Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Maktabgacha davrdagi kichik yosh (3 - 5 yosh)



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Maktabgacha davrdagi kichik yosh (3 - 5 yosh) 
Ikki  yoshdan  besh  yoshgacha  bo‘lgan  davr  nutqiy  rivojlanishdagi  ahamiyatiga  ko‘ra 
o‘ziga  xosdir:  ushbu  davrda  bola  tilga,  uning  tovush  va  mazmun  jihatlariga  yuqori  darajada 
beriluvchan  bo‘ladi.  Tilni  boyitish  muomalada  va  o‘z  faoliyatida  vujudga  keladigan  yangi 
vazifalar bilan rag‘batlantiriladi, va o‘z navbatida ularning yanada rivojlantirish uchun sharoit 
yaratadi. 
Ushbu  yoshda  nutqning  asosiy  irsiy  vazifasi  -  aloqa  funksiyasi,  ijtimoiy  aloqalar  va 
atrofdagilarga  ta'siridan  iborat.  O‘yin  faoliyatini  rivojlantirish,  predmetli-manipulyativ  va 
individual  syujetli-aks  ettirish  o‘yinlaridan  birgalikda-rolli,  syujetli-rolli  o‘yinga  o‘tish 
munosabati  bilan  muloqotga  yangi  ehtiyoj  paydo  bo‘ladi,  bu  esa  nutqiy  faoliyatga 
qo‘shilishning yangi usullariga - fikr bildirishga - bola faoliyatiga oid vaziyat tuzilmasiga olib 
keladi.  Fikr  bildirishning  yangi  vazifaviy  turlari:  o‘z  o‘yin  faoliyatini  sharhlovchi,  sherik 
xulqini  tartibga  soluvchi,    yakin  harakatlarni  rejalashtiruvchi  va  rollarni  taqsimlovchi  turlari 
paydo bo‘ladi.  
Bolalar  jilmayish,  kulgi,  ifodali  harakatlar,  ko‘z  urishtirishlar  kabi  kommunikatsiya 
vositalaridan foydalanadilar. Bunda nutq  faoliyati  odatda muvofiqlashtirilgan bo‘ladi.  Bolalar 
bir-birining  oldida  ovoz  chiqarib  gapiradilar  va  ko‘pincha  qo‘shnisining  gapiga  e'tibor 
bermaydilar. Tengdoshlar bilan dialogni rivojlantirish amaliy harakatlarni kelishib olish, sherik 
nutqiga mos tarzda javob berish va keyin esa fikrlarni kelishib olishda  ifodalanadi. 
Maktabgacha  davrdagi  kichik  yoshda  vaziyatga  asoslangan  nutqning  (faqat  muayyan 
vaziyatga  nisbatan  tushunarli  bo‘lgan)  mutlaq  hukmronligidan  nutqning  vaziyatli  va  matndan 
kelib  chiquvchi  (ko‘rgazmali  vaziyatdan  alohida  tarzda)vositalarini  mos  tarzda  qo‘llashga 
o‘tish ro‘y beradi. 
Ikki  yoshga  kelib  fonematik  tinglash  qobiliyati  yangi  ko‘rinishda  shakllanadi. 
Maktabgacha  davrdagi  kichik  yoshda  o‘z  tovush  talaffuzini  eshitish  va  unga  tuzatish  kirita 
olish, so‘zdagi umumiy va turlicha  tovushlarni ajrata olish (anglay olish) qobiliyati shakllanadi 
(3-4 ta so‘zdan iborat bo‘lgan qatordagi bir xil tovushlarni eshita olish, berilgan tovushli 2-3 ta 
so‘zni  tanlay  olish,  so‘zni  berilgan  tovushni  ta'kidlab  ko‘rsatgan  holda  talaffuz  qilish,  ajratib 
ko‘rsatilgan  tovushni  tinglash).  Besh  yoshga  kelib  esa  tovush  talaffuzini  o‘zlashtirish  asosan 
nihoyasiga  yetadi.  Talaffuzdagi  faqat  ayrim  xatoliklar  uchraydi:  «sh»li  so‘zlar  har  doim  ham 
aniq aytilmaydi; «R» L bilan yoki L bilan; «L» esa L bilan almashtiriladi. 
Lug‘at atrof-muhitda o‘z yo‘lini to‘g‘ri topib olishning kengayishi tufayli boyib boradi. 
Bola yangi maishiy buyumlar, tabiat ob'yektlari, ijtimoiy hayot ko‘rinishlari bilan tanishadi va 
bir vaqtning o‘zida ularning nomlarini bilib  oladi.  Lug‘at  nutqning turli  qismlari  nomlari (ot, 
fe'l,  sifat), umumlashtiruvchi  so‘zlar (o‘yinchoqlar, hayvonlar, sabzavotlar, mebellar va h.) va 
antonimlar (qarama-qarshi ma'noli so‘zlar) bilan to‘ldiriladi. 
Bola ko‘rgazmali vaziyatga qaramasdan so‘zlardan foydalanishni o‘rganadi. Buyumlar 
va hodisalar, ularning munosabati va aloqalari to‘g‘risida ko‘p sonli savollar beradi. Fe'llarning 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
faollashuvi katta ahamiyat kasb etadi. Fe'llardan foydalanish nutqqa sur'at baxsh etadi, bayoniy 
tusdagi qisqa matnlarning tug‘ilishi uchun sintaktik asos yaratadi. 
Nutqning grammatik qatorini shakllantirish lug‘atni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqdir. 
Bola har bir yangi so‘zni o‘zlashtirar ekan, uni to‘g‘ri o‘zgartirishni, gapdagi boshqa so‘zlarga 
moslashtirishni,  ular  o‘rtasida  so‘z  yasovchi  qo‘shimchalar  o‘rnatishni  o‘rganadi  (o‘rdak-
o‘rdakcha, qant-qanddon). Oddiy gap tuzilmasi takomillashadi, turli toifadagi murakkab gaplar, 
bevosita va bilvosita nutqlar gaplar faol qo‘llaniladi. Bolalarni tilni tadqiq qilishning o‘ziga xos 
bolalar  usulidan  (tovushlar,  qofiyalar,  so‘z  ijodkorligi  o‘yinlari)  foydalangan  holda 
o‘rganadilar. So‘z bilan o‘ziga xos tarzda sinov o‘tkazish, tovush bilan o‘ynash, so‘z shakllarini 
«ushlab  ko‘rish»  bolalar  tomonidan  yasalgan,  kattalar  lug‘atida  mavjud  bo‘lmagan  so‘zlar  va 
shakllar  sonining  keskin  oshishiga  olib  keladi.  Bu  qonuniy  jarayon  butun  nutq  rivojining 
borishi uchun o‘ta foydalidir. 
Nutqiy  rivojlanishda  individual  farqlar  doirasi  keng.  Ilk  rivojlanish  bosqichida  bolalar 
kattalar bilan muloqotda tashabbuskor bo‘lib, ko‘p savollar beradilar (nima uchun, nega), tanish 
ertaklarni  jon  deb  aytib  beradilar,  o‘yinlar  to‘plami,  suratlar  bo‘yicha  kichik  hikoyalar 
to‘qiydilar, bilishga ishtiyoqmand ekanliklarini namoyish etadilar, quvnoq so‘zlar va qofiyalar 
o‘ylab topadilar. Ular tengdoshlari bilan birgalikdagi o‘yinlarda nutqni faol qo‘llaydilar.  
Nisbatan  sust  bolalar  kattalar  bilan  muloqotda  tashabbus  ko‘rsatmaydilar,  biroq  ular 
kattalarning  suratlarni  ko‘rish,  yangi  o‘yinchoqlar  bilan  o‘ynash,  uydagi  ana  shunday 
o‘yinchoqlar  to‘g‘risidagi  savollarga  javob  berish  haqidagi  takliflariga  ishtiyoq  bilan  javob 
beradilar.  Tengdoshlari  bilan  birgalikda  o‘yinlarni  yo‘lga  qo‘yar  ekanlar,  bunday  bolalar 
ko‘pincha  muloqotning  so‘zsiz  vositalarini  qo‘llaydilar.  Ular  pedagogni  undash  uchun 
tovushlar va so‘zlar bilan o‘ynaydilar(muammoli o‘yin vaziyatlarida). 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish