Нутқ тўғрисида умумий тушунча


Yasli yoshidagi va maktabgacha tarbiya yoshidagi



Download 0,72 Mb.
bet17/32
Sana01.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#291080
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
Muomalani tadqiq etishning o`ziga xos psixologik jihatlari

2.2. Yasli yoshidagi va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqning o‘sishi.

Bola tovushlarni birga qo‘shib, narsalarning nomini va o‘z fikrlarini ifodalashga qadam qo‘yishidan boshlab, u tom ma’nosi bilan nutqni egallay boshlaydi.



Abstraksiyalashga va umumiylashtirishga imkon beradigan ikkinchi signal sistemasi o‘sa borishi bilan ma’noli nutq paydo bo‘la boshlaydi.

Tarbiyaning belgilovchi ta’siri ostida tafakkur o‘sa bosh­laydi va shu bilan chambarchas bog‘langan holda nutq ham o‘sadi.

Nutqning fonetika (tovush) jihatidan o‘sishi.

Bola til­ga kira boshlagan dastlabki paytlarda u nutq tovushlarini hali mukammal ayta olmaydi. Bolalar ba’zi tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qiladilar. Masalan, r – o‘rniga l, sh o‘rniga s, k o‘rniga t tovushini talaffuz qiladilar. Ma­salan, oyoq degan so‘zni oloq,, Karim o‘rniga Tayim, qand o‘r­niga ant, osh o‘rniga os, Raxim o‘rniga Layim deydilar va hokazo. Ko‘pincha so‘zlardagi ayrim tovushlarni va hatto butun-butun bo‘g‘inlarni tushirib qoldiradilar, masalan,– ber deyish o‘rniga be, olib kel deyish o‘rniga opte deb aytadilar va hokazo. Ko‘pincha tovushlarning o‘rnini almashtirib yuboradilar, masalan, holva o‘rniga havla, saryog‘ o‘rniga sayroq deydilar va hokazo.

Endi tili chiqib kelayotgan bolalar nutqining fonetik jihatdan to‘liq bo‘lmasligining (nutq tovushlarini to‘la ajrata olmaslikning) sababi shuki, bunday bolalarda nutq (artikulyatsiya) apparati yetarli sur’atda o‘smagan bo‘ladi. Shuningdek, bunga yuksak nerv faoliyatining o‘sishidagi xususiyatlar ham sabab bo‘ladi. Fonetika kamchiliklariga yana bir sabab shuki, bola ayrim so‘zlarda o‘zi idrok qilayotgan tovushlarni hali yetarli farq qila olmaydi, umumiylashtira va so‘z tarkibiga kirita olmaydi.



Bola, besh yoshga to‘lib, olti yoshga o‘tganida, odatda, u o‘z ona tilining fonetikasini egallab oladi.

Ba’zan tovushlarni talaffuz etishdagi nuqsonlar maktab yoshidagi bolalarda ham uchraydi. Bu nuqsonlar ayrim hollarda nutq apparatining nuqsonlariga bog‘liq bo‘ladi. Bunday hollarda nutqni to‘g‘irlamoq uchun mutaxassis vrachga murojaat qilmoq kerak. Ko‘pincha esa noto‘g‘ri tarbiya bola nutqidagi mana shunday fonetika nuqsonlarining ancha vaqtgacha saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Katta yoshdagi kishilarning o‘zlari ham juda ko‘p hollarda bolalarning chuchuk tiliga taqlid qilib, xuddi shu bolalardek, fonetika jihatidan nuqsonli til bilan gaplasha boshlaydilar va bolalarning nutq tovushlarini talaffuz qilishidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatmaydilar. Natijada bolalarning, nutqidagi kamchiliklar ularda qattiq o‘rnashib qoladi. Bolalarning nutqi to‘g‘ri o‘sib borishi uchun bolalar bilan va bolalar oldida to‘g‘ri gapirish va ularning nutqidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatib turish kerak. Bunday qilinganda bolalarning nutqi hamisha nazorat qilinib turadi, bolalar kattalarning to‘g‘ri nutqiga taqlid qilishga intiladilar, shu tariqa, o‘z nutqlaridagi kamchi­liklarni ham tez to‘g‘rilab va tuzatib oladilar.

Bolalar nutqida lug‘at sostavining oshib borishi. Bola­larning tili chiqqanidan boshlab, ularning o‘z nutqlarida foydalanayotgan so‘zlar tez ko‘paya boshlaydi. Ayni bir yoshdagi bolalarda so‘z boyligi turlicha bo‘ladi. Masalan, ba’zi psixologlarning qilgan hisoblarga qaraganda, ikki yashar bolalarning so‘z boyligi 250–400 so‘zga yetadi, bolalar yetti yoshga yetganlarida ulardagi so‘z boyligi 3000–3500 ga boradi, Shved tadqiqotchisi Togd Ergazmning aytishiga qaraganda, to‘rt yoshli bolani dunyoda eng «mahmadona» odam deyish mumkin, bu yoshdagi bola so‘zlarni xuddi o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi. Organizmning qilgan hisobiga qaraganda shu yoshdagi bola har kuni 12 mingga yaqin so‘z gapiradi, vaholanki u tushunib ishlatgan so‘z 920 tadan oshmaydi.

Shu olim to‘rt yoshdan olti yarim yoshgacha bo‘lgan 156 bola­ni tekshirib chiqib, quyidagi xulosalarga keldi: bola bir yoshga yetganida uch so‘z gapirsa, yarim yildan keyin 26 so‘z gapiradigan bo‘lib qoladi. Bola to‘rt yoshdan to‘rt yarim yoshga yetguncha uning so‘z boyligi ko‘payib, (lug‘at boyligi) 920 tadan 1240 taga yetadi. Olti yarim yashar bolalar gaplashganda 2000 so‘zdan foydalanadi, ammo 6000 so‘zning ma’nosini biladi.

Ayni bir yoshdagi bolalarning so‘z boyligi shu bolalar, asosan, qanday muhitda (qanday oilada, yaslida, bolalar boqchasida) tarbiyalanganligiga, shuningdek, har bir bolaning o‘sishidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. N, A. Tix o‘z tadqiqotlarida shuni aniqlaganki, tevarak-atrofdagi odamlar bilan kamroq so‘zlashadigan bolalar ikki yoshga yetganida nutqida ishlatadigan so‘z boyligi o‘rta hisobda 26 so‘zdan iborat bo‘ladi, uch yoshga yetganida esa ular­ning nutqidagi so‘z boyligi 195 taga yetadi. Tevarak-atrofdagi odamlar bilan doimiy gaplashib turish sharoitida tarbiyalangan bolalarnig nutqidagi so‘z boyligi esa ular ikki yashar chog‘ida 285 taga, uch yashar chog‘ida esa 2050 taga yetadi. Bolalarda so‘z boyligi ko‘paya borgan sari ular nutqining semantik jihati ham rivoj topaveradi, so‘zlarning ma’nosini tushunishlari ham rivoj topaveradi. Bolalar o‘z nutqlarini o‘sib borishining dastlabki bosqichlarida, ko‘pincha, so‘zlarni noto‘g‘ri ma’noda ishlatadilar. Ko‘pincha bola tasodifiy belgilariga qarab, ba’zi so‘zlarga butunlay boshqacha ma’no beradi.

Chunonchi, supurgi bilan polni supurayotgan ikki yashar qiz­dan «Nima qilayotibsan?» deb so‘ralganida, u «changitayotibman» deb javob bergan. «Nega changitayotyabsan?», «Toza bo‘lsin, pol iflos», ya’ni «Polning iflosini tozalamok, uchun changitayotibman» deb javob bergan. Bu qizcha changitish so‘zini «supurish» ma’nosida ishlatgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, qizcha onasiga taqlid qilib, supurgi bilan supura boshlaganida onasi hamisha «Changitma, changitma» deb uni koyib, qo‘lidan supurgini olar ekan. Shu sababli, qizchada changitish degan so‘z supurish degan noto‘g‘ri ma’noda o‘rnashib qolgan.

Dastlab bola bir so‘zni faqat bitta narsaning ifodasi deb va bir ma’nodagina tushunadi. Chunonchi, u stol degan so‘zni faqat o‘zi bilgan bitta stol deb, piyola deganda o‘zi-o‘zining piyolasini tushunadi. Lekin bola so‘zlarning umumiylashtirilgan ma’nosini juda barvaqt (ikki yoshga kirganidan boshlab) egallay boshlaydi, Bir so‘z bilan bir-biriga o‘xshash ko‘p narsalar ifodalana berganligi va shu so‘z qayta- qayta shu ma’noda takrorlana berganligi ta’sir qilib, shu tufayli, bolada so‘zlarning umumiylashtirilgan ma’nosini tushunish o‘sa boshlaydi. Nutq orqali aloqa bog‘lash tufay­li, bola, masalan, bitta stolning o‘zigina emas, balki hamma stolning ham stol deb aytilishini, piyola deb bitta piyolaning o‘zinigina emas, balki hamma piyolalarning ham aytilishini bilib oladi. Shu tariqa, bolaning nutqi o‘sa borishi, o‘z atrofidagi kishilarning tilini o‘zlashtira borishi bilan unda faqat narsalar to‘g‘risida idrok va tasavvurlar paydo bo‘lib va o‘sibgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, tushunchadar ham hosil bo‘la boshlaydi.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish