Нутқ тўғрисида умумий тушунча



Download 0,72 Mb.
bet12/32
Sana01.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#291080
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
Muomalani tadqiq etishning o`ziga xos psixologik jihatlari

1.3. TIL VA NUTQNING TUZILIShI.

Har bir kishi avvalo o‘z atrofidagi kishilar so‘zlashadigan tilni bilib oladi. Lekin odam mahsus o‘qib o‘rganish yo‘li bilan yoki boshqa millat kishilari bilan muttasil aloqada bo‘lib turish natijasida boshqa xalqlarning tillarini ham bilib olishi mumkin.

Tilni bilib olish (masalan, rus, o‘zbek, ukrain va hokazo tillarni bilib olish) –shu tilning fonetikasini, lug‘at sostavini va grammatik tuzilishini bilib olish demakdir.

Til va nutqning fonetika jihati. Odam o‘z fikrlarini boshqalarga bildirmoq uchun shu fikrlarni seziladigan, ya’ni sezgi organlari orqali ta’sir qiladigan moddiy vositalarda ifodalashi lozim. Odam ovozini tovushlari va tovushlar birikmasi nutqining mana shunday moddiy vositalaridir.

Odamlar nutq orqali bir-birlari bilan muomala qilishda foydalanadigan tillarning hammasi tovush tilidir.



Odam nutqining tovushlari odatda fonemalar deb ataladi.

Bu tovushlarning alohida belgilari bor. Masalan a fonemasining o‘z belgilari, b fonemasining o‘z belgilari, sh fonemasining va hokazolarning ham o‘z belgilari bor, biz shu belgilarga qarab, ayrim so‘zlarni fahmlaymiz. Bu belgilar, odatda, fonematik belgilar deb ataladi.

Biz gapirayotganimizda, odatda, mimika va imo-ishoralardan foydalanamiz. Lekin mimika va imo-ishoralarni alohida til deb hisoblab bo‘lmaydi.

Mimika va imo-ishoralar nutqning emotsional (hissiyot) tomonlarini ifodalab beradigan ixtiyorsiz harakatlardan iborat bo‘ladi, yoki gapiruvchi odam o‘z nutqining ayrim joylarini uqtirmoq bo‘rtirib ko‘rsatmoq uchun atayin ixtiyoriy ravishda qiladigan harakatlaridan iborat bo‘ladi.

Ba’zan odamlar, vaziyatga qarab, mimika va imo-ishoralardan nutqning qo‘shimcha vositasi tariqasida foydalanadilar. Masalan: zarur jimlikni buzmay biror fikrni bildirmoq uchun yoki nutqni eshittirish qiyin bo‘lgan, lekin o‘zi ko‘rinib turgan masofaga biror fikrni habar qilmoq uchun mimika va imo-ishoralardan foydalaniladi. Lekin bu hollarda mimika va imo-ishoralar tovush tilining so‘z va gaplarini ifodalovchi faqat belgi bo‘lib, ayrim so‘zlar va gaplarning o‘rnida ishlatiladi.

Odamlarning imo-ishoralarini, mimikasini va pantomimikasini eslatuvchi xilma-xil harakatlarni biz hamisha hayvonlarda, ayniqsa oliy hayvonlarda – maymunlarda ham borligini ko‘ramiz. Biroq, hayvonlarning bu harakatlarini odamlarning imo-ishoralari, mimikasi bilan bir xildagi harakatlar deb hisoblash mumkin emas. Odamlar o‘zlarining imo-ishoralarida, mimikalarida va o‘zlarining ayrim to­vush birikmalarida o‘zlarining ichki his va tuyg‘ularini ifodalaydilar. Lekin, shu bilan bir vaqtda, odam bu harakatlardan nutq elementlari tariqasida ham foydalanishi mum­kin, jumladan, odam shular orqali narsalarning ma’nosini ifodalanishi, u yoki bu narsalarni ko‘rsatishi, narsalarni tasvirlab berishi mumkin. Hayvonlarda shu tarzdagi imo-ishoralar va mimika harakatlari bo‘lishi mumkin emas. Bu tajribada ham isbot qilingan. Psixologlar Voytonis va Tix maymunlarni loaqal narsalarni oz-moz bo‘lsa ham ifodalab beradigan tasvirlovchi imo - ishoralarga o‘rgatish tajribalarini o‘tkazgan edilar. Maymunlarda mimika va imo - ishora harakatlari g‘oyat ko‘p bo‘lishiga qaramay, ular bunday tasvirlovchi imo-ishoralarni o‘rgana olmadi. Boshqa hayvonlarda bo‘lgani kabi, maymunlarda ham mimika, imo-ishoralar va tovush signallari harakat faolligining umumiy ajralmas kompleksidan iborat bo‘lib, voqelik buyumlarini ifodalovchi vosita tariqasida xizmat qilmaydi.

Kar-soqov (gung) odamlar imo-ishora va mimikadan aloqa vositasi tariqasida foydalanishga majburdirlar, chunki ular og‘zaki nutq tovushlarini eshitmaydilar.

Yozuv ham nutqning moddiy vositasidir. Lekin yozuv tilning qandaydir alohida turi emas, yozuv – tildan foydalanishning faqat alohida usulidir. Og‘zaki nutqda ham yozma nutqda ham biz ayni bir tovush tilidan foydalanamiz. Ozaki nutq eshitish organlari vositasi bilan idrok qildirishga mo‘ljallangan nutqdir. Yozma nutq esa harflar va belgilar yordami bilan tovushlarni, so‘zlarni, gaplarni ko‘z bilan id­rok qildirishga mo‘ljallangan nutqdir.

Ko‘rlar uchun o‘ylab chiqarilgan mahsus yozuv (Brayl sistemasi) bor, u muskul-teri sezgisi organlari yordami bilan idrok qildirishga mo‘ljallangan nutq vositasidir. Bu yozuv ham tovush tili asosiga ko‘rilgan yozuvdir.

Kar-soqovlar (gunglar) ham o‘qitish natijasida yozma nutqni bilib oladilar, ular shu nutq, vositasi bilan tovush tilining butun boyligini ham bilib oladilar. Ular yozma nutqdan foydalanib, boshqa kishilar bilan to‘la-to‘kis aloqa bog‘laydigan bo‘lib oladilar va hamma normal kishilar singari kamol topaveradilar.

Nutqning fonetika jihatini bilib olish ma’lum bir tildagi har bir tovushni va har bir so‘zni og‘zaki nutqda to‘g‘ri aniq va ravshan qilib ayta olish demakdir, yozma nutqda esa shu tildagi har bir so‘zni to‘g‘ri yozish demakdir.



Tilda bo‘lgan hamma so‘zlarning jami tilning lug‘at sos­tavi deb ataladi.

Biror tilning lug‘at sostavi naqadar boy va xilma-xil bo‘lsa, bu til shu qadar boy va rivojlangan til bo‘ladi.

Har bir kishi foydalanayotgan va foydalanishi mumkin bo‘lgan lug‘at sostavi qanchalik boy va taraqqiy qilgan bo‘lsa uning nutqi ham shunchalik boy va taraqqiy qilgan bo‘ladi.

Odam o‘z nutqida foydalanayotgan so‘zlarning miqdori shu odam nutqining lug‘at (yoki leksika) jihatini, nutqning lug‘at sostavini tashkil qiladi.

Har bir so‘zning o‘z ma’nosi bor, ya’ni har bir so‘z muayyan bir narsaga yoki narsalar turkumiga, shuningdek, narsalarning muayyan bir belgilariga ularning xususiyatlariga, bog‘lanishlariga, munosabatlariga va boshqa shu kabi belgilariga taalluqlidir. So‘zning ma’nosi odamlarning nutq amaliyyotida bir-biri bilan bo‘layotgan o‘zaro aloqasida ma’­lum bo‘ladi. So‘zning ma’nosi odamlarning bir-birlarini tushunishlarini ham ta’minlaydi. Bir-biri bilan gaplashayotgan ikki kishi bir-birini tushunadi, chunki gaplashayotgan kishilarning har biri muayyan bir narsa to‘g‘risida muhokama yuritadi va har qaysi so‘zni muayyan bir ma’noda ishlatadi.

Aristotel ham o‘z vaqtida bunday degan edi: «Bahslashayotgan har ikkala tomon ayni bir fikrni tushunmoqlari uchun avvalo ishlatilayotgan so‘zlarning mazmuni ham ma’nosi haqida kelishib olmoq kerak».

Kishining o‘z nutqda har bir so‘zning ma’nosini aniq, tushunib foydalanayotgan va foydalanishi mumkin bo‘lgan lug‘at sostavi shu kishining nutqi qay darajada o‘sganligini ko‘rsatadi.

Har bir kishi nutqining lug‘at sostavi tilning grammatika tuzilishidan ajralgan holda mavjud bo‘lishi mumkin emas. Xuddi shuningdek, har bir kishi o‘z tilining lug‘at sostavi­ni shu tilning grammatika tuzilishi asosida egallaydi.

Har bir so‘zning o‘z ma’nosi bor, lekin har bir so‘z o‘z formasini o‘zgartirib, grammatika qoidalari asosida tuzilgan biror gap tarkibiga kirganidagina muayyan bir ma’no oladi. Grammatika koidalari asosida tuzilgan nutq so‘zlardan iborat bo‘ladi. Lekin bunday gaplarda ifodalangan fikr shu gaplar tarkibiga kirgan so‘zlar ma’nosining jamidan iborat bo‘ladi, degan ma’no chiqmaydi. Gapda ifodalangan fikr yoki boshqacha qilib aytganda, nutqning ma’nosi, shu gapni tashkil etgan so‘zlar ma’nosining jamida hamisha keng va boy bo‘ladi. So‘zlarning ma’nosi bilan nutqning mazmuni bir-biriga aynan teng bo‘lmaydi. Buni shundan bilish mumkinki, muayyan bir ma’nodagi so‘zlar, ularning formalari va gapdagi o‘rinlari o‘zgarishiga qarab, turli ma’no oladi. Masalan: o‘qituvchi, o‘quvchi, gapirmoq degan so‘zlarning har birining o‘z ma’nosi bor. Lekin bu uch so‘z hali hech qanday fikrni ifodalamaydi. Endi bu so‘zlarni biriktirib, bunday bir gap tuzaylik: o‘qituvchi o‘quvchiga gapirdi. Bunda biz so‘zlar ma’nosining jaminigina tushunib qolmay, balki shu bilan birga nutqdagi fikrni ham tushunamiz. Shu so‘zlarni boshqa bir tartibda o‘zgartirib biriktirsak boshqacha fikr hosil bo‘ladi; o‘quvchi o‘qituvchiga gapirdi.

O‘zbek tilida gapdagi so‘zlarning o‘rnini o‘zgartirmasdan, bitta so‘zning shaklini salgina o‘zgartirish bilan nutqning va har qaysi so‘zning ma’nosi ham o‘zgaradi. Masalan: «U akasini yubordi», «U akasiga yubordi».

Boshqa birovning nutqini eshitgan vaqtingizda ba’zan shunday gaplar uchraydiki, bu gaplardagi har bir so‘zning ma’nosi tushunarli bo‘lsa ham lekin gapda ifodalangan fikr noaniq bo‘lib, tushunilmay qoladi. Mana shu misolning o‘zi ham ma’lum bir gap tarkibidagi so‘zlar ma’nosining jami bilan shu gapda ifodalangan fikr bir-biriga teng emasligini ko‘rsatadi.

Tilning grammatika tuzilishining ahamiyati shuni ko‘rsatadiki, yakka odam nutqining qay darajada o‘sganligi, qay darajada takomillashganligi faqat so‘z boyligining boyligiga va xilma-xilligigagina bog‘liq, bo‘lib qolmasdan, balki avvalo, shu kishining o‘zi gaplashadigan tilining grammatikasini (morfologiyasini va sintaksisini) qay darajada bilib olganligiga bog‘liqdir. Odam nutqining silliq va tushu­narli bo‘lishi uning grammatikani qay darajada bilib ol­ganligiga bog‘liq bo‘ladi, gaplarda ifodalangan fikrning tushunarli bo‘lishi ishlatilayotgan so‘zlarning ma’nosi qay darajada tushunib ishlatilganiga bog‘liq bo‘ladi. Fikrlarimizni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ifodalab berishimiz va bu fikrlarni moddiy qobiqda, ya’ni til bilan ifodalab berishimiz, grammatikani qay darajada bilib olganligimizga bog‘liq bo‘ladi. Bizning nutqimizni boshqa odamlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tushunishi va boshqa odamlarning nutqini biz ham to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tushunishimiz shunga bog‘liq bo‘ladi.

Umuman biz odam nutqining qay darajada o‘sganligiga shu odamda bo‘lgan lug‘at sostavining boyligiga qarab baho berib qolmasdan, balki, shu bilan birga, shu nutqning turli - tumanliligiga, ya’ni shu odamning nutqida o‘zi gaplashayotgan tilning grammatika formalari va qoidalariga qanchalik rioya qilayotganligiga qarab ham baho beramiz.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish