Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi


Bolalarda lug’atni shakllantirishga doir mashg’ulotlar turlari



Download 167,17 Kb.
bet18/36
Sana08.02.2022
Hajmi167,17 Kb.
#437943
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
нутк

Bolalarda lug’atni shakllantirishga doir mashg’ulotlar turlari
Lug’at ishlariga oid dasturlarn amalga oshirish mashg’ulotlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim uch xil ko’rinishdagi mashg’ulotlardan tashkil topadi:

  • Lug’at ishlari atrof-olamdagi doimo kengayib borayottan narsalar va hodisalar doirasi bilan tanishtirish jarayonida amalga oshiriladigan mashg’ulotlar (ekskursiya,
    narsalarni namoyish qilish va h.k.);

  • Lug’at ishlari bolalarning atrofdagi narsalar va hodisalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga tayanadigan mashg’ulotlar (sifatlar, xususiyatlar, o’ziga xos jihatlari bilan tanishtirish);

  • Umumlashtirishlar jarayonida lug’at ishining hal qiluvchi vazifasi tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo’lgan mashg’ulotlar.

Ushbu barcha mashg’ulot turlarida lug’atni rivojlantirish bilish faoliyatini rivojlantarish bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshiriladi. Bundan mashg’ulotlar o’tkazishni tashkil etish va ularning metodikasiga oid umumiy talablar kelib chiqadi:

  • Lug’atni rivojlantirishning bilish jarayonlarini rivojlantirish bilan yagonaligi (qabul qilish, tasavvur qilish, fikrlash).

  • Nutqiy va bilish faoliyatining aniq maqsadni ko’zlagan holda tashkil etilishi.

  • Nutqiy va bilish faoliyatini tashkil etish uchun asos sifatida ko’rgazmaviylikning mavjudligi.

  • Lug’at ishining barcha vazifalarini hal etish har bir mashg’ulotda yagonaligi.

Bolalarni predmetli olam bilan tanishtirishga oid mashg’ulotlarda ish vazifasi qanday hal etiladi? Mazkur mazmun uch xil turdagi mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi.

8-Mavzu: Bolalar nutqiga yangi so’zlarni kiritishga doir ishlar


Reja;

  1. Predmetlar bilan birlamchi tanishtirishga doir mashg’ulotlar

  2. Bolalarning predmetlarning xususiyatlari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga oid mashg’ulotlar

  3. Lug’at ishlari vazifasini tushunchalarni umum-lashtirish, shakllantirish jarayonida hal etuvchi mashg’ulotlar

Mazkur mashg’ulotlarda tarbiyachi predmetlar va ularning tasvirini, ular bilan bajariladigan harakatlarni namoyish qiladi, «Sayrga chiqish uchun qo’g’irchoqni kiyintiramiz», «Ayiqchaga choy ichiramiz» toifasidagi o’yin mashg’ulotlarini o’tkazadi va h.k.
Ushbu mashg’ulotlarning asosiy maqsadi — bolalar nutqiga narsalar va ular bilan bajariladigan ayrim harakatlar nomlarini kiritishdan iborat. Ushbu vazifani faqat qabul qilishni to’g’ri tashkil etish orqaligina hal etish mumkin.
Tarbiyachi bolalar diqqat-e’tiborini narsalar bilan bajariladigan harakatlarga jalb qilar ekan, bolalarni ularning nomlarini aytishlariga zo’r berib harakat qiladi: takrorlashni, savollarga javob berishni taklif qiladi, so’zlovchilarni rag’batlantiradi, bolalarni birgaliqda va alohida-alohida holatda so’zlashga undaydi.
Bu turdagi mashg’ulotlarda o’yin usullaridan keng foydalaniladi: narsalarning kutilmagan holatda paydo bo’lishi, ular bilan o’yin harakatlari, shuningdek, o’yin aksessuarlari: «ajoyib xaltacha», «sehrli qalpoqcha», jo’natma, o’yinchoqdar yashaydigan uycha, harakatlar bajariladigan televizor va x.k.
Bolalarning narsalar va ular bilan bajariladigan harakatlar nomlarini muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari uchun ularning har birining faolligi talab etiladi, shuning uchun bolaning yoshi qanchalik kichik bo’lsa, bunday mashg’ulotlarni shunchalik ko’p tashkil qilish va ularni bolalarning kichik guruhlari bilan o’tkazish zarur.

Download 167,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish