Nutqiy rivojlanishga til qobiliyatlarini - til elementlari va ular bilan operatsiyalar
o‘tkazish qoidalarini o‘z ichiga oluvchi harakatchan, funksional tizimlarni shakllantirish
sifatida qaraladi. Bu til umumlashtirmalari negizida yaratiladigan individual til tizimidir. Turli
yosh bosqichlarida turli til vositalarini, ya'ni: nutq tovushlari, leksik-grammatik materiallar va
boshqalarni o‘zlashtirishda bolalar nutqida individual farqlar kuzatiladi. Shuningdek, bolalar
nutqi shakllanishining asosiy bosqichlarida ham individual farqlar kuzatiladi.
Bolalar tili nafaqat kattalar tilining dastlabki bosqichi, balki o‘z xususiy qonunlariga
bo‘ysunadigan to‘la mustaqil tuzilmalar hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |