Jahon baliq ovlash va baliqchilik sanoati.
Baliq oziq-ovqatning eng muhim elementi hisoblandi. SHu sababli jahonda ovlanadigan baliqning 75-80 foizi odamlar ovqatlanishi uchun sarflanadi, 20-25 foizi esa qayta ishlanib, baliq uni qo’shimcha ozuqaga, baliq moyiga aylantiriladi va chorva ozuqachi yoki farmatsevtika sanoatida ishlatiladi.Har yilda ovlanadigan baliq 100 mln.t.ga yetadi. Dunyoda aholi jon boshiga 17-18 kg baliq to’g’ri keladi. Yaponiyada bu ko’rsatgich 60-70 kg, Rossiya va AQSHda 17-18 kg, Nepalda 0,2 kg.
Hozirgi kunda ovlanadigan baliqlarning 52 foizi shimoliy mintaqa (300sh.k.)dan 30% tropik mintaqa va 18% janubiy (30 j.k.) mintaqadan ovlanadi.
1990 yildan boshlab ovlanadigan baliqlarning 27%i Atlantika okeani hissasiga, 67% i Tinch okeani hissasiga va 6% i Hind okeani hissasiga to’g’ri keladi.
Atlantika okeanidan ovlanadigan baliqlarning asosiy qismi Yevropa qirg’oqlari va Shimoliy Sharqiy Amerika qirg’oqlaridagi Shimoliy-G’arbiy rayondan ovlanadi.
Tinch okeanida baliq asosan Osiyo qirg’oqlaridagi Shimoliy-G’arbiy rayonga to’g’ri keladi. Bu rayondan Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi boliq ovlaydi. Tinch okeanidagi ikkinchi baliq ovlaydigan mintaqa Shimoliy Amerika qirg’oqlaridagi Shimoliy-Sharqiy rayon. Uchinchi baliq ovlaydigan rayon Peru va Chili qirg’oqlaridagi Tinch okeanining Janubiy-Sharqiy qismi hisoblanadi.
Baliq ovlashda XX asrning 50 yillarida birinchi o’rinni Yaponiya, AQSH, sobiq SSSR, Xitoy, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Kanada, GFR kirgan bo’lsa, hozirgi vaqtda uning tarkibiga – Chili, Peru, Koreya Respublikasi, Tayland qo’shildi. Birinchi o’rindan Buyuk Britaniya, Kanada, GFR, Daniya chiqib kentdi. “Birinchi o’nlikdan keyingi o’rinlarda rivojlanayotgan mamlakatlar – Filippin, Meksika, Braziliya turadi. Xitoyda ham baliq ovlash tez rivojlanmoqda. An’anaviy baliq ovlovchi mamlakatlar – Norvengiya, Daniya, Islandiya hozirga qadar Yevropaning ko’p mamlakatlariga baliq va baliq mahsulotlarini yetkazib bermoqda.
Dengiz “Fermalari” – Italiya, Frantsiya, Ispaniya, Portugaliya, Niderlandiya, Daniya, Buyuk Britaniya, AQSHda bor
1946- yilda Xalqaro Kit Ovlash Komissiyasi (XKOK) tuzildi. U dastlab Atlantika okeanida kit ovlashni taqiqladi. 1982 - yilda XKOK qaroriga asosan 10 yillik maratoriy e’lon qilindi va kit avlashga litsenziya berish qat’iy tartibga olindi. 1980-yildan (1,5 ming bosh) ovlash belgilandi. 1994-yilda Dunyo okeanining Janubiy qismida uzoq muddatli kitlar qo’riqxonasi (400 j.k.dan janubda) tashkil etildi
Do'stlaringiz bilan baham: |