Nurmatova sharofat



Download 403 Kb.
bet2/6
Sana22.04.2022
Hajmi403 Kb.
#572507
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-SINF METODIK QO\'LLANMA

TESTLAR 5-SINF
I. SINTAKSIS VA PUNKTUATSIYA
1. Sintaksis nimalarni o’rgatadi?
A) so’zlarning bir-biriga bog’lanishini
B) gaplarni va so’z birikmalarini
D) gap, so’z birikmalari va ularning turlarini
E) A, B va d javoblar to’g’ri.
2. Tinish belgilari va ularni yozma nutqda qo’llash yo’l- yo’riqlarini o’rgatuvchi tilshunoslik bo’limiga nima deyiladi?
A) Sintaksis B) Fonetika
D) Punktuatsiya E) Leksikologiya
3. Ohang va fikr tugalligiga ega bo’lib, kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi so’z va so’zlar qo’shilmasiga nima deyiladi?
A) so’z birikmasi B) Gap
D) so’z qo’shilmasi
E) to’g’ri javob berilmagan
4. Yozuvda gap oxiriga qanday tinish belgilari qo’yiladi?
A) nuqta B) so’roq
D) undov E) A, B va D
5. Gapda so’zlar o’zaro qanday bog’lanadi?
A) teng bog’lanadi
B) tobe bo’glanadi
D) teng yoki tobe bog’lanadi
E) faqat tobe bog’lanadi.
6. Qaysi qatorda faqat tobe bog’lanishli so’z birikmasi berilgan?
A) olma va anor, anor guli
B) olmani yemoq, chiroyli gul, maktab bog’i
D) maktab kutubxonasi, men bilan do’stim
E) kitob o’qimoq, ruchak va daftar
7.Qaysi qatorda faqat teng bog’langan so’zlar berilgan?
A) qir va adir, Oygul bilan Baxtiyor, o’qituvchi va o’quvchi
B) qovunning shirini, sutni ichmoq
D) suv va havo, kitob varag’i
E) Nafisa va Muxlisa, kitob hamda ruchka
8. Ikki so’zning biri hokim, biri tobe tarzida bog’lanishiga qanday bog’lanish deyiladi?
A) teng bog’lanish
B) tobe bog’lanish
D) teng va tobe bog’lanish
E) javoblar noto’g’ri
9. Mamlakatimizning shuhrati, shirin qovun, Mardonaning onasi, maktab tomon bormoq kabi so’z birikmalaridagi hokim so’zlar qaysi javobda berilgan?
A) mamlakatimizning, Mardonaning, shirin
B) mamlaktimizning , qovun, onasi
D) shuhrati, qovun, onasi
E) shuhrati, shirin, onasi
10. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra necha xil shakli bor?
A) 2 xil B) 3 xil
D) 4 xil E) 5 xil
11. Qaysi javobda gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari to’liq berilgan?
A) darak gap, so’roq gap, istak gap
B) darak gap, so’roq gap, buyruq gap
D) darak gap, buyruq gap, istak gap
E) darak gap, so’roq gap, buyruq gap istak gap
12. So’roq gaplarni hosil qiluvchi vositalar necha xil bo’ladi?
A) 2 xil B) 3 xil
D) 4 xil E) 5 xil
13. So’roq gaplarni hosil qiluvhi vositalar qaysi javobda berilgan?
A) so’roq ohangi
B) so’roq yuklamalari
D) so’roq olmoshlari
E) A, B va d javoblar
14. Qaysi javobda darak gapga xos belgilar berilgan?
A) kesimi darak-xabar ma’nosini bildiradi
B) kesimi –sa shaklidagi fe’l bilan ifodalanadi.
D) kesimi buyruq shaklidagi fe’l bilan ifodalanadi.
E) kesimi tarkibida –mi, -chi, -a, -ya kabi yuklamalar bo’ladi.
15. Qaysi javobda so’roq gapga xos belgilar berilgan?
A) kesimi darak-xabar ma’nosini bildiradi
B) kesimi –sa shaklidagi fe’l bilan ifodalanadi.
D) kesimi buyruq shaklidagi fe’l bilan ifodalanadi.
E) kesimi tarkibida –mi, -chi, -a, -ya kabi yuklamalar bo’ladi.
16. Qaysi javobda buyruq gapga xos belgilar berilgan?
A) kesimi darak-xabar ma’nosini bildiradi
B) kesimi –sa shaklidagi fe’l bilan ifodalanadi.
D) kesimi buyruq shaklidagi fe’l bilan ifodalanadi.
E) kesimi tarkibida –mi, -chi, -a, -ya kabi yuklamalar bo’ladi.
17. Qaysi javobda istak gapga xos belgilar berilgan?
A) kesimi darak-xabar ma’nosini bildiradi
B) kesimi –sa shaklidagi fe’l bilan ifodalanadi.
D) kesimi buyruq shaklidagi fe’l bilan ifodalanadi.
E) kesimi tarkibida –mi, -chi, -a, -ya kabi yuklamalar bo’ladi.
18. So’roq yuklamari yordamida hosil qilingan so’roq gaplar qanaqa javobni talab qiladi?
A) ha yoki yo’q javobini
B) faqat ha javobini
D) doimo yo’q javobini
E) aniq, to’liq javobni
19. Yozuvda qaysi yuklamalar kesimga qo’shib yoziladi?
A) –a, -ya
B)-chi
D) –mi
E) –mi, -chi, -a, -ya
20. Nima?, qachon?, kim?, qayerda? kabilar so’roq gapni hosil qiluvchi qanday vosita hisoblanadi?
A) so’roq ohangi
B) so’roq yuklamasi
D) so’roq olmoshlari
E) to’g’ri javob berilmagan
21. Quyida berilgan gap qanday gap hisoblanadi?
Agar sharmisor bo’lmayin desang, qilmagan ishingni qildim dema.

  1. darak gap

  2. so’roq gap

D) istak gap
E) buyruq gap
22. Qaysi javobda istak gap berilgan?
A) Yurtimning ertasi bugunidan yaxshiroq bo’lsa.
B) Do’stingning ayblarini yashir.
D) Yomg’ir yog’sa, cho’llar yashnaydi.
E) Kasallikka eng yaxshi davo mehnatdir.
23. Qaysi javobda darak gap berilgan?
A) Yurtimning ertasi bugunidan yaxshiroq bo’lsa.
B) Chet tillarni o’rganib chet ellarga o’qishga borsam.
D) Yomg’ir yog’sa, cho’llar yashnaydi.
E) Jannat onalar oyog’i ostidadir.
24. Qaysi javobda so’roq gap berilgan?
A) Chaqimchilik yomon illat ekanini bilasizmi?
B) Do’stingning ayblarini yashir.
D) Yomg’ir yog’sa, cho’llar yashnaydi.
E) Kasallikka eng yaxshi davo mehnatdir.
25. Qanday gaplar his-hayajon ohangi bilan aytiladi?
A) darak, so’roq, buyruq gaplar
B) darak, buyruq , istak gaplar
D) darak, so’roq, buyruq, istak gaplar
E) so’roq va istak gaplar
26. Agar so’roq gap so’zlovchining his-hayajonini ifodalasa, tinish belgilari qanday qo’yiladi?
A) ikkita undov belgisi (!!)
B) avval so’roq, so’ngra undov belgisi(?!)
D) avval undov, keyin so’roq belgisi(!?)
E) so’roq gaplar so’zlovchining his-hayajonini ifodalamaydi.
27. Qanday so’zlar gap tarkibida gap bo’lagi bo’lib kela oladi?
A) mustaqil so’zlar
B) yordamchi so’zlar
D) undalmalar
E) kirish so’zlar
28. Gap tarkibida ma’lum so’roqqa javob bo’luvchi so’z yoki so’zlar birikmasiga nima deyiladi?
A) Undalma
B) gap bo’laklari
D) kirish so’zlar
E) A va B
29. Quyidagilarning qaysi biri gap bo’laklari bilan aloqaga kirishmaydi?
A) Undalma
B) uyushiq bo’laklar
D) kirish so’zlar
E) A va B
30. Qaysi bo’lak gapning mazmuniy markazi hisoblanadi?
A) ega B) kesim
D) aniqlovchi E) hol
31. Qaysi bo’lak boshqa gap bo’laklarisiz ham gap bo’la oladi?
D) aniqlovchi E) hol
32. Kesim qanday so’z turkumlari bilan ifodalanishiga ko’ra necha xil bo’ladi?
A) ot kesim
B) fe’l kesim
D) sodda kesim
E) murakkab kesim
33. Nima qilmoq?, nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’luvchi kesimlar qanday kesimlar hisoblanadi?
A) ot kesim
B) fe’l kesim
D) sodda kesim
E) murakkab kesim
34. Qaysi javobda ot kesimning so’roqlari berilgan?
A) nima qilmoq?
B) nima bo’lmoq?
D) kimdir?, nimadir?, qaysi?, necha?
E) nima qilmoq?, qanaqa?
35. Qaysi bo’lak kesimga bog’lanib kim?, nima?, qayer? So’roqlariga javob bo’ladi?
A) ega B) kesim
D) aniqlovchi E) hol
36. Arslon izidan qaytmas,
yigit—so’zidan. Ushbu gapdagi ega qaysi javobda ko’rsatilgan?

  1. Izidan, arslon

  2. arslon, yigit

D)izidan, yigit
E) arslon, qaytmas
37. Toshkent // go’zal shahar. Ushbu gapda // belgisi o’rniga qaysi tinish belgi qo’yilishi kerak?
A) vergul B) ikki nuqta
D) chiziqcha E) tire
38. Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat gap qanday gap hisoblanadi?
A) sodda gap
B) sodda yig’iq gap
D) sodda yoyiq gap
E) qo’shma gap
39. Qaysi javobda sodda yig’iq gap berilgan?
A) Yurtimizni bog’ga aylantiramiz.
B) Men keldim, onajon!
D) Men kecha Buxorodan keldim.
E) Vatan ota-ona kabi muqaddasdir.
40.Qaysi javobda sodda yoyiq gap berilgan?
A) O’qidingmi?
B) Men keldim, onajon!
D) Ketayapsizmi?
E) Vatan ota-ona kabi muqaddasdir.
41. Hol qaysi so’roqlarga javob bo’ladi?
A)qachon?,Qayerda?, qayerdan?, Qayerga?,nima uchun?, qanday qilib?
B) kim? Nima? Nima uchun?
D) kimga? Qayerda? Kimni?
E) kimni? Nimani?
42. Tahlilda hol ostiga qanday qanday chiziqcha chiziladi?
A) nuqtalardan iborat chiziq
B) to’lqinli chiziq
D) to’g’ri chiziq
E) barcha javoblar to’g’ri
43. Ustoz otangdan ulug’. Gapda qaysi so’z to’ldiruvchi?
A) ulug’
B) ustoz
D) otangdan
E) B va D javob to’g’ri.
44. Aniqlovchi ma’nosiga ko’ra necha xil bo’ladi?
A) 4 xil
B) 3 xil
D) 2 xil
E) 5 xil
45. Tahlilda aniqlovchilar tagiga qanday chiziq chiziladi?
A) to’g’ri chiziq
B) ikki chiziq
D) to’lqinli chiziq
E) uzuq chiziqlardan iborat chiziq
46. Gapda bir xil so’roqqa javob bo’lib, bir xil vazifada keladigan so’zlarga nima deyiladi?
A) undalma
B) Hol
D) uyushiq bo’laklar
E) to’ldiruvchi.
47. Yurtim, senga she’r bitdim bugun. Gapda qaysi so’z undalma?
A) yurtim
B) senga
D) bugun
E) she’r
48. Undalmalar gapning qayerlarida kilishi mumkin?
A) o’rtasida
B) oxirida
D) turli joyda
E) boshida
49. So’zlovchining fikriga ishonch, gumon, taxmin singari ma’nolarni qo’shadigan so’zlarga …….. deyiladi.
A) modal so’zlar
B) kirish so’zlar
D) uyadosh so’zlar
E) shakldosh so’zlar
50. Yozuvda ammo, lekin, biroq, chunki, negaki bog’lovchilaridan oldin qanday tinish belgisi qo’yiladi?
A) ikki nuqta
B) tire
D) vergul
E) nuqta
51. Birovning aynan keltirilgan gapiga nima deyiladi?
A) qo’shma gap
B) ko’chirma gap
D) sodda gap
E) buyruq gap
52. Dialogdagi har bir gap qanday tinish belgisi bilan boshlanadi?
A) ikki nuqta
B) tire
D) ko’p nuqta
E) to’g’ri javob yo’q
53. Ikki kishi o’rtasidagi suhbat nima diyaladi?
A) monolog
B) dialog
D) polilog
E) to’ri javob yo’q

Download 403 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish