Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
aniqlash,mustahkamlash,  fonetik  idrokni  o‗stirish. „ r - l―  tovushlari  bo‘lgan so‗zlarni  aniq  
va  cho‘zib  talaffuz  etishga  o‘rgatish. 
   
Mashg'ulotning  borishi.  Tarbiyachi  bolalarga  tipratikan    haqidagi  she‘rni  aytib  beradi. 
So‗ngra  tarbiyachi  so‗raydi: „Tipratikanning  tanasi  nimalar bilan qoplangan? ― (ignalar bilan 
.)  „Tipratikan  qanday ? ―  (Tikanli.) Tipratikan  haqidagi  topishmoqni  tinglashni  taklif etadi: 
Tikuvchimas,  bichuvchimas, Ninasi  ancha  ekan,  yoviga  sanchar  ekan. So‗ng   shu  
topishmoq    yuzasidan  ham  savollar  beradi:  „Nima  uchun:  ninasi  ancha  ekan,  yoviga  sanchar 
ekan ― deb aytilgan? (Chunki uning tanasi ignalar  bilan qoplangan, bironta  yovvoyi hayvon 
uni yemoqchi  bo‘lsa, dumaloqlanib olib ignalarini tikkaytirib oladi,   natijada  uning  ignalari  
yovga  (dushmaniga) sanchiladi.  Biz  ham  uni  tutib  olmoqchi  bo'lsak,  ignalarini qo'limizga 
sanchib  olishi   mumkin.    Unga    tegib  bo‘lmaydi,    tikanli.)  Yana    bitta    topishmoq    aytadi:  „ 
Ignalarini  o‘z¡  bilan  olib  yuradi, Tikishni  esa  bilmaydi―. Tarbiyachi  so‘raydi:  Nima  uchun  
„Tikishni  bilmavdi― deyilgan?  Yana  qanday  ignalar  bor,  ular  nima  uchun  kerak?  (Tikuv  
ignalari,    tikish    uchun.)    Tipratikanning    ignaiari    bilan  tikish    uchun    ishlatiladigan    ignalar  
nimasi  bilan  o ‗xshash?  (ular o'tkir,  uzun,  ingichka.) Tarbiyachi  „Tipratikanlar―  rasmini  
(„Yovvoyi  hayvonlar― seriyali  rasmlardan)  ko‗rsatadi.  Bolalarga  uni  diqqat  bilan  ko‘rib 
chiqishni  taklif  etadi  va  savollar  beradi:  „Bu  rasmda  nima tasvirlangan?  Ona  tipratikan  
nima  qilyapti?  Tipratikan  bolalarichi? Tipratikanlar  nima yeydi?  Unga  ignalar  nima  uchun  
kerak?  U    qanday?    Tipratikanni  nima  bilan  taqqoslash  mumkin  ?―  Javoblarni    tinglaydi    va  
bolalarga    tipratikanlar    haqida    aytilganlarni  esdan    chiqarmaslikni    aytadi.    Shu    rasm  
yuzasidan    bir    bolaning  hikoyasi:  „Ona    tipratikan    va    tipratikanchalar    yashashar    ekan.  
Kunlardan  bir  kuni   ular  o‘tloqqa  sayr qilgani   borishibdi.  Ona  tipratikan shiliqqurtlarni  
ko‗rib  ularga  tikilib  qaray  boshlabdi.  Ikkita tipratikancha esa  qo‘ng‗izga qarab o'ylashibdi,  
bu  kuni  ekan,  bitta  
tipratikancha  esa  xuddi  koptokka  o‗xshab,  dum-dumaloq  bo‘lib olibdi.  Qo‘ng‗iz  yiqilib  
tushgan  edi,  tipratikancha  qo'rqib, tumshug‗ini  ichkariga  yashirdi―. 
            Ikkinchi  bir  bolaning  hikoyasi:  „Bir bor ekan, bir   yo‘q ekan.  Ona tipratikan bilan 
tipratikanchalar yashar ekan.  Kunlardan bir  kun  ular  sayr  qilgani  bog‘ga  borishibdi.  Ona  
tipratikan shiliqqurtni  ko‗rib  qoldi.   Ikkita  kichkina  tikanli  tipratikanchalar  chuvalchangni  
ko'rib  qolib,  unga  qarab  turishibdi  va  qanday taqsimlab  olishga  hayron― . 
            Uchinchi    bolaning    hikoyasi:    „Tipratikanchalar  va  ona  tipratikan    yashar    ekan.  
Kunlardan  bir  kun  ular  o'rmonga  sayr qilgani  borishibdi.  Ikkita  tipratikancha  qo‘ng‘izni  
ushlab olishdi  va uni  taqsimlay olishmadi.  Ular qarasalar,  shox-shabbalarning ostida bir ko‘k  
rangdagi  dum-dumaloq  narsa.  Bu  ularning akalari  bo‘lib, u  qo‘rqqanidan  xuddi  koptokka  
o‘xshab  dum-dumaloq  bo‗lib  olgan  edi.  Ular  akalariga  qarayotganlarida,  qo‘ng‘izlar  qochib 
qolishdi―. Tarbiyachi  bolalardan  kimning hikoyasi  nimasi  bilan  ko‗proq yoqqanligini,  har  
bir    tinglagan    hikoyalarida    qanday    yangi    va  qiziqarli    narsalarni    eshitganliklarini    so‗rab  
oladi. 
Katta    guruh    bolalari    sekin-astalik    bilan    rasmda    tasvirlangan  tabiat    manzaralarini  
(peyzajni)  tasvirlash  bilan  o‘z  hikoyalarini to'ldirib  boradilar.  Masalan,  „Qishki  o‘yinlar―  
rasmi  yuzasidan bola shunday hikoya qilishi  mumkin:  „Bu  rasmda qish tasvirlangan. Kun  
iliq  va  quyoshli.  Osmon  ko‗m – ko‘k,  beg'ubor...―.  Rasm bo'yicha  hikoya  qilishga  bunday  
tasvirlashni    kiritish    bolalarni  manzarali    (peyzajli)  va    naturmort    rasmlar  bo'yicha  hikoya 
tuzishga tayyorlaydi.  Bu  hikoya  turi  maktabga  tayyorlov  guruhida  tashkil etiladi.  Bolalarni  
manzarali  va  naturmort  rasmlar bo'yicha  hikoya qilishga  o‗rgatishning qiziqarli va samarali 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
uslubiyotini  N.M.Zubareva    ishlab    chiqqan.    Jumladan,  ushbu    uslubiyotni    u  quyidagicha  
yoritadi:    „Bolalarni    manzarali    rasmni    idrok    qilishga  sekin-astalik    bilan,    ularning  
emotsional  kayflyatlariga  tayangan holda,  tabiatni  kuzatish bilan  bog‘lab o‘rgatib  boriladi.  
Manzarali rasmni   idrok qilishni tevarak-atrofdagi   tabiatning   rang-barangligini va   chiroyini  
kuzatish    bilan    (quyoshning    chiqishi    va    botishi,  momaqaldiroq,  oqshom,  ob-havo  (bulutli, 
ochiq), izg'irin shamol  va  boshqalar)  bog‘lab olib  borish  kerak.  Manzarali  rasmni ko'rib  
chiqishda    quyidagi    savollardan    foydalanish    maqsadga  muvofiqdir:    Rassom    bizga    bu 
o‘rmon  haqida  (ushbu  daraxt, maysazor,  o'tloq  haqida)  nimalarni  hikoya  qilib  bermoqchi 
bo‗lgan?  Nima uchun rassom ozining rasmini  shunday nomlagan?  Rassoniga  nima  qiziqroq,  
chiroyliroq  ko‗rinadi? Tarbiyachining  „nima  haqida...―,  „nima  to'g‗risida... degan savollari  
rasmning  tavsifini    aniqlashga,    tabiat    nianzarasi    to‗g‗risida  aniq    tavsif    berishga    yordam  
beradi.    U    yoki    bu    rasmning    badiiy  g‗oyasini    yaxshi    tushunish    va    aniqlash    u  chun  
musiqadan,    poetik  (she'riy)    asarlardan    foydalanish    ma'qul.    Bu    bolalarda,    bir  tomondan,  
barqaror    diqqatning    vujudga    kelishiga  yordam    bersa.  ikkinchi    tomondan,  ularning  
kayfiyatini   ko‘taradi,  tasvirlash uchun   o'xshatishlar,   epitctlar,  taqqoslashlar va kinoyalarni 
tanlashga    yordam    beradi―.  Masalan,    Safo    Ochilning,    „  Ko‘klam    qo‘shig'i,  Shukur 
Sa'dullaning  „Bahor keldi―.  Zafar Diyorning  „Qor―,  she'rlaridan,  tabiat  to‗g‗risidagi  o‘zbek  
xalq  qo‘shiq  va  laparlaridan foydalanish  mumkin. Rasmning  g'oyasini  tushunishga  yordam  
berishda  ushbu metodik  usul  ham  yordam  berishi  mumkin:  tarbiyachi  bolalardan qor  bilan  
o‘ynayotganlarida, uyda  onalari  bolmaganda,  shifokor emlash  uchun  kelganda va  hokazo 
vaziyatlarda  kayfiyatlari qanday bo'lishini  so‘raydi.  Tarbiyachining  namuna-hikoyasi  yoki  
adabiy    asarni    o‘qib    berishi    katta    ahamiyatga    ega.    Masalan  V.Bakshcycvning    „Yashil  
bahor‖,    O‘.Tansiqboyevning    „Kuz―  rasmini    ko'zdan    kechirishda    mashg‗ulotni    O‘tkir  
Hoshimovning „Tomchi   haqida  ertak ―  hikoyasini,  Qudrat   Hikmatning  ,,Bu qaysi   fasl?"  
asaridan    parcha    o‘qib  berish    bilan    tugallash    mumkin.  Maktabga    tayyorlov    guruhida  
naturmortlarni  ko‗rib  chiqish va tasvirlash  mashg‗uloti  tashkil etiladi.  Tarbiyachi  doskaga  
uncha  murakkab    bo‘lmagan    rasmni  (naturmortni)    yoki    rasmda  tasvirlangan    idishlardan,  
gullardan,    mevalardan    sto)    ustida,    xuddi  rasmda  tasvirlangandek,    „naturmort―    yasaydi.  
So'ngra  bolalarning o‘zlari  narsa-buyumlardan „naturmort― yasaydilar va bir vaqtning o‘zida  
„naturmortni―  tasvirlaydilar:    rangini,  bo‗yoqlarning    mosligini,    narsalarning  shaklini    aytib  
tasvirlaydilar,  keyin esa  rasmdagi  „ naturmort―  bilan  taqqoslaydilar.  „Stoldagi naturmort―ni  
ko'rib    chiqish    bolalarga    narsa-buyumlarning    turli  sifat    xususiyatlarini,    belgilarini  
aniqlashga yordam  beradi,  ularning  
estetik  sifatlari  to‘g‘risidagi  tasavvurlari  doirasini  kengaytirishga ta‘sir etadi.  Bola sekin-
astalik  bilan    mustaqil    ravishda    naturmortlarni  tasvirlashga    o‘rgatadi.    Ushbu    naturmort  
rasmlardan  foydalanishi mumkin:  D.Nalbandyan  „Gullar‖ J.  Levitan  „Siren―.  A. Laktinov  
„Fevral― ,  I.  Mashkov  „Tarvuz  bilan  naturmort―,  P. Kanchalov  „ Deraza oldidagi siren ― ,  
A.Fatxullin    „  Nishona―.  Shuningdek,    tarbiyachi    mashg‗ulotda    fotostudia  
rcproduksiyalaridan    ham    foydalanishi    mumkin.    Y.Ryumkinning    „Olmalar―, 
Y.Ignatovichning  „Momaqaymoq ―  va  „Moychechak― rasmlarini ko‘zdan  kechirish  yaxshi  
natijalar  beradi. 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish