Nuqta harakatining berilish usullari Nuqtaning tezlik vektori



Download 78,43 Kb.
bet1/5
Sana28.06.2021
Hajmi78,43 Kb.
#103721
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu


Mavzu: Kinematikaga kirish.

REJA:

  1. Kinematikaning asosiy tushunchalari
  2. Nuqta harakatining berilish usullari

  3. Nuqtaning tezlik vektori.

  4. Nuqtaning tezlanish vektori.


  5. Moddiy nuqtaning tezligi va tezlanishi.
  1. Kinematikaning asosiy tushunchalari


Jismlarning inertligini (massasini) va ularni harakatga keltiruvchi kuchlarni e’tiborga olmagan holda, ularning harakatlarini geometrik xususiyatlarini o‘rganadigan mexanikaning qismiga, kinematika deb ataladi.

Kinematika qismi, bir tomondan mexanik harakatning (kinematikaning) asosiy tushunchalari va kinematik parametrlar o‘zaro bog‘likligining o‘zgarishini, ularga ta’sir etayotgan kuchlarga bog‘lik ekanligini dinamika qismini o‘rganishda asos bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, uning usullari amaliy mustaqil ahamiyatga ega bo‘ladi, masalan, mexanik uzatmalarni hisoblash ishlarida.



Mexanik harakat deganimizda, bir jismni boshqa jismlarning fazodagi tutgan o‘rinlariga nisbatan vaqt davomidagi o‘zgarishiga aytiladi.

Harakatlanayotgan jismning (yoki nuqtaning) ixtiyoriy vaqtdagi o‘rnini aniqlash uchun, boshqa bir jism bilan mahkam bog‘langan koordinata sistemasi tanlab olinadi, ushbu koordinata hisob sistemasi deb ataladi. Bundan keyin jismning (yoki nuqtaning) harakatini, shu tanlab olingan hisob sistemasiga nisbatan aniqlaymiz. Hisob sistemasini o‘zaro perpendikulyar holda uch tomonga yo‘nalgan o‘qlar orqali tasvirlaymiz (lekin shu o‘q mahkamlangan jism tasvirlanmaydi, masalan, aksariyat o‘qlar erga mahkamlanadi, lekin erning shakli tasvirlanmaydi).

Kinematika qismida hisob sistemasidagi o‘qlar ixtiyoriy ravishda tanlab olinadi (ularni tanlash faqat masalaning maqsadiga bog‘liq bo‘ladi xolos). Kinematika qismida biror hisob sistemasi orqali aniqlangan qiymatlar boshqa ixtiyoriy hisob sistemasida ham o‘z qiymatini saqlab qoladi. Dinamika qismida bunday qoidalar o‘rinsiz bo‘ladi, shu sababli ular dinamikada alohida ko‘rib chiqiladi, ya’ni dinamikaning qonunlari turli hisob sistemalarida turlicha bo‘ladi.

Jismning harakati fazoda vaqt davomida sodir bo‘ladi. Mexanikada fazoni uch o‘lchovli evklid fazosi ko‘rinishida tasavvur qilinadi. Bunday fazodagi o‘lchovlar evklid geometriyasiga asoslanib hisoblanadi. Uzunlik o‘lchovining birligi sifatida 1m qabul qilingan. Mexanikada vaqt universal hisoblanadi, ya’ni u hamma hisob sistemalarida baravar o‘tadi (masalan, Amerikada ham, Evropa va Osiyoda ham 1 sekundning miqdori bir xil kechadi). Vaqt birligi sifatida 1s qabul qilingan. Uzunlik L (yoki -l) - harfi bilan belgilanadi vaqt T (yoki-t) - harfi bilan belgilanadi.

Evklid fazosi va universal vaqt fazoning haqiqiy xossalarini faqat ma’lum darajadagi xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan holda, ya’ni taqribiy tasvir etadi. Lekin, tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mexanika qismidagi harakatlar (yorug‘lik tezligidan ancha kichkina bo‘lgan harakatlar) uchun, bunday taqribiy hisoblar haqiqiy hisoblarga juda yaqin ekanligi aniqlandi.

Vaqt skalyar va to‘xtovsiz kechuvchi kattalik (qiymat) hisoblanadi. Kinematika qismida t - vaqt erkin o‘zgaruvchan (argument) qiymat hisoblanadi. Qolgan hamma kinematik kattaliklar (yo‘l, tezlik, tezlanish va b.) vaqtga bog‘liq holda o‘zgarib boradi, ya’ni ular vaqt t - ga bog‘liq bo‘lgan funktsiyalardan iborat bo‘ladi.

Vaqtning hisobi ixtiyoriy ravishda tanlab olingan boshlang‘ich vaqt (t=0 s) dan boshlab o‘lchanadi, uning boshlanishi har bir masalada alohida ta’kidlanadi va ular turlicha bo‘lishi mumkin. Har qanday vaqt momenti boshlang‘ich vaqt (t=0) dan boshlab o‘tgan sekundlar soniga qarab aniqlanadi (yoki avvalgi vaqt bilan keyingi vaqt oralig‘idagi farq orqali hisoblanadi), Ikki vaqt oralig‘idagi vaqtning farqi vaqt oralig‘i deb ataladi.

Kinematika tajribalar va amalda sinab ko‘rilgan bilimlarga tayangan bo‘lib, ular asosan geometriyaning aksiomalaridan olingan. Kinematikani o‘rganishda ulardan tashqari hech qanday aksioma va qo‘shimcha qonunlar talab qilinmaydi.

Kinematikaning masalalarini yechishda, yechilayotgan masalaning shartlari berilgan bo‘lishi lozim (ya’ni harakat bayon etilishi lozim).



Jismning (yoki nuqtaning) harakat qonunini berilishi yoki harakatni berilishi - bu jismning (nuqtaning) ixtiyoriy vaqt uchun tanlangan hisob sistemasiga nisbatan holatini (o‘rnini, koordinatasini) aniqlash demakdir. Jismning yoki nuqtaning harakatini matematik tenglama sifatida ifodalanishi, kinematikaning eng asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli har qanday ob’ektning (jismning, nuqtaning) harakatini o‘rganish, shu harakatni berilish usullaridan boshlanadi.

Nuqta (jism)ning harakat qonuni berilgan bo‘lsa, unga asosan shu harakatlarni belgilovchi kinematik kattaliklarni aniqlash usullarini o‘rganish - nuqta va qattiq jism kinematikasining asosiy masalasi hisoblanadi.

Kinematikani o‘rganishni eng sodda ob’ekt - nuqta (nuqta kinematikasi)dan boshlaymiz, keyinroq esa qattiq jism kinematikasini o‘rganamiz.

Harakatlanayotgan nuqtaning tanlangan hisob sistemasiga nisbatan qilgan harakatidagi qoldirgan uzluksiz izi nuqtaning traektoriyasi deb ataladi. Agar traektoriya to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lsa, nuqtaning harakati to‘g‘ri chiziqli, egri chiziqdan iborat bo‘lsa - egri chiziqli harakat deb ataladi.



Download 78,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish