Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

qofiyalar  bilan  faol  o‘ynaydilar.  Ular  so‘z  jaranglagandagi    umumiy  va  alohida  jihatlarni 
payqay oladilar,  artikulyatsion va  akustik jihatdan bir-biriga  yaqin bo‘lgan tovushlarni (S-SH, 
S-Z)  farqlay  oladilar,  maqol,  matal  va  tez  aytishlardagi  4-5  ta  so‘zda  uchragan  tovushlarni 
sezadilar.  
Maktabgacha  katta  yoshda  nutqning  grammatik  to‘g‘riligini  shakllantirish  nutqqa 
nisbatan  tanqidiy  munosabat  paydo  bo‘lishi  hamda  rivojlanishi,  aniq  va  to‘g‘ri  so‘zlashga 
intilish  bilan  bog‘liq.  To‘g‘ri  so‘zlashga  intilish  grammatikaning  barcha  sohalari  – 
morfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllarning turli-tumanligini o‘zlashtirishda: stollar, 
stullar,  qavatlar  va  boshq.),  so‘z  hosil  qilishda,  (non  uchun  –  nondon,  tuz  uchun  tuzdon  va 
boshq.)  sintaksisda  (og‘zaki  nutq  qurilmasini  yengib  o‘tish:    va  bog‘lovchisini  ko‘p  marta 
qo‘llash  orqali  gapni  cho‘zib  yuborish,  bitta  gapda  to‘g‘ri  va  bilvosita  nutqni  aralashtirib 
yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi. Nutqning grammatik to‘g‘riligiga intilish ko‘proq yetti 
yoshli  bolalarga  xosdir.  Besh  yoshli  bolakay  hali  ham  grammatik  shakllar  ustida  zavq  bilan 
mashq  qiladi  va  aynan  mana  shu  so‘z  bilan  mashqlar  kelajakda  grammatik  jihatdan  to‘g‘ri 
ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi. 
Lug‘atni  rivojlantirish,  nutqning  tovush  madaniyatini  tarbiyalash,  grammatik  jihatdan 
to‘g‘rilikni  shakllantirish  ravon  nutqni  tuzish  usullarini  (gaplarni  bog‘lovchilar,  leksik 
takrorlashlar,  sinonimlar  yordamida  bog‘lash  vositalari;  tavsiflash,  bayon  qilish,  mulohaza 
yuritish tuzilmasi) o‘zlashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Turli funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq 
dialogli  muloqot  negizida  rivojlangan  nutqning  barcha  tomonlari  til  ongining  shakllanishiga 
bevosita  bog‘liq  bo‘ladi  va  ular  buning  uchun  bolaning  kattalar  bilan  muayyan  shakldagi 
muloqotiga, to‘g‘rirog‘i, nafaqat tashqi olam va boshqa odamni bilishga qaratilgan muloqotga, 
balki tilning o‘zini, uning tuzilishi va faoliyatini anglab yetishga qaratilgan muloqotga muhtoj 
bo‘ladilar. 
Nutqiy  rivojlanishdagi  individual  qobiliyatlar  kirishimlilikda  ham,  til  hamda  ravon 
nutqni  o‘zlashtirish  sur‘atlarida  ham  ifodalanadi.  Ko‘pchilik  bolalar  o‘z  harakatlarini 
sharhlashni, atrofdagilarning diqqat-e‘tiborini o‘ziga jalb qilishni yoqtiradilar.  SHu bilan birga 
bunda ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishi ularning amaliy faoliyatiga mos kelmaydi, natijada 
bunday  sergap  bola  ish  bajarishda  guruhdagi  boshqa  bolalardan  ortda  qoladi.  Unchalik 
kirishimli  bo‘lmagan  bolalar  kam  gapiradilar,  biroq  odatda  amaliy  vazifalarni  boshqalardan 
ko‘ra tezroq va to‘g‘riroq bajaradilar. 
Ravon  nutqning  vujudga  kelish  muddatlari  va  uning  mahsuldorligi  ham  farqlanishi 
mumkin. Nutqiy rivojlanishning ilk xilida bolaning maxsus o‘qitilmasidan turib hikoya qilishi 
4-5 yoshlarda paydo bo‘ladi. Bolalar sehrli ertaklarni bir-birlariga aytib beradilar, o‘yinchoqlar 
yordamida o‘zlari ham original voqelarni to‘qiydilar. Agarda bola yetti yoshda an‘anaviy tanish 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
ertakni mustaqil aytib bera olsa, o‘yinchoqlar, suratlarga qarab kichik og‘zaki hikoya tuza olsa 
–  bu  normal  holat  hisoblanadi.  Maktabgacha  yoshdagi  bola  nutqining  yuqori  darajada 
rivojlanganligi quyidagilarni nazarda tutadi: 
-  bola ona  tilining  barcha  tovushlarini va  tovush birikmalarini    to‘g‘ri,  ya‘ni  adabiy  til 
normalariga  muvofiq  holda  talaffuz  qiladi;  ovozni  ko‘tarishni  (pasaytirishni)  biladi;  aniq 
talaffuzga  ega;  fonematik  qabul  qilish  va  nutqni  tinglash  qobiliyati  rivojlangan;  nutqdagi 
xatoliklarni  sezadi  va  ularni  tuzatadi;  maishiy  leksikaga  ega,  mebel,  poyabzal,  kiyim, 
daraxtlarni  anglatuvchi  umumlashtiruvchi  so‘zlarni,  narsalarning  ayrim  detallari  va  qismlarini 
biladi;  antonimlar,  otlarga  ta‘riflarni  to‘g‘ri  tanlay  oladi;  otdan  sifat  yasay  oladi  (yog‘och-
yog‘ochdan  ishlangan  va  boshq.);  barcha  ranglarni  aytib  bera  oladi;  turli  kasb  kishilarining 
(vrach,  oshpaz  va  boshq.),  hayvonlarning  harakatlarini  ko‘rsatib  bera  oladi  (vovullaydi, 
miyovlaydi, pishqiradi va boshq.); nutqda ravish, sifatdosh, ravishdoshlarni qo‘llaydi;  
- nutqda barcha kundalik so‘zlarni, ayrim turlanmaydigan otlarni (pianino, metro, palto) 
to‘g‘ri  qo‘llaydi;  otlarni  sonda,  kelishikda  sifat  bilan  moslashtira  oladi;  qaratqich  kelishik 
shaklini  to‘g‘ri  qo‘llaydi;  old  qo‘shimcha,  suffiks,  qo‘shimchalar  yordamida  so‘zlar  hosil 
qiladi; nutqda oddiy (yoyiq, yig‘iq), qo‘shma (bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma 
gap)  gaplardan,  har  xil  turlanadigan  fe‘llardan (xohlashmoqda,  yugurishmoqda,  uxlashmoqda, 
va  boshq.)  foydalanadi;  hikoyani  mustaqil  aytib  bera  oladi;  matn  mazmunini  voqealar  ketma-
ketligiga  rioya  qilgan  holda  ortiqcha  pauzalarsiz  aytib  beradi;  nutqda  ifoda  vositalaridan 
foydalanadi;  asosiy  qismlarni  o‘zga  darajali  qismlar  bilan  bog‘lay  oladi;  narsalarni  mustaqil 
bayon  qiladi,  o‘z  shaxsiy  hayotida  ro‘y  bergan  voqealar  (hodisalar)  haqida  hikoya  qilib  bera 
oladi. 
Fikr bildirish hajmi va nutqning tezkorligi nafaqat bolaning faol lug‘at zahirasini, balki 
uning «o‘ta tezkor sintez» qila olish qobiliyatini ham tavsiflaydi. Bundan tashqari, fikr bildirish 
hajmi  uning  ob‘ekt  bilan  tanishlik  darajasidan  dalolat  bermoqda.  Bolalarning  biron-bir  narsa, 
hodisa  haqidagi  bilimlari  qanchalik  chuqur va xilma-xil  bo‘lsa,  ularning  fikr  bildirishlari  ham 
shunchalik keng bo‘ladi.   
Bolalarning  nutqida  oddiy  gaplar  ko‘pchilikni  tashkil  qiladi.  Ba‘zan  ESA,  VA  kabi 
bog‘lovchilar ishtirokida tuzilgan va ba‘zan esa ularsiz bog‘langan qo‘shma gaplar ham uchrab 
turadi. Bildirish xususiyatiga ko‘ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardir, nutq 
bir  xil  ohangda  jaranglaydi,  ko‘pincha  so‘zlar  o‘rtasidagi  sintaktik  bog‘liqlik,  ya‘ni:  gapdagi 
so‘zlar tartibi, inversiya buzilishiga oid xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. 
Bolalar fikrlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, ularning nutqida aniq ma‘noli otlar ustunlik 
qiladi.  Nutqni  otlar  bilan  boyitish  quyidagi  sharoitlar  ta‘sirida  ro‘y  beradi:  bola  o‘zi  uchun 
qandaydir  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  narsalarninggina  nomlarini  o‘zlashtirib  olmoqda;  unga 
tanish narsalar va shaxslar ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. 
Shuni ta‘kidlash lozimki, bolalar nutqida sifatdosh va ravishdosh uchramaydi. Ularning 
nutqida  qiyosiy  daraja  mavjud  emas.  Maktabgacha  yoshdagi  katta  bolalarning  ravon  nutqini 
tadqiq etish natijalari  
Ertakni  aytib  berishda  bolalar  tomonidan  qo‘llanilayotgan  so‘zlar  soni  19  dan  65 
tagacha  yetdi; gaplar  soni  esa  5-14 ni tashkil  qildi. Bolalar nutqda  asosan,  oddiy,  ikki  tarkibli 
gaplardan foydalanishdi. 
O‘zbek  tilidagi  nutq  madaniyatini  tadqiq  etish  natijalari  shundan  dalolat  bermoqdaki, 
o‘rganilayotgan  bolalarning  artikulyatsiya  apparatlarida  biron-bir  organik  kamchiliklar  qayd 
etilmagan (qisqa qizilo‘ngach, dislaliya – tinglash qobiliyati normal bo‘lgani holda tovushlarni 
talaffuz  qilishning  buzilishi  va  boshq.).  3  nafar  bolada  yashirin  rinolaliya  (ovoz  tembri  va 
tovush  talaffuz  qilishning  buzilishi)  –  ya‘ni,  poliplar  tufayli  burundan  havo  o‘tmasligi 
aniqlangan; 4 nafar bolada disfoniya – haddan tashqari baland ovozda gapirish (qo‘shiq aytish, 
o‘yin  paytida  qichqirish)  natijasidagi  zo‘riqish  sababli  ovozning  zaiflashib,  xirillab  qolishi 
kuzatildi. 
Bolalar  nutqida  nutqiy  nafas  olishning  shakllanmaganligi,  bolalarning  nutqiy  nafas 



Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish