37
formula tuzadi: {A [V] V] S}. Bunda A – qiyos subyektining ramzi, V –
qiyosning shakliy
ko‗rsatkichi, S – qiyos asosining ramzidir. Qiyoslang: Qovun asaldayin shirin,
Qovun asldan
shirin. Bunda qovun – A, asal – V, -day, -dan-V va shirin-S.
1
O‗xshatish va metafora orasida shakliy farqning borligi bunda yaqqol ko‗rinib turadi.
Ya‘ni o‗xshatishda ishlatiluvchi ―kabi‖, ―go‗yo‖, ―xuddi‖, ―-dek‖ singari unsurlar
metaforada uchramaydi. Demak, bu yerda sifat o‗zgarishlarining miqdor o‗zgarishlariga aylanish
qonuni amal qiladi.
Bu qonunni o‗z obyektimizga tadbiq etadigan bo‗lsak, ―kabi‖, ―go‗yo‖, ―-dek‖ va
hokazolarning tushib qolishi bilan
belgilanadigan shakliy farq, o‗z-o‗zidan, mazmuniy farqni
ham keltirib chiqarishi tabiiy. Mazmuniy jihatdan qanday farq
borligini aniqlash uchun
o‗xshatish va metaforik pozitsiyada kelgan so‗zning semem tarkibini qiyoslash lozim.
―Qirchang‗i‖ so‗zining semem tarkiga nazar tashlasak
1)
uy hayvoni;
2)
qari;
3)
kasalmand;
4)
yaroqsiz.
O‗xshatish: ―Shavlaev ... yaylovga qo‗yvorilgan qirchang‗idek, bosh ko‗tarmay
sandiroqlab yuraveradi‖ (A.Obidjon).
Metafora: ―O‗v qirchang‗i, baxtingga quvonib o‗tirmaysanmi?‖ (A.O.)
O‗xshatishda qirchang‗i so‗zining hamma semalari yuzaga chiqmoqda,
metaforik
qo‗llanish esa 1- semada xiralashmoqda. Xiralashgan sema o‗rnini mutanosib boshqa sema (bu
sema tema tarkibidan olinadi) qoplaydi. Bu o‗rinda – ―inson‖ (ayol) semasi. O‗xshatish va
metafora qo‗llanishida sema tarkibi va shaklining bu xil farq qilinishi uslubiy jihatdan bu ikki
tropni farqlaydi. O‗xshatishda hamma semalarning
yuzaga chiqishi mazmunan, o‗xshatuvchi
unsurlarning ishtirok etishi shaklan o‗xshatilayotgan va o‗xshayotgan narsani bir butun deb
tasavvur qilishga to‗siq bo‗ladi. Metaforada esa go‗yo bu chegara olinadi va ular bir butundek –
bittadek tushuniladi.
Quyidagi misolga e‘tibor qilaylik:
Danakdek qulog‗im supra bo‗lguncha yashab ... (A.Obidjon).
O‗xshatishda (danakdek) quloqning
har holda danak emasligi, danakka o‗xshashligi
sezilib tursa, metaforada (supra bo‗lguncha) bu xil inkor mavjud emas. Albatta bu shartli.
So‗zlovchi quloqning supra bo‗la olmasligini yaxshi tushunadi. Biroq uslubiy maqsadlarda bu
hodisani ataylab yashiradi. Metaforaning bu xususiyati (ikki hodisani bir butun deb bilish) uning
qo‗llanilishida ham o‗ziga xoslik vujudga keltiradi. Ya‘ni metaforik qo‗llangan so‗z metaforik
1
Маҳмудов Н, Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Т.: Ўқитувчи, 1995. –Б.138.
38
yo‗nalgan so‗zsiz ham yolg‗iz kela oladi. Masalan, Stadionda yana ―haya-haya‖ boshlandi.
Hayda, xo‗roz (A.Obidjon).
O‗xshatishda bu xil imkoniyat nihoyatda chegaralangan. O‗xshayotgan va
o‗xshatilayotgan narsani bildiruvchi so‗zlar muntazam sintagmatik aloqada turadi:
Futbolchilarimiz shapaloqdek mamlakat – Belgiya komandasiga yutqazib qo‗yishdi (A.Obidjon).
Danakdek qulog‗im supra bo‗lguncha yashab ...
Yuqoridagilarni xulosalab shuni aytish mumkinki, o‗xshatish va metafora bir-biriga juda
yaqin keladi. Ammo bir necha jihatdan farq qiladi.
1.
Shaklan: O‗xshatishda –dek, -day, go‗yo kabi unsurlar qatnashadi,
metaforada esa qatnashmaydi.
2.
Mazmunan: O‗xshatishda o‗xshatilayotgan va o‗xshayotgan narsa bir-
biridan alohidaligi ko‗rinib turadi, metaforada esa
bir butun deb tasavvur qilinadi.
3. Usluban: O‗xshatishda ifoda vositasi so‗zning to‗liq semalarini
saqlaydi, metaforada esa saqlanmaydi.
4. Yo‗nalishi – O‗xshatish gorizontal yo‗nalishni nazarda tutadi.
ga ko‗ra:
Oltindek bosh, danakdek quloq.
Metafora esa vertikal yo‗nalishga asoslanadi.
Bosh emas, oltin qimmatli narsa, demak, metafora
nimanidir nomlaydi, o‗xshatish esa sifatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: