Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi


Lug’at ishlari vazifasini tushunchalarni umum-lashtirish, shakllantirish jarayonida hal etuvchi mashg’ulotlar



Download 167,17 Kb.
bet20/36
Sana08.02.2022
Hajmi167,17 Kb.
#437943
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
нутк

3. Lug’at ishlari vazifasini tushunchalarni umum-lashtirish, shakllantirish jarayonida hal etuvchi mashg’ulotlar
Hajmi hamda chalg’itish va umumlashtirish darajasiga qarab turlicha bo’lgan tushunchalar mavjud. Bilish faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarga egaligi bois maktabgacha yoshdagi bolalar faqat sezilarli belgilari yetarli darajada aniq ifodalangan hamda ko’rgazmali-harakatli va ko’rgazmali-obrazli fikrlash usullari uchun imkonli bo’lgan tushunchalarnigina o’zlashtiradilar, xolos.
Maktabgacha ta’lim muassasasi dasturi tur va toifaga oid umumlashtirmalarni shakllantirish talabini o’z ichiga oladi. Toifali umumlashtirishlar dasturda sezilarli belgilarini ajratish va ular bo’yicha umumlashtirishni amalga oshirishni talab qiladi, ammo bu belgilar xususiyatlari, ularning soni cheklangan.
Chunonchi, ko’pincha narsalarning tashqi xususiyatlari turli umumlashtirmalarning sezilarli belgilari bo’lishi mumkin. Xususan: qismlar, shakllar, miqdorlar va h.k. masalan, kreslo stuldan tirsakqo’ygichlari borligi bilan farqlanadi; golf, paypoq uzunligi bilan, dastro’mol, durra — shakli bilan farqlanadi va h.k.
Toifali tushunchalar uchun tashqi belgilar ham, ichki belgilar ham, ayni paytda nisbatan yashirin belgilar yoki ularning guruhlari ham sezilarli bo’lishi mumkin
Masalan, "o’yinchoq", "kiyim" kabi toifali tushunchalarning asosida tashqi belgilariga ko’ra turlicha bo’lgan narsalardan foydalanish usuli yotadi; "sabzavotlar", "mevalar" tushunchalarining asosini esa bir nechta belgilar, ya’ni ulardan foydalanish, ularni inson tomonidan yetishtirish usullari va h.k. tashkil etadi.
Tur va toifaga oid tushunchalarni shakllantirish jarayonida narsalar turlari va guruxlarini aniq ifodalovchi yangi so’zlarni kiritish amalga oshiriladi, shu tufayli so’zni aniq qo’llash, narsalarning nomlarini aniq aytish ta’minlanadi. Bu nutqiy muloqotda qisqalik, aniqlik va o’zaro bir-birini tushunishni ta’minlaydi.
Tushunchalarni va ularga mos keluvchi lug’atni shakllantirishga bag’ishlangan mashg’ulotlar bolalardan narsalarning o’ziga xos xususiyatlarini, ya’ni: qismlari, shakli, mikdori va vazifasini ko’ra olishni talab qiladi. Shuning uchun ular maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish amalga oshirilgan mashg’ulotlarda olgan bilim va ko’nikmalariga tayanadilar.
Shunday qilib, ushbu mashg’ulotlar lug’atni rivojlantirish ishlarining umumiy tizimiga kiradi va ular boshqa mashg’ulot turlari bilan uzviy bog’liqdir.
Anchayin umumiylik mavjudligiga qaramasdan tur va toifa tushunchalarini shakllantirishga oid mashg’ulotlar o’zlarining metodik xususiyatlariga egadirlar, ular
tushunchalar mazmuni bilan izoxdanadi va asosan to’rt yoshli bolalar bilan o’tkaziladi.
Ushbu mashg’ulotlarni o’tkazish metodikasida tarbiyachi quyidagilarni hisobga olishi zarur:

  • Mashg’ulot ko’rgazmali material asosida quriladi. Narsalar to’plami ahamiyatsiz belgilari bilan farqlanadigan bir turdagi narsalar va yaqin turlardagi narsalarni o’z ichiga olishi lozim: rangi, shakli, hajmi bo’yicha turlicha bo’lgan dastali piyola, shuningdek bokal, krujka va h.k., bolalar dastali piyolani shulardan farqlashlari lozim.

Bola o’xshash narsalar guruhidan predmetni tanlab olish zarurati oldida qoldiriladi. U tanlashga sabab bo’lgan belgini ajratgani holda o’z qarorini asoslashi lozim.
Tanlash zarurati bolaga tushunarli bo’lishi lozim. Shu munosabat bilan tanlash vazifasi bola uchun qiziqarli bo’lgan faoliyatga, ko’pincha o’yinga qo’shiladi.
Bunday turdagi mashg’ulotlar uchun qo’g’irchokli o’yin-mashg’ulotlardan foydalanish mumkin. Turga oid umumlashtirmalar va tegishli lug’atni shakllantirishga bag’ishlangan mashg’ulotlar metodikasi ham belgilar guruhidan otlarni ajratib olishga yo’naltirilgan. Ammo bu holda turli xildagi narsalar guruhi umumlashtirilishi tufayli, bunday mashg’ulotlar alohida tuzilmaga ega bo’ladi:
1-qism. Bolalarga tanish bo’lgan, mashg’ulot uchun tanlab olingan barcha to’plamni ajratish.
P-qism. Belgilarini umumlashtirish uchun otlarni ahamiyatsizlaridan ajratish, narsalar guruhlarini sezilarli belgilariga qarab umumlashtirish va ushbu guruhga belgilovchi so’zlarni kiritish (tushuncha ustidagi ishlar).
Sh-qism. Sezilarli belgilarini hisobga olish asosida bolalarning narsalar turlarini tushuncha ostiga olib kelishlarini mashq qildirish.
Bu yerda mashg’ulotning turli qismlari uchun ko’rgazmali materiallarni tanlash ham o’ziga xos xususiyatiga ega bo’ladi. Birinchi va ikkinchi qismlar uchun ahamiyatsiz belgilari bo’yicha bir-biridan yaqqol farqlanib turadigan uch-to’rt turdagi narsalar tanlab olinadi.
Mashg’ulotning uchinchi qismi uchun narsalar to’plami ushbu tushunchaga kiruvchi boshqa turlar va nimasi bilandir bir-biriga yaqin bo’lgan, ammo boshqa tushunchalarga kiruvchi bilan to’ldiriladi. Masalan, "sabzavot" tushunchalarini shakllantirishga doir mashg’ulotlarning birinchi ikki qismi uchun shakli, ta’mi va rangi bo’yicha farqlanadigan sabzi, piyoz, bodringni olish mumkin. Uchinchi qismi uchun qo’shimcha ravishda kartoshka, karam, qizilcha, pomidor va boshqalar olinadi, hamda farqlash uchun sholg’om nok, qo’ziqorin, mevalar, limon va h.k. beriladi.
Tushunchalar va tegishli so’zlarga bag’ishlangan mashg’ulotlarda birinchi qism tushirib qoldirilishi mumkin. Bunda birdaniga ikkita ilgari shakllantirilgan tushunchalar bilan ish olib boriladi (masalan, sabzavot va mevalar, kiyim va poyabzal, mebel va idish-tovoqlar va h.k.). Ushbu o’rinda nafaqat surat va narsalardan, balki "uchadi-uchmaydi" kabi so’zli o’yin mashkdaridan ham foydalaniladi.
Tushunchalar ustidagi keyingi ishlar ularni tabaqalashtirish, qismlarga ajratish yo’nalishi bo’yicha olib boriladi. Masalan, "transport" tushunchasi baqalashtiriladi, va shu asosda yangi so’zlar kiritiladi: transport — havo, suv, yer ustki, yer ostki transporti; kiyim — qishki, yozgi, mavsumiy kiyimlar; idishlar — choy, yemakxona, oshxona idishlari. Bu mazmun maxsus mashg’ulotlarda amalga oshiriladi. Biroq bu o’rinda asosiysi sezilarli belgini ajratish va uni tushunchaga olib borishdan iboratdir.
Shunday qilib, mashg’ulotlar jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalarda so’zning tushunchaviy xususiyati shakllanadi, ularning fikrlashi rivojlanadi.
Lug’atni faollashtirish va mustahkamlash maxsus mashg’ulotlar, didaktik o’yinlar va kundalik muloqot jarayonida tashkil etiladi.
Lug’atni mustahkamlash borasida maxsus ish olib borilayotgan mashg’ulot narsalarni tavsiflash, topishmoqyaar aytish va ularni topish o’rganiladigan mashg’ulotlar hisoblanadi.
Narsalarni tavsiflashga doir mashg’ulotlardan besh, olti, yetti yoshli bolalar bilan o’tkaziladigan amaliy ishlarda keng foydalanish lozim. Ularni bolalarga tanish bo’lgan "Ajoyib xaltacha" o’yini shaklida o’tkazish lozim. Bolalarning diqqat-e’tiborini ko’p sonli belgilar ajratishga yo’naltirish uchun "Kim ko’proq ko’radi va aytadi?" ko’rinishidagi o’yin shaklidan foydalanish tavsiya etiladi.
Topishmoq topishni o’rgatishga doir mashg’ulotlar alohida o’rin egallaydi. Ushbu mashg’ulotlarning lug’at ishining vazifalarini hal etishdagi qimmati nafaqat ularda narsalar xususiyati haqidagi bilimlar va tegishli lug’atni mustahkamlash ishlari amalga oshirilishida, balki ular bolaga o’zbek tilining obrazli ifodasiga kirib borishda yordam berishidadir.
Har bir topishmoq narsaning, uning o’ziga xos xususiyatlarining suratli, obrazli tavsifidir. Ayni paytda ko’pincha bunday tavsiflar boshqa narsa orqali beriladi. Shu sababli bola topishmoqni topishi uchun u narsalarning xususiyatlarini bilishi, narsalarni taqqoslay olishi, ulardagi umumiylikni ko’rishi zarur. Topishmoqli mashg’ulotlarni bolalar narsalarning xususiyati bilan tanishganidan so’ng kiritishning sababi ham mana shunda.
Bunday mashg’ulotlarning maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishdagi imkoniyatlaridan eng yuqori darajada foydalanish uchun ularni o’tkazishda quyidagi metodik qoidalarni hisobga olishi zarur:
Topishmoqlar tanlash. Topishmoqlar mazmuniga ko’ra bolalar uchun imkonli bo’lishi lozim, ya’ni u o’ziga xos xususiyatlari bolalarga yaxshi tanish bo’lgan narsalar haqida bo’lmog’i darkor. Shakliga ko’ra eng imkonli topishmoqlar ikki turdagi topishmoqlardir: narsaning nomini aytmagan holda uning o’ziga xos xususiyatlarining bevosita ta’rifi sifatida qurilgan topishmoqlar ("qishda ham, yozda ham bir
xil rangda") va metaforik topishmoqlar, bunda bitta narsaning o’ziga xos xususiyatlari boshqa narsa orqali olib beriladi (masalan, tipratikan haqidagi topishmoq: "Daraxtlar ostida, archa ostida, yugurar yostiqcha igna ostida").

  • Mashg’ulotlarda bolalarga topishmoqlar javoblarini eslab qolmasdan, obrazli tavsiflar ortidan real narsalar va ularning xususiyatlarini ko’ra olishni o’rgatishni maqsad qilib qo’yish lozim, Bu quyidagi zaruriyatlarni keltirib chiqaradi: birinchidan, bunday mashg’ulotlarga ko’rgazmali materiallarni kiritish, ikkinchidan, so’zli obrazni
    narsaning aniq xususiyatlari bilan taqqoslashni o’rgatish, uchinchidan, javobni obraz talqiniga oid dalil-isbotlar bilan asoslash.

Topishmoq topishga bag’ishlangan mashg’ulotlar odatda, ikki qismdan iborat bo’ladi. Birinchi qismida narsalarni faqat topishmoqsa aks etgan belgilarini ajratgan holda ko’rib chiqish tashkil etiladi. Ayni paytda o’ziga xos xususiyatlarini belgilash uchun topishmoq elementlaridan foydalaniladi.
Mashg’ulotlarning ikkinchi qismi topishmoq topishga bag’ishlanadi. Bu o’rinda tarbiyachi bolaning topishmoq javobini qanday qilib topganligini so’raydi.
Dastlab turli materialda ikki-uchta ana shunday mashg’ulot o’tkaziladi, so’ngra keyingi mashg’ulotlar qiyinlashtirilishi lozim.
Tanish narsalar haqidagi topishmoqlarning yangi variantlarini namoyish qilish orqali va namoyishsiz topish ham qiyinlashtirish hisoblanadi. Biroq barcha holatlarda topishmoq topish motivatsiyasi bo’lishi shart. Aynan shu mashg’ulotlarda bolalarga tanish bo’lgan topishmoqlar ham beriladi, eski topishmoqlar takrorlanadi, lekin ular ko’rgazmaviyliksiz amalga oshiriladi.
Lug’atni mustahkamlash va faollashtirish maxsus mashg’ulotlardan tashqari mashg’ulotlarga qo’shilgan yoki kundalik hayotda o’tkaziladigan qator didaktik o’yinlar va o’yin mashqlari jarayonida ham amalga oshiriladi. Lug’atni faollashtirish uchun ayniqsa, maktabgacha katta yoshdagi bolalar guruxlarida keng foydalaniladigan "Teskarisini ayt", "Buyoqlar", "Bog’bon", "Davom et" kabi so’zli didaktik o’yinlar juda foydalidir. Bitta narsaning turga oid umumlashtirmalarga kiruvchi turli qismlari yoki sifatlari nomini aytish bunday davom etish mazmuni bo’lishi mumkin.
Mashg’ulotlardan va didaktik o’yinlardan olingan turli xildagi lug’atdan mustaqil foydalanish makgabgacha yoshdagi bolalarning maishiy muloqotida amalga oshiriladi. Bu yerda tarbiyachining tutgan o’rni mazmunli suhbatni yo’lga qo’yish, tarbiyachi nutqiga, uning lug’at tarkibiga nisbatan bolalarning diqqat-e’tibori hamda bolalarning to’plangan lug’atning butun boyligidan foydalanishlarini tashkil etishdan iboratdir.
Yuqorida ko’rib chiqilgan narsalar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda lug’atni shakllantirish tartibi dasturiy talablarni amalga oshiradi hamda maktabgacha yoshdagi bolani aqlan va nutqiy rivojlantirishni birgalikda amalga oshirishni ko’zda tutadi.

9-Mavzu: Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish


Reja;

  1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqi masalalari

  2. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish mashg’ulotlari

Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lugkat ustida ishlash bolalar bog‘chasi tarbiyachilarining oldiga qo'yilgan eng m uhim vazifalardan biridir. Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so’z boyliklari juda tez o‘sib boradi. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo'lga qo‘yar va boshqarar ekan, har bir bolaga uning to'plagan tajribasini tartibga solishda yordam- lashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o'zini qurshab turgan olamni bilishga bo’lgan qiziqishini o'stiradi.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ularga axloqiy tarbiya berish vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o ‘stirish imkonini beradi, bunda ularning sokz boyligi o‘sib, to'g'ri talaffuz etish malakasi ortib boradi, ularda flkrni grammatik nuq- tayi nazardan to kg kri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug‘at ustida ishlashga doir ishlarning niazmuni hamda ko'lami bolalarning yosh xususiyatlariga bog'liq bolib, bu bolalar bogkchasining har bir guruhi uchun tarbiya dasturida alohida belgilab berilgan. Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi odamlar nutqiga, tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog‘liq bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlardan bizga ma'lumki (ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari mavzu- sida bayon etilgan fikrlar), yangi tug'ilgan chaqaloqlar yiglash orqali tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik, sovuq, biror joyning og‘rishi yoki issiqlash va hoka- zolarga) javob beradi. Bola 2 — 3 oylik boklganda katta kishilarning gaplariga, tevarak-atrofdagi g‘ala-g‘ovurlarga diqqat biían quloq soladi, rangli narsalarga qaraydi va ularga nisbatan tovush chiqara boshlaydi. Bu esa 2 — 3 oylik bolaning rivojlanishiga xos boMgan so'zni ifodalaydi, ya’ni katta kishilar bilan aloqa qilish istagi vujudga kelganligidan dalolat beradi. Bola 5 — 6 oylik boM- ganda yengil talaffuz etiladigan tovushiarni birlashtirib, so'z chiqaradigan boMadi, 8 — 9 oyligida aytilgan buyumlarni ko‘zi bilan qidirib, uni topadi va qoMi bilan ko‘rsatadi yoki olib keladi. Bola bir yoshga toMay deb qolganda o lnga yaqin so‘zni talaffuz eta oladi. Bolalarning yoshi o'sgan sari ko‘p narsalarga qiziqadi. o ‘zi bilmagan narsalarni bilib olishga intiladi. Bola bir yarim yoshga toMganda uning lug‘atidagi so‘zlar miqdori 20 — 30 taga yctadi. Bu so‘zlar o ‘ziga tanish boMgan kishilar: aya, dada, nanna, buvi, bobo, amma, xo/a, opa; hayvonlar: vov-vov, miyov-miyov, mu-mu, qo-qo; ehtiyojlari bilan bogMiq boMgan so‘zlar: ma, ol, ber va hokazolar. Bolalar tafakkurining rivojlanish xususiyatlari ularning lug‘at boyligini belgilab beradi. Y a’ni bolalardagi ko'rsatm a-ta’sirchan va ko‘rsatma-obrazli tafakkur ularning lug‘atida buyumlar, hodisalar, sifatlarning nomlarini bildiruvchi so‘zlarning ortib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarda faol va sust lug‘at niavjud boMib, faol lug‘at orqali so‘zlovchining so‘zlarini (gaplarini) tushunibgina qolmay, balki o‘z nutqida turli xil faoliyatga oid so‘zlarni ham ishlatish mumkin boMadi. Sust lug'atga ega boMgan bola esa so'zlovchining so'zlarini tushunadi, tinglaydi, animo o ’zi gapirmaydi. Bola nutqining taraqqiyoti ana shu xususiyatlari bilan katta kishilar nutqidan farq qiladi, Bir yoshdan bir yarim yoshgacha boMgan bola nutqining xarakterli belgisi shundaki, bola aytadigan so‘zlar miqdori juda kam boMadi, ya’ni uning faol lug‘ati juda sekin o'sib boradi. Bu yoshda bola lug‘atining boyib borishi tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushunish qobiliyatining o‘sishiga bogMiq boMadi. Bola o'ziga aytilgan so'zlarni yaxshiroq tushu- nadigan boMadi. Uning sust lug‘ati o ksib boradi, o‘zi yaxshi gapirmaydi, animo boshqalarning so'zini ko‘proq eshitib, eshitgan so‘z va jumlalarni o ‘ziga singdirib boradi va shuning zamirida keyinchalik o‘z nutqini yuzaga keltiradi va boyitib boradi. M ana shu xususiyatlarni hisobga oigan pedagog-tarbiyachi bolalar idrok ctadigan nutq, so‘z va gaplarning m um kin qadar boy, rang- barang va to‘g‘ri boMishiga harakat qilishi kerakki, bu ularda og‘zaki-mantiqiy fíkrlash qobiliyatining paydo bo’lishiga ta’sir etishi lozim. Bolada og‘zaki-mantiqiy fikrning paydo bolishi esa ularning elementar tushunchalarni (balandlik, yaxshi, yoniort va hokazolar) o ‘zlashtirib olishlariga yordam beradi. Bola bir yoshga tolganda faol Iug‘ati tez o ‘sadi. Bola aytadi- gan so'zlarning miqdori birdaniga ortib ketadi. Bolaning kattalar nutqiga taqlid qilishi yangi so‘zlarni bilib olishida katta ahamiyat kasb etadi. Endi u kattalarning so'zlariga ongli ravishda, uning ma'nosiga tushunib taqlid qila boshlaydi. Ikki yoshga kirganda uning nutqi m a ’noli b o la boshlaydi. Narsalarni o ‘z nomi bilan atay boshlaydi. Chunonchi, vov-vov — kuchuk, miyov-miyov — mushuk, chiq-chiq — soat va hokazolar. Endi bola „Bu nima?, Nomi nima?“ degan savollar bera boshlaydi. Bu savollar uning o ‘ta sinchkovligi, miyasida narsa bilan uning nomi (ya’ni sokz) o ‘rtasida yangi bog'lanishlar paydo boMganligidan dalolatdir. Dastlabki paytda bola narsalarni bildiruvchi sokzlarni kokp- roq ishlatsa, keyinchalik ish-harakatning nomini bildiruvchi so'zlarni ham ishlata boshlaydi. Ikki yoshga to‘lgan bolaning sokz boyligi 250 — 300 taga yetadi. Uch yoshga qadam qo‘yishi bilan uning lug‘atida fazoviy munosabatlarni bildiruvchi orqada, yuqorida, pastda, yonda kabi ba'zi so‘zlar paydo bokla boshlaydi. Uch yoshning oxiriga borganda bola tevarak-atrofidagi kishilar- ning nutqini tobora mukammalroq tushunadigan bo‘iadi, ularning aytib bergan hikoyalarini, kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni diqqat bilan tinglaydi, yangi so‘zlarni o kzlashtirib boradi. Kat- talarga: Buning nomi nima? Nima uchun? Nega shunday? Qayerda? Qayerga ketdi? Qayerdan kelgan? Nimadan yasalgan? kabi savollarni beradi. Shular asosida uch yoshga to'Igan bolaning luglat boyligi 1000 tadan 1200 tagacha, olti yashar bolaning so‘z miqdori 3 — 3,5 mingtagacha yetadi. Demak, bog‘cha yoshi- dagi davrda uning so‘z boyligi juda tez ortadi. Bog'cha yoshida bolaning nutqi miqdor jihatidangina yangi so‘zlar hisobiga boyib qolmay, balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan, yasli yoshidagi bolalar juda kam so‘z boyligiga ega bo‘lib, ayrim tovushlami (r-l, sh-s, j-z kabi) yaxshi farqlay olmaydilar. Bog’cha yoshidagi bolalar esa bunday tovushlarning ko‘pchiligini aniq va ravshan talaffuz cta oladilar, so‘zlarni gaplar tarkibida to‘g‘ri q o ‘llab, to’g’ri jumlalar tuza oladilar. Ammo bog‘cha yoshidagi bolalarning hammasida ham so’z boyliklari miqdor jihatidan bir xil bo’lmaydi. So‘z to‘plamining bir xil miqdorda bo’lishi bola tarbiyalanayotgan oila sharoitiga, oila a'zolarining madaniy saviyasiga, tashqi muhit ta’siriga bogiiqdir. Ba’zi oilalarda bola nutqining o ‘sishi bilan maxsus shug'ullanadilar, ya’ni ularga yangi-yangi buyumlarni ko‘rsatadilar, ularning nomlarini aytadilar, u bilan turli ish-harakatlarni bajarib ko'rsatadilar, bolaning sanoqsiz savollariga erinmay javob beradilar, o‘zlari bilan ko‘chaga aylangani olib chiqadilar, tevarak-atrof, muhit bilan tanishtiradilar. Kitobdagi ilyustratsiyalar yuzasidan suhbat- lashadilar, kichik-kichik she'rlar, hikoya va ertaklar o ‘qib beradilar va hokazo. Bunday sharoitda tarbiyalanayotgan bolalar lug‘ati talab etilgan solz miqdoriga ega bo'ladi. Ular kelgusi faoliyatga (maktab va undan keyingi faoliyatga) tayyor b o ‘lishadi, ya'ni yetarli so‘z miqdoriga, nutqning sifat jihatdan takomillashgan darajasiga ega bo‘lishadi. Ba’zi oilalarda esa bola nutqining o'sishiga e'tibor berilmaydi. Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi bolalar so’z boyligi o‘rtasida sezilarli farq ko‘zga yaqqol tashlanadi.
10-Mavzu: Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish
Reja;

  1. Buyumlar bilan tanishtirish

  2. Ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish

  3. Nutqni yangi so’zlar bilan boyitish usullari

Bolalar tevarak-atrof, ijtimoiy hayot hodisalari bilan mchnat, o ‘yin, maishiy hayot jarayonida va mashg'ulotlarda tanishib boradilar. „Ilk qadam” dasturida bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ilm-fan va tabiat markazida ajratib ko‘rsatilgan. Kichik guruhda tevarak-atrof va ona-Vatan; ijtimoiy hayot hodisalari, buyuk siymolar va bayramlar; kattalar mehnati; transport vositalari, buyumlar. Shuningdek, tabiat bilan tanishtirish bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlash dasturining ajralmas bir bolinii bo'lib hisoblanadi. Biz bolalarni o'simliklar, hayvonlar, qushlar, hasharotlar dunyosi bilan, tabiat burchagi bilan tanishtirish vositasida muntazam lug‘at ishi vazifalarini amalga oshiramiz. O'rta guruhda esa yuqoridagi bo'limlardan tashqari, harbiy qo'shinlar bilan tanishtirish bo‘limi ajratilgan. Dasturda katta guruhlar uchun ancha murakkablashtirilgan materiallar ajratilgan. Chunonchi, ular yuqorida bayon etilgan boMimlardan tashqari quyidagi boMim- larni o'z ichiga qamrab oladi: an'anaviy bayramlar; mashhur sarkardalar; xalq og'zaki ijodi; transport va aloqa vositalari.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturida ajratib ko'rsatilgan bo‘lim materiallarining mazmuni bolalarning yoshiga k o ‘ra murakkablashib borishi bilan bir-biridan farq qiladi. Bolalarning bilim doiralari ularning buyumlar to fcg‘risidagi bosh- lang'ich tushunchalari va tasavvurlariga qarab kengayib boradi. Chunonchi, 2 — 3 yoshli bolalar kundalik tartib jarayonida turli xildagi buyumlar bilan hamda bog‘chaga yaqin bo'lgan obyekt- larni ko'radilar va ularning nomlarini, ayrim sifatlarini bilib oladilar. 6 — 7 yoshli bolalar esa jamiyat hayoti, ona-Vatanimiz- dagi voqealar bilan qiziqadilar, bog'chadan tashqaridagi muhim obyektlar, buyumlar, narsa-hodisalarni kuzatadilar, natijada ularning bilim doiralari 2 — 3 yoshli bolalarning bilim doiralariga nisbatan ancha keng, aniq, mazmunli boladi va buning zamirida lug‘at boyligi tez rivojlanib boradi. Quyida dastur asosida turli yoshdagi bolalarni tevarak-atrof bilan, ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirishning mazmuni va guruhlar b o ‘yicha dastur m azm unining murakkablashib borishini misol tariqasida keltiramiz.

Download 167,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish