Tayanch so’z va iboralar: jahon sanoatining shakllanish, jahon xo’jaligining geografik modeli, fan-texnika tarraqiyoti, sanoat tarmoqlari, eski tarmoqlar, ko’mir, metallurgiya, to’qimachilik, oziq-ovqat, kemasozlik, kimyo sanoatining ayrim tarmoqlari, yangi marmoqlar, avtomobil, aviatsiya, neft, o’rmon, kimyo, alyuminiy ishlab chiqarish.
Sanoat jahon moddiy ishlab chiqarishining yetakchi tarmog’i bo’lib, unda 350 mln.dan ko’proq aholi band. Jahon sanoat mahsuli Janubiying o’rtacha yillik hajmi 7,7 trn.dollarga teng.
Sanoat asosan ishlab beruvchi va undiruvchi (tog’-kon) tarmoqlaridan iborat. Sanoat tarmoqlari paydo bo’lish davriga ko’ra 3 guruhga bo’linadi: 1) eski tarmoqlar (ko’mir, metallurgiya, to’qimachilik, oziq-ovqat, kemasozlik, kimyo sanoatining ayrim tarmoqlari); 2) yangi marmoqlar (avtomobil, aviatsiya, neft, o’rmon, kimyo, alyuminiy ishlab chiqarish va boshqalar).
Rivojlangan mamlakatlar sanoati strukturasida ishlab beruvchi sanoat 83,4%, undiruvchi sanoat – 8,1%, elektroenergiya va gaz ishlab chiqarishi 8,5% salmoqqa ega. Sanoat strukturasining eng asosiy hususiyati unda fan-texnika taraqqiyotini belgilab beruvchi fantalab tarmoqlardan ko’pchiligini qamrab oladigan mashinasozlikning yetakchiligidadir. Mashinasozlikning ustuvorligi iqtisodiy rivojlangan ko’pchilik mamlakatlarga xos xususiyatdir.
Jahon yoqilg’i-energetika sanoati.
Yoqilg’i-energetika sanoati jahon xo’jaligining asosi bo’lib u – yoqilg’i-energetika resurslarini qazib olish, ulardan energiya ishlab chiqarish va iste’molchilarga uzatishdan iborat. Insoniyatning butun tarixi turli xildagi yoqilg’i va energiyani o’zlashtirish bilan bog’liq. XIX asrda va XX asrning boshlarida energiya resurslarining asosini ko’mir, XX asr o’rtalaridan boshlab ko’mir, neft, gaz, 60-90 yillarda – ko’mir, neft, gazdan tashqari yadro va suv resurslari bo’lib qoldi.
Jahonda birlamchi energiya resurslarini iste’mol qilish muttasil olib borayotir. XX asrning boshida (1900 yilda) ularning hajmi 1 mlrd.tonna shartli yoqilg’iga, 2000 yilda u 14 mlrd.tonnaga yetdi. Energiya iste’molining o’rtacha o’sishi XX asrning birinchi yarmida yiliga 2-3%, 1959-1075 yillarda 5% bo’lgan. Dunyoda birlamchi energiya resurslarini iste’mol qilishning umumiy hajmi 2000 yilda 14,5 va 16,8 mlrd.tonna shartli yoqilg’iga, 2020 -yilda esa 19,7 va 26,7 mlrd.tonna shartli yoqilg’iga teng bo’ladi.
1990- yillardan boshlab yoqilg’i va energiya iste’moli asosan neft va gaz qazib olish sur’atining jadal oshishi va ularni dunyoning turli qismlariga tashish hisobiga o’sdi. Bu davr odatda arzon neft davri deb ataladi. XX asrning 70 -yillaridan boshlab jahon energetikasida katta o’zgarishlar yuz berdi:
Jahon energetikasining asosini uch tarmoq – neft, gaz, ko’mir sanoatlari tashkil qiladi.
Neft sanoati. Neft sanoati jahon yoqilg’i – energetikasining yetakchi tarmog’i bo’lib u jahon xo’jaligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Jahonda neft qazib olishning ko’payishiga asosiy sabab – neft mahsulotlari sanoatning xo’jalikning ko’plab tarmoqlari va qurolli kuchlarida unga talabning ortib borishi hisoblanadi. Bundan tashqari. Ko’mirga nisbatan neft qazib olish va tashish ancha arzon bo’lishi ham neft qazib olishning ortishiga olib keldi.
Neft sanoati eng yuqori darajada monopoliyalashgan tarmoqdir. Hozirgi kunda Saudiya Arabistoni, Eron, BAA, Iroq, Quvayt kabi mamlakatlarning har birida neft zahirasi 10 mlrd. t.dan ortiqdir. MDH davlatlarida Rossiyada neft zahirasi 8-10 mlrd.t.ni tashkil qiladi[1].
Dunyoda neft qazib oluvchi mamlakatlar 1900 yilda 20, 1940- yilda 40, 1970-yilda 60 ta bo’lgan. Hozirgi kunda yiliga 3-3,5 mlrd.t. neft qazib olinadi. Eng yirik neft qazib oluvchi mamlakatlar – Saudiya Arabistoni, AQSH, Rossiya, Eron, Meksika, Xitoy, Venesuella hisoblanadi. Fors qo’ltig’ining 5 mamlakati jahon neftining 25, OPSK mamlakatlari 40 ni yetkazib berdi.
Qazib olinayotgan neftning yarmi eksport qilinadi. Asosiy eksporterlar OPSK mamlakatlari, Rossiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Venesuella, Quvayt va boshqalar. Neftni sotib oluvchi asosiy davlatlar – Yaponiya, G’arbiy Yevropa mamlakatlari, Koreya Respublikasi hisoblanadi.
Jahon gaz sanoati. Gaz sanoati XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlana boshladi. Jahon yoqilg’i iste’moli strukturasida neft va ko’mirdan keyin uchinchi o’rinni egallaydi.(22%). Gaz ekologik jihatdan eng toza energiya resurslaridir.
Gazning aniqlangan zahiralari bo’yicha MDH va Janubiy-G’arbiy Osiyo, Rossiya, Eron, Saudiya Arabistoni, BAA, AQSH, Jazoir, Kanada, Venesuella, Meksika, Indoneziya, Norvegiya, Malayziya, Xitoy, Niderlandiya, Turkmaniston, O’zbekiston va boshqalar ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |