Ma’ruza 8: Jahon qishloq xo’jaligi
Reja:
8.1.Jahon qishloq xo’jaligining umumiy tavsifi.
8.2.Yer fondi va undan foydalanish.
8.3.O’simlikshunoslik
8.4.Jahon chorvachilik geografiyasi.
Tayanch so’z va iboralar:Jahon qishloq xo’jaligining shakllanishi, jahon qishloq xo’jaligining geografik modeli, qishloq xo’jaligida fan-texnika tarraqqiyoti, donchilik tarmoqlari, chorvachilik tarmoqlari, o’simlikshunoslik, yer fondi va undan foydalanish.
Qishloq xo’jaligi aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bilan birga, yengil sanoat uchun xomashyo yetkazib beradi. Yer yuzasi aholisini oziq-ovqat bilan yaxshiroq ta’minlashni yaxshilash maqsadida qishloq xo’jalik mahsulotlarining yilli o’sish darajasini 3-4%ga yetkazish zarur.
Yer shari iqtisodiy faol aholisining 60% dan ortig’i kishloq xo’jaligida band. Afrika va Osiyoning ko’pchilik davlatlarida bu ko’rsatgich 70% ni tashkil qiladi. Shu bilan birgalikda sanoati rivojlangan mamlakatlarda bu ko’rsatgich yil sayin pasayib bormoqda. Jumladan AQSHda qishloq xo’jaligida iqtisodiy faol aholining 5%i, Buyuk Britaniyada 4%i band.
Hozirgi zamon qishloq xo’jaligining joylashishi iqtisodiy, tabiiy va siyosiy omillarga bog’liq.
Qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligiga hali ham iqlim sharoiti yetarli ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Yer sharining ayrim qismlarida noqulay qish, sovuq urushlar, ob-havoning keskin o’zgarishi, qurg’oqchilik, do’l, sel, kuchli shamollar va boshqalar dehqonchidlik ekinlari hosildorligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi.
Ba’zi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini turli rayonlarda yetishtirish ularning transport-geografik holatiga, iste’molchiga yaqinligiga xam bog’liq. Jumladan, kofe, kakao plantatsiyalari, odatda, dengiz soxillariga, daryo va temir yo’l yaqinlarida joylashtiriladi. Chunki ushbu mahsudotlarning asosiy qismi eksportga mo’ljallangan. Texnika taraqqiyotiga qaramasdan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish darajasi rivojlangan mamlakatlarda esa qoniqarsiz holatda. Bu hosil kam bo’lgan yillarda yomon oqibatlarga olib keladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda mahsulot ishlab chiqarish sur’ati holining o’sish sur’ati bilan barobar, jumladan, ushbu mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish o’z ishlab chiqarish hisobiga ko’paytirilmayapti. Shu sababli, ushbu mamlakatlarda ochlik va to’yib ovqat yemaslik darajasi pasayishiga kelmoqda. Aholi zich joylashgan hududlarda yer yetishmaydi.
Janubiy Amerika, Tropik Afrika mamlakatlarda bo’sh yer resurslaridan oqilona foydalanish uchun ko’p kapital mablag’ talab qilinadi.
Jahon yer fondi va undan foydalanish
Jahon yer fondining umumiy maydoni – 134 mln.km2 (13,4 mlrd.ga) bo’lib, uning asosiy qismi Afrika, MDH, Xorijiy Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikada joylangan.
Jon boshiga yer fondi eng ko’p Avstraliyaga to’g’ri kelsa, eng kam Xorijiy Osiyoga to’g’ri keladi.
Ishlov beriladigan yerlar maydoni bo’yicha AQSH (190 mln.ga), Hindiston (100 mln.ga), Rossiya (134 mln.ga), Xitoy (95 mln.ga), Kanada (46 mln.ga), Qozog’iston (36 mln.ga), Ukraina (34 mln.ga) ajralib turadi. Yevropadan tashqari, jahonning barcha mintaqalarida tabiiy o’tloq va yaylovlar ishlab berilgan yerlarga nisbatan ko’proq.
Jahon yer fondining asosiy muammolaridan biri tuproq hosildorligining kamayishi, tuproq eroziyasi, uning ifloslanishi, tabiiy o’simliklar biologik hosildorligining yo’qolishi, sug’oriladigan maydondalrning sho’rlanishi, botqoqlanishi, yerlarning turar joy, sanoat konxonalari va transport tizimlari qurilishiga berilishi va hokazolar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |