Нутқ тўғрисида умумий тушунча



Download 0,72 Mb.
bet14/32
Sana01.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#291080
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
Muomalani tadqiq etishning o`ziga xos psixologik jihatlari

O voz apparati – nafas olinadigan bo‘g‘izning davomi bo‘lgan kekirdak bo‘lib, to‘rtta tog‘aydan iboratdir.

Shu tog‘aylar o‘rtasidagi bo‘shliqda ikkita gorizontal elastik muskullar bor, bu ovoz muskullari deb ataladi. Na­fas bo‘g‘izidan chiqib turgan havo bu muskullarni harakatga keltirib, tebratib turadi.

Tog‘aylar mana shunday tebranib turishi tufayli ovoz muskullari taranglanishi yoki susayishi mumkin: bu muskullar bir-biriga yopishib yoki bir-biridan ajralib turishi natijasida ularning o‘rtasida ovoz teshigi deb atalgan bo‘shliq hosil bo‘ladi.

A gar ovoz muskullari tarang bo‘lib tursa yoki, bir-biri­ga yaqinlashib qolsa (ya’ni ovoz teshigi yopilib qolsa) u holda nafas yo‘lidan chiqqan havo shu teshikka kirib, ovoz muskullarining chetlarini tebratadi, (vibratsiya qiladi), natijada tovush hosil bo‘ladi. Agar ovoz muskullari bir-biriga yetarli ravishda yaqinlashmagan bo‘lsa, nafas oladigan bo‘g‘izdan chiqayotgan havoning ovoz muskullariga yengil ishqalanib o‘tishi natijasida pichirlagan tovush hosil bo‘ladi. Erkin, tovushsiz nafas olinganida ovoz muskullari tarang bo‘lmasdan qoladi, ovoz teshigi esa to‘la ravishda ochiq bo‘lib qoladi.

Artikulyatsiya apparati og‘iz bo‘shlig‘idan va burun bo‘shlig‘idan iboratdir. Bu bo‘shliqlar bo‘g‘in ustidagi tovushga bamisoli sayqal beruvchi truba kabi bir narsadir (rezonatordir).

Og‘iz bo‘shlig‘i bo‘g‘izda paydo bo‘lgan tovushlarning asosiy rezonatori bo‘lib xizmat qiladi. Agar tovush to‘lqinlari og‘iz bo‘shlig‘i orqali hech bir tusiqqa uchramay o‘tayotgan bo‘lsa, unli tovushlar hosil bo‘ladi. Unli tovushlarning (a, ye, i, o, u) farqi og‘iz bo‘shlig‘ining katta-kichik bo‘lishiga va formasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. og‘iz bo‘shlig‘ining formasi ko‘p jihatdan til va lablarning holatiga va og‘izning qay darajada ochilishiga bog‘liqdir. Til – nutqning eng serharakat organidir: til ko‘tarilishi, tushirilishi, oldinga cho‘zilishi va orqasiga qaytarilishi mumkin. Lablar cho‘zilishi, cho‘chchaytirilishi mumkin.



Undosh tovushlar tovush to‘lqinlarining og‘iz bo‘shlig‘idan bemalol o‘tishiga katta yoki kichik biror to‘siq paydo bo‘lishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu to‘siqlar lablarni yumish yo‘li bilan vujudga keltirilganida p, b, m tovushlari hosil bo‘ladi, bu pastki lab va yuqori tishlar bilan vujudga keltirilganida f , v tovushlari hosil bo‘ladi, til va ustki tishlar bilan vujudga keltirilganida t, d, n, s, z tovushlari hosil bo‘ladi, til va tanglayning biror qismi bilan vujudga kel­tirilganida r, sh, k, tovushlari hosil bo‘ladi. Burun bo‘shlig‘i tovushlarni hosil qilishda turlicha rol o‘ynaydi. Burun bo‘shlig‘i ochiq, yoki yopiq bo‘lishiga qarab, turlicha tovushlar hosil bo‘ladi. Agar burun bo‘shlig‘i yopiq bo‘lsa, burundan chiqmaydigan tovushlar (a, u, yu), agar bu bo‘shliq ochiq bo‘lsa, burundan chiqadigan undosh tovushlar (j, n) hosil bo‘ladi.

Tovushlar turli ravishda bir-biriga qo‘shilganda bo‘g‘in va so‘zlar hosil bo‘ladi, so‘zlardan esa gap hosil bo‘ladi. Bizning og‘zaki nutqimiz shu tariqa vujudga keladi.

Nutq yozuv vositasi bilan ifodalanganda so‘zlarning tovush tuzilishi yozma, grafik belgilar sistemasiga ko‘chiriladi. Nutqning yozma ifodasi qo‘l va barmoq muskullari yordami. bilan hosil qilinadi. Lekin bunda yozish jarayoni artikulyatsiyadan ajralgan holda emas, balki artikulyatsiya asosida voqe bo‘ladi. Yozishning artikulyatsiya bilan bunday bog‘langanligi savod chiqarishning dastlabki bosqichlarida ayniqsa sezilarli bo‘ladi. Endigina savod chiqarayotgan o‘quvchi har bir so‘zni yozayotganida shu so‘zni albatta gapirib yoki pichirlab aytib turadi. Yozish malakasi rivojlanib ketganida (avtomatik tus olganida) ham bo‘g‘izning yengil harakat qilishi davom etaveradi, buni alohida asboblar yordami bilan qayd qilish mumkinIkkinchi signal sistemasining mexanizmlari tafakkurning asosi bo‘lgani kabi, nutqning ham nerv-fiziologik asosidir (uchinchi bobga qaralsin). Hayvonlarning tashqi dunyo bilan munosabati ularning faqat bevosita taassurotlari orqali voqe bo‘ladi. Odamning tarixiy rivojlanishi natijasida esa unda «ikkinchi signal sistemalari, ana shu birlamchi signallarning signallari so‘zlar tariqasida paydo bo‘ldi, rivojlandi va nihoyat darajada takomillashdi». Qo‘zg‘ovchi vosita sifatida, so‘z uch formada namoyon bo‘lishi mumkin: 1) eshitish organini qo‘zg‘ovchi formada – eshitiladigan so‘z, 2) ko‘rish organini qo‘zg‘ovchi formada – yozilgan so‘z, 3) kinestezik qo‘zg‘ovchi forma sifatida – aytilayotgan yoki yozilayotgan so‘z. Shu formalar orasida I. P. Pavlov organlarining kinestezik qo‘zg‘alishi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi: «nutq, avvalo nutq organlaridan bosh miya pastiga o‘tuvchi mahsus kinestezik qo‘zg‘alishdir. Nutq ikkinchi signallardir, signallarning signalidir»1. Eshitilib turgan, aytilayotgan va ko‘rinib turgan (yozuv) so‘z qo‘zg‘ovchi bo‘libgina xizmat qilmasdan, shu bilan birga, qo‘zg‘alishga javob reaksiyasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Bunda javob reaksiyasi bo‘lgan so‘z o‘z navbatida - ikkinchi signal sistemasidagi jarayonlarni vujudga keltiradigan qo‘zg‘ovchidir.



Qo‘zg‘ovchi nutq va javob so‘z reaksiyasi bo‘lgan nutq, bosh miya po‘stining mahsus uchastkalari bilan – nutq markazlari bilan bog‘langan. Nutq markazlari eshitish markazi, harakatlantirish markazi va ko‘rish markazi deb uch xil markazga bo‘linadi.

Eshitish markazi so‘l chakkaning orqa bo‘limida joylashgan. Miyaning bu uchastkasi eshitilgan so‘zlarni idrok qiladi, boshqalarning nutqini tushunish va o‘zlashtirishni vujud­ga keltiradi, bu markaz buzilib qolganida nutq chuvalab ketadi, buni sensorli afaziya deb ataladi. Bunday kasalga duchor bo‘lgan kishi o‘zgalarning nutqini tushunmaydi: tovush va so‘zlarni eshitadi-yu, lekin so‘zlarning mazmunini bilmaydi, gapning ma’nosini tushunmaydi.



Nutqning harakatlantirish markazi chap yarim sharning uchinchi manglay qismida joylashgan. Bu markaz gapiruvchi kishining aktiv nutqini vujudga keltiradi. Bu markaz bu­zilib qolganida odam gapirolmaydigan bo‘lib qoladi. Nutq­ning bunday buzilishi harakat afaziyasi deb ataladi.

Nutqning ko‘rish markazi bosh miyaning orqa qismiga joy­lashgan. Yozilgan xatni o‘qiganda va yozgan vaqtda yozuv belgilari shu markaz tufayli idrok qilinadi. Bu markaz bu­zilib qolgan taqdirda odam harflarni tanimaydi, o‘qiy olmay qoladi (aleksiya kasalligi), yozolmay qoladi (agra­fiya kasalligi).

Biroq, akademik I. P. Pavlovning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, bosh miya po‘stining boshqa markazlari kabi bu nutq markazlarining qat’iy chegaralari yo‘q va bir-biridan ajralgan holda harakat qilmaydi. Bu markazlar bir-biri bilan qo‘shilaveradi va bir-birining vazifasini bajara-veradi, bosh miya po‘stining boshqa markazlari bilan ham qo‘shilaveradi. Nutq markazlari deb nom berilgan markazlar bosh miya po‘stning u yoki bu xil nutq jarayonlarida ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan uchastkalaridir xolos. O‘zgalarning nutqini va gapirayotgan kishining o‘z nutqini idrok qilish bosh miya po‘stining faoliyatiga va asosan, bosh miya po‘stining ikkinchi signal sistemasi bilan bog‘lanishlarni vujudga keltiruvchi qismiga bog‘liqdir.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish