Нутқ тўғрисида умумий тушунча


Nutq – ta’sir ko‘rsatish vositasi



Download 0,72 Mb.
bet11/32
Sana01.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#291080
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
Bog'liq
Muomalani tadqiq etishning o`ziga xos psixologik jihatlari

1.2. Nutq – ta’sir ko‘rsatish vositasi.

Nutq – ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ta’sir ko‘rsatish – biz nutqimizni kimga qaratayotgan bo‘lsak, shu kishida biz istagan hislar, intilishlar va harakatlarni tug‘dirish, ularning fikrini biz istagan tomonga burish, ularni o‘zimiz hohlaganimizcha o‘ylashga majbur etish, ularni ishontirish demakdir. Ma’lumki, nutq yordami bilan boshqalarda xursandlik, qo‘rquv, g‘azab, ruhlanish hislarini tug‘dirish mumkin, boshqalarda biz istagan intilishlarni, harakatlarni kuzatishimiz mumkin.

Yozuvchi badiiy asar yaratayotganida odamlarda muayyan fikr, his, intilish tug‘dirishni, turmushga muayyan qarash hosil qilishni nazarda tutadi. Agitator o‘z nutqi bilan odamlarda muayyan siyosiy kayfiyat, qarashlar, muayyan yo‘lda harakat qilish istagini tug‘dirishga intiladi.

Nutq ta’sir vositasi bo‘lib, u tibbiyot tajribasida katta rol o‘ynaydi. Shu narsa hammaga ma’lumki, vrachning so‘zi, ya’ni uning bemor bilan bevosita nutqiy aloqasi kuchli sur’atda ta’sir qiladigan vositalaridan biridir. So‘z og‘riqni bosadigan, darmon kiritadigan va boshqa shu kabi shifobahsh vositadir. Tajribali tabibning aytishlariga qaraganda, so‘z kasalning jismoniy va ma’naviy alamlarini ba’zan doridan ham yaxshiroq yengillashtirar ekan. Masalan, vrachning maslahatlari, kasalning havfsizligi va tezda tuzalib ketishiga bemorda ishonch va e’tiqod hosil qilishi ham ana shunday ta’sir ko‘rsatadigan nutqiy vositalar jumlasiga kiradi.

O‘qituvchi va tarbiyachi so‘z orqali ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan o‘quvchilarda muayyan intizom va hatti-harakat vujudga keltiradi. Ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lgan nutq ta’lim tarbiyaning asosiy qurolidir.

Amr-farmon berish, o‘tinib so‘rash – iltimos qilish, maslahat berish, o‘git-nasihat qilish, gapga unitish, dalil-isbotlar keltirish va boshqa shu kabilar so‘z vositasi bilan ta’sir ko‘rsatish formalaridir. Nutq ta’sir ko‘rsatish vo­sitasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki so‘zlab turgan kishining nutqida uning hissiy intilishlari, iroda va e’tiqodi aks etadi.

Nutqning ta’sir o‘tkazuvchi funksiyasida intonatsiya katta rol o‘ynaydi. Intonatsiyada nozik va murakkab hislar va iroda xususiyatlari – norozilik, istak, talab hislari va shu kabilar namoyon bo‘lishi mumkin. Shu sababli, o‘quvchilarda tabiat va turmushdagi biror hodisaga qiziqish paydo qilish, bilimni yanada mustahkamroq bilib olishga ishtiyoq uyg‘otish uchun, shuningdek, ularni ma’lum bir harakatga yo‘llash uchun o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lganida o‘qituvchi o‘z nutqida talaffuzga ayniqsa alohida e’tibor bermog‘i lozim.




Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish