Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Bola  nutqi  -  bolaga  oid  bo‘lgan  o‘ziga  xos  submadaniyatning  qimmatli  ovozidir. 
Nutqni  rivojlantirish  nafaqat  bolani  atrof-olam  bilan  tanishtirish  tomoni, balki  umumiy  psixik 
rivojlanish ustuni hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi  umuman shaxsni va shu bilan birga 
barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. «…Tilni egallash jarayoni - bu faqat 
va  shunchaki  bilimlar,  mahorat  hamda  ko‘nikmalarni  berish  jarayoni  emas.  Bu  eng  avvalo 
tarbiyadir.  Qalbni  tarbiyalash,  aqlni  tarbiyalash,  fikrlar  tuzishni  shakllantirish,  inson  ruhiy 
qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov berishdir» (K.D.Ushinskiy). 
Bola  nutqiy  rivojlanishining,  bir  tomondan,  tashqi  ta'sirlar  bilan  belgilanishi,  ikkinchi 
tomondan esa uning to‘satdan yuz berishi, «o‘z-o‘zidan harakatga kelishi» bilan tavsiflanishini 
tushunish  nutq  ontogenezi  haqidagi  zamonaviy  tasavvurlarga  xos  holatdir.  Nutqni 
rivojlantirishning ana shu qonuniyatlari va mexanizmlarini tushunib yetish ularni batafsil ko‘rib 
chiqishni talab qiladi. 
Qayd  etish  lozimki,  olimlar  fikriga  ko‘ra,  o‘z-o‘zini  rivojlantirish  jarayonlari  nafaqat 
nutqda, balki mutlaqo bolalar faoliyati bo‘lmish o‘yinlar va bolalar qiziquvchanligi jarayonida 
ham  yorqin  namoyon bo‘ladi  (N.N.Podyakov) hamda u kattalar rolini inkor etmaydi:  kattalar 
bolalarning faolligiga javob beradi, bolaga e'tiborini qaratgani holda uni faoliyatga, muloqotga 
chorlaydi. 
So‘nggi  yillarda  nutq  rivojlanishidagi  ayrim  bosqichlarni  o‘rganishga  katta  e'tibor 
qaratilmoqda. Ma'lumki, har bir inson butun  umri  mobaynida til  boyliklarini egallagani  holda 
o‘z nutqini takomillashtirib boradi. Har bir yosh bosqichi uning nutqiy rivojlanishiga biron-bir 
yangilik  olib  kiradi.  Nutqni  egallashdagi  eng  muhim  bosqich  maktabgacha  yoshga  to‘g‘ri 
keladi. 
Verbal  bosqichgacha  bo‘lgan  davrni  (yoki  tayyorgarlik  bosqichini)  psixologik  tahlil 
qilish  tadqiqotchilarni  nutqning  muhim  omillari  aynan  ushbu  davrda  shakllanadi,  degan 
xulosaga olib kelmoqda. Zero, mazkur davrda muloqotga ehtiyoj shakllanadi, atrofdagi kattalar 
bilan  emotsional  aloqa  o‘rnatiladi,  ovoz  munosabatlari,  nutq-harakat  apparati,  fonematik 
tinglash  qobiliyati,  kattalar  nutqini  faol  qabul  qilish  va  tushunish  rivojlanadi.  Ushbu 
omillarning  shakllanishi  -  rivojlanishning  nutq  bosqichiga  o‘z  vaqtida  o‘tishning  muhim 
shartidir. 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
So‘nggi  yillarda olingan faktlar bolaning o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etilgan kattalar 
bilan  bevosita-emotsional  muloqotining  bolaning  kattalar  nutqini  qanday  tushuna  boshlashini, 
uning qachon faol so‘zlay boshlashini va kelgusida uning nutqi qanday sur'atda rivojlanishini 
aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga egaligidan dalolat bermoqda. 
Ilk  bolalik  davri  chegaralari  bilan  tutash  bo‘lgan  nutqning  shakllanish  bosqichi  turli 
soha olimlarini, jumladan: psixologlar, pedagoglar, lingvistlarni  eng avvalo bu nutq rivojidagi 
o‘ziga  xos  alohida  davrligi  bilan  qiziqtirib  keladi.  Buning  o‘ziga  xosligi  shundaki,  u  nutqni 
rivojlantirish  uchun  sentiziv  hisoblanadi;  mazkur davrda  nutq  muloqot  vositasi  sifatida  paydo 
bo‘ladi va takomillashadi; uning rivojlanishi shunday tez sur'atlarda amalga oshadiki, keyin u 
kelgusidagi  barcha  ontogenez  mobaynida  boshqa  kuzatilmaydi.  K.D.Ushinskiy  shunday  qayd 
etgan edi: «bola… ikki-uch yoshida shunchalik yengil va tez o‘zlashtirib oladiki, keyin yigirma 
yil qunt bilan o‘qiganida ham uning yarmini ham o‘zlashtira olmaydi». 
Ilk  yoshdagi  bolalar  nutqini  rivojlantirish  masalalari  ko‘p  yillar  mobaynida  ishlab 
chiqilgan.  Ushbu  davr  tadqiqotchilarni  nutq  rivojlanishining  nafaqat  muayyan  davrda,  balki 
bolaning kelgusi rivojida ham katta rol o‘ynaydigan tomonlari bilan o‘ziga jalb qiladi. Nisbatan 
katta  yoshdagi  bolalar  nutqini  rivojlantirishdagi  nuqsonlar  va  kechikishlarni  keltirib 
chiqaruvchi  sabablarning  ko‘pchiligi  ko‘pincha    ilk  bosqichlarda  bola  nutqi  shakllanishining 
o‘ziga xos jihatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu jihatga Ye.I.Tixeyeva ham e'tiborni qaratgan. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish