Temir yo’l transporti. Yuk va yo’lovchilarni parovoz, teplovoz va elektrovozlar bilan temir yo’lda tashuvchi transport turi.
Birinchi temir yo’l Buyuk Britaniyada 1825 yilda qurilgan. Rossiyada Peterburg-Pavlovsk yo’nalishida temir yo’l 1837-1839 yillarda qurib ishga tushirilgan. O’zbekistonda temir yo’l qurilishi 1890- yilda boshlandi. 1899- yilda Samarqand-Andijon, 1906 -yilda Orenburg-Toshkent temir yo’li qurib bitkazildi.
Ilmiy-texnik taraqqiyot temir yo’l transportiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Masalan, Fransiyada poezd tezligi 1955- yilda soatiga 331 km.ni, 1980- yilda 515 km.ga yetgan. Oddiy tezyurar poezdlarning tezligi soatiga 200-300 km.ni tashkil qiladi.
Jahonda temir yo’llarning umumiy uzunligi tahminan 1,2 mln.km.ga teng. Shuning yarmi oltita davlat (AQSH, Rossiya, Kanada, Hindiston, Xitoy, Avstraliya)ga to’g’ri keladi.
Temir yo’llarning zichligi bo’yicha G’arbiy Yevropa davlatlari va AQSH yetakchilik qiladi. Temir yo’llarning zichligi deganda 100 km2 maydonga to’g’ri keluvchi temir yo’l uzunligi tushuniladi. Bu ko’rsatgich G’arbiy Yevropada 10 km.ni tashkil qiladi. Rivojlangan davlatlarda temir yo’llarning asosiy qismi elektrlashtirilgan[1].
Avtomobil transporti. Avtomobil transporti yuk va yo’lovchi tashishda muhim ahamiyatga ega.
Avtomobil transporti yuk aylanmasining deyarli yarmi sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlari hissasiga to’g’ri keladi. Avtomobil transportining yuk aylanmasi bo’yicha AQSH birinchi, Rossiya ikkinchi o’rinda turadi.
Avtomobil transporti eng avvalo sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalarini magistral transport yo’llari bilan bog’laydi, shahar va shahar atrofidagi yuklarning asosiy qismini tashiydi, qisqa (100 km.) va uzoq masofalarga yuk tashishda qulay, yuklarni bevosita iste’molchiga yetkazib bera oladi.
2.Suv transporti.
Suv transporti dengiz va daryo transportidan iborat.
Dengiz transporti – jahon transport tizimining juda muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Jahon yuk aylanmasining 2 foizi dengiz transporti hissasiga to’g’ri keladi.
Dengiz kemalari asosan ommaviy yuklarni qo’yib tashiladigan, suyuq (neft, va neft maxsulotlari), uyib (qoplanmasdan va to’kib ortiladigan – ko’mir, ruda, don, fosfarit v.b.) yuklarni tashiydi. Dengiz transportida – konteynerlarda yuklangan asosiy yuklar tayyor buyumlar, yarim fabrikatlar, oziq-ovqatlar ham tashiladi.
Jahon dengiz kema transportida 1960- yilda 110 mln.t. yuk tashilgan bo’lsa, 1990 -yilga kelib 43700 mln.t.ni tashkil etdi. Agar 1950-1970 yillarda suyuq yoqilg’ilar salmog’i yuk tashish oborotida 41%ga teng bo’lgan bo’lsa, 1990 yillarning boshlariga kelib suyuq yoqilg’ilar 37%, asosiy yuklar 25%, quruq yuklar –24%, boshqa yuklar – 14% ni tashkil qildi.
Dengiz transporti yuk aylanmasida Yaponiya jahonda birinchi o’rinda turadi. Keyingi o’rinlarni G’arbiy Yevropa, Xitoy, Rossiya egallaydi.
Hozirgi dengiz kemachiligida yuk tashishni tashkil etishning tramp (inglizcha tramp – daydi) va muntazam (liniyali) shakllari mavjud.
Tramp kemachiligida yuk borligiga qarab turli yo’nalishlarda ishlaydi va yuk tashish bahosi fraxt stavkasi ko’rinishida bo’ladi. Muntazam (liniyali) kemachilikda esa kemalar ma’lum doimiy liniyalarda jadval bo’yicha portlarga boradi va ketadi, yuklarni ortadi-tushiradi. Tramp kemalarida asosan ammaviy, reysli (muntazam) kemalarda asosiy yuklar tashiladi. Shu sababdan tramp kemasozligida yuk tashish hajmi muntazam yuk tashish shaklidagidan ancha ko’p.
Atlantika okeanida dengiz kemachiligining bir nechta yo’nalishlari shakllangan:
1.Shimoliy Atlantika asosiy yo’nalish bo’lib Yevropani Shimoliy Amerika bilan bog’laydi va u 400- 500 sh.k. o’rtasidan o’tadi. Bu yerda muntazam kemachilik ustun turadi.
2.Janubiy Atlantika (Afrika-Evropa) yo’nalishi. Shular bilan bir qatorda Atlantika orqali Osiyodan Yevropa va AQSHga neft va boshqa ommaviy yuklar tashiladigan yuk oqimlari o’tadi.
Tinch okeani dengiz yuklarini tashish bo’yicha ikkinchi o’rinni egallaydi. Tinch okeanining yuk tashish imkoniyatlari juda katta va uning qirg’oqlarida 2,5 mlrd.dan ortiq aholi yashaydigan 50 mamlakat joylashgan. Bu yerda dunyoning eng yirik portlari va ko’plab ommaviy, so’ngi yillarda esa asosiy yuklar oqimlari shakllanmoqda.
Hind okeani dengiz yuklarini tashish hajmi bo’yicha uchinchi o’rinni egallaydi. Uning qirg’oqlariga aholisi 1 mlrd.dan ko’p bo’lgan 30 mamlakat chiqadi. Bu okeanda qudratli yuk oqimlari Fors qo’ltig’ida shakllangan.
Jahonda uch mingga yaqin port bor. Bir yillik yuk aylanmasi 50 mln.t.dan ortiq gigant-portlarning soni 30 taga yaqin. Mahalliy va xalqaro kabatajda ishtirok etadigan katta portlar 2,2 mingta, shulardan 900 tasi Yevropada, 500 dan ko’prog’i Amerikada, 400 ga yaqini Osiyoda, qolganlari boshqa qit’alarda joylashgan.
Ixtisoslashgan portlar ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xos. Ularning eng yiriklari neft eksportiga bog’liq holda paydo bo’ldi va Fors qo’ltig’ida joylashgan. Bular Ros-Tinnura (Saudiya Arabistoni), Min-El-Axmadi (Quvayt), Xark (Eron) bo’lib, eng yirik supertankerlarni qabul qiladi. Eng yirik neft eksporti portlari qatoriga Nigeriyadagi Bonni, Meksikadagi Tampeko, Liviyadagi Es-Sider, Indoneziyadagi Dumay, Alyaskadagi (AQSH) – Valdiz kiradi.
So’ngi yillarda ruda tashuvchi kemalarni qabul qila oladigan Braziliyaning Tubarni porti dunyoning eng yirik portiga aylandi.
Jahon dengiz transporti geografiyasiga xalqaro dengiz kanallari va dengiz bo’g’ozlari katta ta’sir ko’rsatadi. Dunyoning eng yirik kemalari qatnaydigan dengiz kanallari – Suvaysh, Panama, Kil (GFR), Buyuk (Xitoy), Qirg’oq (AQSH), Oq dengiz- Baltika va Volga-Don (Rossiya) hisoblanadi.
Suvaysh kanali (Misr) 1858-1869 yillarda qurilgan. U shimoldan janubga – Port Saiddan Qizil dengizidagi Suvayshgacha davom etadi. Kanalning uzunligi 161 km., chuqurligi 12,5-13 m., eni 120-130 m., shlyuzlarsiz ishlaydi. Keyinchalik u bir necha marta chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan. XX asrning boshida kanaldan har yili 4 ming kema o’rgan va yuk aylanmasi 20-30 mln.t. bo’lsa, 60-yillarga kelib kema aylanmasi 20 mingdan oshgan, yuk hajmi esa 250 mln.t.ga yetgan.
Panama kanali Panama bo’ynining eng past joyidan qurilgan. XIX asrning o’rtalarida Buyuk Britaniya va AQSH kanal qurish haq-huquqi uchun kurashdi. Ziddiyatdan Frantsiya foydalanib, kanal qurilishini 1879 yilda boshlab yubordi, lekin frantsuz kampaniyasi inqirozga uchradi va kanal qurish huquqi 1901 yilda AQSHga o’tdi. 1904-1914 yillarda AQSH kanali qurib bitkazildi. Kanalning uzunligi 82 km, eni 150-305 m, chuqurligi 12,5 m, shlyuzlar soni 12ta. O’tkazadigan kemalar tonnayuki 65-70 ming.t., yillik yuk aylanmasi 170 mln.t. Kemalar aylanmasi - sutkada 40 kema.
1903 yilda AQSH va Panama davlatlari o’rtasidagi shartnomaga muvofiq maydoni 1,4 ming kv.km bo’lgan Panama kanali zonasi to’liq AQSH ixtiyoriga o’tgan. 1977 yilda 1903 yildagi shartnomani Panamaga berish to’g’risida yangi shartnoma tuzildi. Kanal AQSHning sharqiy va G’arbiy qirg’oqlar va AQSHning sharqiy qirg’oqlari bilan Janubiy Amerikaning Tinch okeani qirg’oqlari o’rtasidagi masofani ko’proq, shuningdek, Osiyo va Avstradliya portlariga boradigan yo’lni nisbatan kamroq qisqartiradi. Shu sababli AQSH Panama kanalining asosiy foydalanuvchisi bo’lib, kanaldan Atlantika va Tinch okeaniga tashiladigan yukning 70 foizi AQSH hissasiga to’g’ri keladi.
Hozirgi zamon dengiz kemachiligining miqyosi juda katta bo’lib, u ko’p dengizlarni qamrab olgan. Masalan, O’rta yer dengizida bir vaqtning o’zida 2,5 ming savdo kemalar, Boltiq dengizida – 800, Janubiy-Xitoy dengizida – 700 dan ko’proq kemalar yuradi.
FTI sharoitida dunyo transportiga, konteynerlashtirish va u bilan bog’liq bo’lgshan “konteyner inqilobi” katta ta’sir ko’rsatdi. Ulardan foydalanish yuk tashishning eski usullariga nisbatan mehnat unumdorligini bir necha marta oshirishga, yuklarni yaxshi saqlashga imkon beradi.
Dengiz konteynerlaridan foydalanish birinchi marta 1956- yilda AQSHda qo’llanilgan. So’ngi 60-yillarning o’rtalariga kelib, SHimoliy Atlantika liniyasida konteyner tashuvchi kemalar floti yuzaga keldi. 80-yillarning oxirida esa 5mln. konteynerni tashuvchi bir mingdan ko’proq ana shunday kemalar qatnay boshladi. AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, GFRda eng katta konteyner tashuvchi kemalar floti paydo bo’ldi. Jahonning 200 portida konteyner terminallar qurildi. Eng katta terminal Rotterdam portida qurilgan. Keyingi yilda Singapur (yiliga 4 mln.konteyner) va Gonkong bundan o’tib ketdi.
Birinchisi – Transsibir “Transport ko’prigi” 1970 yildan ishlay boshladi. Uning eng chekka nuqtalari Rotterdam va Chokogala bo’lib, ular o’rtasidagi masofa – 13770 km.ga teng. Bu yo’l uch qismdan iborat. Birinchi qismda G’arbiy Yevropa yuklari quruqlik transporti orqali chegara bo’yi tugunlari yoki MDQdagi Qora dengiz va Boltiq dengizlari portlariga olib kelinadi. Ikkinchi qismida ular ekspress poezdlar orqali Tinch okeani qirg’oqlaridagi portlarga (Naxodka, SHarqiy) jo’natiladi. Uchinchi qismida ular yana dengiz orqali Yaponiyaning Iokagama yoki boshqa portlari, shuningdek Gonkong va Manilaga yetkazib beriladi. Yaponidan G’arbiy Yevropaga jo’natiladigan yuklar teskari yo’nalishda shu yo’llar orqali tashiladi. Yuk tashishga taxminan 35 sutka vaqt sarflanadi. Ushbu “Transport ko’prigidan” foydalanish dengizda shu yo’nalishda yuk tashishga nisbatan 20%ga arzon tushadi. XX asrning 90-yillarida ushbu “Transport kqprigi” orqali har yili 100-120 ming konteyner tashilgan.
Ikkinchi shunday “ko’prik” Yaponiya va AQSHning sharqiy qirg’oqlari o’rtasida qurilgan va u Yaponiyadan dengiz orqali AQSHning Tinch okeani qirg’oqlaridagi portlarga, so’ngra undan quruqlik yo’llari orqali Atlantika qirg’oqlariga olib chiqiladi.
Daryo transporti. Ichki suv yo’llari transporti kemalar qatnaydigan daryolar, kanallar va ichki suv havzalaridan foydalaniladi va u ushbu ob’ektlarning tabiiy hususiyatlariga ko’p darajada bog’liq. Masalan, Yantszi, Kongo daryolari dunyoning eng qudratli temir yo’l magitrallariga nisbatan ham katta o’tkazish qobiliyatiga ega. Lekin bu imkoniyatlardan foydalanish umumiy iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog’liq. SHu sababli jahonda suv transporti yuk aylanmasi bo’yicha AQSH, Rossiya, GFR, Niderlandiya, Belgiya, shuningdek Xitoy ajralib turadi.
Ichki suv yo’lida yuk aylanmasi buyicha AQSH, Xitoy, Rossiya, Kanada, Niderlandiya, Frantsiya, Belgiya asosiy o’rinni egallaydi.
Jahon xalqaro daryolar yoki xalqaro daryo havzalari soni 2140ta bo’lib, shular jumlasiga Reyn, Amazonka, Zambezi daryolari havzalarida 7 mamlakat, Dunay havzasida esa 12 mamlakat joylashgan.
Evropada Reyn, Dunay, Oder, Elba eng yirik daryo arteriyalari hisoblanadi. AQSHda asosiy daryo transporti yuklari – Meksika – Buyuk ko’llar tizimida tashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |