Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi


Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi



Download 167,17 Kb.
bet13/36
Sana08.02.2022
Hajmi167,17 Kb.
#437943
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
нутк

Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi
Qayta hikoya qilib berish va hikoya to’qish monologga o’rgatish metodi hisoblanadi. Bolalar monologik matnlarni qayta hikoya qilib beradilar, real va xayoliy voqealar haqida hikoya qiladilar, hikoya to’qiydilar.
Monologik nutqqa o’rgatish metodini o’zlashtirib olish pedagog uchun quyidagilarni anglatadi: bolalarga tinglashni o’rganish; qayta hikoya qilish va hikoya qilish, shuningdek hikoya to’qishda bolalarga yordamlashishni o’rganish.
Monologik nutq bo’yicha ishlar har bir yosh guruhida eng avvalo matn hajmi va uning mazmunining murakkabligi bilan farqlanadi (har ikkalasi ham «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayachn dasturi bilan belgilanadi).
So’zli obrazlarga tayanish barcha yosh guruxlarida monologni o’rgatishning asosiy usuli hisoblanadi. Real narsayaar va suratlarga tayanish qo’shimcha usulidir.
Hikoya qilishni o’rgatishning vazifasi bolalarning og’zaki monologik nutqni qayta hikoya qilish, hikoya qilish, hikoya to’qish kabi turlarini o’zlashtirishlarini ta’minlashdan iboratdir.
Qayta hikoya qilish — eshitilgan badiiy asarni ravon, ifodali aytib berish.
Qayta hikoya qilish nisbatan oson nutqiy faoliyatdir, chunki, bola tayyor mazmunni qayta aytib beradi, bunda u muallifning tayyor nutqiy shakllaridan (lug’at, so’z oborotlari, tuzilish), uni o’qiyotgan tarbiyachining nutq ifodaliligi usullaridan foydalanadi. Ammo bu mexanik ravishdagi takrorlash emas, balki matnni tushungani holda erkin va emotsional aytib berishdir. Qayta hikoya qilib berishni o’rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida asta-sekin qiyinlashtirilib boriladi — yaxshi tanish ertaklar, hikoyalarni aytib berish, yangi o’qib chiqilgan asarlarni aytib berish, hikoyachi shaxsini o’zgartirgan holda (birinchi shaxs nomidan emas, balki uchinchi shaxs nomidan va aksincha) aytib berish, tarbiyachi rejasi asosida aytib berish, bolalar bilan birgalikda tuzilgan reja asosida aytib berish, o’xshashlik asosida (analogiya bo’yicha) aytib berish (qahramonni, mavsumni o’zgartirish va h.k.), sahnalashtirgan holda aytib berish, (o’yinchoqlar, siluetlar bilan), bolalar tanlovi bo’yicha aytib berish. Hikoya qilib berish uchun quyidagilar matn sifatida xizmat qilishi mumkin:

  • Maishiy tusdagi axborot, uni tarbiyachi har kuni erkin muloqot chog’ida bolalarga beradi, so’ngra bolalar uni bir-birlariga va oila a’zolariga so’zlab beradilar;

  • Badiiy adabiyot matnlarini aytib berish, uni bolalar monologik nutqni o’rganishga oid maxsus mashg’ulotlarda aytib beradilar;

  • Tarbiyachi ishga kelishida yo’lda, do’konda, sayrda yuz bergan (yoki yuz berishi mumkin bo’lgan) turli xil voqealar uning axboroti uchun mavzu bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Shuningdek, bu insonni urab turgan jonzotlar, gullar, o’simliklar va hashoratlarga oid har qanday ko’rinishdagi bayonlar bo’lishi ham mumkin. Ushbu hikoyalar bayon qilish monologi, tavsiflash monologi shaklida bo’lishi lozim. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga mo’ljallangan axborotlar esa mulohaza-monologlar bo’lishi lozim.
Har bir axborot o’zining didaktik vazifalariga ega:
— sof bilish tusidagi hikoyalar bolalarning diqqat e’tiborini biron-bir hodisaga jalb qilish va ayni paytda ularning leksikasini boyitish, ularga yangi grammatik, sintaktik shakllar berishga mo’ljallangan;
— axborot — bolalarga hikoya qilishni o’rgatish uchun maxsus didaktik material, ya’ni, monologik nutq namunasi bo’lib, u bolalarda nutqdan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish, ularning leksik va grammatik ko’nikmalarini faollashtirishga mo’ljallangan.
Ushbu toifadagi monologlarga tarbiyachi faqat bolalarga tanish bo’lgan leksik va grammatik shakllarnk kiritishi, ya’ni bolalar bilan faqat ularga tanish bo’lgan narsalar va hodisalar haqida so’zlashishi mumkin.
Shunday qilib, bolalar o’zlari uchun ancha qiyin bo’lgan monolog-nutq shaklini o’zlashtirib olmagunlaricha ana shunday qilish zarur,
Borliqning so’zli tasvirlari, hayotda ro’y bergan voqealarni pedagog do’stlar bilan so’zlashgandagi kabi ishonchli ohangda yoki aksincha, quvnoq, yumor bilan aytib berishi lozim, faqat shundagina tarbiyachining nutqi (axboroti) bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatadi, va ular uni boshqa bolalarga ham ishtiyoq bilan so’zlab beradilar va shu bilan o’z nutqlarini yanada rivojlantiradilar. Pedagog ota-onalarga o’z farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalaridan olib ketayotganlarida yo’lda uning so’zlarini diqqat bilan tinglashni va bola aytib berayotgan hikoya mazmuni juda qiziqarli ekanini ko’rsatishlarini tavsiya qilishi zarur. Shu tariqa barcha bolalarning hikoya qilishlari natijasida nutqiy mashqlar ham bajariladi.
Badiiy asarlarni hikoya qilib berishda bolalarga yordamlashish, so’zni qabul qilish vositalari va asosan, turli xil savollar orqali amalga oshiriladi.
Savollarning quyidagi turlari mavjud. Monologik matnni hikoya qilib berishga yordam beruvchi savollar:
— birgalikda hikoya qilishga yo’naltiruvchi savol (iboradagi so’nggi so’zga qo’yilgan savol);
__ aytib turuvchi savol;
— yo’naltiruvchi savol;
— to’g’ridan-to’g’ri savol;
__to’g’idan-to’g’ri savollar zanjiri (reja);
— qidiruv savollari;

  • ko’rsatma savollari.

  • Qayta hikoya qilib berishdan oldin bolalarg’a ushbu asar matni o’qib beriladi. Hayotining ikkinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalar bilan o’tkazilayotgan mashg’ulotlarda pedagogga birgalikda hikoya qilishga yo’naltiruvchi savollarni
    qo’llash, ya’ni iboradagi so’nggi so’zga savol qo’yish tavsiya etiladi: — Bir bor ekan bir.... Bir…...nima ekan? — yo’q ekan.

Ko’pincha pedagogga o’z savoliga o’zi javob berishga va bolaning ushbu javobni qaytarishiga erishishga to’g’ri keladi. Bolaning tarbiyachi aytayotgan iborani oxiriga yetkaza olishi uchun unga badiiy asarni necha marta o’qish kerakligi uning nutqiy rivojlanganligiga bog’liq bo’ladi,
Birinchi sanoq she’rni bola taniy boshlashi, undagi ayrim so’zlarni yodda saqlab qolishi uchun u sanoq she’rni besh yoki o’n marta eshitishi mumkin. Biroq bola bilan aniq maqsadni ko’zlagan holda ish olib borilsa, uning yoshiga mo’ljallangan ikkinchi sanoq she’rni u birinchisidan ancha tez o’zlashtirib oladi.
Uch yoshli bolalarga hikoya qilishda yordamlashar ekan, tarbiyachi aytib turuvchi savollardan foydalanadi (Bog’da mo’ylovli mushukcha yuribdi. Bog’da nima yuribdi? Mo’ylovli mushukcha bog’da yuribdimi?).
Aytib turuvchi savollar asosida hikoya qilishni yana aks ettirilgan hikoya qilish deb ham atashadi. Ushbu usulning maqsadi — bolalarning alohida so’zlarni takrorlashiga emas, balki badiiy asarning butun iboralarini takrorlashlariga erishish, ularga matnni erkin yodlab olishda ko’maklashishdan iborat.
Hayotining to’rtinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalarga hikoya qilishda tarbiyachi hikoyani yo’naltiruvchi savollar, ba’zida esa aytib turuvchi savollar bilan osonlashtirgani holda to’g’ridan-to’g’ri savollar bilan yordam berib turadi.
Agarda she’r qayta aytib berilayotgan bo’lsa, bolalar uning tez-tez qo’llaniladigan, oson esda saqdab qolinadigan ayrim qismlarini yoddan bilganlari ma’qul. Shunda ular tarbiyachining savollariga she’rdan sitatalar bilan javob berishlari mumkin, lekin bularni ular bilan oldindan kelishib olish lozim.
Nasriy asarlarni qayta aytib berishda ham bolalarning javoblari iloji boricha badiiy matnga yaqin bo’lgani yaxshi. Shuning uchun tarbiyachining to’g’ridan-to’g’ri savollari bolalarga nafaqat lug’atdan, balki matn sintaksisidan ham iloji boricha to’laroq foydalanishda yordam berishi lozim. Agarda bolalar matnni unutib qo’ygan bo’lsalar, tarbiyachi uni aytib turadi.
To’rt yoshli bolalar tomonidan bayon qilish va tavsiflash tusidagi asarlarni hikoya qilishda ularga so’zli usullar orqali yordam ko’rsatish zarur. Bu yoshdagi bolalarga tavsiflash uchun mulohaza yuritishni bilish talab etiladigan asarlarni tanishtirish tavsiya qilinadi. Ular bilan tanishtirish, keyinroq esa qayta hikoya qilish uchun mustaqil ^mulohaza yuritishga tayyorlanish hisoblanadi. Bunday asarlarni hikoya qilishga o’rgatishda real obrazlarga tayanish lozim: so’zli usullarni didakl-ik o’yin yoki real narsalarni ko’rsatish bilan birgalikda amalga oshirish mumkin.
Besh yoshli bolalarga ham tarbiyachi to’g’ridan-to’g’ri savollar berish orqali qayta hikoya qilishda yordamlashishi lozim, ammo ayni paytda u mavzuni rivojlantiruvchi savollar turkumi (zanjiri)ni berishi, ya’ni hikoya qilishning oddiy rejasini tuzishi darkor. Dastlab reja bor-yo’g’i 2-3 ta savoldan iborat bo’lishi mumkin. Keyinchalik esa, bolalarning voqealarni vaqg bo’yicha izchillikda bayon qilish zaruratini o’zlashtirishlari (bayoniy matnlar), tavsifiy matnlarni hikoya qilib berishni o’rganishlariga qarab, bayon mavzusi murakkablashtirilib borilishi lozim.
Birinchi marta pedagog bolalar asar mohiyatini qabul qilishlari, undan estetik zavq olishlari uchun butun matnni o’qib beradi. Uni qismlari bo’yicha qayta aytib berish mumkin: tarbiyachi asarning tugallangan bir qismini o’qib beradi, so’ngra uning butun mazmunini qamrab olgan savollar turkumini beradi va bolalar ushbu parchani hikoya qilib
beradilar. Ayni paytda tarbiyachi bolalarning nafaqat so’zlarni to’g’ri aytishlari va gap tuzishlari, balki asarlarda ishtirok etayotgan shaxslarning suhbatlarini ifodali qilib aytishlarini nazorat kilib boradi.
Ushbu yoshdagi bolalarga asta-sekin qidiruv savollarini, ya’ni mulohaza yuritishga yordam beruvchi savollarni o’rgatish zarur, Odatda bu savollar so’roq so’zlaridan iborat bo’ladi, ya’ni: Nima uchun? Nega? Qanday? Qay tarzda? Nega endi?
Hayotning oltinchi va yettinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalarga badiiy asarlarni hikoya qilib berishda pedagog yordamlashishi zarur, bunda u savollarni nima uchun va nimani so’zlash zarurligi; narsalarni qanday tartibda tavsiflash va voqealarni qay tartibda bayon qilishni belgilab beruvchi ko’rsatma tusida berishi zarur.
Hikoya qilishni o’rgatishda pedagog bolalarning dialogik nutq bilan birgalikda asar qahramonlarining kechinmalariga ^mos ravishda ovoz ohangini o’zgartirishni o’rganishlari zarurligini unutmasligi lozim.
Bolalarning katta badiiy asarlarni butunlay hikoya qilib berishlari shart emas: hikoya qilib berish uchun ayrim lavhalarni, narsalar yoki voqealar tavsifini ajratib olish mumkin.
Agarda tarbiyachi maktabgacha kichik yoshdagi bolalarga ahyon-ahyonda qidiruv savollarini bersa, yetti yoshli bolalar bilan ishlashda va ularga badiiy asarni nafaqat aytib berishni, balki uning mazmunini tushungan holda mulohaza yuritishni o’rgatishda u bolalarga ko’proq shunday toifadagi savollarni berishi zarur, ayni paytda tarbiyachi to’g’ridan-to’g’ri, yo’naltiruvchi va hatto aytib turuvchi savollardan ham voz kechmasligi lozim.

Download 167,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish