Nurmuhammedov shahbozbek



Download 233,38 Kb.
bet58/63
Sana04.08.2021
Hajmi233,38 Kb.
#137718
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
NURMUHAMMEDOV JAHON IQTISODIY IJTIMOIY GEOGRAFIYA

t/r

Mamlakat nomi

Mamlakat poytaxti

Mamlakat maydoni

Aholisi soni

Pul birligi

 

Angliya orollari

Valington

0,09

0,0068

 

 

Amtkll orollari

Villemstad

1

0,118

Gulden

 

AKSH

Vashington

9363

270,3

Dollar

 

Bagam orollari

Nassau

14   .

0,256

Dollar

 

Barbados

Brijtuaun

0,4

0.06

Dollar

 

Bermud orollari

Gamilton

0,05

7.5

Dollar

 

Gaiti

Port-o-Prens

28

0,403

Gurd

 

Gvadelupa

Bas-ter

1.8

11.8

Fr.Frank

 

Gvatemala

Gvatemala

109

6,1

Kestal

 

Gonduras

Tvgusigalla

112

0.094

Impera

 

Grenada

Dent-Jorjes

0,3

0,057

Dollar

 

Grenlandiya

Gotxob

2176

8,24

Datskaya krona

 

Dominika

Santo-Domingo

48,7

30,2

Dollar

 

Kanada

Ottava

9976

 

Dollar

 

Kostarinka

San-Xose

51

11,1

Kolon

 

Kuba

Gaviia

110,9

95,8

Peso

 

Meksika

Mexiko

1073

4,5

Peso

 

Nikaragua

Managua

130

208

Kordoba

 

Panama

Panama

77,1

3,8

Bal’boa

 

Puerto-Rui»

San-Xuan

8,9

601

Dollar

 

Salvador

San-Saleador

21

0.156

Kolon

 

Sent-Lyusuda

Kastri

0,6

2.5

Dollar -

 

Yamayka

Kingston

11

 

Dollar

           

Aholi notekis joylashgan. Uning asosiy qismi. Materikning g’arbiy va sharqiy sohillarida  dehqonchilik uchun qulay bo’lgan tekislik va tog’oldi mintaqalarida  istiqomat qiladi. AQSH va Kanadaning buyuk ko’llarga  tutash hududlarida, Atlantika va tinch okeani sohillarida aholi zich joylashgan. Aholi ingliz-amerikaliklar, ingliz-kanadaliklar, fratsuz-kanadaliklar,  meksikaliklar va boshqa asosan ispan tilida  so’zlashuvchi  xalqlardan iborat. SHahar aholisining ulushi AQSH va Kanadada 80 foizgacha boradi, qolgan mamlakatlarda va ancha past darajaga ega.[1]

Xo’jalikning negizi AQSH va Kanadada sanoat, Meksikada sanoat bilan dehqonchilik, Panamada dengiz transporti, qolgan mamlakatlarda dehqonchilik asosan banan, kofe, shakarqamish, jo’xori,  yetishtirish rivojlangan.  

Markaziy Amerika mamlakatlarining asosiy  boyligi bu o’rmonlardir. 

Aholining asosiy qismi.  AQSH, Meksika va Kanadaga to’g’ri keladi. Qolgan mamlakatlarda 0,3 million kishidan (Beliz) 12,3 million kishigacha (Gvatemala) aholi yashaydi. Aholi asosan tabiiy ko’payish va qisman migratsiya (AQSH Kanada) hisobiga o’smoqda. Aholi sonining  o’rtacha yillik o’sish sur’atlari AQSH va Kanadada  0,6-0,7 foizdan Gvatemala Gonduras va Nikoraguada  2,5 - 3 foizgacha yetadi.

 Amerika mamlakatlarida sanoatida tog’-kon va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari yetakchi o’rinlarni egallaydi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda,  ya’ni eksport-import operatsiyalarida  dengiz transporti, ichki aloqalarda temiryo’l va avtomobil transport imuhim rol o’ynaydi. Quvur transporti AQSH, Kanada va meksikada yuqori darajada rivojlangan.



AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI

Maydoni – 9,5  mln kv km

Aholisi 323,1 mln. kishi (2016 yil)  

 Poytaxti-Vashington (sha%aratrofi bshanZ,5mln. kishi)

AQSH  hududining kattaligi jihatidan dunyo mamlakatlari o’rtasida 4-o’rinda (Rossiya, Kanada, Xitoydan keyin) turadi.

 AQSH iqisodiy-geografik jihatdan qulay, ammo bir-biridan uzoq 3 xududdan iborat.

• Asosiy  hudud (hududi 8,84mln. km2, aholisi 303,1 mln. kishi) Shimoliy Amerika  markazida joylashgan, shimolda Kanada va janubda Msksika davlatlari bilan(chegaralar tabiiy marralar-tog’lar, daryo va ko’llmrdan utadn ) chegaralangan va g’arbda Tinch okeani, sharqda Atlantika okeani  dengizlarining suvlari uning qirg’oqlarini yuvib turadi..Qirg’oqlari tabiiy buxta, gavanlarga boy bo’lib, kemachilikni ri-vojlantirish uchun qulay.

•   Alyaska shtati materikning shmoli-g’arbiy qismiga joylashgan Tinch


va Shimoliy Muz okeani suvlari bilan o’ralgan va quruqlikda Kanada
bilan chegaradosh (hudud 1519 ming km2, aholisi 600,0 ming kipga). Bering
bo’g’ozi orqali Rossiya (Ratmanov oroli) va  (Kruzenshtern oroli)
dengiz chegaralari o’tadi.

•   Gavayi orollari (16,7 ming km2, aholisi 1,3 mln. kishi) Tinch okeani-


ning markaziy qismida (24 ta orol) joylashgan.

AQSH iqtisodiy-geografik o’rni qulay bo’lib, jahon mamlakatlari brshan samarali transport-iqtisodiy aloqalarni olib borish imkonini beradi.

AQSH nisbatan yosh davlat, yevropaliklar tomonidan XVI asrdan boshlab o’zlashtirilgan. Dastlab Atlantika qirg’oq bo’yida Buyuk Britaniyaning 13 ta koloniyasi bo’lgan. 1776 yili  mustaqilligi e’lon qilin-di. XX asrga qadar g’arbga tomon kengaydi (hududlar sotib yoki bosib olindi va o’zlashtirildi). Alyaska 1867 yili Rossiyadan sotib olingan,Gavayi orollari esa uzoq vaqt  mustamlakasi bo’lgan. Utgan asrning 50-yillarida Alyaska va Gavayi orollari shtat maqomiga ega bo’ldi.

 AQSH federativ respublika, siyosiy-ma’muriy jihatdan 50 shtat (shtatlar quyi ma’muriy okrug grafiklarga bo’linadi) va Kolumbiya fe-deral okrugidan iborat. Amaldagi Konstitutsiya 1787 yilda qabul qilingan va shu kunga qadar 26 ta o’zgartirish kiritilgan, xolos. Mamlakat boshlig’i - Prezident. Qonun chiqaruvchi organ - Kongress.

  Tabiiy sharoiti va resurslari.AQSH  nihoyatda xilma-xil tabiiy sha-roitga va foydali qazilma resurslariga boy. Mamlakatning asosiy hudu-di ikkiga: tog’li, birmuncha qurg’oqchil g’arb va tekislikdan iborat yetarli iamlikka ega sharqiy qismga bo’linadi. Relefi murakkab orografik xu-susiyatlarga ega. Mamlakatning sharqida Atlantika okeani qirg’og’i bo’ylab o’rtacha balandlikdagi Appalachi tog’lari, markazda Markaziy va Buyuk tekisliklar (Preriy tshatosi), g’arbda yirik tog’ massivi - Kordi-lera, janubi-sharqda Atlantika bo’yi, Florida va Meksika qirg’oqbo’yipasttekisliklari joylashgan. 

AQSH iqlimi xilma-xil. Hududning katta qismida mo’’tadil va sub-tropik iqlim, Florida janubida tropik, Alyaskada subarktika va mo’tadil, Gavayi orollarida dengiz tropik iqlimi qaror topgan.   Yog’ingarchilik sharqda 500-2000 mm, g’arbda (Tinch okeani qirg’oq bo’yi-ning shimoli-g’arbidan tashqari) 200-500 mm atrofida.

Suv resurslsriga boy Missisipi va uning irmoqlari (Ogayo, Tennesi, M issuri va Arkanzas) gidroresurs va sug’orishda, Kolumbiya va Kolorado; daryolari  va energoresurs manbai sifatida muhim o’rin tutadi.

 Grunt suvlarining sathi qurg’oqchilik vaqtida ancha pastda bo’ladi, sernam faslda yoki namgarchilik davrda ko’tariladi. AQSH aholisining 50 % i ichimlik suvi sifatida yer osti suvlaridan foydalanishadi. AQSHning g’arbiy quroqchil o’lkalarida yer osti suvlari asosiy suv manbai hisoblanai[2].

   Foydali qazilmalari.  Foydali qazilmalarga juda boy. Ayniqsa, yoqilg’i ergetika resurslari, qora va rangli metallarning yirik zaxiral ri, tog’-kimyo xom -ashyosi va boshqa resurs zaxiralari bilan ajralibturadi.

Yirik ko’mir xavzalari(dunyo zaxiralarining25%to’g’ri keladi)SHar-qiy provintsiyada (App|alachi va Pensilvaniya), Ichki provintsiyada(Illi-noys va G’arbiy), Buyuk Teksliklar shmolida (Fort Yunon), Qoyali tog’lar (Yunita havzasi) va  Alyaskada joylashgan. Yiliga 1 mlrd  atrofidamir kazib oladi va dunyoda ikkinchi o’rinda (1 -o’rinda Xitoy) turadi.

AQSH neft va tabiiy gazning yirik zaxiralariga ega. Yirik neft-gaz zaxiralari Alyaskada (Pradxo-Bey), mamlakat janubi (Texas va Luizi-ana shtatlari) va Tinch okeani sohil bo’yida (Kaliforniya shtatida) joylashganyu

Temir rudasi Michigan va Minnesota shtatlarida, molibden va volfram tog’li shtatlarda, mis Arizona, Yuta, Nyu-Meksika, Montana shtatlirida, rux Tennesi va Nyu-Djersi, qo’rg’oshin ( qo’rg’oshin zahiralari jixatidan Avstraliya va Kanada bilan bir xil o’rinda turadi), qo’rg’oshin rux rudalari Aydaxo, Yuta, Montana, Missuri shtatlaridadir.

     Bugungi amerikalik millati - yevropalik kelgindilar, afrikalik negr-lar va mahalliy axoli aralashmasidan shakllangan.  axolisining o’rtacha zichligi xar bir km2ga 32 kishidan to’g’ri keladi. 

         AQSH - dunyodagi yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakat bo’lib shahar aholisi 79 % ga yaqin. Millioner shaxarlari: Nyu-Iork, Chikago, Los-Anjelos, Xyuston, Filadelfiya, Detroyt, Dallas, San-Diego va boshqalar[3].  

     Yirik shaharlar atrofida 80 dan 150 ga qadar kichik va o’rtacha shaharlar to’plangan bo’lib, bunday aglomeratsiyalar megalopolis, ya’ni o’ta yirik shaxarlar mintaqasi deb yuritiladi.  AQSHda 3 ta yirik megalopolis Bosvosh (Boston Vaishngton shaharlarini)yoki Atlantika sohil byidagi (800 km ga cho’zilgan) 40 dan ortiq shahar aglomeratsiyalarini o’z ichiga oladi hamda 80 mlp. ga yaqin axoli yashaydi, Chipits (Chikago-Pittsburg shaxarlari) yoki Ko’llar bo’yi (20 dan ortiq shaxar aglomeratsiyalari kiradi va 35 mln. dan ortiq aholi yashaydi) va San-San yoki Tinch okeani sohil bo’yi (10 dan ortiq shaharlar va 20 mln. dan ortiq aholi kiradi) shakllangan. Shuningdek, ksyingi yillarda Kaliforniya, Arizona, Texas va Florida  megalopolislari shakllanmoqda.

Qishloq aholisining ko’pchiligi agrar sektor bilan bog’liq emas. Ular juda ishchan bo’lib, shaharcha xizmatlarining mavjudligi bilan ajralib turadigan qishloqlarda istiqomat qiladi va fermer xo’jaliklari bilan aralashtirib bo’lmaydi.

     Xo’jaligi. AQSH ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganlik darajasi qtisodiyotining tarkibi,milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligi ilmiy-texnik va intellektual salohiyatga egaligi hamda hozirgi  vaqtdagi o’ziga xos siyosati bilan xalqaro munosabatlar va jahon iqtisodiyoti yo’nalishlarini belgilashda yetakchi rol o’ynaydi. Iqtisodiy rivojlaniishning Amerika modeli ko’pgina iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar uchun andoza rolini o’ynagan bo’lsa, uning modifikatsiyasi,ya’ni uzgargan shakllari yangi industrial mamlakatlarning istiqbolli rivojlanishida keng  qo’llanildi.

Sanoat -  iqtisodiyotining o’zak tarmog’i. Ayni vaqtda  iqtisodiyotining tarmoq tarkibi va yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish-dagi tarkibi g’oyat noyobligi bilan ajralib turadi. Iqtisodiyot tarmoq tarkibida xizmatlar sohasi 72,5 % ni, ishlab chiqarish 26,2 % ni va qishloq  xo’jaligi 1,4 % ni tashkil qiladi. Iqtisodiyotdagi bunday xususiyatni Niderlandiya (78 %) va Isroilda (81 %) uchratish mumkin.  sanoati 3 ijtimoiy ishlab chiqarish: ishlov beruvchi sanoat. qazib beruvchi sanoat va elektro energetikadan iborat. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda ishlov beruvchi sohaning ulushi 80,4 %, elektro energetika ulushi 13 %, qazib beruvchi sanoat ulushi esa 6,6 % ni tashqil qiladi[4]. Mamlakatda 2 1 mln. turli firma va kompaniyalar bo’lib, aloqaning pochta xizmatidan tashqarisi hududiy mulkka asoslangandir. Amerika sanoati ilmta-lab texnologiyalar prioretitetiga asoslangan. O’tgan asrning oxirgi o’n yilligida investitsiya  sanoatini harakatlantiruvchi kuchi bo’ldi. Investitsiyaning 50 % komponentlashtirish va axborot vositalarini sotib olishga yo’naltirildi. da an’anaviy (tog’-kon, metallurgiya) sa-noat tizimlarida o’ta zamonaviy (aerokosmik, mikroelektronika, yangi ma-teriallar ishlab chiqarish va boshq.) tarmoqlar rivojlangan. Telekommunikatsiya, transport vositalari, shuningdek, o’ta zamonaviy, uzoq muddatli foydalanuvchi is’temol tovarlari ishlab chiqarishga aloxida e’tibor berilmoqda.      

             AQSH razvedka qilingan neft zaxiralari bo’yicha iqtisodiy rivojlan-gan mamlakatlar o’rtasida birinchi o’rinda turadi. Yiliga 3 80 mln. t ortiq neft qazib chiqarilsa-da, ichki ehtiyojni qondira olmaydi. Kanada, Venesella va Fors ko’rfazi mamlakatlaridan import qiladi. Yiliga 540 mlrd. mta biiy gaz qazib chiqarishiga qaramay, Kanadadan gaz import qiladi. Yirik  neft monopoliyalari: «Eksson», «Teksako» «Galor Oyl» va boshq.

   AQSHda yiliga 4,3 trln. kVt/s (2007 y.) elektr energiyasi hosil qilinadi. Mamlakat yoqilg’i - energetika balansida IES (70 %), GES va AES (28 %) va alternativ energomanbalar hissasiga 2 % (geo IES, ko’mir va sha-mol energiyasi) to’g’ri keladi. AESlarda 110 ta energoblok mavjud[5].

    Qora metallurgiya sanoati (yiliga 90 mln. t po’lat eritiladi) garchi uzak tarmoq bo’lganligiga qaramay, bugungi kunda bir qator muammolar-ga ega. Yirik qora metallurgiya markazlari: Pittsburg, Buyuk Ko’llar rayoni, Atlantika qirg’oqbo’yi (import ruda asosida), Dallas va Xyus-tondir. Qora metall eritishni nazorat qiluvchi yirik kompaniya «Yunay-ted Steyts Stil korporeyshn» va boshq.

    AQSH rangli metallurgiyaning asosiy turlarini ishlab chiqaruvchi mamlaakatdir. Mis, rux, qo’rg’oshin eritish Montana, Yuta, Aydaxo, Arizona shtatlarida, Tinch okean qirg’oq bo’yining shimoli-g’arbi, Atlantika qirg’oq bo’yi rayonlaridir. Alyuminiy sanoati (yiliga 3 mln. t alyuminiy eritadi va dunyoda 1-o’rinda turadi) rivojlangan.

   Mapshnasozlik va metallni qayta ishlash dagi eng yirik sanoat tarmog’i bo’lib, ular xissasiga ipshov beruvchi sanoat maxsuloti qiymati va mehnatda bandlarning 4 % to’g’ri keladi. Mashinasozlik minglab firma va korxonalardan iborat bo’lishiga qaramay, yirik monopoliyalar: avtomabilsozlikda «Djeneral Motors», «Ford motors» «Kraysler», samolyotsozlikda «Boing», «Maqdonell Duglas», «Lokxid», elektrotexni-ka va elektronikada «Djeneral elektrik», kompyuterlar ishlab chiqarish va dasturiy ta’minot tizimida «Mikrosoft» kompaniyasi va boshq. roli katta.

    Avtomobilsozlikda «katta uchlik» korporatsiyalari mamlakat ichki ehtiyojining 75 % ini, yapon avtomobil zavodlari esa 25 % ini qondiradi. Detroyt shahri «avtomobilsozlik poytaxti»dir va yana 20 ta shtatda avto-mobilsozlik korxonalari mavjud. Yiliga 8 mln. dona turli markadagi yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqariladi.

    Samolyotsozlik dagi eng yirik tarmoqlardan bo’lib, kuchli monopollashgan («Boing», «Makdonell Duglas», «Lokxid» va boshq.)  Masalan, «Boing» korporatsiyasi korxonalari yiliga 400 ga yaqin havo layner-larini ishlab chiqardi. Asosiy markazlari: Los-Anjeyaos, San-Diego, Ana-xaym, Sietl, Dallas, Xyuston, Atlanta va boshq. Ayni vaqtda  dunyo bozoridagi fuqaro aviatsiyasining 2/3 qismini nazorat qiladi.

    Kemasozlik mashinasozlikning boshqa tarmoqlariga nisbatan bo’sh rivojlangan bo’lib, boshqa mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya, Brazi-liya, Tayvan) raqobatiga chidamaydi. Kemasozlik verflari Atlantika qirg’oqbo’yi, Meksika ko’rfazi va Buyuk Ko’llar rayonida joylashgan.

    Elektrotexnika va elektronika sanoati sanoat va maishiy maqsaddar uchun xilma-xil maxsulotlar ishlab chiqaradi. Xalqaro EHM bozorini amerika firmalari («1VM», «Mikrosoft» kabilar) nazorat qilsa-da, ichki va tashqi bozorda chet el firmalari (ayniqsa Yaponiya) raqobati kuchlidir. XX asr oxiri va XXI asr bopsharida barcha iqtisodiy rivojlangan mam-lakatlarda ITIning yangi bosqichi - biqiq avtomatlashgan ipshab chiqarish (BAII) va avtomatlashgan loyihalar tizimi (ALT), raqamli-programmalashgan boshqarish dastgohlari (RPBD) va maxsus transport tizimi ipshab chiqarish bopshandi.  avtomatlashtirilgan loyihalar, ipshab chiqarishni boshqarish tizimlari xalqaro bozorining 80 % ini nazorat qiladi. Iirik markazlari: Chikago, Los-Anjelos, San-Frantsis-ko, Nyu-York, Boston, Pittsburg va boshq.

      «Sanoatlashgan mintaqa» Shimoldagi yirik markazlarni (Nyu-York,CHikago, Detroyt, Filadelfiya) o’z tarkibiga oladi va metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarga ixtisoslashgan;

•   Meksika ko’rfazi (Texas va Luiziana shtatlari) - neftni qayta ishlash, neft-kimyo, aviaraketa, tikuvchilik, oziq-ovqat sanoati;

•   Tennesi daryosi vodiysi - energotalab kimyo, metallurgiya va harbiy
sanoat;

•   Tog’li shtatlar - asosan rangli metallurgiya xom ashyolari;

•   Tinch okeani shtatlari (Kaliforniya va Vashington shtatlari) - avia-
raketa, kosmik va radioelektronika, neftni qayta ishlash va neft-kimyo,
rangli metallurgiya, oziq-ovqat, yengil, o’rmon-sellyuloza sanoati rivoj-
langan.


Download 233,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish