Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni



Download 1,44 Mb.
bet70/236
Sana30.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#419289
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   236
Bog'liq
Mavzu Bolalarning nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va

Metodik ko’rsatmalar: Bolalarning «v» va «f» tovushli suratlarni to’g’ri tanlashlarini hamda so’zlarni aniq va baland ovozda aytishlarini nazorat qiling.
Xulosa

  • «Nutq madaniyati» atamasi ko’p qirralidir: 1-uni keng ma’noda tushunish mumkin, bunda u «nutq madaniyati» sinonimiga ega bo’ladi (bu o’rinda u namunaviy xusnixat matnlarini va umuman olganda, til tizimining potensial xususiyatlarini ko’zda tutadi); 2-tor ma’noda, nutq madaniyati - bu kundalik, og’zaki va yozma muloqot sharoitida til xususiyatlari hamda imkoniyatlarini aniq yuzaga chiqarishdir; 3-nutq madaniyati - bu mustaqil lingvistika fanidir.

  • Nutq madaniyati - og’zaki va yozma adabiy nutq me’yorlarini (talaffuz, urg’u, grammatika, so’zni qo’llash qoidalari va boshq.), shuningdek nutq maqsadi va tarkibiga muvofiq holda til vositalaridan foydalana olish qobiliyatini o’zlashtirish.

  • Lingvistik adabiyotlarda odatda, adabiy tilni o’zlashtirishning ikki bosqichi haqida, ya’ni: nutqning to’g’riligi va nutqiy maxorat haqida aytish qabul qilingan.

  • Maktabgacha yoshda nutqda tovush madaniyatini tarbiyalash vazifasi bu - bolalarda so’zdagi tovushlarni sof va tushunarli qilib talaffuz etishni, so’zlarni o’zbek tili orfoepiyasi me’yorlariga muvofiq holda to’g’ri talaffuz qilishni, aniq talaffuz qilishni (yaxshi diksiya) hamda nutq ifodaliligini tarbiyalashdan iborat.

  • Bolalarning tovush artikulyatsiyasini o’zlashtirish jarayoni ancha davomli bo’lib, u 5-7 yilga cho’ziladi.

  • Agarda bolalarga o’z vaqtida va muntazam ravishda o’rgatilsa ular hech bir qiyinchiliksiz barcha prosodemalarni (intonatsiyalarni) o’zlashtirib olishlari mumkin.

  • Intonatsiyalarning 6 ta turi mavjud: sanash intonatsiyasi, qarama-qarshi qo’yish, chaqirish, ogoxlantirish (yoki ikki nuqta), kirish, ajratib qo’yish.

  • O’zbek tilining fonetik va fonologik vositalaridan ravon nutqda bir vaqtning o’zida foydalanilmoqda.

  • Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash nutqning boshqa jihatlarini ham, ya’ni: lug’at, ravon, grammatik to’g’ri nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.

  • Nutqiy rivojlantirishning dastlabki bosqichida tinglash qobiliyatiga alohida o’rin beriladi (garchi asosiy mazmun yuki yuqori tovushni tinglay olish qobiliyati zimmasiga tushsa ham).

  • Yaxshi rivojlantirilgan nutqni tinglash qobiliyati ona tilining barcha tovushlarini aniq, tushunarli va to’g’ri talaffuz qilinishini ta’minlaydi, so’zni talaffuz qilish balandligini to’g’ri boshqara olish, oxista sur’atda, intonatsion ifodali so’zlash imkoniyatini beradi.

  • Artikulyatsiya apparati organlarining yaxshi harakatchanligi, yaxshi tinglash qobiliyati bolaning tovush talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish imkonini beradi.

  • To’g’ri nutqiy nafas olish normal tovush vujudga kelishini ta’minlaydi, tegishli nutq balandligiga, pazualarga aniq rioya qilishni ta’minlash, nutqning bir tekisligini va intonatsion ifodalilikni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

  • Ovoz sifati nafas olish, ovoz va artikulyatsiya apparatlarining birgalikdagi faoliyatiga bog’liq bo’ladi.

  • Maktabgacha yosh ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishni shakllantirish uchun eng qulay davr hisoblanadi. 7 yoshgacha bola ona tilining barcha tovushlarini adabiy til me’yorlariga muvofiq holda talaffuz qilishni o’rganib olishi shart.

  • Diksiya (tovushlar, so’zlar, iboralarni to’g’ri talaffuz qilish) artikulyatsiya apparati faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish bilan bir vaqtda asta-sekin shakllantiriladi.

  • Pedagog (bola atrofidagi kattalar) bolalarning adabiy talaffuz me’yorlariga rioya qilishlari ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishlari, barcha xatoliklarni to’g’ri talaffuz namunalarini ko’rsatgan holda bartaraf etishlari lozim.

  • Maktabgacha yoshda barcha bolalarda so’zlar ancha tiniq talaffuz etiladigan oxista nutq sur’atini shakllantirish darkor.

  • Intonatsiya - bu jaranglayotgan nutqqa oid barcha ifoda vositalarining murakkab majmui bo’lib, uning yordamida muloqot jarayonida fikrlar va ifodalarni, shuningdek emotsional-iroda munosabatlarini aniqlashtirish amalga oshiriladi.

  • Bolalar nutqining intonatsion ifodaliligi ustidagi ishlar asosan taqlid yo’li bilan amalga oshiriladi.

  • Nutqni rivojlantirishning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda nutqning tovush madaniyatini shakllantirishni 3 ta bosqichga bo’lish mumkin: 1-bosqich - 1 yilu 6 oydan 3 yoshgacha; 2-bosqich - 3 yoshdan 5 yoshgacha; 3-bosqich - 5 yoshdan 7 yoshgacha.

  • 1-bosqichda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish kattalarning bolalar bilan muntazam muloqoti orqali amalga oshiriladi. Asosiy vazifa -tinglash qobiliyatini doimiy ravishda rivojlantirib borish, artikulyatsiya apparati organlarini mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunda har xil tovush taqlidlarini o’zida jamlagan o’yinlar, she’rlar, qo’shiqlar, hikoyalardan foydalanish mumkin.

  • 2-bosqichda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash tovush talaffuziga doir ishlarni olib borish jarayonida amalga oshiriladi. Asosiy vazifa -bolalarda fonematik tinglash va ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilish, so’zlar va iboralarni aniq hamda tushunarli qilib talaffuz etish; ovoz balandligini vaziyatdan kelib chiqqan holda boshqarish qobiliyatini tarbiyalash, so’zlarni ulardagi urg’ularga aniq rioya qilgan holda to’g’ri va aniq talaffuz qilishdan iborat. Ayni paytda tovush taqlididan foydalanish darkor. Ona tilidagi barcha tovushlarni mashq qilish navbati bilan bir-birini almashtiruvchi to’rtta turni ko’zda tutadi: artikulyatsiya apparati organlarini tayyorlash, ajratilgan tovushni talaffuz qilishni aniqlashtirish va ushbu tovushni boshqalari ichidan ajrata olish, iborali nutqda tovushni to’g’ri talaffuz qilishni mustahkamlash.

  • 3-bosqichda nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashni bolalar tomonidan ko’p xollarda aralashtirib yuboriladigan tovushlarni (shuvillovchi, xushtaksimon, jarangli, jarangsiz va boshq.) tabaqalashtirishga doir ishlar bilan bog’liq holda amalga oshirish lozim. Bunda asosiy vazifa nutqiy tinglashni yanada takomillashtirish, aniq, to’g’ri, intonatsion ifodali nutq ko’nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

  • Tabaqalashtirish ajratib qo’yilgan tovushlar bo’yicha ham va ayni paytda so’zlar hamda iborali nutqlar bo’yicha ham amalga oshiriladi. Bu esa bir vaqtning o’zida bolalarda nutqiy nafas olish, diksiya, intonatsion ifodalilik, ya’ni nutq tovush madaniyatining barcha qirralarini takomillashtirish imkonini beradi.

  • Har qanday tovush juftligini tabaqalashtirish uch turdagi ishni amalga oshirishni ko’zda tutadi: ajratib qo’yilgan tovushlarni tabaqalashtirish; so’zlarda tovushlarni tabaqalashtirish; nutqda tovushlarni tabaqalashtirish.

  • Tovushlarni tabaqalashtirish uchun materiallarni she’rlar, hikoyalar, tez aytishlar orqali berish va bir vaqtning o’zida bolalar bilan nutq sur’ati, diksiya, ovozdan to’g’ri foydalana olish, so’zlarni adabiy me’yorlarni hisobga olgan holda talaffuz qilishni mashq qilish lozim.

NAZORAT SAVOLLARI:

  • «Nutq madaniyati» atamasi nimani anglatadi?

  • Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash borasidagi vazifalarni aniq misollar orqali tushuntirib bering.

  • Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga doir ishlarning qaysi bo’limlarini bilasiz?

  • Bolalarning nutqni tinglash qobiliyatini rivojlantirishga doir ishlar mazmunini aniq misollar yordamida tavsiflab bering.

  • Artikulyatsiya apparati harakatchanligini qanday qilib rivojlantirish mumkin?

  • Nutqiy nafas olishni rivojlantirish borasidagi ishlar nutq uchun qanday ahamiyatga ega? Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?

  • Ovoz ustidagi ishlarni qanday amalga oshirish lozim?

  • Ona tilining barcha tovushlarini to’g’ri talaffuz qilish qanday ahamiyatga ega? O’z javobingizni aniq misollar yordamida asoslang.

  • Diksiya ustidagi ishlarni qanday qilib amalga oshirish lozim?

  • Orfoepiya ustidagi ishlar nimani anglatadi?

  • Bolalar bilan nutq sur’atiga doir ishlarni amalga oshirish shartmi? Qaysi maqsadda va qanday

qilib?
• Nutqning intonatsion ifodaliligi nimani anglatadi? U muloqotda qanday ahamiyatga
ega?

  • 1-bosqichda (1 yilu 6 oydan 3 yoshgacha) nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash jarayonida qaysi metod va usullardan foydalanish lozim?

  • 2-bosqichda (3 yoshdan 5 yoshgacha) qo’llaniladigan ishlar turlarini tavsiflab bering.

  • 3-bosqichda (5 yoshdan 7 yoshgacha) nutqning tovush madaniyatini shakllantirishga doir ishlar mazmuni va metodini tavsiflang.

  • Nutqning tovush madaniyati ko’nikmalarini amaliyotda qanday qilib tarbiyalash lozim?

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

  1. Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev York; Lang, 1999

  2. R.M.Qodirova. O’zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o’rgatish. T., “O’qituvchi”1993.

  3. F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o'zbekcha so'zlashishga o'rgatish. T., “O'qituvchi” 1993

  4. R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariog’och, 1998.

  5. F.R.Qodirova. R.M Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o'rgatish metodikasi. T., “Sano-standart”, 2004.

  1. mavzu:Hikoya va ertaklarni qayta hikoya qilishga o'rgatish.
    Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ijodiy hikoya qilishga o'rgatish


metodikasi

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish