Ma’ruza 23: Kanada
Reja:
24.1. Kanadaning umumiy geografik holati
24.2. Tabiiy resurslari, ulardan foydalanish va muhofaza qilish.
24.3. Davlat tuzumi va tarixi.
24.4. Demografik xususiyatlari va urbanizatsiyasi.
24.5. Xo’jaligining umumiy hususiyatlari va sanoati
24.6. Qishloq xo’jaligi.
24.8. Transport tarmoqlari va tashqi aloqalari.
24.9. Iqtisodiy tafovutlari.
Tayanch so’z va iboralar:Kanada, suvlikdagi chegara, foydali qazilmalari, tabiiy o’sishi, o’lim ko’rsatkichi, shaharlar, sanoat tarmoqlari, urbanizatsiya areallari, import, eksport, tashqi iqtisodiy aloqalar, iqtisodiy tafovutlar, davlat tuzumi, provintsiya, temir yo’llar, avtomobil yo’llari, gidroresurs, o’rmon resursi, Appalachi.
Kanada Shimoliy Amerika materigidagi maydoni jihatidan eng yirik bo’lgan mamlakatdir. Uning maydoni 9970610 km2. Poytaxti-Ottava. Aholisi-36,29 mln kishi (2016y). Kanada qirg’oqlarini 3 ta okean suvlari yuvib turadi. Sharqda Atlantika okeani, g’arbda Tinch okeani, shimolda va shimoli-sharqda Shimoliy Muz okeani bilan tutash. Janubda va shimoli-g’arbda bilan chegaradosh. Chegarsining 9/10 qismi suvlikda joylashgan, yassi tog’liklar va tekisliklardan iborat Kanada qalqoni g’arbda joylashgan Kanada Kordileralari; mamlakatning janubi bo’ylab Muqaddas Lavrentiy daryosigacha cho’zilgan tekisliklar; shu daryo vodiysi ortida va mamlakatning sharqida qad ko’targan Appalachi tog’ tizmasi. Kanada-ko’llar o’lkasi. Ulardan eng kattalari: Yuqori-dunyodagi eng katta suvi chuchuk ko’l, Katta Ayiq ko’li dunyodagi eng katta 10 ta ko’lning biri, Katta Asir ko’li, Vinnipeg, Turon, Eri, Ontario ko’llari. Asosiy daryolari: Muqaddas Lavrentiy, Saskachevan, Yukon, Freyzer. Daryolari asosan qor-yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Iqlimi-Kanadaning ko’p qismida arktika va subarktika, janubda mo’tadil, asosan, kontinental iqlim.
Kanada tabiiy resurslarga boy. Ular turli-tuman xo’jaliklarning rivojlantirish uchun yetarlidir. Suv resurslari ko’pligi tufayli gidroenergiya zahiralari yetarli. Gidroresurslarning potentsiali bo’yicha Kanada mamlakatlar ichida birinchi o’rinda turadi. Foydali qazilmalarning zahirasi katta. Neft, tabiiy gaz, ko’mir, molibden, qo’rg’oshin, kumush, oltin, miss, qalayi, nikel, temir rudalari, rangli metall rudalari, kaliy tuzlari, asbest kabilar ko’p uchraydi. Tekisliklar va yassi tog’liklar rayonlari agroiqlimiy resurslarga boy.
1-jahon urushi davrida Kanada iqtisodiyoti mustahkamlanib olishi natijasida Kanadada Angliya ta’siri susaydi va ta’siri ko’chaydi. 1919-1920 yillardagi Parij konferentsiyasida Kanada sulh shartnomalarini mustaqil imzoladi. Boshqa dominionlar bilan bir qatorda Kanada Millatlar Ligasiga vakil yuborish huquqini qo’lga kiritdi.
1929-1933- yillardagi jahon iqtisodiy bo’hroni natijasida sanoat ishlab chiqarish 2 barobardan ziyod kamayib ketdi. 1933- yil boshida ishsizlar 1,3 mln kishidan ortdi. qishloq xo’jaligi mahsulotlarining narxi nihoyatda pasayib ketishi natijasida 240 ming ferma barbod bo’ldi.
2-jahon urushida Kanada Buyuk Britaniya tomonida qatnashdi. Kanada antifashist davlatlarni, birinchi navbatda, Buyuk Britaniyani xom ashyo, oziq-ovqat, qurol-yarog’ bilan ta’minlab turdi. Mamlakatdagi harbiy sanoat rivojlandi, yangi tarmoqlar: stanoksozlik, sintetik, kauchuk ishlab chiqarish va boshqalar vujudga keldi. 1939-1945 yillarda sanoat ishlab chiqarish 2,5 barobar ortdi.
Mamlakat aholisi XX asr boshlarida tabiiy ko’payishi bilan birga migratsiya hisobiga ham ko’paydi. Kanadada tug’ilish 2004 - yil ma’lumotiga ko’ra har 1000 kishiga - 14 kishi, o’lim - 7 kishiga to’g’ri keladi. O’rtacha umr 74-81 yoshga teng. Aholi ko’payishi bo’yicha Kanada va Yaponiyadan oldinda turadi. O’rtacha zichlik 2-3 kishi-har km2ga to’g’ri keladi. Aholining 90%i bilan chegarada, tor polosada joylashgan. Aholi asosan Ontario va Kvebek shaharlarida zich yashaydi. Mamlakatning shimoliy hududalarida 15-20 km2ga 1 kmni to’g’ri keladi. Urbanizatsiya yuqori, 78,6% aholi shaharlarda yashaydi. 22 tadan ortiq shaharlar katta shaharlar hisoblanadi. Kanada aholisining 1/2 qismi asosan 3 ta urbanizatsiya areallarida yashaydi.
1) Buyuk ko’llar atrofi, o’nlab yirik shaharlar va kichik shaharlardan iborat. Masalan; Gamilton-Toronta-Ottava.
2) Kvebek provintsiyasi. Monreal-Trua-Tiver-Kvebek.
3) Tinch okeani bo’yi areali. Vankuver-Viktoriya. Kanadaning yirik shaharlari: Monreal, Kalgari, Toronto, Vankuver, Vinnipeg, Gamilton va boshqalar.
Kanada dunyoda sanoat ishlab chiqarish bo’yicha 7-o’rinda turadi. Davlat iqtisodiy hayotda katta rol o’ynaydi. Mamlakat iqtisodiyotida kapitalining roli katta. Kanada-yuksak taraqqiy etgan industrial-agrar mamlakat. Chet el kapitalining suqilib kirishi darajasi jihatidan rivojlanishda kapitalistik mamlakatlar orasida 1-o’rinni oladi. Mineral xom ashyo eksport qilish bo’yicha eng katta mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, qishloq xo’jaligining ulushi 2,2 %ni tashqil etad[1]
Sanoat mahsulotlarining 20%ini qayta ishlovchi sanoat, 4%ini qazib beruvchi sanoat beradi. Elektro-energiya sanoatining 2/3 qismini GESlar beradi. Bundan tashqarii AES va TESlar ham mavjud.
Mashinasozlik ishlab chiqaruvchi sanoat mahsuloti qiymatining 1/4 qismini beradi. Uning asosiy tarmog’i-transport mashinasozligi (avtomobil, kema, aviatsiya, vagon va lokomativsozlik). Boshqa sanoat tarmoqlaridan qishloq xo’jaligi mashinasozligi, neft va gaz sanoati, kon, o’rmon va tsellyuloza-qog’oz sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish korxonalari yaxshi rivojlangan. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Toron-to, Monreal, Uinsor, Gamilton va boshqalar.
Kanada qishloq xo’jaligi serhosil, fermalari mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan. qishloq xo’jaligi yaroqli yerlarning 3/4 qismiga yaqin yirik xo’jaliklarga birlashgan. 70 mln. gektar yer fermerlar bilan band. Dehqonchilik ustun. /alla, texnika ekinlari, o’t va yem-xashak, sabzavot, kartoshka, raks yetishtiriladi. Fermalarning 9/10 qismi elektrlashtirilgan. Don xo’jaligi rivojlangan asosiy joylar: dasht viloyatlari, ayniqsa, saskachevan va manitoba. Yetishtirilgan bug’doyning 1/2 qismidan ziyodrog’i, arpa hosilining 1/3 qismi chetga chiqariladi. Sut chorvachiligi Ontario, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi viloyatdlarida rivojlangan. Chorvachilikda qoramol, cho’chqa, qo’y va ot boqiladi. qishloq xo’jalik mahsuJanubiying 60%ga yaqinini chorvachilik yetishtirib beradi. O’rmon xo’jaligi Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontarioda yaxshi rivojlangan. Jahonda tayyorlanadigan yog’ochning 1/10 qismi Kanadaga to’g’ri keladi. Baliqchilik, hayvonotchilik, parrandachilik, mo’ynachilik rivojlangan.
Kanada transportida temir yo’llar va avtomobil yo’llari muhim ahamiyatga ega. Temir yo’llarining uzunligi-97389 km, avtomobil yo’llarining umumiy uzunligi-884272 km, ichki suv yo’llari-3000 km. Daryo va dengiz transporti, shuningdek, Buyuk yo’llar, Lavrentiy daryosidagi suv yo’llari muhim ahamiyatga ega. Asosiy portlari: Galifaks, Kvebek, Sent-Djons, Vakkuver dengiz portlari, Tander-Bey va Toronto ko’l portlari. Avtotransportining ahamiyati, ayniqsa, shimoliy qismlarda katta. Asosiy aeroportlari: Monreal, Toronto, Vankuver, Vinnipeg va Ottavada. Kanada iqtisodiyotida tashqi savdoning ahamiyati kattadir. Mamlakatning tashqi savdo oboroti-144 mlrd dollar. Eksportining 2/3 qismidan ko’prog’i xom ashyo, yarim fabrikatlardan, oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat.Kanada chetga avtomobil, qog’oz, bug’doy, yog’och-taxta, tsellyuloza, nikel, alyuminiy, neft va neft mahsulotlari, temir rudasi, mis, asbest, uran, kaliyli tuzlar, tabiiy gaz, sanoat jihozlari va boshqalarni chiqaradi. Importning 3/4 qismi tayyor buyumlardan ibora[2]. CHetdan mashina va sanoat uskunalari va mollari, ko’mir, kofe, kauchuk, banan va kakao sotib oladi.
Kanadaning asosiy savdo-sotiqdagi hamkorliklari: Yaponiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Germaniya.
Kanada 5 ta iqtisodiy rayonga bo’linadi.
1. Markaziy rayon. Bu rayonga aholining 2/3 qismi, sanoat ishlab chiqarishning ham 2/3 qismi, ximiya sanoatining 4/5 qismi, qog’oz-selluloza sanoatining 2/3 qismi, tog’-qazlov sanoati mahsulotlarining 1/2 qismi to’g’ri keladi. qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 50%ini beradi. Bu rayonda Monreal, Toronto, Ottava kabi yirik sanoat markazlari joylashgan.
2. Dasht rayoni. Agrar industrial rayon hisoblanadi. Bu rayonga 1/6 qism aholi, 1/10 qism sanoat mahsulotlari to’g’ri keladi. qishloq xo’jaligi katta rol o’ynaydi. qishloq xo’jaligida don, go’sht, jun yetishtirish rivojlangan. Rivojlangan sanoat tarmoqlari: ximiya sanoati va oziq-ovqat sanoati. Bu rayonda Vinnipeg, Edmonto kabi sanoat markazlari mavjud.
3. Uzoq Garb rayoni yoki Tinch okean rayoni. Bu rayonga 1/10 qism aholi va 1/10 qism sanoat to’g’ri keladi. Kemasozlik, aviasozlik, faner, qog’oz ishlab chiqarish rivojlangan. Bu rayonda Vakkuver, Viktoriya kabi yirik sanoat markazlari mavjud.
4. Atlantika iqtisodiy rayoni. Bu rayonda qishloq xo’jaligi va baliqchilik, kemasozlik kabilar rivojlangan. Nyufaulend, Nyu-Bransuik provintsiyalarini va Galifaks, Sent-Djons kabi sanoat markazlarini o’z ichiga oladi.
5. Kanada shimoli iqtisodiy rayoni.
Shimoli-g’arbiy Yukon hududlarini o’z ichga oladi Aholining 2/3 qismi, sanoatining ham 2/3 qismi to’g’ri keladi. Bu rayonda baliqchilik va ovchilik rivojlangan. Foydali qazilmalardan temir, polimetall rudalari, volfram, asbest kabilar mavjud. Bu rayon yana o’rmon va gidroresurslarga ham boy.
O’zbekiston va Kanada o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar 1996- yildan bir muncha osha boshladi. 1998- yilda O’zbekistonning Kanadaga eksporti xizmat ko’rsatish, qora metall va undan yasalgan buyumlarni yuborishdan iborat bo’ldi. O’zbekiston Kanadadan elektr asbob-uskunalari, plastmassa, oyna, poligrafiya sanoati mahsulotlari, sut, go’sht va baliq mahsulotlari sotib oldi. 1999- yil yakuni bo’yicha mamlakatlar o’rtasidagi tovar aylanma 15,68 mln. dollarini tashqil etdi. O’zbekistondan Kanadaga eksport keskin o’sib, ijobiy savdo 6,77 mln. dollariga yetdi. 1999- yil 17- iyunda ikkala mamlakat hukumatlari o’rtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yo’l qo’ymaslik hamda daromad va sarmoya solig’i to’lashdan bo’yin tovlashning oldini olish haqida konventsiya imzolandi.
Kanadaning turli kompaniya va notijorat tashqilotlari O’zbekistonning mineral xom ashyo va neft-gaz konlarini ishga tushirishda qatnashishga g’oyat qiziqib qaraydi. Navoiy viloyatidagi Tandir maydonini geologik jihatdan birgalikda o’rganish to’g’risida 1998 -yil oktyabrda O’zbekiston geologik va mineral resurslar davlat qo’mitasi bilan «Xebron Fiorid Geosourses Inn» kompaniyasi o’rtasida tuzilgan shartnomada Kanada tomoni salkam 4,5 mln. dollori sarflashi ko’zda tutilgan. Kompaniya mutaxassislari bulgilangan ish dasturini bajarishga kirishdi.
Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi Kanadaning «Pratt end Uitni» kompaniyasi bilan Il-114 samolyotlari uchun PW-127 dvigatellarini yetkazib berish sohasida bevosita hamkorlik qila boshladi. O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Kanadaning «Nortel Telekom» kompaniyasi bilan 1993 yildan buyon hamkorlik qilib kelayotir. Keyingi 8 yil mobaynida ushbu kompaniya bilan jami 29 mln. dollori qiymatiga ega bo’lgan 8 ta shartnoma amalga oshirilib, O’zbekiton-Amerika, «O’zdunrobita» qo’shma korxonasi uchun asbob-uskunalar yetkazib berildi. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Kanadaning bir qancha Moliya muassasalari bilan aloqa o’rnatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |