Nurmatova sharofat



Download 403 Kb.
bet3/6
Sana22.04.2022
Hajmi403 Kb.
#572507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-SINF METODIK QO\'LLANMA

II. MORFOLOGIYA

  1. So’roqqa javob bo’lmaydigan atash ma’nosini bildirmaydigan so’zlarga …….. deyiladi?

A) mustaqil so’zlar
B) yordamchi so’zlar
D) modal so’zlar
E) ma’nodosh so’zlar
2. Otlar qanday qo’shimchalar bilan qo’laniladi?
A) son, egalik va kelishik
B) ko’plik, sifat darajalari
D) eglik, son
E) sifat darajalari, son
3. Otlar qanday gap bo’lagi vazifasini bajaradi?
A) bosh bo’lak
B) ikkinchi darajali bo’lak
D)Bosh va ikkinchi darajali bo’lak, undalma
E) A va B javob tog’ri.
4. Bir turdagi narsa-buyumning nomini bildirgan otlar qanday otlar sanaladi?
A) atoqli otlar B) turdosh otlar
D) qo’shma otlar E) juft otlar
5. Ayrim shaxs yoki narsa-buyum, o’rin-joyga atab qo’yilgan otlar qanday otlar sanaladi?
A) atoqli otlar B) turdosh otlar
D) takroriy otlar E) sodda otlar
6. Qaysi javobda atoqli otlar to’g’ri yozilgan?
A) Gulxan jurnali B) Mustaqillik kuni D) “g’uncha” jurnali E) A va D
7. Qanday otlar doimo bosh harf bilan yoziladi?
A) qo’shma otlar B) juft otlar
D) turdosh E) atoqli otlar
8. Quyidagi gapdagi atoqli otlar qaysi javobda berilgan?
Gulbadanbegim Z.M.Boburning qizi bo’lib, 1523-yili Kobulda tug’ilgan?
A) Gulbadanbegim , Z.M.Bobur
B) Kobul, Z.M.Bobur
D) Gulbadanbegim, Kobul
E) Gulbadanbegim, Z.M.Bobur, Kobul
9. “Humoyunnoma” “Boburnoma”ning mantiqiy davomidir. Ushbu gapda atoqli otlar nega qo’shtirnoq ichida yozilgan?
A) shohlar nomini bildirgani uchun
B) asar nomi bo’lgani uchun
D) bu otlar qo’shtirnoqsiz yozilishi kerak. E) A va D
10. Qaysi javobdagi atoqli otlar noto’g’ri yozilgan?
A) “Bahor” kinoteatri
B) “Guliston” jamoa xo’jaligi
D) “A. Navoiy” nomidagi mahalla
E) “Sehrli qalpoqcha” filmi
11. Akam Dilshodning
Odati qiziq. Ushbu gapdagi atoqli ot qaysi gap bo’lagi bo’lib kelgan?
A) to’ldiruvchi B) aniqlovchi
D) hol E) ega
12. Hoy Umarjon, sen
Molga sol xashak.
Uyni supurib,
Suv keltir, Qo’shoq. Ushbu she’riy parchadagi atoqli otlar qanday vazifada kelgan?
A) to’ldiruvchi B) aniqlovchi
D) undalma E) ega
13. O’zbek tilida nechta kelishik shakli mavjud?
A) 4 ta B) 5ta
D) 6ta E) 7ta
14. Kelishik qo’shimchalari qanday vazifalarni bajaradi?
A)otlarni o’zidan keyingi boshqa so’zga tobelantiradi
B) otlarga qo’shilib ularning kimga yoki nimaga tegishliligini bildiradi
D) harakatni bildiruvchi so’zlarga qo’shiladi
E) harakatni bajaruvchilarning soni va shaxsini ko’rsatadi
15.Qaysi qo’shimchalar otlarning uchta shaxsdan biriga tegishli ekanini bildiradi?
A)shaxs-son qo’shimchasi
B) kelishik qo’shimchalari
D) ko’plik qo’shimchasi
E) egalik qo’shimchasi
16. Egalik qo’shimchasini molgan so’z o’zadan oldingi so’zning qaysi kelishikda bo’lishini talab qiladi?
A) bosh kelshikda
B) tushum kelishigida
D) qaratqich kelishigida
E) jo’nalish kelishigida
17. Qaysi javobda kelishik nomlari va qo’shimchalari to’gri berilgan?
1) bosh kelishik a) –ning
2) qaratqich kelishik b) qo’shimchasi yo’q
3) tushum kelishik d) –ga
4) jo’nalish kelishigi e) –da
5) o’rin-payt keishigi f) –dan
6) chiqish kelishigi g) –ni
A) 1-b, 2-a, 3-g, 4-d, 5-e, 6-f
B) 1-a, 2-g, 3-b, 4-d, 5-e, 6-f
D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-g, 5-e, 6-f
E) 1-b, 2-a, 3-g, 4-f, 5-e, 6-d
18. Qaysi javobdagi so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilsa, o’zakda tovush o’zgarishi sodir bo’ladi?
A) huquq, ishtirok, erk
B)tuproq, huquq, terak, tilak
D) tilak, terak, bilak, tuproq
E) kerak, erk, tirgak, qishloq
19.Qaysi javobdagi so’zlarga egalik qo’shimchasini qo’shganimizda o’zakda tovush o’zgarishi sodir bo’lmaydi?
A) huquq, ishtirok, erk, chok, nok.
B)tuproq, huquq, terak, tilak
D) tilak, terak, bilak, tuproq
E) kerak, erk, tirgak, qishloq
20. Narsa- buyumning belgisini bildirgan so’zlar qanday so’zlar sanaladi?
A) ot B) fe’l
D) sifat E) ravish
21. Qaysi qatorda sifatning so’roqlari berilgan?
A) qaysi, qancha?, nima?
B) kim?, nima?, qayer?
D) qanday?, nechta?, qanaqa?
E) qanday?, qanaqa?
22. Sifat gapda qanday bo’laklar bo’lib kela oladi?
A) hol va kesim
B) aniqlovchi va hol
D) aniqlovchi, hol va kesim
E) kesim va to’ldiruvchi
23. Bu chiroyli bino bizning maktabimiz. Ushbu gapda sidat qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan?
A) aniqlovchi B) hol
D) to’ldiruchi E) kesim
24.Bu qovun juda shirin. Ushbu gapda sifat qaysi gap bo’lagi vazifasida kelgan?
A) aniqlovchi B) hol
D) to’ldiruchi E) kesim
25. Qaysi gapda sifat kesim vazifasida kelgan?
A) Usti yaltiroq, ichi qatiroq. (Maqol)
B) Ayolning cho’zinchoqroq yuzida hadik paydo bo’ldi.
D) Tarbiyachi o’rta va kichik guruh bolalarigaertak aytar edi.
E) Karimaning opasi mohir tikuvchi.
26. Qaysi gapda sifat aniqlovchi vazifasida kelgan?
A) Usti yaltiroq, ichi qatiroq. (Maqol)
B) Ayolning cho’zinchoqroq yuzida hadik paydo bo’ldi.
D) Tarbiyachi o’rta va kichik guruh bolalarigaertak aytar edi.
E) B va D javoblar to’g’ri.
27. Sifatlar necha daraja shakliga ega?
A) 3 ta B) 4ta D) 5ta E) 6ta
28. Qaysi javobda oddiy darajadagi sifatlar berilgan?
A) go’zal, uzun, qisqaroq, og’ir
B) chiroyli, eng go’zal, juda shirin
D) go’zalroq, uzunroq, qisqaroq, og’irroq
E) ko’kimtir, oqish, nim pushti, och ko’k
29. Qaysi javobdagi gapda qiyosiy darajadagi sifat berilgan?
A) Usti yaltiroq, ichi qatiroq. (Maqol)
B) Ayolning cho’zinchoqroq yuzida hadik paydo bo’ldi.
D) Tarbiyachi bolalarga juda qiziq ertak aytar edi.
E) Binafsha boshiga och ko’k rangli sharf o’rab oldi.
30. Qaysi javobda ozaytirma darajadagi sifatlar berilgan?
A) go’zal, uzun, qisqaroq, og’ir
B) chiroyli, eng go’zal, juda shirin
D) go’zalroq, uzunroq, qisqaroq, og’irroq
E) ko’kimtir, oqish, nim pushti, och ko’k
31. Qaysi javobdagi gapda orttirma darajadagi sifat berilgan?
A) Usti yaltiroq, ichi qatiroq. (Maqol)
B) Ayolning cho’zinchoqroq yuzida hadik paydo bo’ldi.
D) Tarbiyachi bolalarga juda qiziq ertak aytar edi.
E) Binafsha boshiga och ko’k rangli sharf o’rab oldi.
32. Qaysi javobda qiyosiy darajadagi sifatlar berilgan?
A) go’zal, uzun, qisqaroq, og’ir
B) chiroyli, eng go’zal, juda shirin
D) go’zalroq, uzunroq, qisqaroq, og’irroq
E) ko’kimtir, oqish, nim pushti, och ko’k
33. Qaysi javobdagi gapda ozaytirma darajadagi sifat berilgan?
A) Usti yaltiroq, ichi qatiroq. (Maqol)
B) Ayolning cho’zinchoqroq yuzida hadik paydo bo’ldi.
D) Tarbiyachi bolalarga juda qiziq ertak aytar edi.
E) Binafsha boshiga och ko’k rangli sharf o’rab oldi.
34. G’azal nihoyatda ts’airli. Gapda sifatning qaysi daraja shakli qo’llanilgan?
A) oddiy daraja B)qiyosiy daraja
D) orttirma daraja E) ozaytirma daraja
35. Qaysi javobda orttirma darajadagi sifatlar berilgan?
A) go’zal, uzun, qisqaroq, og’ir
B) chiroyli, eng go’zal, juda shirin
D) go’zalroq, uzunroq, qisqaroq, og’irroq
E) ko’kimtir, oqish, nim pushti, och ko’k
36. Qaysi so’z turkumi narsalarning son-sanog’i va tartibini bildiradi?
A) son B) fe’l
D) sifat E) ravish
37. Sonning so’roqlarini toping.
A) qaysi, qancha?, nima?
B) kim?, nima?, qayer?
D)necha?, nechta?, qancha?, nechanchi?
E) qanday?, qanaqa?
38. Sonlar gapda otga bog’lanib kelsa, qaysi bo’lak vazifasini bajaradi?
A) aniqlovchi B) hol
D) to’ldiruchi E) kesim
39. Sonlar gapning oxirida kelsa, qaysi bo’lak vazifasini bajaradi?
A) aniqlovchi B) hol
D) to’ldiruchi E) kesim
40. Sonlar gapda fe’lga bog’lanib kelsa, qaysi bo’lak vazifasini bajaradi?
A) aniqlovchi B) hol
D) to’ldiruchi E) kesim
41. Birinchi iyun— Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Gapda qanday son qo’llangan?
A) miqdor son B) sanoq son
D) tartib son E) taqsim son
42. Tartib sonlar raqam bilan yozilsa, -inchi, -nchi qo’shimchalari o’rniga qanday belgi ishlatiladi?
A) tire B) vergul D) chiziqcha E) hech qanday belgi qo’yilmaydi
43. Qaysi javobda tartib sonlar to’g’ri yozilgan?
A) 1-sentabr, XXI- asr, VI-sinf
B) 1991-yil, 5-sinf, 8-qavat
D) IX-sinf, 1441-yil, 5-qavatli
E) XX asr, 1 aprel, uchinchi sinf
44. Qaysi javobdagi sonlarda asosida tovush tushish hodisasi sodir bo’lgan?
A) uchinchi, ikkov, to’rtovlon
B) oltovlon, beshala, ikkala
D) ikkov, oltovlon, yettala
E) bitta, ikkolon, yettala
45. Mehriniso daftardan beshta oldi. Gapda son qaysi bo’lak vazifasini bajargan?
A) aniqlovchi B) hol
D) to’ldiruchi E) kesim
46. Sinfimizda yigirma besh o’quvchi bor. Gapda son qaysi bo’lak vazifasini bajargan?
A) aniqlovchi B) hol
D) to’ldiruchi E) kesim
47. Besh karra besh –yigirma besh. Gapda son qaysi bo’lak vazifasini bajargan?
A) aniqlovchi B) hol
D) to’ldiruchi E) kesim
48. Olmosh qaysi so’zlar o’rnida kela oladi?
A) ot, sifat B)son, sifat
D)ot, sifat, son E) ot, son
49. Qaysi olmoshlarga –ning, -niki, -ni qo’shimchalari qo’shilsa, bitta n tovushi tushiriladi?
A) men, sen, u
B) u, bu, shu, o’sha
D) men, sen
E) bu, shu, men, sen
50. Qaysi olmoshlarga –dek, -day, -ga qo’shimchalari qo’shilsa, bitta n tovushi orttiriladi?
A) men, sen, u
B) u, bu, shu, o’sha
D) men, sen
E) bu, shu, men, sen
51. Mening ikki onam bor, ikkisi ham mehribon. Ushbu gapda olmosh qaysi gap bo’lagi bo’lib kelgan?
A) qaratqich aniqlovchi B) hol
D) sifatlovchi aniqlovchi E) kesim
52. U o’ymakor eshikni asta ochib ichkari kirdi.
Ushbu gapda olmosh qaysi gap bo’lagi bo’lib kelgan?
A) ega B) hol
D) sifatlovchi aniqlovchi E) kesim
53. Bu ish uchun senga qancha vaqt kerak. Ushbu gapda bu olmoshi qaysi gap bo’lagi bo’lib kelgan?
A) qaratqich aniqlovchi B) hol
D) sifatlovchi aniqlovchi E) kesim
54. Harakat va holatni bildiruvchi so’zlar turkumi nomi qaysi javobda berilgan?
A) ot B) fe’l
D) sifat E) son
55. Harakat va holatni bildiruvchi so’zlar turkumi qaysi so’roqlarga javob bo’ladi?
A) qaysi, qancha?, nima?
B) kim?, nima qilmoq?, qayer?
D)necha?, nechta?, qancha?, nechanchi?
E) nima qilmoq?, nima bo’lmoq?
56. Harakat va holatni, zamon ma’nolarini, bo’lishli- bo’lishsizlikni bildiruvchi so’zlar turkumi nomi qaysi javobda berilgan?
A) ot B) fe’l
D) sifat E) son
57. Qaysi javobda faqat bo’lishsiz fe’llar berilgan?
A) yozmadi, o’qidim, yuguryapti
B) yugurmadi, ulgurmadi, qimirlamadi
D) yozdi, ko’rdi, o’qidi
E) yodlolmadi, bordi, olmadi
58. Qaysi javobda faqat bo’lishsiz fe’llar berilgan?
A) yozmadi, o’qidim, yuguryapti
B) yugurmadi, ulgurmadi, qimirlamadi
D) yozdi, ko’rdi, o’qidi
E) yodlolmadi, bordi, olmadi
59. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat yoki holatning nutq so’zlanib turgan paytga munosabatini bildiruvchi shakllarga nima deyiladi?
A) bo’lishli shakl B) bo’lishsizlik shakli
D) zamon shakli E) mayl shakli
60. Fe’l zamonlari qaysi javobda to’g’ri berilgan?
A) o’tgan zamon, kelasi zamon
B) hozirgi zamon, kelasi zamon
D) o’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon
E) hozirgi zamon va kelasi zamon
61. Qaysi javobda faqat o’tgan zamondagi fe’llar berilgan?
A) yozyapman, kelmoqchi, ketdi.
B) bording, ko’rdim, keldi
D) o’qimoqchi, yasamoqchi, ketmoqchi
E) boryapsan, kelayotir, ketmoqda
62. Qaysi javobda faqat hozirgi zamondagi fe’llar berilgan?
A) yozyapman, kelmoqchi, ketdi.
B) bording, ko’rdim, keldi
D) o’qimoqchi, yasamoqchi, ketmoqchi
E) boryapsan, kelayotir, ketmoqda
63. Qaysi javobda faqat kelasi zamondagi fe’llar berilgan?
A) yozyapman, kelmoqchi, ketdi.
B) bording, ko’rdim, keldi
D) o’qimoqchi, yasamoqchi, ketmoqchi
E) boryapsan, kelayotir, ketmoqda
64. Hozirgi zamon qo’shimchalarini toping.
A) –di, -ib, -b, -gan edi, -gan ekan
B) –yap, -(a)yotir, -moqda
D) –a /-y, -(a)r, -ajak, -moqchi
E) –yap, -ar, -gan edi
65. O’tgan zamon qo’shimchalarini toping.
A) –di, -ib, -b, -gan edi, -gan ekan
B) –yap, -(a)yotir, -moqda
D) –a /-y, -(a)r, -ajak, -moqchi
E) –yap, -ar, -gan edi
66. Kelasi zamon qo’shimchalarini toping.
A) –di, -ib, -b, -gan edi, -gan ekan
B) –yap, -(a)yotir, -moqda
D) –a /-y, -(a)r, -ajak, -moqchi
E) –yap, -ar, -gan edi
67. Fe’ldan anglashilgan ish-harakatning so’zlovchi, tinglovchi yoki o’zgaga tegishliligini bildiruvchi qo’shimchalar qanday qo’shimchalar?
A) egalik qoshimchalari
B) kelishik qo’shimchalri
D) shaxs-son qo’shimchalari
E) zamon qoshimchalri
68. Ushbu gapda nuqtalar o’rniga qaysi qoshimcha qo’yiladi?
Yer haydasa…, kuz hayda, kuz haydamasa…, yuz hayda. (Maqol)

  1. –ng, ing

  2. –ing, -ng

D)–ning, -ni
E) –ng, -si
69. Ushbu gapda nuqtalar o’rniga qaysi qoshimcha qo’yiladi?
Men ham o’zimni to’xtata olmadi… (N. Fozilov)
A)–ng
B)–ing
D) -im
E) –m
70. Qaysi so’z turkumi harakatning holati, payti, sababi, maqsadi, daraja-miqdori kabi ma’nolarni ifodalaydi?
A) ot B) fe’l
D) sifat E) ravish
71. Qaysi javobda ravishning so’roqlari berilgan?
A) qaysi, qancha?, nima?
B) kim?, nima?, qayer?
D)necha?, nechta?, qancha?, nechanchi?
E) qanday?, qancha?, qachon?
72. Ravish gapda, asosan, qaysi gap bo’lagi vazifasida keladi?
A) ega B) toldiruvchi
D) hol E) aniqlovchi
73. Yurtimizni obod qilish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. Ushbu gapdagi ravish qaysi so’z bilan ifodalangan?
A) harakat qilmoqdamiz
B) astoydil
D) yurtimizni
E) obod qilish uchun
74. Avval o’yla, keyin so’yla. Ushbu gapda qanday ravish qo’llangan?
A) sabab ravishi
B) payt ravishi
D) maqsad ravishi
E) holat ravishi
75. Avval o’yla, keyin so’yla. Ushbu gapda ravish qaysi gap bo’lagi vazifasida qo’llangan?
A) sifatlovchi aniqlovchi
B) qaratqich aniqlovchi
D) hol
E) to’ldiruvchi
76. Tez-tez kitob o’qib turilsa, fikr ravshanlashadi. Ushbu gapdagi ravish qaysi so’z bilan ifodalangan?
A) kitob B) o’qib turilsa
D) fikr E) tez-tez
77. Sifat va ravishning farqi nimada?
A) farqi yo’q, ikkisi ham belgini bildiradi
B) ravish harakatning belgisini, sifat narsa-buyumning belgisini bildiradi
D) ikkalasining ham so’roqlari bir xil
E) A va D javoblar to’g’ri
78. Qanday so’zlar yakka holda so’roqqa javob bo’la olmaydi?
A) mustaqil so’zlar
B) ko’makchi so’zlar
D) yordamchi so’zlar
E) so’z-gaplar
79. Ko’makchi, bog’lovchi, yuklama haqidagi qaysi javob to’g’ri?
A) mustaqil so’zlar
B) undov so’zlar
D) yordamchi so’zlar
E) taqlid so’zlar
80. Yordamchi so’zlar haqidagi to’g’ri javobni belgilang.
A) biror so’roqqa javob bo’lmaydi
B) gap bo’laklari va gaplarni bog’laydi, ularga qo’shimcha ma’no yuklaydi
D) leksik ma’noga ega emas
E) barcha javoblar to’g’ri
81. Yerni e’zozlang, chunki u bizni boqadi. Gapdagi yordamchi so’z qaysi?
A) u B) chunki
D) e’zozlang E) boqadi
82. Qanday so’zlar uyushiq bo’laklarni va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qiladi?
A) bog’lovchilar B) ko’makchilar D) yuklamalar E) taqlid so’zlar
83. Quvnoq … sho’x kuylarga joydir go’zal Vatanim. (P. Mo’min) Gapdagi nuqta o’rniga qaysi bog’lovchini qo’yish mumkin?
A) bilan B) chunki
D) va E) biroq
84. O’zi uddaburon, qo’rqmas, … o’qishda sal mazasi yo’qroq. (N. Fozilov) Gapdagi nuqtalar o’rniga qaysi bog’lovchini qo’yish mumkin?
A) biroq B) chunki
D) va E) yoki
85. Otlarni boshqa so’zga tobelantirib bog’lash uchun xizmat qladigan so’zlar qanday so’zlar hisoblanadi?
A) bog’lovchilar B) ko’makchilar D) yuklamalar E) taqlid so’zlar
86. Ko’makchilar ko’pincha otlarni qaysi so’zlarga tobelantiradi?
A) fe’l va otga B) sifatga
D) ravishga E) A,B va D
87. Har holda o’yinqaroq bolalar … bu yerda ermak topiladi. (G’. G’ulom) Gapdagi nuqtalar o’rniga qaysi ko’makchi qo’yiladi?
A) uchun B) bilan
D) tomon E) yoki
88. Kelajakda oyim … pazanda bo’lishni istayman. Gapdagi nuqtalar o’rniga qaysi ko’makchi qo’yiladi?
A) uchun B) bilan
D) tomon E) kabi
89. Radio … eshitdik. Gapdagi nuqtalar o’rniga qaysi ko’makchi qo’yiladi?
A) uchun B) orqali
D) tomon E) yoki
90. Ayrim gap bo’lagi yoki butun gapning mazmuniga qo’shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlarga nima deyiladi?
A) bog’lovchilar B) ko’makchilar D) yuklamalar E) taqlid so’zlar
91. Qaysi qo’shimcha yuklamalar o’zi qo’shilgan so’zga qo’shib yoziladi?
A)-chi, -u, -yu B) –a(ya), -da
D) –mi, -oq, -yoq, -guna
E) A va B javoblar to’g’ri
92. Qaysi qo’shimcha yuklamalar o’zi qo’shilgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi?
A)-chi, -u, -yu B) –a(ya), -da
D) –mi, -oq, -yoq, -guna
E) A va B javoblar to’gri
93. Singling o’qishi bilan barchaga o’rnak bo’lyapti, sen..? Gapdagi nuqtalar o’rniga qaysi yuklama qo’yiladi?
A) -mi B) -chi
D) -a E) –ku
94. Yuklamalar shakliga ko’ra qaysi turlarga bo’linadi?
A) so’z yuklamalarga
B) so’roq yuklamariga
D) qo’shimcha yuklamalarga
E) A va B javoblar to’g’ri
95. So’zlovchining his-hayajonini, shuningdek, hayvon va parrandalarni biror harakatga undashni ifodalovchi so’zlarga nima deyiladi?
A) taqlid so’zlar B) undov so’zlar
D) modal so’zlar E) so’z-gaplar
96. Inson, hayvon va boshqa narsalarning tovushlariga taqlidni bildirgan so’zlarga nima deyiladi?
A) taqlid so’zlar B) undov so’zlar
D) modal so’zlar E) so’z-gaplar
97. Qaysi qatorda faqat tovushga taqlid so’zlar berilgan?
A) jimir-jimir, yalt-yult, qag’-qag’
B) gaq-g’aq, chip-chip, duk-duk
D) yaltir-yultir, kisht, beh-beh, po’sht
E) boh-boh, tu-tu, kisht-kisht, beh-beh
98. Qaysi qatorda faqat holatga taqlid so’zlar berilgan?
A) jimir-jimir, yalt-yult, milt-milt
B) gaq-g’aq, chip-chip, duk-duk
D) yaltir-yultir, kisht, beh-beh, po’sht
E) boh-boh, tu-tu, kisht-kisht, beh-beh
99. Qaysi qatorda undov so’zlar berilgan?
A) jimir-jimir, yalt-yult, qag’-qag’
B) gaq-g’aq, chip-chip, duk-duk
D) yaltir-yultir, kisht, beh-beh, po’sht
E) boh-boh, tu-tu, kisht-kisht, beh-beh
100. Qaysi qatorda faqat chaqiriq undovlari berilgan?
A) jimir-jimir, yalt-yult, qag’-qag’
B) gaq-g’aq, chip-chip, duk-duk
D) yaltir-yultir, kisht, beh-beh, po’sht
E) boh-boh, kisht-kisht, beh-beh, hoy,
101. Qaysi qatorda faqat his-hayajon undov so’zlar berilgan?
A) jimir-jimir, yalt-yult, qag’-qag’
B) gaq-g’aq, chip-chip, duk-duk
D) oh, eh, uf, voy
E) boh-boh, tu-tu, kisht-kisht, beh-beh
102. So’zlar tuzilishiga ko’ra turlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) juft so’zlar, takror so’zlar, qo’shma so’zlar
B) sodda so’zlar, qo’shma so’zlar, juft so’zlar, takror so’zlar
D) juft so’zlar, takror so’zlar, qo’shma so’zlar
E) sodda so’zlar, qo’shma so’zlar
103. Qaysi javobda qo’shma so’zlar berilgan?
A) gultojixo’roz, beshiktervatar, karnaygul, otquloq, gulbeor
B) sadarayhon, gulbeor, kosa, xo’roz, oqqo’rg’on, uchburchak
D) kichik-kichik, katta-kichik, osh-qatiq, ust-bosh, shirin-shakar
E) osh-posh, guruch-puruch, choy-poy, non-pon, ish-pish
104. Qaysi javobda juft so’zlar berilgan?
A) gultojixo’roz, beshiktervatar, karnaygul, otquloq, gulbeor
B) sadarayhon, gulbeor, kosa, xo’roz, oqqo’rg’on, uchburchak
D) kichik-kichik, katta-kichik, osh-qatiq, ust-bosh, shirin-shakar
E) osh-posh, guruch-puruch, choy-poy, non-pon, ish-pish
105. Qaysi javobda takroriy so’zlar berilgan?
A) gultojixo’roz, beshiktervatar, karnaygul, otquloq, gulbeor
B) sadarayhon, gulbeor, kosa, xo’roz, oqqo’rg’on, uchburchak
D) kichik-kichik, katta-kichik, osh-qatiq, ust-bosh, shirin-shakar
E) osh-posh, guruch-puruch, choy-poy, non-pon, ish-pish
106. Qaysi javobda sodda so’zlar berilgan?
A) gultojixo’roz, beshiktervatar, karnaygul, otquloq, gulbeor
B) kosa, xo’roz, qo’rg’on, burchak, qishloq, guzar, yayramoq, yozmoq.
D) kichik-kichik, katta-kichik, osh-qatiq, ust-bosh, shirin-shakar
E) osh-posh, guruch-puruch, choy-poy, non-pon, ish-pish
107. Quyida berilgan juft so’zlarning ikkinchi qismi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
Qo’ni-…, oshna-…, keldi-…, do’st-…, katta-…
A) qo’shni, og’ayni, ketdi, dushman, kichik
B) og’ayni, qo’shni, dushman, keldi, katta
D) qo’yni, og’ayni, yor, kichik, ketdi
E) og’ayni, qo’shni, birodar, keldi, katta
108. Quyidagi qaysi so’zlarni to’gri juftlab qo’shma so’zlar hosil qilinadi?
1-gul a) bosar
2-o’rin b) tervatar
3-karnay d) burchak
4- uch e)gul
5-beshik f) beor
A) 1-f, 2-a, 3-e, 4-b, 5-d
B) 1-f, 2-e, 3-a, 4-d, 5-b
D) 1-f, 2-a, 3-e, 4-d, 5-b
E) 1-b, 2-a, 3-e, 4-d, 5-f
109. Ma’nosi bir-biriga yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning qo’shiluvidan tashkil topgan so’zlar qanday so’zlar?
A) sodda so’zlar B) qo’shma so’zlar
D) juft so’zlar E) takror so’zlar
110. Ikki va undan ortiq asosdan tashkil topgan soz’larga nima deyiladi?
A) sodda so’zlar B) qo’shma so’zlar
D) juft so’zlar E) takror so’zlar
111. Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil bo’lgan so’zlarni qanday ataymiz?
A) sodda so’zlar B) qo’shma so’zlar
D) juft so’zlar E) takror so’zlar
112. Qanday qo’shma so’zlar qo’shib yoziladi?
A) qo’shma fe’llardan iborat qo’shma so’zlar
B) bir urg’u bilan aytilagan qo’shma so’zlar
D) qo’shma sonlardan iborat qo’shma so’zlar
E) A va D
113. Qanday qo’shma so’zlar ajratib yoziladi?
A) qo’shma fe’llardan iborat qo’shma so’zlar
B) bir urg’u bilan aytilagan qo’shma so’zlar
D) qo’shma sonlardan iborat qo’shma so’zlar
E) A va D
114. Qaysi javobda takroriy otlar berilgan?
A) katta-katta, etak-etak, tandir-tandir
B) keldi-ketdi, yozdi-oldi, ketdi-qoldi
D) uchta-uchta, bitta-bitta, besh-o’n
E) barcha javoblar to’g’ri
115. Qaysi javobda takroriy fe’llar berilgan?
A) katta-katta, etak-etak, tandir-tandir
B) keldi-keldi, yozdi-oldi, ketdi-qoldi
D) uchta-uchta, bitta-bitta, besh-o’n
E) barcha javoblar to’g’ri
116. Qaysi javobda takroriy sonlar berilgan?
A) katta-katta, etak-etak, tandir-tandir
B) keldi-ketdi, yozdi-oldi, ketdi-qoldi
D) uchta-uchta, bitta-bitta, besh-o’n
E) barcha javoblar to’g’ri
117. Qaysi javobda juft sifatlar berilgan?
A) katta-katta, etak-etak, tandir-tandir
B) katta-kichik, erta-indin, asta-sekin
D) uchta-uchta, bitta-bitta, besh-o’n
E) yosh-qari, shirin-shakar, achchiq-chuchuk
118. Qaysi javobda juft ravishlar berilgan?
A) erta-kech, asta-sekin, erta-indin
B) katta-kichik, erta-indi, asta-sekin
D) uchta-uchta, bitta-bitta, besh-o’n
E) yosh-qari, shirin-shakar, achchiq-chuchuk
119. Qaysi javobda juft otlar berilgan?
A) tandir-o’choq, osh-tuz, choynak-piyola, aka-uka
B) katta-kichik, erta-indi, asta-sekin
D) uchta-uchta, bitta-bitta, besh-o’n
E) yosh-qari, shirin-shakar, achchiq-chuchuk
120. Qaysi javobda juft sonlar berilgan?
A) katta-katta, etak-etak, tandir-tandir
B) katta-kichik, erta-indi, asta-sekin
D) uch-to’rt, bir-ikki, besh-o’n
E) yosh-qari, shirin-shakar, achchiq-chuchuk



Download 403 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish