Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Qarab turar ayiqchani ko'zi suzilib. 
Ayiqchamni men juda yaxshi ko'raman, 
Uzilgan oyog'ini o'zim tikib qo'yaman. 
Tarbiyachi  bu  she'rni  aytish  bilan  bir  vaqtda  matn  mazmuniga  taalluqli  harakatlarni 
bajaradi, ayiqchaning uzilib tushgan oyog'i, ko'zini ko'rsatadi, bag'riga bosadi, tikish harakatini 
bajaradi. So'ngra bir bolani yoniga chaqirib, she‘rni yoddan aytib turadi, bola esa harakatlarni 
bajaradi.  Shu  tariqa  2—3  bolani  yoniga  chaqirib,  she‘r  matniga  mos  harakatlarni  bajarishni 
taklif etadi. Keyin she'rni (harakatlarini ko'rsatish bilan) takrorlash uchun tez eslab qoladigan 
bolalarni chaqiradi. Bolalar she'rni harakatlarini ko'rsatish bilan aytib beradilar, tarbiyachi esa 
bolalarga ayrim so'zlarni, jumlalarni (agar esdan chiqarsa) aytib turadi. Mashg'ulotning oxirida 
bolalar ayiqcha bilan o'ynaydilar. Bu she'r ona tili mashg'ulotining boshqa turlaridan (didaktik 
o'yin,  rasm  yuzasidan  suhbat  va  h.k.)  farqli  ravishda  mashg'ulotning  ikkinchi  qismi  sifatida 
rejalashtirilib,  takrorlanadi.  „Ajoyib  xaltacha―  didaktik  o'yini  o'ynalib,  mashg'ulot  oxirida 
„Ayiqeha" she‘rini takrorlatish mumkin. 
Kichik guruhlarda yiliga 1—2 marta tanish she'rlarni, ovutmachoqlarni, ashulalarni bolalar 
xotirasida  mustahkamlash  uchun  mashg'ulot  o'tkazish  mumkin.  Masalan:  „Ajoyib  xaltacha" 
didaktik (ta'limiy) o'yini o'ynaladi. Xaltachaga bolalarga ilgari yod olgan she'r va ashulalaridan 
ma‘lum bo'lgan o'yinchoqlar: ayiqeha, toychoq, mushuk, xo'roz, koptok, qo'g'irchoq va h.k. lar 
solinadi. Bolalar yarim doira hosil qilib o'tiradilar. Tarbiyachi o'yinchoqlar solingan xaltachani 
bolalarga  ko'rsatib:  Bolalar,  bu  nima?  Uni  silkitib,  ichida  nimalar  borligini  ayta  olasizmi?  — 
deb so'raydi. So'ng bolalar javobi tinglanadi. 
T a r b i y a c h i :   To'g'ri,  kimki  xaltachaning  ichidan  bitta  o'yinchoqni  olsa,  shu 
o'yinchoqning nomini aytib, u haqda she‘r aytib beradi, deb aytadi va o'zi xalta ichidan bitta 
o'yinchoqni  olib,  u  haqda  yod  olingan  she‘rni  aytib  beradi.  So'ngra  bolalarni  yoniga  bitta-
bittadan  chaqirib,  xaltacha  ichidan  o'yinchoq  olishni  va  u  haqda  she‘r  aytib  berishni  taklif 
etadi. 
O'rta  guruhda  she‘r  yodlatishda  yilning  boshida  kichik  guruhdagi  usullar:  o'yinchoqni, 
buyumni, harakatJarni ko'rsatish usullaridan foydalaniladi. Yilning ikkinchi yarmidan boshlab 
o'yin usullari yoddan aytih berilgan she'r ustida suhbatlashish bilan almashinadi. 
Katta  guruhda  mavzusi  jihatdan  turli  xildagi:  ona-Vatan,  tabiat,  bayramlar,  kishilarning 
mehnatlari,  bolalar  hayoti,  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi  va  boshqalar  haqidagi  she‘rlar  yod 
oldiriladi. Bu guruhda tarbiyachining vazifasi faqat bolalarning she‘rni yod oli^hlariga yordam 
berishgina emas, balki uni emotsional tarzda idrok qilishlariga erishish hamdir. 
Bolalarni  she‘rni  ifodali  aytib  berishga  o'rgatishga  alohida  ahamiyat  berish  lozim. 
Tarbiyachi  suhbat  vaqtida  bolalarga  bayramlar  haqidagi  she‘rlarni  sevinch  ifodasi  bilan,  kuz 
haqidagi she'rlarni esa biroz g'amgin ohangda aytilish sabablarini tu- shuntiradi. 
She‘rni  nutq  o'stirishga  doir  bir  necha  mashg'ulotlarning  ikkinchi  qismida,  ertalabki  va 
kechki soatlarda takrorlash rejalashtiriladi. Quyida miso! tariqasida tayyorlov guruhlarida she'r 
yodlatish mashg'ulotining ishlanmasini keltiramiz. 
Z. Diyorning „Binafsha' she‘rini yod oldirish. 
Dastur  mazmuni.  Bolalarga  binafsha  bahor  faslining  elchisi  ekanligi  to'g'risida  tushuncha 
berish va mustahkamlash. She‘rning mazmunini tushunishga, unda aks etgan ko'tarinki ruhdan, 
quvnoq ohangdan, sevinch, shodlikdan ta‘sirlanishga undash. 
Mashg‗ulotga  tayyorgarlik.  Binafsha  gulini  guldonga  solib,  bolalarga  ko'rinmaydigan 
joyga qo'yish. 
Mashg‗ulotning borishi. 
T a r b i y a c h i :  Hozir o'lkamizda qaysi fasl? Bu faslda ob- havo qanday bo'ladi? Qanday 
gullarni  bahor  elchisi  deymiz?  Binafshalar  qayerlarda  ochiladi?  Siz  shu  gulni  ko'rganmisiz? 
(Binafsha  gulini  ko'rsatadi.)  Bolalar  javobidan  so'ng  tarbiyachi  ularning  javoblarini 
umumlashtirib,  shunday  deydi:  To'g'ri,  hozir  bahor  fasli.  Bahor  faslida  hamma  yoq  chiroyli 
libosga burkanadi. Bog'larda qushlar sayraydi, kapalaklar guldan gulga qo'nib yayraydi. Bahor 
elchilari  binafsha,  lola  ochiladi.  Hamma  bog'larga,  dala  va  adirlarga  gul  tergani  chiqishadi. 


Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Bahor  fasli,  gullar  haqida  shoirlar  she‘rlar  yozishgan.  Mana,  bolalar  shoiri  Zafar  Diyor  ham 
binafsha haqida she‘r yozgan. 
Tarbiyachi she‘rni yoddan aytib beradi. So'ngra she‘r mazmuni yuzasidan quyidagi savol-
javob tarzidagi suhbat o'tkaziladi: 
Zafar  Diyorning  „Binafsha'
4
  she‘ri  sizga  yoqdimi?  Sizlarga  hammadan  ko'ra  ko'proq 
nimasi yoqdi? Binafsha haqida nima deyilgan? Binafshaning hididan nimalar lazzat olar ekan? 
Bu  she‘rda  kapalak  haqida  nima  deyilgan?  Bu  she‘rda  kimlar  binafshani  maqtashlari  haqida 
yozilgan? Kimning esida qoldi? Kim aytib bermoqchi? 
Tarbiyachi bolalar javobini to'ldirib: „Endi diqqat bilan ting- lang. Bu she‘rni sizlarga aytib 
beraman.  Sizlar  she'rni  yod  olishingiz  kerak―,—  deydi.  She'rni  ikkinchi  marta  ifodali  qilib 
yoddan  aytib  bergach,  takrorlashga  istagan  bolani  chaqiradi,  so'ngra  o'zi  belgilab  qo'ygan 
bolani she'rni yoddan aytish uchun chaqiradi. 
Mashg'ulotning 2- qismida „Gullar do'koni'
1
 ta‘limiy o'yini o'tkaziladi
 

Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish