Jamoa bo'lib hikoya tuzish usuli.
Bu usul o'ziga xos bo’lib, undan bolalarni ijodiy hikoya tuzishga o'rgatishda foydalaniladi. Oldindan belgilab qo'yilgan hikoya rejasini ketma-ket muhokama qilish jarayonida tarbiyachi va bolalar ayrim javoblarni tinglaydilar, ulardan qaysi biri yaxshiroq ekanligini muhokama qiladilar. Tarbiyachi ularni o'ylab topilgan hikoyaning boshlanishi sifatida takrorlaydi. So'ngra navbatdagi eng yaxshi savol tanlanadi, tarbiyachi esa aytilgan eng yaxshi jumlalarning va o'zining gapini birlashtirib, kichik hikoya tuzadi.
Oxirida hikoya tarbiyachi tomonidan takrorlanadi, so'ngra 2, 3 bola takrorlaydi. Bu usulning mohiyati shundaki, mashg'ulotda barcha bolalar faollik ko'rsatishadi, ularning xayollari asta-sekinlik bilan shakllanadi. Biroq bu usulning bir qator kamchiliklari mavjud: bolalarning nutq faoliyati jumlalarni tuzish.So'zlarni tanlash bilangina chegaralanadi, ular monolog nutqni rivojlantirish ustida kain mashq qiladilar. Shuning uchun bu usuldan foydalanish chegaralangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |