Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
II-jarayon (IV semestr)
1-mavzu: Bolalarda o„qishga, yozishga va ularning
mavzusiga qiziqish uyg„otish
1. Maktabgacha
tarbiya
yoshidagi
bolalarni
har
tomonlama
tarbiyalashda ona tilining ahamiyati
2. Til ta fakkur quroli va muomala vositasi ekanligi
Tayanch tushuncha va iboralar: maktabgacha ta‘lim muassasasi, yozish
ko‘nikmalarini shakllantirish, til va tafakkur, muomala, nutq etiketi.
Qayta qurish jamiyatimizning faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohasidagina
emas, balki madaniy hayotida ham o‘z aksini topmoqda. Ma‘lumki, adabiy tilda
gapirish va yozish kishilarning bir-birini tez va oson tushunishiga yordam beradi,
nutqning jozibadorligini, ta‘sirchanligini oshiradi. Bolalarni adabiy nutqqa
o‘rgatishda oila, maktabgacha tarbiya muassasalarining roli benihoyadir. Bugungi
kunda bizning asosiy vazifamiz bog'cha yoshidanoq bolaning og'zaki nutqini
o'stirib borishdir. „Bola , — degan edi K.D.Ushinskiy , — ilk yoshlik chog'idayoq
xalq madaniyati elementlarini o‗zlashtira boshlaydi, bularni avvalo, ona tilini
bilish yo'li bilan o ‗rganadi. Shu bois, bizning fikrimizcha, oilada, bolalar
bog‗chasida ta'lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda ona tilidan o'rinli
foydalanmoq zarur. Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida tilning ahamiyati juda katta.
Butun dunyo xalqlarining xoh siyosiy, xoh madaniy taraqqiyotini tilsiz tasavvur
qilib bolmaydi. Chunki til eng muhim aloqa vositasi, jamiyat esa aloqasiz
rivojlanmaydi.
Bog'chada ta‘lim berish samaradorligini oshirish, bolalarni mustaqil ta‘lim
oiishga (maktab ta'limiga) tayyorlash, yangi jamiyatning ongli quruvchilarini
tarbiyalash kabi muhim va hayotiy vazifalarni hai qilishda ona tili asosiy o‗rin
egaliaydi.
Xalqning milliy madaniyati va o‗ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo'lmish
o‗zbek tilini rivojlantirish — bu tilning davlat maqomini izchil va to'liq ro'yobga
chiqarish ... demakdir― deb ta‘kidlab o‗tgan edi Respublikamiz Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev. O‘zbek adabiy tili o'zbek xalqining yagona, normallashgan
tili sifatida og‗zaki va yozma shaklda asrlar mobaynida rivojlanib,
mukammallashib keldi.
O‗zbek adabiy tilini taraqqiyot bosqichiga ko‗ra ikki
adabiy tilga ajratish mumkin : eski o‗bek adabiy tili va hozirgi zamon o'zbek
adabiy tili.
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Eski o ‗zbck adabiy tili o'zbek xalqining buyuk mutafakkiri Navoiy asos solgan
va keyinchalik Muqimiy, Furqat kabi dcmokrat shoirlar tomonidan
rivojlantirilgan adabiy tildir. Bu adabiy tildab yaratilgan yozma yodgorliklar
o'zbek xalqi va lining tili taraqqiyot tarixini o ig an i sh uchun manba
bolishi bilan
birga, hozirgi zamon o'zbek adabiy tili uchun ham asos boigan. Hozirgi zamon
o‗zbek adabiy tili eski o‗zbek adabiy tilining davomi, yangi sharoitda o‗zbek
xalqining iqtisodiyoti va madaniyatining rivojlanishi asosida har tomonlama
boyigan shaklidir.
Bolalar bog'chasi bolalarni har tomonlama, ya‘ni jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik
tomondan tarbiyalashdek maqsadni o‘z oldiga qo‗ygan. Bu maqsad esa bolalarga
ona tilini o'rgatish jarayonida amalga oshiriladi. Bog'chada og‗zaki nutqni
o‗stirish natijasida bolalar aqlan rivojlanib, umumiy madaniy saviyasi oshadi.
Ular tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar, tabiat va jamiyat qonuniyatlarini tushunib
boradilar. Bolalarda nutqning rivojlanishi ularning ruhiy jihatdan ham
takomillashib borishiga yordam beradi.
Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar
yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga cga. Ammo
bolalardagi intellekt, ya‘ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur va h.
k.) shunchaki bola organizmining o ‗sib borishi va takomillashishi bilangina
paydo bolmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo‘ladi va takomillashadi.
Agar bola kichik yoshidan boshlab to‗g'ri gapirishga (so'zlashishga) o‗rgatib
borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya‘ni awa l tasavvur
etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo'ladi va bu qobiliyat
har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar
(parallel) ravishda iroda kabi mhiy jarayon ham takomillashib boradi.
Ko‗pgina tajribalar shuni ko‗rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola toliq shaxs
sifatida kamol topmaydi.
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Demak, tarbiyachi har doim shuni csda tutishi kerakki, nutq bu maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolalarda barcha jarayonlar rivojlanishiga ko'maklashuvchi
vositadir.
Do'stlaringiz bilan baham: