Janubiy Amerikaning eng yirik shahar aglomeratsiyalarining o’sishi.
Aglomeratsiyalar
|
1950
|
1970
|
1980
|
1990
|
2000
|
2012
|
Mexiko
San-Paulu
Rio-de-Janeyro
Buenos-Ayres
|
0,7
0,6
1,3
2,3
|
3,0
2,5
3,5
5,3
|
9,0
8,0
7,0
8,5
|
14,5
13,0
9,0
10,0
|
20,5
17,5
11,5
11,5
|
31,0
26,0
14,2
13,0
|
Janubiy Amerika urbanizatsiyasi ko’rsatkichlariga ko’ra rivojlanayotgan mamlakatlarni emas balki ko’proq iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarni eslatadi: urbanizatsiyaning o’rtacha darajasi bu mintakada juda yuqori-72%, sur’atlari esa endi bir oz sekinlashdi. SHu bilan birga aholi yirik shaharlarda va «millioner» shaharlarda (ular 30 tacha) tobora ko’p to’planmoqda. Mintakada o’ziga xos Janubiy Amerika tipi shakllangan. Janubiy Amerikadagi dunyodagi rivojlanayotgan boshqa mintakalarga ham xos bo’lgan va odatda «soxta urbanizatsiya» nomini olgan bir xususiyati yaqqol namoyon bo’ladi. «Soxta urbanizatsiya»-bu urbanizatsiyaning bir tipidan iboratki, unda shahar aholisining salmog’i shahardagi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi iqtisodiy faol aholining salmog’idan ancha ortib ketdi.
Qishloq xo’jaligi va umumiy xususiyatlari. Janubiy Amerikaning qishloq xo’jaligi past rivojlangan ekstensiv tarmoq bo’lib mamlakatlarda oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojlarni qondirmaydi. qishloq- xo’jaligi intensiv foydalaniladigan zonalar savannalar va subtoropik dashtlar hisoblanadi. Bu hududlarda issiqsevar ekinlar shakarqamish, paxta, don ekinlari ekiladi. Yaylov chorvachiligi rivojlangan. Janubiy Amerika makromintakasining qishloq xo’jaligini ikki guruhga bo’lish mumkin.
1. Eksport uchun mahsulot yetishtiradigan tarmoq.
2. Ichki foydalanish uchun mahsulot yetishtirish.
1-guruh xo’jaliklari asosan kakao, kofe, banan, shakarqamish, paxta, makkajo’xori, bug’doy, yirik shohli qoramol, qo’ychilik rivojlangan. Asosiy rolni eksportda kofe o’ynab Braziliya, Kolumbiyada ko’proq yetishtiriladi. Janubiy Amerika dunyoda yetishtiriladigan bananning yarmini yetishtiradi. Bu borada Braziliya, Ekvador, Panama, katta ahamiyatga ega. SHakarqamishni ham katta qismini beradi. Yirik eksport mahsulotlari paxta tolasi bo’lib qadimiy tarmoq hisoblanadi. Braziliya, Meksika, Kolumbiya, Peruda yetishtiriladi. Argentina bug’doy, makkajo’xori, Braziliya va Kolumbiya guruch eksport qiladi. Chorvachilik 1/3 qismi qishloq xo’jalik mahsulotlarini beradi. Meksikada tovar mahsulot beradigan donchilik uchun bilan chegaradosh sug’oriladigan shimoliy rayonlar ajratilgan. Bu yerlarda paxta, bug’doy, mosh va eksport qilinadigan boshqa ekinlar kiradi.
Chorvachilik asosan Argentina, Urugvay va Paragvayda yetakchi o’rinda turadi. Chorva mollarining Janubiy Amerikaning ayrim mamlakatlarining va rayonlari bo’yicha taqsimlanishida muayyan qonuniyat bor. Pampada qoramol boqiladi. Patagoniyada qo’ychilik rivojlangan. And tog’larida baland yaylovlarda (CHili, Peru, Ekvador, Boliviya)da qo’y va lama boqiladi. Janubiy Amerika davlatlari orasida qoramol va cho’chqalarning soni jihatidan Braziliya birinchi o’rinda turadi. Dehqonchilik- ko’pchilik mamlakatlarda qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’idir. Afrikadagi kabi u yerda ham eksport ekinlari bo’ladi. Eksport qilinadigan asosiy ekin-kofening ko’p qismini Braziliyadan yirik palantatsiyalar beradi.
Qora metallurgiya-korxonalari, odatda, davlatga qarashli bo’lib, mamlakatning o’zidagi hom ashyo bilan ishlaydi. Bu tarmoq kapitali va ishlab chiqarishda yuksak darajada kontsentratsiyalanganligi bilan ajralib turadi.
Mashinasozlik- ba’zi bir davlatlardagina-Argentina, Braziliya, Meksikada yaqin yillardan beri rivojlana boshladi.
To’qimachilik sanoati xilma-xil mahalliy hom ashyoni ishlatib, asosan ichki bozorni mahsulot yetkazib beradi. Bu tarmoq korxonalarda ko’p ishchilar ishlaydi. To’qimachilik sanoatining odatda mahalliy kapital nazorat qilib turadi.
Oziq-ovqat sanoati - Janubiy Amerikada eng keksa sanoat tarmoqlaridan biridir. Bu sanoat ham to’qimachilik sanoati kabi mamlakatning ichki ehtiyojlariga xizmat qiladi.[2]
Transporti. Janubiy Amerika mamlakatlarining tashqi bozorga qaramligi transport shahobchalari konfiguratsiyasi yaqqol ko’rinib turadi. Temir yo’llarning ko’pchiligi chet el kompaniyalari qurgan. Meksikada temir yo’llar chegarasiga tomon boradi. Mamlakat eksportining katta qismini ham shu tomonga keladi. So’nggi yillarda ichki rayonlarni o’zlashtirish munosabati bilan sharqiy shaharlardan g’arbga boradigan ko’plab avtomobil yo’llari qurildi.
Tashqi iqtisodiy aloqalari Janubiy Amerika mamlakatlari sanoat hom ashyosi, qishloq xo’jaliklari mahsulotlarini eksport qiladi. Chet ellardan esa tayyor sanoat buyumlari va yoqilg’i keltiradi. Mintaka tashqi savdosining 3/4 qismigina ga to’g’ri keladi. Eksport yuklarining anchagina qismi Buyuk Britaniya, Frantsiya, GFRga shuningdek Yaponiyaga jo’natiladi. Chet el monopoliyalari Janubiy Amerika ham o’z kapitalini qo’yadigan manba sifatida ham keng foydalanib, juda katta foyda oladi. Mintakadagi mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar u qadar katta emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |