Mashg‘ulot uchun kerakli materiallar. Savatga solingan Tirik quyon, silliq taxtachalar, sabzi, qotgan non, o ‘t, karam.
Mashg‘ulotning borishi. Bolalar yarimdoira bolib o‘tirishadi. Xonaning o krtasida quyon uchun joy ajratilgan, bu joyning atrofi quyon chiqib ketmasligi uchun qurilish materiallari yoki g‘ishtlar bilan to‘rtburchak shaklida o ‘rab qo‘yiladi. Xonaning eshigi yopib qokyiladi. Tarbiyachi savatdagi quyonni usti yopilgan holda olib kiradi. „Bolalar, hozir men sizlarga bir topishmoq aytaman. Sizlar uni nima ekanligini topasizlar va bugungi mashg'uloti- mizda nimani kuzatishimizni o'zingiz aytasiz: quloqlari uzun, yunglari yumshoq, ranglari oq, qora, kulrang, tez yuguradi, sabzini yaxshi ko'radi. T o ‘g‘ri, bu quyon. Hozir biz quyonni kuzatamiz. Biz nima qilamiz? Men quyonni silab ko‘rishingizga ruxsat beraman. Lckin quyonni juda ehtiyotkorlik bilan silang, unga ozor bermang. Yaxshisi, uni qulog‘idan dumi tomonga qarab silash kerak: yengil, juda yengil silash kerak. K o ‘rsatinglar-chi, qanday silaysiz?“ Bolalar harakatni qilib kokrsatadilar. Tarbiyachi quyonni savatdan oladi va tizzasiga qo‘yadi, bolalardan so4raydi: U qanday? (Katta. Oq junli, juni yumshoq. Quloqlari yumshoq va boshqalar.) So‘ng bolalar javobini umumlashtiradi: „T okg kri, quyon katta, oq, momiqqina, uning juni yumshoq va qalin“ . Tarbiyachi bolalarni oldiga chaqiradi. Ular quyonni silaydilar, uning junini silab ko'radilar. Tarbiyachi bolalarga quyon qanday harakat qilayotganini kuzatishni taklif ctadi. Uni polga q o ‘yib yuboradi. „Quyon sakrayapti“ , — deyishadi bolalar. Tarbiyachi bolalarga savollar beradi: „Nima uchun quyon sakray oladi? Uning oyoqlari qanday?“ Tarbiyachi bolalarning javoblari asosida xulosa chiqaradi: „Quyon shuning uchun ham sakray oladiki, uning orqa oyoqlari, oldingi oyoqlariga qaraganda uzunroq b o ladi“. So‘ngra tarbiyachi bolalarga quyonning barcha harakatini diqqat bilan kuzatishni va bu harakatni ifodalashni aytadi. Bolalar:
,,0 ‘tirdi. sakradi, orqa oyoqlarida turdi“ , — deb javob bcradilar. Tarbiyachi bolalarning diqqatini quyonning quiogiga qaratadi: „Quyon quloqlarini harakatlantiryapti: bir qulog‘ini ko'tarib, atrofga quloq solyapti, tinglayapti, quloqlarini orqa tomonga cho‘zyapti, ikkala qulog'ini ko'taryapti, quloqlari uzun, uzun- ligidan kuragini egallaydi, bir tomoni oq, boshqa tomoni qoramtir, uzun va cnsiz“. Keyin tarbiyachi bolalarga quyon qan- day ovqatlanishini kuzatishni aytadi: „Quyon juda tez chaynaydi. lining tishlari juda o‘tkir‘‘. Ertalab (kuzatish uchun olib kelishdan oldin) quyonga ovqat bermaslik kerak. Uning uchun sabzi, qotgan non, o “t, karam tayyoriab q o ‘yish kerak. Quyonning egasidan (agar quyon bog‘chaning o‘zida bo‘lmasa) u ko'proq nimani yoqtirishini so‘rab olishi kerak. So‘ngra tarbiyachi bolalarga yana bir bor quyonni kuzatishlari uchun im kon beradi, quyonning qanday xulqlarini aniqla- ganliklarini, yana nimalari haqida gapirmaganligini so‘rab, javoblarini tinglaydi va umumlashtiradi: „Bu katta quyon. Uning junlari momiqqina (yumshoq). 0 ‘zining uzun va ensiz quloqlarini orqasi tom on cho'zadi. Ba'zan avval bir quloglni ko'taradi, ba’zan esa ikkala qulog'ini birdaniga ko'taradi va tevarak-atrofni tinglaydi. Tinglaydi-tinglaydi va biror tomonga sakraydi! Quyonning orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga qaraganda uzunroq. U sakraydi. Tez sakraydi. U shunday tez sakraydiki, buning natijasida uning dum i bor ekanligini sezmay ham qolasan. T o lg kri, quyonning dumi juda kalta, shuning uchun darrov uni payqash qiyin. 0 ‘zining o‘tkir tishlari bilan u juda tez chaynaydi, sabzini darrov yeb qo'yadi. Karam bilan o'tni esa sabzidan ham tezroq yeb qo ‘yadi". \la s h g ‘ulotni yakunlash. Tarbiyachi bolalardan quyon haqida ilgari yod olgan she'rlarini so‘rab oladi va sayrga chiqib, „Quyonim” harakatli o'yinni o'ynashlarini aytadi.
3-Mavzu: Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning metodik masalalari
Reja;
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan ta’limiy faoliyatlar ishlanmasi
Grammatik qurilishni shakllantirish metodikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |