Нутқ тўғрисида умумий тушунча



Download 0,72 Mb.
bet10/32
Sana01.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#291080
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
Muomalani tadqiq etishning o`ziga xos psixologik jihatlari

Stereotipizatsiya odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o‘rnashib qolgan ko‘nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy stereotiplar har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. A.A. Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to‘g‘ri yo‘nalganligini ta’minlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo‘lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga “kauza" – sabab, “atrebusio" – bermoq, qo‘shib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Masalan, o‘qituvchi bilan hamsuhbat bo‘lib qolgan odamda suhbat boshidayoq “hozir odob-axloqdan dars berishni boshlamasmikan" degan shubha paydo bo‘lishi mumkin. Bu ham stereotip. Bundan tashqari, odamlar birinchi marta ko‘rgan odam to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish maqsadida uning tashqi qiyofasi bilan xarakteri o‘rtasida bog‘liqliklar o‘rnatishga harakat qilarkan, shunday bog‘liqliklarni aniqlash maqsadida A.A.Bodalev talabalar guruhiga turlicha qiyofali shaxslarning fotosuratlarini ko‘rsatgan. 72 kishidan 9 nafari iyagi katta kishilar kuchli iroda egalari ekanligini, 17 nafari peshonasi keng odamlar aqlli ekanliklarini, 3 kishi sochi qattik odamlarning qaysarroq, qatiy ekanliklarini, 5 kishi kichik bo‘yli odamlar hokimiyatga intilgan, boshqalar ustidan buyruq berishga moyil, chiroyli odamlar yo o‘ta o‘ziga bino qo‘ygan yoki nodon bo‘lishligini aytishgan va hokazo.

Tabiiyki, bunday fikrlar mutloq to‘g‘ri emas, lekin kishilar ongida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Notanish odam haqida tushunchaning shakllanishida u haqida berilgan birlamchi ma’lumot katta rol o‘ynaydi. Masalan, talabalarning ikki guruhiga bir xil portret ko‘rsatib, birinchi guruhda bu odam yirik olim, ikkinchisida esa, bu – davlat jinoyatchisi deb, unga ikkala holda ham ijtimoiy-psixologik xarakteristika berishlarini so‘ragan. Ko‘rsatmalar har xil bo‘lganligi sababli berilgan ta’riflar ham har xil bo‘lgan. Birinchi guruhdagi talabalar bu odam mehnatkash, mehribon, shafqatli, g‘amxo‘r, aqlli bo‘lsa kerak, deyishgan bo‘lsa, ikkinchi guruhdagilar uni – beshafqat, makkor, qatiyatli deb ta’riflashgan. Birinchi guruhdagilar portretdagi ko‘zlarni dono, muloyim deyishgan bo‘lsa, boshqalar ularni yovuz, beshafqat deb aytishgan.

Shunday qilib, ijtimoiy persepsiya yoki odamlarning bir-birlarini to‘g‘ri idrok etish va tushunish jarayoni muloqotning muhim muammolaridan biridir. Bu jarayon psixologik jihatdan murakkab bo‘lib, unda muloqotga kirishayotgan tomonlarning har biri alohida ana shu idrokning ham ob’ekti, ham sub’ekti bo‘lib faoliyat ko‘rsatadilar. Idrokning ob’ekti sifatida shaxs qaralganda, unda hosil bo‘ladigan “boshqa odam obrazi”ning barcha sifatlari va qirralari nazarda tutiladi. Bunday obraz paydo bo‘lishiga xizmat qiladigan belgilarga: o‘sha odamning tashqi qiyofasi, uning kiyinishi, o‘zini tutishi, hissiy holati, ovozi, nutqi, qiliqlari, yurishi va hokazolar kiradi. Lekin shularning ichida odamning yuzi muloqot mobaynida suhbatdoshga eng ko‘p ma’lumot beradigan ob’ektdir. Shuning uchun ham telefonda suhbatlashgandan ko‘ra yuzma-yuz suhbatlashish ancha oson va axborotlarga boydir.

Odamlarning bir-birlarini to‘g‘ri idrok etishlari ularning perseptiv, ya’ni hissiy bilish (idrok sezish) sohasiga aloqador bo‘lsa, bir-birlarini tushunishi ularning tafakkur sohalariga bevosita bog‘liq murakkab jarayondir. Boshqa odamni to‘g‘ri tushungan shaxs uning hissiy holatiga kira olgan hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda, unda empatiya – birovlarning his kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bo‘ladi. Yuksak ongli, madaniyatli, “ko‘pni ko‘rgan” shaxsgina boshqalarni to‘g‘ri tushunishi, ularning mavqeida tura olishi mumkin.



Nutq – odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning alohida usulidir. Odam o‘z nutqi yordami bilan o‘zining bilimlari, fikrlari, hislari va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikrlarini o‘zlashtirib oladi, boshqa kishilarning hislari va istaklarini bilib oladi.

Odamlar o‘zlarining faoliyatlari va kundalik hayotlarida bir-birlari bilan shu tarzda aloqa qilib turadilar.

Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida har bir kishi bilimlarning ko‘p qismini boshqa kishilardan oladi.

Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash odamning doimiy ehtiyoji bo‘lib, bu aloqa fikr olishuvga xizmat qiladi.

Odam boshqa kishilar bilan nutq orqali muomala qilmay yashay olmaydi. Odam yakka o‘zi qolganida, ko‘pincha, xayolidagi suhbatdoshlar bilan «o‘z ichida» gaplashadi. Odam o‘ziga notanish bo‘lgan bir yoki bir necha kishi o‘rtasiga tushib qolsa, unda nimalarnidir aytish yoki shu kishilardan nimalarnidir eshitish ehtiyoji albatta paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj qondirilmay qolsa, odamni ma’yus qiladigan «o‘ng‘aysizlik» hissi tug‘iladi. Odamning «aytadigan hech bir gapi» bo‘lmagan taqdirda ham shunday ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bunday hollarda u «nima qilishini» bilmay qoladi. Bunday hollarda unda «nimani gapirsam ekan?», «nimadan gap boshlasam ekan», «qanday gap boshlasam ekan!» deb gap mavzuini qidirish boshlanadi.

Har bir kishining nutqi bolalik chog‘idan boshlab o‘sib boradi, buning sababi ham boshqa kishilar bilan aloqada bo‘lish ehtiyojidir.

Nutq to‘g‘risida, shu bilan birga til to‘g‘risida gapirganimizda quyidagilarga e’tibor bernshimiz kerak.

«Nutq» va «til» degan terminlar ko‘pincha bir xil ma’noda ishlatiladi. Ammo bu terminlarning ma’nosini bir-biriga aralashtirib yuborish yaramaydi. Garchi nutq bilan til bir-biriga chambarchas bog‘langan bo‘lsa ham, lekin ularning ikkovi bitta narsa emas.

Biz biror kishiga: «Siz qaysi tilda (yoki tillarda) gaplashasiz?» deb savol berganimizda, biz shu kishining nutqi, gapi bilan uning o‘z nutqida qanday til (yoki tillar)dan foydalanishini aniq farq qilamiz.

Har bir kishining yoshiga, bilimiga, umumiy izlanish saviyasiga qarab, uning nutqi o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘ladi. Ayrim kishilar kasbining xususiyatlari, shu kishilarning nimalarga qiziqishi, mijozi va shu kabi xususiyatlari ularniig nutqlarida namoyon bo‘ladi. Har bir kishi bir yoki bir necha tildan foydalanib, o‘zicha gapiradi. har bir kishining o‘z nutqi bor.

Odam ongining alohida funksiyasi bo‘lgan nutq psixolo­giya fani tomonidan o‘rganiladi. Til esa ijtimoiy hodisadir. Til ayrim kishida mustaqil ravishda mavjuddir. Tilning ijodkori esa xalqning o‘zidir, tarixan tarkib topgan millatning o‘zidir. Rus tili, o‘zbek tili, xitoy tili, nemis tili va hokazo deganimizda, biz mana shu ma’noda gapiramiz. Har bir avlod o‘zidan oldin o‘tgan avlodlar ishlab chiqqan tilga duch keladi va shu tilni egallab oladi, ya’ni o‘zining nutq orqali qiladigan muomalasida shu tildan foydalanadi.



Nutq bilan til bir-biridan farq qiladi, lekin ayni vaqtda ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi; nutq ham, til ham bir-biriga bog‘langan, ular birlikda mavjuddir. Bu birlik shundan iboratki, har bir til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida vujudga kelgan va o‘sib borgan. Har bir tilning yashab turishi kishilarning shu tilda gaplashuvlariga bog‘liq. Agar odamlar biror tilda gaplashmay qo‘ysalar bu til ham yo‘q bo‘lib ketadi: u «o‘lik til» bo‘lib qoladi. Biz «o‘lik» tillar borligini shu til aks ettirilgan yozma yodgorliklardan bilamiz. Masalan, qadimgi grek (yunon), lotin tillari mana shunday «o‘lik» tillardir.

Til bilan nutqning birligi yana shundan ham namoyon bo‘ladiki, har bir kishi o‘z nutqida biror tildan foydalana­di, ba’zilari esa bir necha tildan foydalanadilar.

Gapirish va boshqa odamlarning nutqini tushunish uchun til bilish, shu til sistemasini bilish, shu tilning tuzilishini bilib olish kerak.



1.1. Nutqning xususiy funksiyalari.

Odamlarning o‘zaro aloqalarida ularning nutqlari turli ma’nolarda yoki funksiyalarda namoyon bo‘ladi.

Nutqning asosiy vazifasi, demak, uning asosiy funksiyasi – odamlarning bir-birlari bilan aloqa qilish vositasi bo‘lishdir.

Bu aloqa asosan odamlarning o‘z fikrlarini bir-birla­riga aytishlaridan iborat bo‘ladi. Aloqa jarayonida fikrlar nutq yordamida shakllanadi, ifodalanadi, aytiladi va tushunib olinadi. Og‘zaki yoki yozma nutqda ifodalab berilgan fikrlar shu fikrlarni aytuvchi kishi uchun ham ravshanroq bo‘lib qoladi. Shunday qilib, nutq aloqa jarayonida tafakkur quroli bo‘lib xizmat qiladi.

Shu bilan birga mana shu aloqa jarayonida nutq ifoda­lash vositasi bo‘lib, biror nima bildirish vositasi bo‘lib, ta’sir o‘tkazish vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.

Nutqda bizning fikrlarimiz bilan birlikda tuyg‘u-hislarimiz ham ifodalanadi. Og‘zaki nutqda hissiyotlarimiz (emotsanal kechinmalarimiz) so‘z yordami bilan qilingan tasvirlarda, ohangda, qofiyada, xitob va savollarda, gaplashish vaqtidagi pauzalarda va ayniqsa intonatsiyalarda na­moyon bo‘ladi. Chunonchi, biz biron kishining ismini ataganimizda, shu kishiga bo‘lgan turli hislarimizni va munosabatlarimizni o‘zimizdagi mehrni, g‘azabni, g‘ururni, muhabbatni, hurmatni, nafratni, mensimaslikni va boshqa shu kabilarni atayin yoki beixtiyor namoyon qilishimiz mumkin. Shu bilan birga, gapiruvchining intonatsiyasida uning holati ham, charchaganligi, umuman hayajoni, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yoki ishonchsizligi va shu kabilar ham ifodalanadi.

Lirik she’rlar, ashulalar, romanlar, ariyalar singari nutq formalarida odamlarning asosan xilma-xil xis va tuyg‘ulari ifodalanadi.

Turli hissiyotlar bizning og‘zaki nutqimiz bilan birgalikda, odatda yuz harakatlarimizda va imo-ishoralarimizda ham yorqin namoyon bo‘ladi.

Nutqda bizning irodamiz maqsad muddaomiz, istagimiz, niyatimiz, qarorimiz ham, shuningdek, iroda jarayonlarining ayrim sifatlari – qat’iyat va qat’iyatsizlik, dadillik, kishining o‘zini tuta bilishi, kishidagi qunt va boshqa shu kabilar ham namoyon bo‘ladi.

Odamning nutqida uning fikrlari va xilma-xil ichki holati– emotsional kechinmalari va irodasigina ifodalanib qolmasdan, shu bilan birga hamisha biror ob’ektiv narsa ham bildiriladi.

Sayrash va qichqirish tarzidagi xilma-xil tovush birik­malari hayvonlarda ham bo‘ladi, lekin bu tovush birikmalari faqat tug‘ma reaksiyalardir – tashqi yoki ichki ta’sir sababli tug‘iladigan shartsiz reflekslardir.

Qushlarning sayrashi va hayvonlarning qichqirishi, shu­ningdek ularning xilma-xil harakatlari (masalan, itning dumini likillatib turishi) ulardagi instinktlarning va shu instinktlar bilan bog‘langan hislarning ifodasi va tarkibiy elementidir xolos.

Bu tovush birikmalari va harakatlar ifodasi boshqa hayvonlar uchun signal vazifasini ham bajaradi. Masalan, hayvon biror hatarni sezganida alohida tovush bilan qichqiradi, bu qichqiriq uning bolalarida instinkt ravishda mudofaa harakatini (yashirinish yoki onasining oldiga yugurib kelish harakatini) vujudga keltiradi.

Xuddi shu hayvonning qulay vaziyatdagi qichqiriqlari boshqacha xarakterga ega bo‘lib, bu qichqiriqlar farog‘atga, havfsizlikni, ovqat topilganligini va shu kabilarni bil­diruvchi signallar bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Hayvonlarga xos bo‘lgan xilma-xil tovush birikmalari va harakatlar aslo nutq emas. Hayvonlarda nutq bo‘lmaydi.

Odamning nutqida namoyon bo‘ladigan xilma-xil tovush birikmalari uning ichki holatini ifodalabgina qolmasdan, shu bilan birga ob’ektiv ravishda mavjud bo‘lgan narsalar va hodisalarning nimaligini bildiruvchi vosita bo‘lib ham xizmat qiladi. Har qanday so‘z biron narsaning ma’nosini bildiradi. Masalan, stol degan so‘z birikmasi shuning uchun ham nutq bo‘lagi bo‘lib qoladiki, shu tovush birikmasi yordami bilan muayyan buyumning ma’nosi bildiriladi. So‘zlar bizning ongimizdan tashqarida mavjud bo‘lgan buyumlar va hodisalarning hamda ularning xislatlari, holatlari, bog‘lanishlari, munosabatlari va shu kabilarning ongimizdagi bamisoli bir vakillaridir.

Yakka bir narsani, masalan, Moskva Volga, Toshkent va shu kabilarni bildiradigan so‘zlar bor. Lekin so‘zlarning ko‘pchiligi bir-biri bilan biror munosabatda bog‘langan buyumlar va hodisalarning butun bir turkumini bildiradi. Bizning ongimizda voqelik in’ikos etganida so‘z shu in’ikosni umumlashtiruvchi vositadir. so‘z bilan hamisha umumiylikni ifodalaymiz. Shu sababli stol degan so‘zni aytganimizda, bu so‘z bilan biz xuddi shu onning o‘zida bizning ko‘z o‘ngimizda turgan bitta stolnigina ifodalab qolmasdan, balki umuman «stol» tushunchasii ifodalaymiz. O‘zimiz idrok qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan bitta stolning nomini aytganimizda, biz mana shu bitta stol degan so‘zda umuman «stol» to‘g‘risidagi o‘zimizda bo‘lgan umumiy tushunchani nazarda tutamiz. Shu sababli umumlashtirilgan ma’noga ega bo‘lgan so‘z faqat yakka narsalarga mansub bo‘lmasdan, shu bi­lan birga narsalarning butun bir turkumiga ham mansubdir.

Nutq va ayrim so‘zlar narsalarning faqat belgilari – «yorliqlari» gina emas. Narsalarni ifodalovchi nomlar nutqning xususiy funksiyalaridan biridir, xolos. Har bir so‘zning bundan tashqari yana ichki mazmuni ham bor, har bir so‘z ma’lum tushunchani ifodalaydi.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish