Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 3,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/230
Sana02.01.2022
Hajmi3,34 Mb.
#79165
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   230
Bog'liq
bolalarning nutqini ostirish

Bolalarning nutqini o’stirish  fanining asosiy nazariy matni 
 
Katta    guruhda    bolalarning    faolligi    o‗sadi,    nutqi    takomillashadi,  turli    rasmlar 
bo‘yicha  mustaqil  hikoya tuza oladilar.  Rasmlardan  foydalanilgan  mashg'ulotlarda  ularning  
mazmuniga  qarab har  xil  vazifalar  qo'yiladi:  
 1)  bolalarni  rasmlarning  mazmunini to‗g‘ri  tushunishga  o'rgatish ;  
 2)  his-tuyg'ularni   tarbiyalash  (rasmlarning  mazmuniga  qarab   aniq   rejalashtiriladi:  
tabiatga muhabbat,  kasb-hunarga  hurmat  va  hokazolar);  
 3)  rasmlar bo‗yicha bog‘langan  hikoya tuzishga o‗rgatish;   
4)  lug‗at  to'plamini kengaytirish  va  faollashtirish  (bolalar xotirada saqlashlari lozim 
bo‗lgan yangi so‗zlar yoki  aniqlanishi  va  mustahkamlanishi  lozim bo‗lgan  so‗zlar  oldindan  
aniq  rejalashtiriladi).   
Katta    guruhda  bolalarni    hikoya    qilishga    o‗rgatish    jarayonida    tarbiyachining 
rahbarligi  o‗zgaradi.  Endi  u  shaxsan    ishtirokchilikdan  kuzatuvchi  roliga  o‗tadi,  zarur 
bo‘lgandagina  aralashadi.  Katta  guruh  bolalarining  hikoyalariga    katta  talablar  qo'yiladi: 
voqealarni  uzviy bog‗langan  holda, grammatik jihatdan  to‗g‗ri jumlalar tuzib bayon qilish;  til  
vositalarining    (harakatlarni,    sifatlarni,    holatlarni    va  boshqalarni    aniq    belgilash)  
mustaqilligi,    obrazliligi,    bir    maqsadga  qaratilganligi,  topshiriqni  bola  tomonidan    ongli  
tarzda  anglash uni  to‘g‗ri  bajarishning  asosiy  shartlaridan  biri  hisoblanadi. Bu jihatlarga  
tarbiyachining    rahbarlik    qilishi    juda    katta    ahamiyatga  ega,  u  topshiriqni    tushunishga  va 
to‗g‗ri    bajarishga  yordam    beradi.  Tarbiyachining    namuna-hikoyasi,    ayniqsa,    maktabga  
tayyorlov  guruhida    ularning    hikoya    qila  olish    malakasini    yanada    yuqori  darajada  
rivojlanishi  uchun  asosiy  vosita  bo'lib  xizmat  qiladi.  
Tarbiyachi    boladan    namuna-hikoyaning  aynan    o'zini    takrorlashni  talab    qilib  
qolmasdan,  balki  takomillashtirib,  o‗zgartirib,  unumlashtirgan  holda,  adabiy  obrazlardan  
foydalanib    hikoya    qilishni  talab    etadi.    Namuna    ko‗pincha    rasmning  bir  qismi    uchun  
taalluqli  bo‘lib,  u    boshqa    qismlar    yuzasidan    mustaqil    hikoya    tuzish  imkonini    beradi.  
Maktabga    tayyorlov    guruhida    tarbiyachining  namuna-hikoyasi,    guruhda    rasmdagi  
mazmunni    bog‘langan    holda  bayon    ctishga  qiynaladigan    bolalar  bolsagina  taklif  etiladi.  
Bunday  mashg‗ulotlarda    hikoya    rejasini    berish,    hikoya    mazmunini   va  izchilligini    aytib  
turishdan  foydalanish  yaxshi  natijalar  beradi. 
        Katta  guruhda  rasmga  qarab  hikoya  tuzishning  hamma turlaridan foydalaniladi: narsa-
buyumlarni  tasvirlovchi va voqeaband  rasmlar  bo'yicha  tasviriy  hikoya  tuzish;  peyzajli  va 
naturtmortli    rasmlar    bo'yicha    tasviriy    hikoya    tuzish;    rasmlar  seriyalari  —  to‗plamlari  
bo‗yicha,  masalan,  „Bizning  yer  maydonchamiz  qishda va yozda― )  hikoya  tuzish. 
Rasmlar  to'plami  bo‗yicha  hikoya  tuzish  malakasini takomillashtirishda  quyidagi  usullar  
yordam    beradi:  jamoa    bo‘lib  hikoya    tuzish    —    avval    boshlanishini    tarbiyachi    tuzadi, 
bolalar  tugallashadi;    bir  bola  boshlaydi,  boshqasi    davom    ettiradi.  Quyida    misol  tariqasida  
bog‗lanishli  nutqni    rivojlantirish  bo'yicha    mashg'ulot    ishlanmasini    keltiramiz.    Bu  
mashg'ulotda nutqning  turli  vazifalari  hal  etiladi. 
I  qism.  Bog‘lanishli    nutq.    „Tipratikanlar―    rasmi  bo‗yicha  hikoya  qilish.  Dastur  
mazmuni. Bolalarning  yovvoyi  hayvonlar  ( tipratikanlar)  to‗g‗risidagi  mavjud  bilimlaridan  
foydalanib,  rasm bo'yicha  hikoya  qilishga o‗rgatish. 
II  qism.  Lug‗at    ishi.    Topishmoqlarni    topish.  Dastur    mazmuni.  Bolalarni  
topishmoqlardagi obrazli ifodalarning  mazmunini  tushunishga  o‗rgatish. 
III    qism.  Nutqning    tovush    madaniyatini    tarbiyalash.    ,,r-l―  tovushlarining    to‗g‗ri  
talaffuzini    mustahkamlash.  Dastur  mazmuni.„r-l―  tovushlarining  to‗g‗ri  talaffuzini 



Download 3,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish