ishlab chiqildi.
Ushbu ishlar natijasida ona tilini o’qitishga doir ishlar tarkibidan bolalarning til borlig’ining elementlari haqidagi bilim va tasavvurlari, maktabgacha yoshdaga bolalarni lingvistik rivojlantirishni ta’minlovchi til umumlashtirmalari ajralib chiqdi, bolalar bilan ta’lim ishlarini olib borish dasturlari va metodikalari yaratildi, ularda asosiy e’tibor aniq bilimlar, qobiliyat va ko’nikmalarga emas, balki aqliy va badiiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratiladi («Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim va tarbiyaning namunaviy dasturi», «Kamalak», «Rivojlanish» va boshq.)
Adabiyotlarni tahlil qilish shuni qo’rsatdiki, makgabgacha yoshdagi bolalarga nutqni o’rgatishning zarurligi pedagogika fanida allaqachon isbotlangan bo’lib, u shubhaga o’rin qoldirmaydi. Hozirgi paytda bolalarning yuqori darajada aqliy va nutqiy rivojlanishini, ularning til qobiliyatlari shakllanishini ta’minlash imkonini beruvchi bolalar o’quvini tashkil etishning maqbul shaklini qidirish ishlari olib borilmoqda. Nazariy va amaliy tadqiqotlarda bunday ta’limning mazmuni va shakllari haqidagi masalalar hal etiladi. Ilmiy maktablar, ilg’or amaliy tajribalarning muqobil (variantli) dasturlari aynan ushbu jihatlari bo’yicha farqlanadilar.
Ona tilini o’qitishni tashkil etishning yangicha mazmun va shakllarini izlash 80-yillarning oxirida avj oldi, chunki bu davrga kelib bolalar bog’chalarida pedagogik jarayonni tashkil etishning eng avvalo tarbiyachining bolalar bilan rasmiy, sub’ekt-ob’ekt tusidagi munosabatlarida ko’rinadigan o’quv-intizomiy modeli keskin tanqid ostiga olingan edi. Bu munosabatlar frontal mashg’ulotlar mazmuni va shaklida juda sezilarlidir. Tanqid tartibida aytib o’tilgan o’sha dalillarni tahlil qilish natijasida mashg’ulotlarni maktabgacha ta’lim muassasasida o’qitishning asosiy shakli sifatida salbiy baholashning asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib o’tash mumkin:

  • mashg’ulotlardagi o’qitish jarayonida tarbiyachining diqqat-e’tibori bolalarning boshqa faoliyat turlariga zarar yetkazgan xolda faqat shunga jamlanadi;

  • tartibga asoslangan o’rgatuvchi mashg’ulotlarga zo’r berib, tarbiyachining bolalar bilan munosabati rasmiylashuviga olib keladi;

- bolalarga qatiy dasturiy hujjatlar asosida berilgan katta hajmdagi aniq bilimlar taklif etiladi;
- mutlaq ko’pchilik holatlarda mashg’ulotlar nomigagina o’tkaziladi, bu esa barcha bolalarning faolligini ta’minlash imkonini bermaydi;
- mashg’ulotlarda, odatda beixtiyoriy xulq-atvorning yetarli darajada shakllanmaganligi tufayli maktabgacha yoshdagi bolalar uchun unchalik imkon darajasida bo’lmagan tashkil etishning maktab shaklidan foydalaniladi;
- yuqoridagi sabablar tufayli, nguningdek aksilaloqa va rivojlantiruvchi dolzarb vazifalarning mavjud emasligi bois mashg’ulotlar samaradorliganing pastligi.
Ona tilini o’qitishda maktabgacha ta’lim tizimining ushbu kamchiliklari quyidagilarda namoyon bo’ldi:

  • mashg’ulotlarda ona tilini o’qitish ko’pincha til vositalarini yig’ish, til birliklarini o’zlashtirishdan iborat bo’lib, u kommunikativ faoliyat vazifalarini hal
    etishga yo’naltirilmagan.

  • Nutqning agarda, bolalar nutqini muloqot faoliyati doirasida ko’rib chiqiladigan bo’lsa vujudga keladigan motivatsiyasi mavjud emas; nutqni o’qitish shartlari ko’pincha tabiiy muloqot shartlaridan farqlanadi: suhbatdosh yo’q (faqat savollar, ko’rsatmalar beradigan, baholovchi xulosalar bildiradigan pedagogning o’zi bor, xolos), mashg’ulotlarni tashkil etish muloqot shartlariga (stol atrofida bir-biriga juda yaqin o’tirish) mos kelmaydi va h.k.

  • Foydalanilgan metodlarda reproduktiv nutq (kattalar nutqiga taqlid qilish) yetakchi o’rin egallaydi;

  • Mashg’ulotlarda bolalarning nutqiy faoliyati tarbiyachi tomondan qattiq tartibga solinadi, bu esa bolalar nutqiy faoliyatini susaytiradi va hatto ularni butkul yo’qqa
    chiqaradi.

Nutqni o’rgatish jarayonida ushbu salbiy xususiyatlar pedagoglar va psixologlar tomonidan mavjud amaliyot natijasida aniqlangan bo’lib, u adolatli deb tan olingan.
Shu bilan birga, frontal nutqiy mashg’ulotlar — ancha tejamli o’quv shakli bo’lib, u didaktik va tarbiyaviy vazifalarni hal etishga yo’naltirilgan; u yuqorida ko’rsatib o’tilgan salbiy jihatlarni bartaraf etishda samarali bo’lishi mumkin: agarda u o’yin, kommunikativ va bilish motivatsiyasi asosida qurilgan bo’lsa, hukmronlik sharoitida, bolalarni uyushtirish usullari o’zgartirilganida (masalan, stol atrofida doira shaklida o’tirish, gilamda o’tirish, guruh bo’yicha harakatlanish va boshq,), bolalarning bilishga intilgan nutqiy faolligini jadallashtirish metodlaridan foydalanilganida sub’ekt — tarbiyachi bilan bolalar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning sub’ektiv usullaridir.
Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, salbiy holatlar nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslarini va pedagogik rahbarlik qilishning aniq usullarini biluvchi pedagog mahorati bilan hamda tarbiyachilar bilan hamkorlikda eng kam darajaga tushirilishi mumkin.
Adabiyotlarda yuqorida ko’rsatilgan ko’pchilik salbiy xususiyatlardan xoli bo’lgan va ijobiy faoliyat olib borayotgan pedagoglar tomonidan muvaffaqiyatli ravishda amaliyotda qo’llanilayottan mashg’ulotlar variantlari ishlab chiqilgan. Chunonchi, maktabgacha tarbiya bo’yicha Ilmiy-tadqiqot institutining bolalar nutqini rivojlantirish laboratoriyasi ilmiy xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan mashg’ulotlar asosini nutqiy rivojlantirishning turli vazifalarini hal etishga nisbatan kompleks yondashuv tashkil etadi. Ushbu mashg’ulotlarda bolalarga taklif etilayotgan topshiriqlar mazmuni va ularning ketma-ketligi bola uchun ravon fikr tuzishga o’tishni tabiiy holga aylantirib qo’yadi. Biroq nugqiy mashg’ulotlar samaradorligini oshiruvchi omillarni eng ko’p darajada hisobga olgan taqdirda ham mazkur o’quv shakli tarbiyachilar bilan bolalar o’rtasidagi o’zaro nutqiy muloqotlarni rivojlantirish vazifalariga har doim ham mos kelavermaydi. Hatto pedagog mashg’ulotlarda bolalar bilan o’ta demokratik shaklda muloqat qilganida ham kattalarning «salobati bosib» turadi (va bu didaktik vazifalarning yetakchiligi nuqtai-nazaridan o’rinlidir). Bolalarning xulq-atvori tartibga solinadi, va bunda kattalar muloqot tashabbuskori sifatida chiqadi. Shuning uchun nutqni va nutqiy muloqotni rivojlantirish borasidagi vazifalarni hal etish shakllarini qidirish davom etmoqda. Bu o’rinda L.I.Aydarova tomonidan ishlab chiqilgan «rivojlantiruvchi dialoglar», A.G.Arushanova tomonidan taklif etilgan «muloqot darslari» qiziqarlidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tilini o’qitish masalalariga nisbatan turli yondashuvlarni tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, nutqni o’rgatishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilish quyidagi nazariy qoidalarni tan olishdan kelib chiqadigan umumiy boshlang’ich pozitsiyaga ega:

  • ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa hozirgi kundagi nomaqbul nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;

  • nutqni o’rgatish — ijodiy jarayon bo’lib, u nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari hamda bolaning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan «..dan ..gacha» kabi qat’iy cheklovlarni qabul qilmaydi;

  • nutqni o’rgatish asosini kommunikativ yondashuv tashkil qilmog’i lozim, xususan: tilni o’zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qo’shilishi zarur, ta’lim sharti tabiiy
    muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi darkor;

  • o’qitish chog’ida kattalarning bola bilan o’zaro munosabati xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bo’lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim;

  • til ustidagi ishlarni nutq faoliyatining barcha komponentlarini, ya’ni: undov-motivatsiya, mo’ljal-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda uning tuzilmasi doirasida amalga oshirish darkor;

  • nutqni o’qitish bolalarning tilni o’zlashtirish borasidagi mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bola faoliyatining boshqa turlari bilan bog’langan bo’lishi lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqqa o’rgatish muammosini tadqiq qilish ishlari aynan yuqoridagi metodik qoidalardan kelib chiqqan holda davom ettirilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va ularga ona tilini o’rgatish sohasidagi psixologo-pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:

  • nutqni rivojlantirish — bu bolaning individual rivojlanishida markaziy o’rinni egallovchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirishiga oid o’ta murakkab va ko’p
    omilli jarayondir.

  • Bu stixiyali jarayon emas, balki pedagogik rahbarlikni taklif qiluvchi ijodiy jarayondir.

  • Bolaning nutqiy rivojlanish jarayonini boshqaruvchi pedagog ushbu jarayon qonuniyatlari, mexanizmlari va uning turli yosh bosqichlaridagi xususiyatlarini bilishi, nutqiy rivojlanishning individual xususiyatlarini ko’ra bilish va bolaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uning nutqiga pedagogik ta’sir ko’rsatishning eng samarali yo’llarini tanlashi shart.

«Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o’zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdaga bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o’tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi.
Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachisining bolalarga ularning o’z ona tilini o’rgata olish qobiliyati uning kasbiy tayyorgarligining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Bolaga tabiat ato qilgan barcha aqliy qobiliyatlar ona tilini o’zlashtirish, ayniqsa uni maktabgacha yoshda o’rganib olish tufayli yuzaga chiqadi hamda rivojlanadi.
Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga o’tib kelayotgan xalq ma’naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o’z davrining ilmiy yutuqlarini o’zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilғor sheriy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil O’zbekistonda demokratik jamiyatning to’laqonli quruvchilari bo’la olishlari tarbiyachiga boғliqdir.
Bolalarga ona tilini o’rgatish uchun bo’lajak tarbiyachi nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o’rganishi va ushbu sohaning fanga ma’lum bo’lgan metodlarini o’zlashtirishi, bolaning ona tilini o’zlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim.
Ona tilini o’qitish metodikasi pedogogik fanning bir tarmoғi hisoblanadi. Unda maktabgacha ta’lim muassasasida nutqni rivojdantirish metodikasi hamda boshlanғich va o’rta maktabda o’zbek (rus) tilini o’qitish metodikasi ajratilgan. Ularning har biri o’z maqsadi, vazifalari va mazmuniga ega.
Nutqni rivojlantirish metodikasi — maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Metodikaning asosiy vazifasi — ilmiy-pedagogik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko’nikmalarni muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun bolalar boғchalari tarbiyachilarini ular bilan qurollantirishdan iboratdir.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni — bolalarda oғzaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko’nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o’qitish (bolalarda qanday nutqiy ko’nikmani tarbiyalash), qanday o’qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega aynan shunday o’qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda).
Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasida bolalarga ona tilini o’rgatishning ob’ektiv xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi sohasida O’zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan va hozirda mavjud bo’lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan.
Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda rivojlanmoqda. Ayrim metodik qoidalarning yashovchanligi amaliyotda tekshirib ko’rilmoqda, amaliyotning o’zi fan oldiga hali o’z yechimini topmagan muhim masalalarni qo’ymoqda.
Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o’z farazlaridan kelib chiqib yoki boshqalarning tajribalaridan nusxa qo’chirgan holda bolalarni ko’r-ko’rona tarbiyalaydi. U ko’p narsani nazardan qochiradi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi.
Nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha ta’limdagi boshqa xususiy metodikalar bilan uzviy boғliq bo’ladi, chunki nutq - bola shaxsini to’la-to’kis rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biridir. Atrofdagilar nutqini tushunish va bolaning o’z faol nutqi har qanday pedagogik jarayonda zarur. Nutq bolaning butun faoliyatida unga yo’ldosh bo’ladi.
E.I.Tixeevaning ko’rsatishicha: «Ona tili, uni hech qanday to’siqsiz va har tamonlama rivojlantirish tarbiyaning asosini tashkil etmoғi lozim». Nutqni o’z vaqtida egallash bolada to’laqonli psixika paydo bo’lishi hamda uni keyinchalik to’ғri rivojlantirishning eng muhim va birinchi shartidir. O’z vaqtida degani — demakki, bola tuғilganidan keyinga dastlabki kunlarda boshlanadigan, to’laqonli degani — til materiali bo’yicha yetarli bo’lgan va bolaning har bir yosh bosqichida o’z imkoniyatlarini to’liq ishga solgan holda nutqni egallashga undovchi mashғulotlar demakdir.
Dastlabki yosh bosqichlarida bola nutqini rivojlantirishga e’tibor berish shuning uchun ham muhimki, ushbu davrda bola miyasi jadal sur’atda o’sib boradi va uning vazifalari shakllanadi. Fiziologlarga ma’lumki, markaziy asab tizimi vazifalarini aynan ularning tabiiy shakllanish davrida osongina mashq qildirish mumkin. Mashqlarsiz ushbu vazifalarning rivojlanishi sekinlashadi va hatto umuman to’xtab ham qolishi mumkin.
«Nutq uchun rivojlanishning bunday «hal qiluvchi» davri bola hayotining dastlabki uch yili hisoblanadi: bu muddatga kelib miya nutqiy sohalarining anatomik o’sib yetilishi asosan nihoyasiga yetadi, bola ona tilining asosiy grammatik shakllarini o’zlashtirib oladi, katta so’z zahirasi shakllanadi. Agarda dastlabki uch yilda kichkintoy nutqiga yetarlicha e’tibor berilmagan bo’lsa, bu holda kelgusida uning o’rnini to’ldirish uchun juda ko’p mehnat qilishga to’ғri keladi».
Nutqni rivojlantirish metodikasi boshqa har qanday pedagogika fani sifatida ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Til va fikrlash haqidagi ta’limotlar uning metodologik asosi hisoblanadi.
Xuddi til kabi insonning birgaliqsagi mehnat faoliyati mobaynida paydo bo’ladigan va rivojlanadigan fikrlash uni o’rab turgan borliq aksi hisoblanadi. Tilning fikrlash bilan mustahkam uzviy boғliqligi kishilarning ishlab chiqarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda harakat qilish zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash bir-birisiz mavjud bo’lolmasa-da, ular aynan bir hodisaga taalluqli emas.
Fikrlash — ob’ektib borliq aksi, til esa — fikrni ifodalash, mustahkamlash va uni boshqa kishilarga yetkazish usuli hisoblanadi. So’z va tushuncha dialektik jihatdan o’zaro bir-biriga boғliqdir.
Til bilan fikrlashning o’zaro uzviy boғliqligi haqidagi qoida bolalarga ona tilini o’kitish tizimini ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya ishlarining o’zaro boғliq bo’lishi haqidagi talabni asoslash uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Intellekt, ya’ni tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, fikrlash shuningdek nutq yordamida anglash qobiliyati - bu insonni hayvondan ajratib turuvchi muhim xususiyatlardir. Va intellekt ham, nutq ham insonda ilk bolalik yoshida paydo bo’ladi hamda u o’smirlarda va yoshlarda faqatgina ularning organizmi rivojlanayotgani uchun emas, balki ular nutqni ham o’zlashtirib olgan taqdirdagina jadal takomillashib boradi.
Agarda bola atrofidagi kattalar uni beshikdan boshlab to’ғri so’zlashga o’rgatsalar, bu holda bunday bola intellektual jihatdan normal rivojlanadi: unda tasavvur qilish, so’ngra fikrlash va xayol surish qobiliyati paydo bo’ladi; har bir yosh bosqichda bu qobiliyat takomillashib boradi. Bola intellektining rivojlanishi bilan bir vaqgda uning emotsional-iroda sohasi ham takomillashib boradi.
Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday rivojlanishning umumiy shakllari, tomonlari va o’zaro boғliqligini aks ettiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Til - tarixiy va o’zgaruvchan hodisa. Har bir xalq, millat, elat va odamlar qabilasi o’z tiliga egadir. Har bir xalqning tilida mazkur jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni, uning turmush sharoiti, ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlar va yangilanishlar, ijtimoiy-mehnat faoliyatidagi yangi kashfiyotlar va erishilgan natijalari aks etgan.
Har bir til o’zining asosiy qismlariga ega — bu luғat boyligi (leksika), tovush tizimi (fonetika) va grammatik tuzilishi (grammatika)dir.
Luғat boyligi (leksika) go’yo o’zida bizning atrof-olam haqida, bir odamning psixik hayoti haqidagi turli xil bilimlarimizni saqlaydi. So’zdagi asosiy narsa — uning mazmuni va semantik tarkibidir. Leksika tilning qurilish materiali, uning mazmun tomoni hisoblanadi. Til qanchalik rivojlangan bo’lsa, uning luғat tarkibi ham shunchalik boy bo’ladi. Har bir tildagi ko’p sonli so’zlar ichidan tilning asosiy luғat jamғarmasini tashkil qiladigan asosiy o’zak so’zlarning muayyan guruhini ajratish mumkin. Tilning luғat jamғarmasi — bu leksikaning juda barqaror, asrlardan buyon yashab kelayotgan qismi bo’lib, u barcha yoki deyarli barcha yangi so’zlar va so’z birikmalarining vujudga kelishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Tovush tizimi leksika va grammatika bilan uzviy boғliqdir. Jaranglayotgan nutq yordamida inson boshqa kishilar bilan muloqotda bo’ladi hamda o’z fikrlari va xis-tuyғularini ifoda qiladi. Bir til fonetikasi odatda, boshqa til fonetikasiga o’xshash emas, ya’ni jaranglayotgan nutq go’yo bir tilni boshqasidan uzoqlashtiradi. Bir til doirasida talaffuz me’yorlari yagona bo’ladi (shevalar adabiy tildan katta bo’lib, ular undan farq qiladilar).
Tilning grammatik qurilishi gapda so’zlar va so’z birikmalarini o’zgartirishga oid qonunlar hamda qoidalarning umumiyligi hisoblanadi. Grammatika yordamida gapdagi so’zlar joylashtiriladi va bir-birlari bilan qo’shiladilar. So’zlar faqat gaplar orqaligana muloqot vositasiga aylanadilar. Gapdan tashqarida har qanday so’z, xoh u ona tilidagi, xoh chet tilidagi so’z bo’lsin, muayyan ma’noga ega bo’lmaydi. Shuning uchun tilni o’rganishda uning grammatik tuzilishini o’zlashtirish ulkan ahamiyat kasb etadi. Bolalarga ta’lim berishda orfoepiya, grammatika va leksikaning zamonaviy me’yorlarini hisobga olish zarur.
Nutqni rivojlantirish metodikasi psixolingvistikaning asosiy qoidalari asosida quriladi. Uning «til inson faoliyatining barcha sohalarida muloqot vositasi bo’lib xizmat qiladi» degan asosiy qoidasi nutqni rivojlantirish metodikasida dasturilamal bo’lib hisoblanadi. Shu bois nutqni rivojlantirish metodikasi tarbiyachini muloqot vositasi sifatida bolalar nutqini rivojlantirishga oid bilimlar va qobiliyatlar bilan qurollantirishga qaratilgandir.
Tilning asosini ona tilining leksikasi, tovush tazimi va grammatik tuzilishi tashkil qiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasining nutqni rivojlantirishga doir dasturi lingvistikada erishilgan yutuqlar asosida ishlab chiqildi va u bolalar luғatini boyitish, ona tnlining fonetik jihatlarini, grammatik qurilishini rivojlantirishni ko’zda tutadi. Bolalarning turli nutqiy qobiliyatlarini shakllantirishda ularga o’zlarining ona tili bo’lmish o’zbek tili o’qitiladi, ya’ni ular o’zbek leksikasi, o’zbek tilining o’ziga xos fonetikasi va o’zbek tili grammatikasining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadilar.
Bolalarga ona tilini o’qitishda professional mahoratga ega bo’lish uchun pedagog nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o’rganishi, ushbu rivojlanishning ilmiy usullarini o’zlashtirishi hamda bolaning nutqini o’zlashtirish qonuniyatlarini bilishi shart.

Download 167,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish